1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12 va 16-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5884-son Farmoni, “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni hamda “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida” 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4513-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomgailovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-aprel,
242-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 242-son qaroriga ILOVA
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 7-banddan “Litsenziya litsenziyaga talabgorning arizasiga ko‘ra 5 yildan kam muddatga berilishi mumkin” so‘zlari chiqarib tashlansin.
a) “a” kichik bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda akusher-ginekolog, anesteziolog-reanimatolog, neonatolog va klinik laborant vrachlarda — kamida birinchi malakaviy toifa”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda FHDY organlari bilan tugilish va o‘lim to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini majburiy ravishda doimiy yuritish”;
“17. Litsenziya berish haqidagi umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza talabgor tomonidan Yagona portal orqali berilgan taqdirda, arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasining:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazlarga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda, litsenziya berish haqidagi umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imlar summasining 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Tezlashtirilgan tartibda litsenziya berish bo‘yicha ariza o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, qo‘shimcha to‘lov summasi litsenziya talabgoriga qaytarilishi shart.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan bosh tortgan taqdirda, to‘langan yigim summasi qaytarilmaydi”.
“Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati davomida litsenziya berish haqida yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqida yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan so‘ng litsenziya talabgori arizada ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqiga bu haqida litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda ega bo‘ladi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining yozma xabari olinganidan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi yoki litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirishi shart. Taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxati hamda litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga yuborilgan yozma xabar litsenziya olinguniga qadar litsenziyaga tenglashtiriladi va shunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. Bunda litsenziya talabgori litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas”.
“Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda, yig‘im summasining:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
b) to‘qqizinchi xatboshidagi “murojaat qilinganda” so‘zlaridan keyin “umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi” so‘zlari qo‘shilsin;
“Umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda yig‘im summasining:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamga o‘tkaziladi”;
“tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda, nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda ko‘pi bilan bir marta (qonun hujjatlari buzilishi holatlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan ma’lumotlar bo‘lgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlar o‘tkazish”.
8. 41-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/242/0381-son)