Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
“Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyundagi PF-6005-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 28-yanvardagi 01-02/12-9-son “Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2418, 2013-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 63-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 22-iyundagi 01-02/12-11-son “Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2418-1, 2013-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 347-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 14-noyabrdagi 01-02/12-24-son “Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2418-2, 2014-yil 24-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 48-son, 573-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-18-son “Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2418-3, 2016-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 153-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 31-maydagi 01-02/12-42-son “Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2418-4, 2018-yil 18-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2418-4/1365-son).