1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.02 Mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholi daromadini oshirishga qaratilgan tadbirkorlik intilishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash mexanizmlarini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga koʻmaklashish, “mahallabay” ishlash tizimi orqali mahalliy boshqaruv organlarini aholiga yanada yaqinlashtirish, aholi va tadbirkorlarning muammolarni aniqlash hamda ularni samarali hal etishning Samarqand tajribasini amaliyotga joriy etish maqsadida:
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2021-yil 1-iyundan boshlab Samarqand viloyati tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasida quyidagilarni nazarda tutuvchi “mahallabay” ishlash tizimini eksperiment tariqasida oʻtkazish haqidagi taklifi maʼqullansin:
tuman (shahar) hokimligi taʼsischiligida Mahallabay ishlash markazlarini (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) davlat muassasasi shaklida tashkil etish. Bunda, Markazlarning faoliyati tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi;
tuman (shahar)lardagi har uchta mahallaga bittadan mahallabay ishlash inspektorlarini biriktirish;
mahalla fuqarolar yigʻini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi negizida mahalla fuqarolar yigʻini raisining tadbirkorlik va tomorqa masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini joriy etish;
hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari hamda mahalla fuqarolar yigʻini raisining tadbirkorlik va tomorqa masalalari boʻyicha oʻrinbosarining oʻzaro uzviy hamkorlikda ishlashini taʼminlash.
2. Belgilansinki:
Markazlar faoliyati Pastdargʻom, Urgut va Bulungʻur tumanlarida joriy yil 1-iyundan boshlab hamda Samarqand viloyatining qolgan tuman (shahar)larida 1-avgustga qadar tashkil etiladi;
Markazlarda ochiladigan shtat birliklari tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazining ishga joylashtirish inspektorlari shtat birliklari qisqartirilishi hisobidan shakllantiriladi.
3. Markazlarning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
aholining bandligini taʼminlash va doimiy daromad manbaini yaratish orqali kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻrish;
mahallabay ishlash asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish hamda aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish;
tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan fuqarolarga, jumladan ayollar va yoshlarga kredit hamda subsidiyalar olishda koʻmaklashish;
tadbirkorlik, hunarmandchilik qilish istagini bildirganlarga zamonaviy asbob-uskunalar hamda mini-texnologiyalar topishda koʻmaklashish;
mahalladagi infratuzilma bilan bogʻliq muammolarni hal etish choralarini koʻrish hamda xorijda mehnat faoliyatini yuritish va malaka oshirish istagini bildirgan fuqarolar bilan ishlash.
4. Samarqand viloyati tuman va shaharlar hokimliklarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 1 — 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
Mahallabay ishlash markazining namunaviy nizomi va tashkiliy tuzilmasini;
Mahallabay ishlash markazlar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarini tasdiqlasin.
6. Samarqand viloyati hokimligi tuman va shahar hokimliklari tomonidan namunaviy nizom va tashkiliy tuzilma asosida Mahallabay ishlash markazining ustavi va tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishini taʼminlasin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra Markaz direktori:
viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari bilan kelishilgan holda tuman hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
mahallalar kesimida toʻplangan muammo va murojaatlarni muvofiqlashtirib, ularni hal etishda tuman (shahar) hokimining tegishli oʻrinbosarlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi;
amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida hisobot berib boradi.
8. Samarqand viloyati hokimligi tashkil etiladigan Markazlarni tegishli bino, zamonaviy axborot vositalari (kompyuter toʻplami, aloqa, Internet va boshqalar) bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda aholi va tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va hal etishda shaffoflikni taʼminlash va inson omilini kamaytirish maqsadida Markaz va mahalla fuqarolar yigʻini faoliyatini oʻzaro bogʻliq holda raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Onlayn mahalla” dasturiy taʼminotini (keyingi oʻrinlarda — dasturiy taʼminot) ishlab chiqsin.
Bunda, dasturiy taʼminot orqali murojaatlarni qabul qilish, Markazga yuborish va ijrosini monitoring qilishga alohida eʼtibor qaratilsin.
10. Moliya vazirligi:
dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining budjetdan tashqari rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplasin;
2022-yildan boshlab har yili dasturiy taʼminotni texnik va dasturiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi buyurtmanomasiga asosan zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutgan holda ajratsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Markazlar xodimlari va mahalla fuqarolar yigʻini raislarining tadbirkorlik va tomorqa masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari uchun yangi joriy etiladigan tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat koʻrsatishi boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda:
mazkur tajribani tahlil qilib borish maqsadida Samarqand viloyatining tuman (shahar)laridagi Markazlar faoliyatini monitoring qilish guruhini tashkil etsin;
monitoring guruhi tomonidan tajriba jarayonida tizimdagi mavjud muammolarni aniqlash, faoliyatni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va vakolatli organlarga taqdim etib borish choralari koʻrilishini taʼminlasin.
2022-yil 1-yanvardan boshlab mazkur eksperimentni respublikaning boshqa hududlarida joriy qilish maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif kiritsin.
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tashkiliy tuzilmasini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-may,
PQ-5105-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-maydagi PQ-5105-son qaroriga 1-ILOVA
Samarqand shahar hokimligi boshqaruv apparatining
TAShKILIY TUZILMASI
Hokim
Yordamchi — 1
Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi
Hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari
Hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari
Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi
Hokimning xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi*
Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari
Yetakchi mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
Bosh mutaxassis — 1
Bosh mutaxassis — 1
Yetakchi mutaxassis — 1
Bosh mutaxassis — 1
Yetakchi mutaxassis — 1
Bosh mutaxassis — 1
Bosh mutaxassis — 1
Yetakchi mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
Mahallabay ishlash markazi
81
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya kotibi
1
Buxgalteriya
2
Axborot xizmati rahbari –matbuot kotibi
1
Bosh yuriskonsult
1
Devonxona
2
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi
* hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 37 nafar.
Mahallabay ishlash markazi boshqaruv xodimlari soni — 9 nafar.
Har uchta mahallaga biriktirilgan mahallabay ishlash inspektorlari soni — 72 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-maydagi PQ-5105-son qaroriga 2-ILOVA
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi boshqaruv apparatining
TAShKILIY TUZILMASI
Hokim
Yordamchi — 1
Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi
Hokimningkapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari
Hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari
Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi
Hokimning xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi*
Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari
Yetakchi mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
Bosh mutaxassis — 1
Bosh mutaxassis — 1
Yetakchi mutaxassis — 1
Bosh mutaxassis — 1
Yetakchi mutaxassis — 1
Bosh mutaxassis — 1
Bosh mutaxassis — 1
Yetakchi mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
Mahallabay ishlash markazi
21
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya kotibi
1
Buxgalteriya
2
Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi
1
Bosh yuriskonsult
1
Devonxona
2
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi
* hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 37 nafar.
Mahallabay ishlash markazi boshqaruv xodimlari soni — 9 nafar.
Har uchta mahallaga biriktirilgan mahallabay ishlash inspektorlari soni — 12 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-maydagi PQ-5105-son qaroriga 3-ILOVA
Qishloq tumanlari hokimliklari boshqaruv apparati
TAShKILIY TUZILMASI
* Bulungʻur va Urgut tumanlariga tegishli.
** Payariq va Pastdargʻom tumanlariga tegishli.
*** hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 40 nafar.
Mahallabay ishlash markazi boshqaruv xodimlari soni — 9 nafar.
Har uchta mahallaga biriktirilgan mahallabay ishlash inspektorlari soni — 12 — 36 nafar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 07/21/5105/0427-son)