toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRIShDAN TUShADIGAN MABLAGʻLARNI TOʻLASh, TAQSIMLASh VA ULARDAN FOYDALANISh MASALALARIGA OID BAʼZI QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-iyuldagi 273-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning toʻlanishini, taqsimlanishini, hisobga olinishini va ularning tushishini va foydalanilishini nazorat qilishning umumiy qabul qilingan tartibi qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining “Ayrim korxonalar va mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirishning baʼzi masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 4-dekabrdagi 448-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni toʻlash, taqsimlash va ulardan foydalanish masalalariga oid ayrim qarorlari ilova qilinayotgan roʻyxatga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 26-dekabr,
475-son
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 20-dekabrdagi 475-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni toʻlash, taqsimlash va ulardan foydalanish masalalariga oid oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarorining 9-bandi va 12-bandining 1-xatboshi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi va umumiy ovqatlanish korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qarorining 4-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining samarali tashkil etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qaroriga 7-ilovaning 7-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning tushishini nazorat qilish va ularni toʻlash, taqsimlash, hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 23-avgustdagi 425-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasining ijarachi korxona va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirishni tugallashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 6-sentabrdagi 445-son qarorining 1-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 15-martdagi Farmonini bajarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 29-martdagi 171-son qaroriga 1-ilova IV boʻlimning 4.1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Respublika koʻchmas mulk birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 29-apreldagi 228-son qaroriga ilovaning III boʻlimi va IV boʻlimning 12-bandidagi qavs ichidagi “obyektlar dastlabki narxining 10 foizi va dastlabki narxdan ortiqcha qiymatning 5 foizi” soʻzlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi savdo-xarid uyushmasi “Oʻztayyorlovsavdo”ni tashkil etish masalalari” nomli 1994-yil 5-avgustdagi 399-son qarori 7-bandining 4-xatboshi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1994-yil 17-avgustdagi 422-son qarorining 1-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Davlat avtotransport vositalarini sotish tartibi toʻgʻrisida” 1994-yil 28-sentabrdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat avtotransport vositalarini jismoniy va davlat tasarrufida boʻlmagan yuridik shaxslarga sotish tartibi”ning 21-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
13. Vazirlar Mahkamasining “Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son qarorining 10-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligining agrokimyo xizmati koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 10-martdagi 82-son qarori 6-bandining 4-xatboshi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-apreldagi 126-son qaroriga 3-ilovaning 9 va 11-bandlari.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infrastrukturasini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 3-iyundagi 210-son qarorining 4-bandi.