Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining
7-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son “Soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2015-yil 31-dekabrdagi 2015-36, 113-son “Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2760, 2016-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 5-son, 50-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Energetika vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.