toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.09.2024
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
BUYRUGʻI
SERTIFIKATLASHTIRILGAN MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI INSPEKSIYA NAZORATIDAN OʻTKAZISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-aprelda 1464-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22 sentabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Sertifikatlashtirilgan mahsulotlar va xizmatlarni inspeksiya nazoratidan oʻtkazish qoidalari* tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazoratda ushlash Bosh direktor oʻrinbosari R.T. Husanov zimmasiga yuklatiladi.
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 1-fevral,
24-p-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 106-modda)