Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan koʻrib chiqilayotgan xoʻjalik ishlari sonining oʻsishi munosabati bilan, ularni koʻrib chiqishda prokuror vakolatlarini toʻlaroq va samarali taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida sudlar tomonidan xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqishda prokuror vakolatlarini taʼminlash boʻlimi tashkil etilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari, Oʻzbekiston transport prokuraturasi shtatlariga sudlar tomonidan xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqishda prokuror vakolatlarini taʼminlash boʻyicha tegishli shtat birliklari kiritilsin.
3. Sudlar tomonidan xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqishda prokuror vakolatlarini taʼminlash boʻlimi va tegishli boʻlinmalarning tuzilmasi va shtatdagi xodimlari soni
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasini uning tuzilmasi oʻzgarishi munosabati bilan mablagʻ bilan taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi markaziy apparati huzuridagi sudlar tomonidan xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqishda prokuror vakolatlarini taʼminlash boʻlimi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va Oʻzbekiston transport prokuraturasida tegishli tuzilma va shtatdagi xodimlari soni 1 nafardan iborat boʻlgan boʻlinma tashkil etiladi.