1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 5-fevralda 2760-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 13-martdagi 2021-15-sonli va Moliya vazirligining 2021-yil 12-martdagi 15-sonli ““Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2760-1, 14.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 336 va 341-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 31-dekabr,
2015-36-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 31-dekabr,
113-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2015-yil 31-dekabrdagi 2015-36, 113-son qaroriga ILOVA
Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 336 va 341-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji boʻyicha tushumlarni hisobga olish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan chet elda undiriladigan konsullik yigʻimlariga tatbiq etilmaydi.
Qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash boʻyicha komissiyaning ishchi organi funksiyasi alohida organga yuklatilgan boʻlsa, davlat boji boʻyicha tushumlarni hisobga olish shu ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
2. Davlat bojini undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) davlat bojining toʻgʻri hisoblab chiqarilishini va toʻliq undirib olinishini taʼminlaydilar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va vakolatli organlarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
2-bob. Davlat boji tushumlarining hisobini yuritish
3. Vakolatli organlar davlat boji tushumlarining hisobini elektron koʻrinishdagi davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblarida davlat boji va chet el valyutasi turlari boʻyicha alohida yuritadilar.
4. Davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblari har kuni ish kuni oxirigacha ularni yuritish yuklatilgan xodim tomonidan toʻldiriladi. Davlat bojining har bir tushumi alohida satrga kiritiladi. Davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblari tegishli hisobot yili yakunlangandan keyin besh yil saqlanadi.
5. Vakolatli organlar davlat boji tushumlarining hisobini milliy valyutada — mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Milliy valyutadagi davlat boji tushumlarini hisobga olish kitobida, chet el valyutasida — mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Chet el valyutasidagi davlat boji tushumlarini hisobga olish kitobida yuritadilar, bundan mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan holatlar mustasno.
6. Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirishni litsenziyalash yuzasidan davlat boji tushumlarini hisobga olish mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
Sudlar davlat boji tushumlarining hisobini milliy valyutada — mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Sudga murojaat qilinganda milliy valyutada toʻlangan davlat boji tushumlarini hisobga olish kitobida, chet el valyutasida — mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Sudga murojaat qilinganda chet el valyutasida toʻlangan davlat boji tushumlarini hisobga olish kitobida yuritadilar.
7. Davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblariga yozuvlar quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar asosida kiritiladi:
davlat boji naqd pulda yoki bank plastik kartalaridan foydalangan holda toʻlanganda — bank tomonidan toʻlovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya yoki toʻlovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoxud vakolatli organning kassasi tomonidan toʻlovchiga beriladigan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi kvitansiya;
davlat boji naqd pulsiz shaklda toʻlanganda — bankning toʻlov ijro etilganligi toʻgʻrisidagi belgisi boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi;
davlat boji chet el valyutasida naqd pulli va naqd pulsiz shaklda yoki bank plastik kartalaridan foydalangan holda toʻlanganda — vakolatli organlarning valyuta hisobvaragʻiga belgilangan tartibda kirim qilingan yoki kelib tushganligini tasdiqlovchi bank hujjati.
3-bob. Solishtirma dalolatnoma tuzish
8. Vakolatli organlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlaridan tashqari) davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblariga kiritilgan yozuvlar asosida ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari filiallari va oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari bilan davlat boji tushumlarini solishtiradilar. Solishtirish hisobot yilidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan bir yilda bir marta amalga oshiriladi. Solishtirish natijasi boʻyicha uch nusxada mazkur Nizomning 7 va 8-ilovalariga muvofiq shaklda solishtirma dalolatnoma tuziladi. Solishtirma dalolatnomaning birinchi nusxasi vakolatli organga, ikkinchi nusxasi — xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki filialiga, uchinchi nusxasi — vakolatli organ joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Vakolatli organlar, davlat soliq xizmati organlari va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki filiallari solishtirma dalolatnomaga oʻzlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni kiritadilar. Solishtirma dalolatnomaga unda aniqlangan tafovutlar boʻyicha izohlar ilova qilinishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatda taqdim etadilar. Davlat soliq xizmati organlari sudlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tegishli sudlar boʻyicha davlat boji tushumlarini xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari filiallari bilan solishtiradilar.
4-bob. Yakuniy qoidalar
9. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
10. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi, Markaziy banki, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Davlat test markazi, Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi va “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi bilan kelishilgan.
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
2015-yil 17-dekabr
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
2015-yil 14-dekabr
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2015-yil 18-dekabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 15-dekabr
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
2015-yil 16-dekabr
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2015-yil 22-dekabr
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
2015-yil 21-dekabr
Adliya vaziri M. IKRAMOV
2015-yil 21-dekabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
2015-yil 4-dekabr
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2015-yil 15-dekabr
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
2015-yil 28-dekabr
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
2015-yil 18-dekabr
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S. ARABOV
2015-yil 21-dekabr
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2015-yil 4-dekabr
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori A. YUNUSOV
2015-yil 16-dekabr
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi V. ISMAILOV
2015-yil 11-dekabr
Intellektual mulk agentligi bosh direktori oʻrinbosari M. BOBOJANOV
2015-yil 17-dekabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi O. YUSUPOV
2015-yil 17-dekabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori J. ISMAILOV
2015-yil 11-dekabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi L. AKBARXODJAYEV
2015-yil 24-dekabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal -maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2015-yil 21-dekabr
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi T. ULJAYEV
2015-yil 9-dekabr
Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi R. IKRAMOV
2015-yil 18-dekabr
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori v.v.b. A. UMAROV
2015-yil 14-dekabr
“Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi raisi F. RIZAYEV
2015-yil 10-dekabr
Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Milliy valyutadagi davlat boji tushumlarini hisobga olish KITOBI _______________________________________________________ (davlat bojining nomi)
soʻm.
T/r
Yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.
STIR (mavjud boʻlsa)
Davlat bojining toʻlanishi
Davlat bojining hisoblanishi
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishi (yoki kamaytirilishi)
Davlat bojining qaytarilishiga asos (vakolatli organning hujjati)
tasdiqlovchi hujjat
summasi
hisob raqami
yozuv sanasi
stavkasi
summasi
normativ-huquqiy hujjat nomi, raqami, sanasi va tegishli moddasi
summasi
sanasi
raqami
summasi
sanasi
raqami
1.
Yuridik shaxslar:
...
...
Jami
2.
Jismoniy shaxslar:
...
...
Jami
Toʻlov boʻyicha hammasi
Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Chet el valyutasidagi davlat boji tushumlarini hisobga olish KITOBI _______________________________________________________ (davlat bojining nomi)
valyuta turi
T/r
Yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.
STIR (mavjud boʻlsa)
Davlat bojining toʻlanishi
Davlat bojining hisoblanishi
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishi (yoki kamaytirilishi)
Davlat bojining qaytarilishiga asos (vakolatli organning hujjati)
tasdiqlovchi hujjat
summasi
valyuta hisob raqami
yozuv sanasi
stavkasi
summasi
normativ-huquqiy hujjat nomi, raqami, sanasi va tegishli moddasi
summasi
sanasi
raqami
summasi
sanasi
raqami
1.
Yuridik shaxslar:
...
...
Jami
2.
Jismoniy shaxslar:
...
...
Jami
Toʻlov boʻyicha hammasi
Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirishni litsenziyalash yuzasidan davlat boji tushumlarini hisobga olish KITOBI
soʻm
T/r
Yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.
STIR
Tasdiqlovchi hujjat
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishi (yoki kamaytirilishi)
Toʻlangan davlat bojining oʻtkazilishi
Davlat bojining qaytarilishiga asos (vakolatli organning hujjati)
raqami
sanasi
summasi
normativ-huquqiy hujjat nomi, raqami, sanasi va tegishli moddasi
summasi
tasdiqlovchi hujjat
summasi
hisob raqami
sanasi
raqami
summasi
sanasi
raqami
Jami
Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Sudga murojaat qilinganda milliy valyutada toʻlangan davlat boji tushumlarini hisobga olish KITOBI ____________________________________________________________________ (davlat bojining nomi)
soʻm
T/r
Yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.
STIR (mavjud boʻlsa)
Davlat bojining toʻlanishi
Davlat bojining qaytarilishiga asos (vakolatli organning hujjati)
yozuv sanasi
tasdiqlovchi hu�jat
summasi
hisob raqami
sanasi
raqami
summasi
sanasi
raqami
A
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1.
Yuridik shaxslar:
...
...
Jami
2.
Jismoniy shaxslar:
...
...
Jami
Toʻlov boʻyicha hammasi
Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Sudga murojaat qilinganda chet el valyutasida toʻlangan davlat boji tushumlarini hisobga olish KITOBI ____________________________________________________________________ (davlat bojining nomi)
valyuta turi
T/r
Yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.
STIR (mavjud boʻlsa)
Davlat bojining toʻlanishi
Davlat bojining qaytarilishiga asos (vakolatli organning hujjati)
yozuv sanasi
tasdiqlovchi hujjat
summasi
valyuta hisob raqami
sanasi
raqami
summasi
sanasi
raqami
A
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1.
Yuridik shaxslar:
...
...
Jami
2.
Jismoniy shaxslar:
...
...
Jami
Toʻlov boʻyicha hammasi
Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Milliy valyutada tushgan davlat boji summalarining budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga oʻtkazilishi toʻgʻrisida 20__ yil _________ holatiga SOLIShTIRMA DALOLATNOMA
soʻm
T/r
Vakolatli organlar nomi
Davlat boji turlari
Jami tushgan davlat boji summasi (23411-ShHRga)
Shundan oʻtkazildi
Qaytarilgan davlat boji summasi
budjetga (23402-ShHRga)
1-budjetdan tashqari jamgʻarmaga
2-budjetdan tashqari jamgʻarmaga
...
1
2
3
4
5
6
7
8
1.
Vakolatli organ maʼlumoti boʻyicha
1.
avavavava
2.
Jami
2.
Xizmat koʻrsatuvchi bank maʼlumoti boʻyicha
1.
2.
Jami
3.
Davlat soliq xizmati organi maʼlumoti boʻyicha
1.
2.
Jami
Izoh: vakolatli organlar tomonidan 4, 5, 6 va 7-ustunlari toʻldirilmaydi.
______________________________________ (vakolatli organ nomi)
rahbari:
imzo
F.I.O.
______________________________________ (xizmat koʻrsatuvchi bank nomi)
rahbari:
imzo
F.I.O.
______________________________________ (davlat soliq xizmati organi nomi)
boshligʻi:
imzo
F.I.O.
Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Chet el valyutasida tushgan davlat boji summalarining budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga oʻtkazilishi toʻgʻrisida 20__ yil ________ holatiga SOLIShTIRMA DALOLATNOMA
_____________ valyuta turi
T/r
Vakolatli organlar nomi
Davlat boji turlari
Jami tushgan davlat boji summasi (valyuta hisob raqamiga)
Shundan oʻtkazildi
Qaytarilgan davlat boji summasi
Budjetga
1-budjetdan tashqari jamgʻarmaga
2-budjetdan tashqari jamgʻarmaga
...
chel el valyutasida
milliy valyutada
chel el valyutasida
milliy valyutada
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1.
Vakolatli organ maʼlumoti boʻyicha
1.
ivaivav
2.
Jami
2.
Xizmat koʻrsatuvchi bank maʼlumoti boʻyicha
1.
2.
Jami
3.
Xizmat koʻrsatuvchi bank maʼlumoti boʻyicha
1.
2.
Jami
Izoh: vakolatli organlar tomonidan 4, 5, 6, 7, 8 va 10-ustunlari toʻldirilmaydi.
______________________________ (vakolatli organ nomi)
rahbari:
imzo
F.I.O.
______________________________ (xizmat koʻrsatuvchi bank nomi)
rahbari:
imzo
F.I.O.
______________________________ (davlat soliq xizmati organi nomi)
boshligʻi:
imzo
F.I.O.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 5-son, 50-modda)