Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 797-son “Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 6-sentabrdagi 82-son “Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1725, 2007-yil 10-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 423-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 13-iyuldagi 101-son “Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1725-1, 2017-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 717-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 14-son “Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1725-2, 2018-yil 27-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/1725-2/0822-son).