Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 14-yanvardagi 106-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3217, 2020-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2020-y., 10/20/3217/0136-son) bilan tasdiqlangan Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
1 va
3-ilovalari matnidagi “pasport” degan soʻzlar “biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-karta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.