1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga xususiy sektorni faol jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Elektron onlayn-auksionlarga qoʻyish uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymatini (boshlangʻich narxini) belgilash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻrnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarining texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini taʼminlash, shu jumladan, joriy elektr energiyasi va aloqa kanallarining xarajatlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan mustaqil ravishda qoplanadi;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻrnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari kelgusida “Xavfsiz shahar” tizimi bilan majburiy integratsiyasi taʼminlangan holda, tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida tegishli boʻladi.
4. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasini taqsimlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
a) tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab 1 yil davomida:
15 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
15 foizi — yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda, yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga;
5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga;
5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʻmaklashish markaziga “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini toʻliq joriy etish uchun maqsadli yoʻnaltiriladi;
b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari joriy etilib, ishga tushirilganidan 1 yil oʻtgandan soʻng:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
15 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
25 foizi — yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda, yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga;
5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʻmaklashish markaziga “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini toʻliq joriy etish uchun maqsadli yoʻnaltiriladi.
tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimining oʻrnatilishi va ekspluatatsiya qilinishini nazorat qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi;
tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda, avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi faoliyatini doimiy ravishda, bevosita hamda masofaviy tarzda monitoring qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimida hamda “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida (KAATda) muntazam ravishda axborot va kiberxavfsizlik holati boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish, shuningdek, axborot va kiberxavfsizlik hodisalari hamda tahdidlarini monitoring qilish ishlarini amalga oshiradi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
transport vositalarining harakatlanish jadalligi va oxirgi ikki yilda sodir etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklarining tahlili asosida yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasini oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishini hamda zaruratga koʻra muntazam yangilab borilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalarida Yoʻl harakati xavfsizligi kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimining hududiy boʻlinmalarini tashkil etish hamda zamonaviy server qurilmalari bilan jihozlash boʻyicha asoslantirilgan taklif kiritsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-aprel,
232-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga 1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimini (keyingi oʻrinlarda — tizim) oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi — haydovchilari yoʻl harakati qoidabuzarliklarini sodir etgan transport vositalarining roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini aniqlash tizimi;
tizim qurilmalari — tadbirkorlik subyektlari tomonidan tizimni shakllantirish uchun foydalaniladigan hamda transport vositalari tomonidan sodir etiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarni foto va video qayd etish uskunasi, “I” yoki “G” turdagi metall ustun, qayd etilgan qoidabuzarlik va transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida saqlovchi qurilma, kommutator, marshrutizator va boshqalardan iborat boʻlgan tarmoq qurilmalari hamda elektr quvvati bilan taʼminlovchi qurilmalar;
“Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KAAT) — yoʻl harakati sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni hisobga olish, koʻrib chiqish va qoidabuzarga nisbatan maʼmuriy tartibda jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni shakllantiruvchi kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
obyekt — elektron onlayn-auksionlarda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga cheklanmagan muddatga, mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan va boshqa tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish huquqi bilan biriktirilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joy;
operator — elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli boʻlgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlar tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
minimal qiymat (boshlangʻich narx) — tizim joylashgan joyning elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan narxi;
“E-auksion” elektron savdo platformasi — elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur maʼlumotlarni kiritish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatini, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-auksionlar jarayonida bevosita ishtirok etishini taʼminlaydigan axborot tizimi.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
3. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish boʻyicha hujjatlar loyihasini kelishish va oʻrnatish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etishga doir talablar
4. Tizim oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joyning dislokatsiyasi va minimal qiymati (boshlangʻich narxi), mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi ikki yilda aniqlangan yoʻl harakati qoidalari turlari boʻyicha qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasidagi alohida veb-sahifada eʼlon qilinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda respublika boʻyicha maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish dasturiga muvofiq yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Dislokatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi hamda zaruratga qarab muntazam ravishda yangilab boriladi.
6. Tizim oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning elektron onlayn-auksionlari operator tomonidan belgilangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi boʻyicha amalga oshiriladi.
“E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlar (tanlovlar) “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan reglament asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
7. Vakolatli organ operatorga elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyurtma bilan birga quyidagi axborot va hujjatlarni taqdim etadi:
tizim oʻrnatilishi rejalashtirilgan joyni elektron onlayn-auksionga chiqarishga asos boʻlgan hujjatlar;
tizim oʻrnatiladigan joyni elektron onlayn-auksionga qoʻyishda uning minimal qiymati (boshlangʻich narxi);
tizim oʻrnatiladigan joyning tutash yer uchastkalari bilan birga 4 ta fotosurati;
tizim oʻrnatiladigan joyning geolokatsiyasi;
tadbirkorlik subyektlariga yuklangan majburiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
vakolatli organ (buyurtmachi) haqida maʼlumot (pochta va elektron manzili, telefon, faks).
elektron onlayn-auksionga qoʻyiladigan obyektni tavsiflaydigan hujjatlar.
8. Elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni topshirish, koʻrib chiqish va gʻolib tadbirkorlik subyektlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
9. Elektron onlayn-auksionlarda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tizimni oʻrnatish va ishga tushirishni ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi dasturiy-texnik vositalariga doir texnik talablarga muvofiq tashkil etadi.
3-bob. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimini oʻrnatishga doir talablar
10. Tizim elektron onlayn-auksionlarda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻzlariga biriktirilgan obyektlarda mazkur Nizom talablariga muvofiq oʻrnatiladi.
11. Tizimning dasturiy-texnik vositalari mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi dasturiy-texnik vositalariga doir texnik talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
Bunda tadbirkorlik subyektlari quyidagi idoralardan obyekt boʻyicha texnik shartlar olishi lozim:
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi filiali;
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining hududiy korxonasi;
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi;
tuman (shahar) hokimliklari.
12. Metall ustunlarni loyihalash, ekspertizadan oʻtkazish, vakolatli davlat organlari bilan kelishish va oʻrnatish ishlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
13. Tizim Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Maʼmuriy amaliyot” KAAT) majburiy tartibda va texnik talablar asosida integratsiya qilinadi.
14. Tizimni joriy etishda uzluksiz ishlaydigan va himoyalangan aloqa kanallari tadbirkorlik subyektlari hisobidan tashkil etiladi.
15. Tizimni elektr tarmogʻiga ulash tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yuklanadi.
16. Obyektlarda muhandislik infratuzilmasini yaratish ushbu Nizomda belgilangan talablarga asosan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Tizim oʻrnatilgandan soʻng oʻn kun davomida sinov tariqasida ishlatiladi.
Tizim sinov tariqasida amal qilgan davrda qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha jarima undirilmaydi.
4-bob. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimini ekspluatatsiya qilishga doir texnik talablar
18. Tizim doimiy va uzluksiz rejimda ishlashi hamda uzilishlar roʻy berganda oflayn tarzda maʼlumotlarni toʻplash va saqlash, tizimning faoliyati qayta tiklanganda esa, ushbu olingan maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
Aloqa tarmoqlarida uzilishlar kuzatilganda, maʼlumotlarni qurilmada 48 soatdan kam boʻlmagan vaqt davomida saqlash imkoniyatiga ega boʻlgan zaxira xotira qurilmasi mavjud boʻlishi talab etiladi.
19. Tizimning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun 8 soatdan kam boʻlmagan zaxira elektr taʼminoti boʻlishi lozim.
20. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari “Oʻzstandart” agentligining oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyalash sertifikatiga ega boʻlishi hamda normativ hujjatlarda belgilangan muddatlarda qayta qiyoslashdan oʻtkazilishi shart.
21. Tizimning tarmoq qurilmalari foto va video qayd etish uskunalari holatini avtomatlashtirilgan monitoring qilish (ishchi holatdaligi) imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
22. Tizim yordamida qayd etilgan qoidabuzarlik va transport vositalari toʻgʻrisidagi foto maʼlumotlar 730 kundan, video maʼlumotlar 90 kundan kam boʻlmagan muddatda “Maʼmuriy amaliyot” KAATda saqlanadi.
23. Aloqa tarmoqlari optik tolali tarmoq texnologiyalari yordamida tashkil etiladi (kommutator, marshrutizator va boshqalar) hamda tarmoqning soʻnggi nuqtalariga qadar xizmat koʻrsatishi uchun yetarli oʻtkazuvchanlikni taʼminlashi lozim.
24. Tizim yordamida aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar himoyalangan aloqa kanallari orqali markaziy server qurilmasiga uzatiladi.
25. Tizim yetkazib beruvchi korxona tomonidan kamida 3 yil davomida kafolatlangan texnik qoʻllab-quvvatlanishi lozim.
5-bob. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish va axborot-kommunikatsiya tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlashga doir talablar
26. Tadbirkorlik subyektlari obyektga oʻrnatiladigan tizim va axborot-kommunikatsiya tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlashga masʼul hisoblanib, belgilangan talablarga rioya qilish majburiyatini oladi.
27. Tizimga har qanday koʻrinishdagi qoʻshimcha qurilma va vositalarni ulash tadbirkorlik subyektlarining yozma murojaatiga asosan vakolatli organ bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Bunda vakolatli organ tomonidan 5 ish kunida tadbirkorlik subyektlarining yozma murojaati yuzasidan ruxsat berish yoki rad etish boʻyicha asoslantirilgan javob xati taqdim etiladi.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga axborot xavfsizligi talablariga zid ravishda noqonuniy ulanish yoki ulanishga urinish taqiqlanadi.
29. Tizimdagi barcha maʼlumotlar xizmat doirasida foydalanish uchun qoʻllaniladi.
30. Tadbirkorlik subyektlari tizimdagi maʼlumotlar vakolatli organning ruxsatisiz oshkor boʻlmasligi, tizimdan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan texnik mutaxassislarning maxfiy maʼlumotlarni oshkor etmasliklarini taʼminlash uchun masʼul hisoblanadi.
31. Vakolatli organ tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan texnik topshiriq namunasining axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasida ekspertizadan, shuningdek, dasturiy mahsulotlar va axborotni himoya qilish vositalari sertifikatlashdan oʻtkaziladi.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda tizimda hamda “Maʼmuriy amaliyot” KAATda muntazam ravishda axborot va kiberxavfsizlik holati boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish, shuningdek, axborot va kiberxavfsizlik hodisalari va tahdidlarini monitoring qilish ishlarini amalga oshiradi.
6-bob. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimini foydalanishga topshirish hamda unga nisbatan huquqlarni bekor qilish tartibi
33. Obyekt elektron onlayn-auksionlarda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish huquqi bilan biriktiriladi.
34. Tizim tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida tegishli boʻlib, unga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda tadbirkorlik subyektlari mazkur Nizom va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
35. Tizim ushbu Nizom talablari asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻliq shakllantirilgandan soʻng vakolatli organning “Tizimning qoʻyilgan texnik talablarga javob berishini oʻrganish boʻyicha texnik xulosasi”ga asosan ishga tushiriladi hamda shundan soʻng ushbu Nizomning 37-bandi talablarini inobatga olgan holda tizimdan foydalanishga ruxsat beriladi.
36. Tadbirkorlik subyektlarining tizimdan foydalanish huquqi yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzilgan keyin vujudga keladi.
37. Obyektdan boshqa maqsadlarda yoki ushbu Nizomning 42-bandida koʻrsatilgan holatda foydalanilganda, vakolatli organning tashabbusiga asosan tadbirkorlik subyektlarining tizimdan foydalanish huquqi vaqtincha toʻxtatib turiladi.
38. Tizim faoliyati yuzasidan vakolatli organ tomonidan bildirilgan eʼtirozlar bartaraf etilgan taqdirda, vakolatli organning “Tizimni oʻrganish boʻyicha xulosasi”ga asosan u qayta ishga tushiriladi va shundan soʻng tizimdan qayta foydalanishga ruxsat beriladi.
39. Tizim oʻrnatilgan obyekt davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga mazkur obyekt qiymatiga teng boʻlgan boshqa boʻsh turgan obyekt taklif etiladi.
40. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun obyekt olib qoʻyilgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlarining boshqa obyektda tizimni ushbu Nizomda belgilangan muddatda joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlari obyektni olib qoʻyishda tashabbuskor tomonning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
41. Vakolatli organ tomonidan bildirilgan quyidagi eʼtirozlar mazkur Nizomning 43-bandida koʻrsatilgan muddatlarda bartaraf etilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektlarining obyektga nisbatan boʻlgan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinishiga olib keladi:
tizimdan boshqa maqsadlarda foydalanganda;
tizimdan foydalanish jarayonida ushbu Nizom bilan tasdiqlangan texnik talablarga javob bermaydigan holatlar kelib chiqqanda;
tizimga vakolatli organning ruxsatisiz qoʻshimcha yoki boshqa qurilma oʻrnatilganda;
tizim yoʻl harakati qoidabuzarliklarini aniqlashda uch va undan ortiq marotaba xatoliklar bilan ishlashi qayd etilganda;
tashqi taʼsir natijasida tizim qurilmalarining joylashuvida oʻzgarish yuz berib, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishiga toʻsqinlik qilganda.
Qonunchilik hujjatlarida obyektga nisbatan mavjud boʻlgan mulk huquqini bekor qilishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
42. Vakolatli organ tomonidan bildirilgan eʼtirozlar 30 kun davomida bartaraf etilmagan taqdirda yoki biriktirilgan obyektdan ixtiyoriy voz kechilganda, tadbirkorlik subyektlarining obyektga nisbatan boʻlgan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinadi.
Bunda uzrli sabablarga (mutaxassislarning chet eldan kelish zarurati, tizimdagi kamchilikni bartaraf etish yuzasidan murakkab texnologik yechim va boshqalar) koʻra belgilangan muddat 30 kungacha uzaytirilishi mumkin.
43. Sud tomonidan obyektga nisbatan boʻlgan mulk huquqi bekor qilinganda, tizim qurilmalari tadbirkorlik subyektlariga qaytariladi va sud qarorida (ajrimida) belgilangan muddat ichida vakolatli organ hamda yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslarning ishtirokida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda tadbirkorlik subyektlari tomonidan yechib olinadi.
Tadbirkorlik subyektlariga sud tomonidan yuklangan majburiyat belgilangan muddat ichida amalga oshirilmagan taqdirda, mazkur qurilmalar vakolatli organ hamda yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilgan holda yechib olinadi hamda tadbirkorlik subyektlarining rasmiy soʻroviga asosan qurilmalarning yechib olinishi bilan bogʻliq xarajatlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoplangandan soʻng ularga yoki ularning ishonchli vakiliga qaytariladi.
44. Tadbirkorlik subyektlarining obyektga nisbatan boʻlgan huquqining sud tartibida bekor qilinishida elektron onlayn-auksionlar va tizimni yaratish bilan bogʻliq hamda sud xarajatlarini qoplash masalasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
45. Sud tartibida mulk huquqi bekor qilingan taqdirda, obyekt vakolatli organ tomonidan 30 kun ichida “E-auksion” elektron savdo platformasiga qayta eʼlon qilish uchun taqdim etiladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
“E-auksion” elektron savdo platformasida eʼlon qilingan elektron onlayn-auksion orqali tizimni oʻrnatish obyekti auksionida ishtirok etish;
(46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
tizimni joriy etish loyihasini amalga oshirish uchun zarur axborotlarni vakolatli organlardan olish;
obyektda loyiha-tadqiqot ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
shartnoma talablari buzilgan taqdirda, uni sud tartibida bekor qilishni talab qilish;
elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra ularga biriktirilgan obyektdan cheklanmagan muddatda foydalanish hamda uni boshqa tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish;
tizim faoliyati yuzasidan vakolatli organ tomonidan bildirilgan eʼtirozlar uzrli sabablarga koʻra (mutaxassislarning chet eldan kelishi zarurati, tizimdagi kamchilikni bartaraf etish yuzasidan murakkab texnologik yechim va boshqalar) 30 kun ichida bartaraf etishning imkoni boʻlmagan taqdirda, mazkur muddatni uzaytirish uchun yozma murojaat qilish.
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
47. Tadbirkorlik subyektlari quyidagilarga majbur:
tizimni mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan texnik talablarga muvofiq xarid qilish;
tizim yordamida aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organ tomonidan ishlab chiqilgan Texnologik yoʻriqnoma talablari asosida “Maʼmuriy amaliyot” KAATga taqdim etish;
tizim faoliyatini faqat oʻzlariga biriktirilgan obyektda, statsionar rejimda hamda tegishli yoʻl belgilarining oʻrnatilishini va yotiq chiziqlarning chizilishini taʼminlagan holda tashkil etish;
tizim tomonidan yoʻl harakati qoidabuzarliklari notoʻgʻri aniqlanganligi tasdiqlangan hollarda, ularni sodir etgan deb eʼtirof etilgan shaxsga yetkazilgan barcha moddiy zararni qoplash;
tabiiy ofat (zilzila, suv toshqini, yongʻin va shu kabi boshqa hodisalar) natijasida tizim nosoz holga kelgan taqdirda, tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilgan kundan boshlab 60 kun ichida tizimni qayta ishga tushirish va bu bilan bogʻliq barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga olish;
elektron onlayn-auksion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga tizim oʻrnatiladigan joyni biriktirish boʻyicha shartnoma tuzilganidan soʻng 60 kun ichida tizimni ishga tushirish;
tizim faoliyati yuzasidan vakolatli organ tomonidan bildirilgan eʼtirozlarni 30 kun ichida bartaraf etish;
tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda tizim faoliyatini doimiy ravishda, bevosita hamda masofaviy tarzda monitoring qilish;
tizimdan foydalanish va unga texnik xizmat koʻrsatish hamda qoidabuzarliklarni aniqlashda xolislikni oʻrganish;
tizimda aniqlangan kamchilik va xatoliklarning bartaraf etilishini talab qilish;
tizim tomonidan yoʻl harakati qoidabuzarliklari notoʻgʻri aniqlanishida tadbirkorlik subyektlarining aybi tasdiqlangan hollarda, yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan sudga tegishli hujjatlarni taqdim qilish;
tadbirkorlik subyektlari ushbu Nizomda belgilangan talablarni lozim darajada bajarmagan yoki vakolatli organ bildirgan eʼtirozlarni bartaraf etmagan taqdirda, mazkur tizim tomonidan yuborilayotgan maʼlumotlar “Maʼmuriy amaliyot” KAATga qabul qilinishini toʻxtatish;
tadbirkorlik subyektlari tizim oʻrnatiladigan joy boʻyicha yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslar bilan shartnomasi rasmiylashtirgandan soʻng tizimni ishga tushirish, shuningdek, vakolatli organ bildirgan eʼtirozlarni bartaraf etish bilan bogʻliq muddatlarga amal qilmagan taqdirda, ularga biriktirilgan obyektdan foydalanish huquqini vaqtincha toʻxtatish;
Vakolatli organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
49. Vakolatli organ quyidagilarga majbur:
operator bilan veb-portalda elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzish;
tizim oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasi haqidagi maʼlumotlarni elektron onlayn-auksion oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin mahalliy ommaviy axborot vositalari va oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish;
elektron onlayn-auksionlar oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasiga oʻz vaqtida taqdim etish;
tizim oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan obyektlarda tegishli yoʻl belgilarini oʻrnatish va yotiq chiziqlarni chizish yuzasidan masʼul idora va tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish;
“Maʼmuriy amaliyot” KAATga tadbirkorlik subyektlari tomonidan joriy etilgan tizimdan kelib tushgan maʼlumotlarning uzluksiz va benuqson qayta ishlanishini taʼminlash;
ushbu Nizomda belgilangan majburiyatlarini lozim darajada bajarmayotgan tadbirkorlik subyektlarining avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishini tashkil etish boʻyicha faoliyatini sud tartibida toʻxtatish yoki bekor qilish choralarini koʻrish;
tizim faoliyati yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar bartaraf etilgan taqdirda, uni qayta ishga tushirish va qayta foydalanish uchun “Tizimning qoʻyilgan texnik talablarga javob berishini oʻrganish boʻyicha texnik xulosasi”ni berish;
biriktirilgan obyektdan ixtiyoriy voz kechilganda yoki bildirilgan eʼtirozlar 30 kun davomida bartaraf etilmagan taqdirda tadbirkorlik subyektlarining obyektga nisbatan boʻlgan toʻliq mulk huquqini sud tartibida bekor qilish choralarini koʻrish;
tizim faoliyati yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan uzrli sabablarga koʻra (mutaxassislarning chet eldan kelishi zarurati, tizimdagi kamchilikni bartaraf etish yuzasidan murakkab texnologik yechim va boshqalar) 30 kun ichida bartaraf etishning imkoni boʻlmagan taqdirda, mazkur muddatni tadbirkorlik subyektlarining yozma murojaatiga asosan 30 kungacha uzaytirish;
sud tartibida mulk huquqi bekor qilingan obyektni “E-auksion” elektron savdo platformasiga qayta eʼlon qilish uchun taqdim etish.
(49-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
50. Vakolatli organ va tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qiladilar.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
51. Vakolatli organ va tadbirkorlik subyektlari tizimning joriy etilishi va loyihaning samarali amalga oshirilishida tegishliligi boʻyicha masʼuldirlar.
52. Tizimni joriy etish va ekspluatatsiya qilishda kelib chiqadigan yoki yoʻl harakati hodisasi natijasida tizimga yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
53. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish boʻyicha hujjatlar loyihasini kelishish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati
1. Operator “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK bilan elektron auksionlarni oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatishga shartnoma tuzadi.
1. Elektron buyurtma berish sanasiga qadar.
2. Tizim oʻrnatiladigan joylarni auksionga qoʻyish uchun operatorga elektron buyurtma va obyektni tavsiflaydigan hujjatlarni elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilib yuboradi.
2. Taraflar tomonidan shartnoma imzolangandan soʻng.
2-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
1. Tizim oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylar haqida Ichki ishlar vazirligi rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalaridan maʼlumot oladi.
2-3. Auksionda ishtirok etish uchun arizalarni berish muddati yakunlangunga qadar.
3. Xabarnomada koʻrsatilgan zakalat miqdoridan kam boʻlmagan mablagʻni kiritgan holda arizani elektron koʻrinishda toʻldiriladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab yuboradi.
3-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK
1. Auksionni unda ishtirok etishga ariza bergan ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud boʻlganda, operator veb-portalida avtomatik tarzda oʻtkazadi.
1. Operator veb-portalida eʼlon qilingan vaqtda boshlanadi va gʻolib aniqlangunga qadar davom etadi.
2. Elektron onlayn-auksionlarda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektiga QR-kodini qoʻllash orqali auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.
2. Auksionda yutib olingan obyekt uchun toʻlov summasi toʻliq toʻlangandan keyin 3 ish kuni mobaynida
3. Bayonnomani auksion gʻolibi va vakolatli organning kabinetiga yuboradi.
3. Bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng.
4. Auksion natijalarini operatorning veb-portalida eʼlon qiladi.
4. Auksion yakunlangan zahoti.
4-bosqich
Transport vazirligi, mahalliy hokimliklar
Obyektni auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaga muvofiq gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektiga shartnoma asosida cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi bilan biriktiradi.
5 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
Tadbirkorlik subyekti quyidagi idoralardan obyekt boʻyicha texnik shart oladi:
1. “Oʻzbektelekom” AK filiali.
2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy korxonasi.
3. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi.
4. Tuman (shahar) hokimligi.
Zarur boʻlganda
6-bosqich
1. “Oʻzbektelekom” AK filiali.
2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy korxonasi.
3. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi.
4. Tuman (shahar) hokimligi.
Tadbirkorlik subyektiga muayyan obyekt uchun texnik shartlarni taqdim etadi.
7 ish kuni mobaynida
7-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
Texnik shartlar va talab etilgan boshqa hujjatlar bilan loyihalash idoralariga murojaat qiladi.
3 ish kuni mobaynida
8-bosqich
Loyihalash idorasi
Tegishli tashkilot va idoralar bilan loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda kelishadi.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi hamda tadbirkorlik subyektiga taqdim etadi.
15 ish kuni mobaynida
9-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish maqsadida ekspertiza faoliyatini olib borish huquqiga ega boʻlgan tashkilotga belgilangan tartibda taqdim etadi.
3 ish kuni mobaynida
10-bosqich
Loyihaga ekspertiza xulosasini beruvchi tashkilot
Loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazib, tadbirkorlik subyektiga eʼtiroz va takliflar yoki ijobiy xulosa taqdim etadi.
10 ish kuni mobaynida
11-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
Ijobiy xulosa olingan loyiha boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish yuzasidan ushbu sxemaning yettinchi bosqichida koʻrsatilgan davlat organlari bilan qayta kelishadi.
5 ish kuni mobaynida
12-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
Tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshiradi.
Pudratchi tashkilot bilan imzolangan shartnomadagi muddatlarda
13-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
1. Qurilish-montaj ishlari yakunlangandan soʻng ishchi hujjatlar va dalolatnomalarni rasmiylashtiradi.
2. Tizimni ishga tushirish yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi.
7 ish kuni mobaynida
Izoh: Tadbirkorlik subyektlari tomonidan tizimni joriy etish muddati obyekt oʻzlariga biriktirilgan kundan boshlab 60 kundan oshmasligi lozim.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi dasturiy-texnik vositalariga doir
TEXNIK TALABLAR
1-§. Umumiy talablar
1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi (keyingi oʻrinlarda — tizim) ushbu Texnik talablar va shaharsozlik normalari asosida joriy etiladi.
2. Tadbirkorlik subyektlari mazkur Texnik talablar va Oʻz DSt 1987:2018 davlat standarti asosida tizimni joriy qilish boʻyicha texnik topshiriq hujjatlarini ishlab chiqadi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasidan ekspertiza xulosasini oladi.
3. Tadbirkorlik subyektlari tizim doirasida quyidagi tizimlarni joriy etadi:
yoʻl harakati qoidabuzarliklarini foto va video qayd etish tizimi;
toʻxtash va toʻxtab turish yoʻl harakati qoidabuzarliklarini foto va video qayd etish tizimi.
2-§. Transport vositalarining harakat tezligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimiga qoʻyiladigan umumiy texnik talablar
4. Transport vositalarining harakat tezligini foto va video qayd etish (radar) tizimiga (keyingi oʻrinlarda — tezlikni qayd etish tizimi) qoʻyiladigan umumiy texnik talablarga muvofiq tizim:
bir vaqtning oʻzida uch va undan ortiq yoʻl boʻlaklarida harakatlanayotgan transport vositalarining tezligini hamda davlat raqam belgisini aniqlashi;
5 — 250 km/h tezlik oraligʻida harakatlanayotgan transport vositalarining tezligi va davlat raqami belgisini aniqlashi;
oʻrnatilgan nuqtadan sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida oʻtuvchi transport vositalarining kamida 95 foizining davlat raqami belgisini qayd etishi;
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlari taqsimoti boʻyicha davlat raqami belgilarini aniqlashi;
elektr tarmogʻida uzilishlar yuz berganda, uning faoliyatini 8 soatdan kam boʻlmagan vaqt davomida qoʻllab-quvvatlash imkoniga ega boʻlgan zaxira elektr manbai bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
5. Joriy etilgan tezlikni qayd etish tizimi orqali haydovchilar tomonidan belgilangan harakat tezligini oshirish qoidabuzarligini aniqlash talab etiladi.
3-§. Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimiga qoʻyiladigan umumiy texnik talablar
6. Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini foto va video qayd etish tizimiga (keyingi oʻrinlarda — qoidabuzarliklarni qayd etish tizimi) qoʻyiladigan umumiy texnik talablarga muvofiq tizim:
bir vaqtning oʻzida ikki va undan ortiq yoʻl boʻlaklari hamda chorrahalarda harakatlanayotgan transport vositalarining davlat raqami belgisini aniqlashi;
oʻrnatilgan nuqtadan sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida oʻtuvchi transport vositalarining kamida 95 foizining davlat raqami belgisini aniqlashi;
chorrahalarda hamda ikki va undan ortiq yoʻl boʻlaklarida bir vaqtning oʻzida sodir boʻladigan qoidabuzarliklarni aniqlashi;
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlari taqsimoti boʻyicha davlat raqami belgilarini aniqlashi lozim.
7. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan joriy etilgan qoidabuzarliklarni qayd etish tizimi orqali quyidagi qoidabuzarliklarni:
transport vositalari haydovchilari tomonidan svetoforning taqiqlovchi chirogʻida yoʻlning qatnov qismidagi yoʻl chiziqlarini yoki yoʻl belgilari bilan belgilangan toʻxtash chizigʻini bosib kirishi;
transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi chirogʻiga boʻysunmasdan oʻtishi;
transport vositalari haydovchilarining yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi;
transport vositalari haydovchilarining Yoʻl harakati qoidalari bilan tasdiqlangan 4.1.1. “Harakatlanish toʻgʻriga” buyuruvchi yoʻl belgisiga amal qilmasligi.
transport vositalari haydovchilarining Yoʻl harakati qoidalariga 2-ilova bilan tasdiqlangan 1.1 — yotiq chiziq yoʻl belgisiga amal qilmasligini aniqlash talab etiladi.
4-§. Toʻxtash va toʻxtab turish yoʻl harakati qoidabuzarliklarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimiga qoʻyiladigan umumiy texnik talablar
8. Toʻxtash va toʻxtab turish yoʻl harakati qoidabuzarliklarini foto va video qayd etish tizimiga (keyingi oʻrinlarda — toʻxtash va toʻxtab turish qoidabuzarliklarini qayd etish tizimi) qoʻyiladigan umumiy texnik talablarga muvofiq tizim:
belgilangan hududda transport vositalarining toʻxtash va toʻxtab turish yoʻl harakati qoidabuzarliklarini hamda ularning davlat raqami belgilarini aniqlashi;
toʻxtash va toʻxtab turish qoidabuzarliklarni qayd etish tizimi oʻrnatilgan nuqtadan 360 gradus radiusda, 100 metrdan kam boʻlmagan masofada toʻxtash va toʻxtab turish yoʻl harakati qoidabuzarliklarini aniqlashi;
oʻrnatilgan nuqtadagi transport vositalarining davlat raqami belgilarini sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida kamida 95 foizini aniqlikda roʻyxatga olishi;
bir nuqtada bitta transport vositasi bilan 24 soat davomida aniqlangan qoidabuzarliklarni bir marotaba qayd etishi;
toʻxtash va toʻxtab turish qoidabuzarliklarini qayd etish tizimi orqali Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlari taqsimoti boʻyicha davlat raqami belgilarini aniqlashi lozim.
9. Transport vositalarining toʻxtash va toʻxtab turish yoʻl harakati qoidabuzarliklarini hamda ularning davlat raqami belgilarini aniqlashda, dalil sifatida quyidagi ikki xil turdagi fotosurat ikki xil vaqt oraligʻida olinishi talab etiladi:
transport vositasining toʻxtash mumkin boʻlmagan hududda toʻxtagan vaqtdagi umumiy fotosurati;
transport vositasining davlat raqami belgisi kattalashtirilgan hamda aniq koʻringan holatdagi fotosurati. Bunda transport vositasi toʻxtash mumkin boʻlmagan hududda transport vositasi harakatini 1 daqiqagacha boʻlgan muddatga toʻxtatganligini tasdiqlovchi fotosuratlar;
transport vositasi toʻxtab turish mumkin boʻlmagan hududda transport vositasi harakatini 10 daqiqadan koʻproq vaqtga toʻxtatganligini tasdiqlovchi fotosuratlar.
5-§. Tizimning oʻrnatilishiga qoʻyiladigan umumiy talablar
10. Tizimni joylashtirish uchun avtomobil yoʻlining qatnov qismiga xalaqit bermaydigan holda, oʻng yoki chap yoʻnalishga “I” yoki “G” shakldagi metall ustun oʻrnatiladi.
11. Tizimlar metall ustunga 6 metrdan kam boʻlmagan balandlikda oʻrnatiladi.
12. Metall ustunlarni oʻrnatish, loyihalash, ekspertizadan oʻtkazish va tegishli davlat idoralari bilan kelishish ishlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
13. Metall ustun va transport vositasining toʻxtash chizigʻi oraligʻidagi masofa 15 — 25 metr boʻlishi lozim.
14. Tizim oʻrnatilgan metall ustunga umumiy holatni kuzatish va oʻrnatilgan qurilmalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida kuzatuv kameralari oʻrnatiladi.
15. Oʻrnatilgan metall ustunlarning oʻng yoki chap tomonidan 4 metr balandlikda telekommunikatsiya javoni oʻrnatiladi. Ushbu javon kerakli aloqa hamda elektr qurilmalari bilan jihozlanadi.
6-§. Tizim yordamida qayd etilgan qoidabuzarlik va transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayta ishlash hamda saqlashga qoʻyiladigan talablar
16. Tizim yordamida qayd etilgan qoidabuzarlik va transport vositalari toʻgʻrisidagi barcha foto maʼlumotlar 730 kundan, video maʼlumotlar 90 kundan kam boʻlmagan muddatda Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Maʼmuriy amaliyot” KAATda saqlanishi lozim.
qayd etilgan transport vositasining uch holatdagi fotosurati (transport vositasi, uning davlat raqami belgisi, qoidabuzarlik sodir etilgan holatning umumiy koʻrinishi);
qoidabuzarlik qayd etilgan vaqt (kun, soat, daqiqa);
transport vositasining tezligi (km/h);
qoidabuzarlik aniqlangan manzil (tuman (shahar), koʻcha, avtomobil yoʻlining kilometri yoki moʻljal);
holat aks etgan 6 — 10 soniyadan iborat videolavha va uning havolasi.
19. Maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash tizimida amalga oshirilgan har qanday amaliy buyruqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (log fayllar) saqlanishi lozim.
20. Tizim yordamida qayd etilgan qoidabuzarlik hamda transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlashning avtomatlashtirilgan (kompyuterlashtirilgan) boshqaruv tizimi xodimlariga masofadan turib ishlash imkoniyatining mavjud boʻlishi talab etiladi.
21. Tizim doimiy va uzluksiz rejimda ishlashi hamda uzilishlar roʻy berganda oflayn tarzda maʼlumotlarni toʻplash va saqlash, faoliyati qayta tiklanganda esa, olingan maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlishi talab etiladi.
7-§. Aloqa tarmogʻiga qoʻyiladigan talablar
22. Aloqa tarmoqlari optik tolali tarmoq texnologiyalari (kommutator, marshrutizator va boshqalar) yordamida tashkil etilib, tarmoqning soʻnggi nuqtalariga qadar xizmat koʻrsatishi uchun yetarli oʻtkazuvchanlikni taʼminlashi lozim.
23. Tizim orqali aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi foto va video maʼlumotlar VPN (Virtual Private Network — virtual xususiy tarmoq) aloqa kanali orqali markaziy server qurilmasiga uzatilishi lozim.
24. Aloqa liniyasida uzilishlar sodir boʻlganda, aniqlangan qoidabuzarliklarni vaqtincha saqlash uchun maxsus qurilma oʻrnatish, uning yordamida qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni saqlab turish va aloqa tiklangandan soʻng ularni markaziy serverga uzatish talab etiladi.
8-§. Tizimni elektr quvvati bilan taʼminlashga moʻljallangan elektr taʼminoti qurilmasiga qoʻyiladigan talablar
25. Tizimni elektr quvvati bilan taʼminlashga moʻljallangan elektr taʼminoti qurilmasining (keyingi oʻrinlarda — elektr taʼminoti) yerga ulanish kontur qarshiligi 4 Om gacha boʻlishi talab etiladi.
26. Elektr kabel sigʻimi oʻrnatilayotgan tizimning yuklamasidan kelib chiqib tanlanishi lozim.
27. Elektr energiyasini hisobga olish uchun sertifikati mavjud boʻlgan zamonaviy elektr oʻlchash vositalarini oʻrnatish talab etiladi.
28. Tizimning uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida 8 soatdan kam boʻlmagan zaxira elektr taʼminoti boʻlishi talab etiladi.
9-§. Dasturiy taʼminotga qoʻyiladigan talablar
29. Dasturiy taʼminot vositalari tizimni zamonaviy platformalarda ishlashini taʼminlab, eng soʻnggi standartlarni qoʻllab-quvvatlashi talab etiladi.
30. Tizim dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchisi tomonidan kamida 3 yil davomida qoʻllab-quvvatlanishi zarur.
31. Tizimning dasturiy taʼminoti umumiy va maxsus dasturiy taʼminotlardan iborat boʻlishi talab etiladi.
10-§. Tizimning axborot xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
32. Axborot xavfsizligi dasturiy taʼminoti tizimdagi axborotni va uni qayta ishlovchi vositalarni himoya qilish uchun moʻljallangan.
33. Axborot xavfsizligi dasturiy taʼminoti quyidagilarni oʻz ichiga olishi talab etiladi:
maʼlumotlarni saqlash;
roʻyxatga olish va hisobga olish;
yaxlitlikni taʼminlash;
xavfsizlik devori;
ruxsatsiz kirishlarni aniqlash;
antivirus himoyasi.
34. Ushbu Texnik talablarning 33-bandida nazarda tutilgan talablar buyurtmachi bilan kelishilgan holda, texnik dizayn bosqichida aniqlanishi va oʻzgartirilishi mumkin.
35. Axborotni muhofaza qilishda ishlatiladigan dasturiy taʼminot uchun OʻzDSt 2816:2014 “Axborot texnologiyalari. Eʼlon qilinmagan imkoniyatlar ustidan nazorat darajasi axborotini himoyalash vositasi dasturiy taʼminot klassifikatori” davlat standarti talabiga asosan nazorat qilishning uchinchi darajasi taʼminlanishi talab etiladi.
36. Tizim apparat va dasturiy qismlarining oʻzaro bogʻliqligi hamda integratsiyalangan holda ishlashini taʼminlash texnik loyihalash bosqichida amalga oshirilishi zarur.
37. Joriy etilayotgan tizimning “Maʼmuriy amaliyot” KAAT yoki boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalash tartibi hamda ularning oʻzaro bir-biri bilan bogʻlanish interfeyslari toʻgʻrisidagi yechimlar texnik loyihalashtirish davrida qabul qilinadi.
38. Axborot xavfsizligi dasturiy taʼminoti tizimning ulanish obyektlari va maʼlumotlarini potensial xavflardan, tasodifiy harakatlardan va tashqi hujumlardan himoya qilishni taʼminlash zarur.
39. Axborot xavfsizligi dasturiy taʼminoti quyidagi talablarga javob berishi shart:
maʼlumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash;
dasturiy taʼminot va foydalanuvchilar faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisobga olish;
axborotni aloqa kanallari orqali uzatish, saqlash va qayta ishlash jarayonida ruxsatsiz modifikatsiyadan himoyalash;
tizim resurslariga kirishni boshqarish;
aloqa kanallaridan uzatilayotgan maʼlumotlarni kriptografik usullar orqali maxfiyligini taʼminlash;
viruslardan himoyalash;
dasturiy taʼminotga noqonuniy kirishdagi maʼlumotlarni tahlil qilish;
dasturiy taʼminot konfiguratsiyasida yuzaga kelgan xatoliklar va kamchiliklarni aniqlash.
40. Tizim oʻrnatilgandan keyin oʻn kun sinov tariqasida ishlaydi.
41. Sinov muddatida tizim yordamida aniqlangan qoidabuzarliklar oʻn kun muddatda vakolatli organ tomonidan tahlil qilinadi va mazkur Texnik talablarda nazarda tutilgan qoidalarga zid boʻlmagan “Tizimni oʻrganish boʻyicha xulosa” tasdiqlanib, tizimdan foydalanishga ruxsat beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga 2-ILOVA
Elektron onlayn-auksionlarga qoʻyish uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymatini (boshlangʻich narxini) belgilash
TARTIBI
Chorraha va koʻchalarda sutka davomida transport vositalari qatnovining harakatlanish jadalligi (soni)
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlangʻich narxi)
Toshkent shahri hududida
Toshkent viloyati hududida
Viloyatlar markazlarida
Boshqa tuman va shaharlarda
0 — 20 000
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari
20 000 — 40 000
bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 13 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari
40 000 — 60 000
bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 18 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 13 baravari
60 000 — 80 000
bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 23 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 18 baravari
80 000 — 100 000
bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 23 baravari
100 000 va undan yuqori
bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 33 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravari
Izoh. Transport vositalari qatnovini aniqlash “Yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini qoʻllash qoidalari” toʻgʻrisidagi davlatlararo standartga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1-ilovaning 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
9.
Ichki ishlar vazirligi
Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari.
45
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasi (tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda tegishli ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun hamda bojxona organlari tomonidan undirilgan jarima summasi bundan mustasno).
50
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan undirilgan jarima summasi.
25
Avtomototransport vositalari qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun toʻlov summasi.
8
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar.
8
Chiqish va kirish vizalari berilganligi, ular muddatining uzaytirilganligi, vaqtincha turgan joy boʻyicha roʻyxatga olinganligi, doimiy yashash uchun hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun davlat bojlari.
8
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun undirilgan jarima summasi:
tizim joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab bir yil davomida;
10
tizim joriy etilib, ishga tushirilganidan bir yil oʻtgan kundan boshlab.