1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Namangan viloyatida hududlarning ixtisoslashuvini rivojlantirish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Namangan viloyatida hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, kartoshkachilik, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga hamda echkichilik, asalarichilik va baliqchilikka ixtisoslashtirish, shuningdek, raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishni koʻpaytirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi subyektlarning manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Namangan viloyati tumanlarida 2021-2022-yillarda limonchilikka ixtisoslashgan issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyati tumanlari hududlarini 2021-2022-yillarda sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli, moyli va dorivor oʻsimliklarga ixtisoslashtirish koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Pop, Chust va Kosonsoy tumanlarida 2021 — 2024-yillarda aholiga echkilar yetkazib berish uchun echkichilik xoʻjaliklarini rivojlantirish koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Mingbuloq va Uchqoʻrgʻon tumanlarida 2021-2022-yillarda baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyati tumanlarida 2021-2022-yillarda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish koʻrsatkichlari 6-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyati tumanlarida 2021-2022-yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, muzlatkichli-omborxona va issiqxona loyihalarini tashkil etish koʻrsatkichlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Namangan viloyati hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2021-yilda belgilangan chora-tadbirlar asosida yer maydonlarini oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritish;
sugʻorish tarmoqlarini (suv nasoslari, quduqlar, kollektorlar, elektr tarmoqlari va boshqalar) tortish, qurish, uskuna va jihozlarni oʻrnatish uchun talab etiladigan mablagʻlar ajratilishini hamda ularning maqsadli sarflanishini taʼminlash;
mavjud yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash va eksport hajmini oshirish uchun ekinlarni yaxlit maydonlarga plantatsiya usulida joylashtirish hamda belgilangan eksportbop ekinlardan kamida 2-3-marta hosil olishni taʼminlash;
qayta ishlash va eksport hajmlarini uch baravarga oshirish uchun qayta ishlash korxonalari, muzlatkichli omborxonalar va logistika markazlarini 2021-2022-yillar davomida toʻliq ishga tushirish hamda ularning toʻla quvvatlar bilan ishlashini taʼminlash;
hududlardagi mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, sabzavot ekinlari va kartoshka urugʻchiligiga hamda mevali daraxt va tok koʻchatlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarini tashkil etish;
2024-yil 1-martdan boshlab limonchilikka ixtisoslashtirilayotgan tumanlarda foydalanishdan chiqqan va yaylov yerlar hisobidan limon yetishtirish uchun yer uchastkalarining elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlash;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son)
limonchilikka ixtisoslashgan issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish va ularga talab etiladigan tabiiy gazni oʻrnatilgan tartibda yetkazib berish;
viloyatda yaylov yerlaridan samarali foydalangan holda, echkichilik tarmogʻini rivojlantirish hamda echkidan olinadigan teri va jun xomashyosini sanoat usulida qayta ishlash tizimini joriy etish choralarini koʻrsin.
3. Namangan viloyati hokimligi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
ixtisoslashtirilayotgan hududlarda konturlarning yaxlitligiga jiddiy eʼtibor qaratgan holda, 3-4 turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini bosqichma-bosqich plantatsiya usulida joylashtirish;
har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan taʼminlanganligini hisobga olib hamda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda, qishloq xoʻjaligi ekinlarining toʻliq ekilishini taʼminlasinlar;
b) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
ikki oy muddatda 2021-2022-yillarda Namangan viloyatining tumanlaridagi tuman hokimliklari zaxirasida foydalanilmayotgan maydonlardan 1000 gektarida tashkil etiladigan issiqxona massivlarining manzilli roʻyxatini shakllantirish;
tumanlar hokimliklari bilan birgalikda aholi ishsizligini kamaytirish uchun tashkil etiladigan issiqxona massivlarini aholiga lizing va kredit shartlari asosida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 52-son qarori bilan tasdiqlangan Intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida ajratib berishni tashkil etsinlar;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar tumanlarda zamonaviy texnologiyalar asosida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va saqlash boʻyicha yirik klaster korxonalarini tashkil etish uchun xorijiy investorlarni keng jalb qilish choralarini koʻrsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Namangan viloyati tumanlarida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-may,
303-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-maydagi 303-son qaroriga 1-ILOVA
Namangan viloyati tumanlarida 2021-2022-yillarda limonchilikka ixtisoslashgan issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish
KOʻRSATKIChLARI
T/r
Ixtisoslashgan tumanlarnomi
Issiqxonaga ajratiladigan maydon,
gektar
Loyiha soni
Talab etiladigan koʻchat soni,
dona
Yaratiladigan yangi ish oʻrni,
nafar
1.
Pop
228
1 140
189 924
13 680
2.
Chust
131
655
109 123
7 860
3.
Uychi
124
620
103 292
7 440
4.
Namangan
110
550
91 630
6 600
5.
Toʻraqoʻrgʻon
96
480
79 968
5 760
6.
Kosonsoy
95
475
79 135
5 700
7.
Norin
87
435
72 471
5 220
8.
Yangiqoʻrgʻon
78
390
64 974
4 680
9.
Chortoq
51
255
42 483
3 060
Jami
1 000
5 000
833 000
60 000
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-maydagi 303-son qaroriga 2-ILOVA
Namangan viloyati tumanlari hududlarini 2021-2022-yillarda sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli, moyli va dorivor oʻsimliklarga ixtisoslashtirish
KOʻRSATKIChLARI
T/r
Ixtisoslashgan tumanlar nomi
Jami ixtisoslashgan maydon, gektar
Ixtisoslashuv
Ekin turlari, gektar hisobida
Sabzavot
Kartoshka
Poliz
Moyli ekinlar
Dukkakli ekinlar
1.
Mingbuloq
6 934
sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli
1 168
440
1 911
973
2 442
2.
Namangan
1 811
moyli, dukkakli
496
266
40
400
609
3.
Norin
1 257
sabzavotchilik, dukkakli
329
383
140
50
355
4.
Pop
6 209
Poliz, kartoshka, moyli, dukkakli
1 391
642
993
1 348
1 835
5.
Toʻraqoʻrgʻon
1 545
dukkakli
776
254
80
100
335
6.
Uychi
1 957
sabzavotchilik, dukkakli
808
433
256
200
260
7.
Uchqoʻrgʻon
1 989
sabzavotchilik
1 206
402
101
280
8.
Chust
6 538
sabzavotchilik, kartoshkachilik, dukkakli, moyli
1 433
1 561
285
951
2 308
Jami
28 240
7 607
4 381
3 705
4 123
8 424
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-maydagi 303-son qaroriga 3-ILOVA
Pop, Chust va Kosonsoy tumanlarida 2021 — 2024-yillarda aholiga echkilar yetkazib berish uchun echkichilik xoʻjaliklarini rivojlantirish
KOʻRSATKIChLARI
T/r
Ixtisoslashgan tumanlar nomi
Ajratiladigan maydon, gektar
Loyiha soni
Jami echki bosh soni, ming bosh
Shundan, ming bosh
Yaratiladigan yangi ish oʻrni
2021 yil
2022 yil
2023 yil
2024 yil
1.
Kosonsoy
2000
7
10,0
1,0
2,0
3,0
4,0
600
2.
Chust
2800
5
14,0
2,0
3,0
4,0
5,0
750
3.
Pop
3600
3
18,0
3,0
4,0
5,0
6,0
1650
Jami
8400
15
42,0
6,0
9,0
12,0
15,0
3000
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-maydagi 303-son qaroriga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-maydagi 303-son qaroriga 5-ILOVA
Mingbuloq va Uchqoʻrgʻon tumanlarida 2021-2022-yillarda baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish
KOʻRSATKIChLARI
T/r
Ixtisoslashgan tumanlar nomi
Loyiha soni
Ajratiladigan maydon, gektar
shundan, gektar
Etishtiriladigan baliq miqdori, tonna
2021 yil
2022 yil
1.
Mingbuloq
8
80
50
30
3120
2.
Uchqoʻrgʻon
4
84
50
34
3276
Jami
12
164
100
64
6396
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-maydagi 303-son qaroriga 6-ILOVA
Namangan viloyati tumanlarida 2021-2022-yillarda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish
KOʻRSATKIChLARI
ming tonna
T/r
Hududlar nomi
Barcha toifadagi xoʻjaliklarda mahsulot yetishtirish
Qayta ishlashga yoʻnaltirish
Eksportga yoʻnaltirish
2021-yil
2022-yil
2021-yil
2022-yil
2021-yil
2022-yil
1.
Mingbuloq
125,5
136,2
25,4
28,6
15,2
15,7
2.
Namangan
171,2
114,9
16,4
20,1
11,9
13,4
3.
Norin
101,3
92,5
13,3
13,7
10,2
10,9
4.
Pop
194,4
214,1
34,4
35,6
24,6
25,6
5.
Toʻraqoʻrgʻon
145,0
161,2
22,7
27,8
19,2
25,6
6.
Uychi
131,2
129,8
22,6
23,4
15,0
16,2
7.
Uchqoʻrgʻon
145,8
113,8
21,0
24,9
13,3
15,6
8.
Chust
259,4
284,2
42,9
44,3
28,8
29,1
9.
Namangan sh
11,6
12,8
1,0
1,1
2,1
2,3
Jami
1 285,4
1 259,5
199,5
219,5
140,3
154,4
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-maydagi 303-son qaroriga 7-ILOVA
Namangan viloyati tumanlarida 2021-2022-yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, muzlatkichli-omborxona va issiqxona loyihalarini tashkil etish
KOʻRSATKIChLARI
T/r
Tumanlar nomi
Loyihalar soni
shundan
qayta ishlash
muzlatkichli omborxona
issiqxona
soni
quvvati, tonna
soni
hajmi, tonna
soni
maydoni, gektar
1.
Mingbuloq
5
1
1100
4
20,0
2.
Namangan
11
4
1785
2
400
5
62,0
3.
Norin
8
2
240
1
40
5
25,0
4.
Pop
8
4
3910
4
24,5
5.
Toʻraqoʻrgʻon
18
2
2300
10
5600
6
30,0
6.
Uychi
21
15
10330
5
6350
1
5,0
7.
Uchqoʻrgʻon
4
1
500
1
50
2
10,5
8.
Chust
19
8
30410
3
625
8
40,0
JAMI
94
37
50575
22
13065
35
217
(Qonununchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 09/21/303/0457-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son)