toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 24-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2156-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-son qarori (roʻyxat raqami 2156, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 439-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. AZIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-may,
01-02/12-27-son.
Ichki ishlar vaziri P.R. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-aprel,
12-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi A.I. IKRAMOV
2021-yil 2-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-son qaroriga
ILOVA
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2, 23, 28 va 66-bandlardagi “qonun” degan soʻz “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod etilgan muddat oʻtgandan soʻng xorijiy avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida toʻqson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining oʻtkazib yuborilgan har kuni uchun transport vositasining har bir ot kuchidan bazaviy hisoblash miqdorining 0,7 % miqdorida yigʻimni toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.”.
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“milliy valyuta — soʻmda toʻlanadi;”.
4. 1 — 3-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1 — 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-son qaroriga
1-ILOVA
”.
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-son qaroriga
2-ILOVA
”.
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
3-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-son qaroriga
3-ILOVA
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)