1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 10-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3295]
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Energetika vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. AZIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-mart,
01-02/12-01-son
Energetika vaziri A.S. SULTANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-fevral,
IHL-841/20-son
Kelishildi:
Rais A.I. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-mart
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 6-martdagi 01-02/12-01-son va Energetika vazirligining 2021-yil 26-fevraldagi INL-841/20-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar foydalaniladi:
magistral gaz o‘tkazish quvuri — O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tabiiy gaz olib o‘tiladigan quvur;
tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblar — magistral gaz o‘tkazish quvurlarining o‘lchov tarmoqlarida tabiiy gaz hajmlarini aniqlash uchun o‘rnatilgan tabiiy gaz hisoblagichlari;
hisob-kitob davri — magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali tabiiy gaz yetkazib berish amalga oshiriladigan oy;
o‘lchov tarmog‘i — magistral gaz o‘tkazish quvurlarida tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblar o‘rnatilgan joy;
shartnoma soati — tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlariga asosan hisob-kitob davrini yopish vaqti va sanasi;
nazorat bojxona posti — O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tiladigan tabiiy gaz ustidan bojxona nazoratini amalga oshiradigan bojxona posti;
rasmiylashtiruv bojxona posti — O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz quvurlari orqali olib o‘tiladigan tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bojxona posti;
bojxona identifikatsiyasi — bojxona organi tomonidan plombalar, muhrlar qo‘yish, shtamplar bosish, raqamli, harfli tamg‘alar yozish, shuningdek boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladigan bojxona nazorati shakli.
2. Rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi (bundan buyon matnda BYD deb yuritiladi) yoki muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi (bundan buyon matnda MBYUD deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tabiiy gazni olib o‘tish uchun asos bo‘ladi.
2-bob. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tabiiy gazning bojxona nazorati
3. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali tabiiy gaz olib o‘tilishi ustidan bojxona nazorati nazorat bojxona posti xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona nazorati joylari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi (bundan buyon matda Qo‘mita deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq belgilanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
4. Bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tiladigan tabiiy gazning bojxona nazorati nazorat bojxona posti xodimlari va o‘lchov tarmog‘i mas’ul xodimlari tomonidan tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblardagi ko‘rsatgichlarni olish, hisob tizimini, qiyoslash vositalari mavjudligi va but saqlanganligini, hisoblagichlarni davlat standartlariga muvofiqligini, bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hisobot va ma’lumotlarni tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
5. Tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblardagi ko‘rsatgichlarni olish o‘lchov tarmog‘i mas’ul xodimi tomonidan hisob-kitob davrining oxirgi kunida shartnoma soatiga muvofiq nazorat bojxona posti xodimi ishtirokida amalga oshiriladi.
Bunda mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Nazorat bojxona posti xodimi dalolatnoma tuzilgach undagi ma’lumotlarni Qo‘mita Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Dalolatnomaning bir nusxasi o‘lchov tarmog‘ida yoki mazkur o‘lchov tarmog‘i joylashgan joydagi “O‘ztransgaz” AJning hududiy tarkibiy tuzilmasida saqlanadi va qolgan ikki nusxasi hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar:
bojxona nazorati uchun rasmiylashtiruv bojxona postiga;
“O‘ztransgaz” AJga yuboriladi.
6. O‘lchov tarmog‘i va tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblar ustidan bojxona nazorati bir oyda kamida ikki marta nazorat bojxona posti tomonidan amalga oshiriladi.
7. O‘lchov tarmog‘ida bojxona qonunchiligi buzilishi holati aniqlanganda, nazorat bojxona posti xodimi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq choralar ko‘radi.
Hududiy bojxona organi bojxona qonunchiligi buzilishi holati aniqlangan paytdan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan bojxona qonunchiligi buzilishi holati haqida rasmiylashtiruv bojxona postini xabardor qiladi.
3-bob. Bojxona identifikatsiyasi vositalarini qo‘yish va olish tartibi
8. Bojxona identifikatsiyasi vositalarini qo‘yish va olish bojxona nazorati joylarida nazorat bojxona posti xodimi tomonidan o‘lchov tarmog‘i mas’ul xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi, bundan tabiiy gazni hisobga olish tizimining ishdan chiqishi uchun xavf mavjud bo‘lgan holatlar mustasno.
9. Tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblarga bojxona plombalarini qo‘yish yoki ularni yechish va o‘zgartirilishida o‘lchov tarmog‘i xodimi tomonidan plombalash joylari tayyorlanadi.
10. Nazorat bojxona posti xodimi ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani 3 nusxada rasmiylashtirgan holda plombalarni qo‘yadi yoki olib tashlaydi.
Dalolatnomaning bir nusxasi nazorat bojxona postida, ikkinchi nusxasi o‘lchov tarmog‘ida, uchinchi nusxasi esa 5 kun ichida rasmiylashtiruv bojxona postiga yuboriladi.
11. Bojxona identifikatsiyasi faqatgina O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan o‘zgartirilishi, olib tashlanishi yoki yo‘q qilinishi mumkin, bundan tabiiy gazni hisobga olish tizimining ishdan chiqishi uchun xavf mavjud bo‘lgan holatlar mustasno. Bojxona plombasining butligi buzilishi haqida o‘lchov tarmog‘i xodimi tomonidan buzilishlar aniqlangan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida bojxona organiga xabar beriladi va bunday buzilish sabablari to‘g‘risida yozma tushuntirish taqdim etadi.
12. Tabiiy gazning hisobini yurituvchi asboblarni tekshirish yoki almashtirish yoxud bojxona plombalari butligining buzilishlari talab etadigan boshqa ishlarni amalga oshirish zaruriyati tug‘ilganda, bojxona plombalarining saqlanishi uchun mas’ul shaxslar nazorat bojxona postini ishlarining boshlanishi va yakunlanishi sanalarini ko‘rsatgan holda ushbu ishlar olib borilishi haqida oldindan xabardor qiladilar.
13. Mazkur Nizomning 12-bandida keltirilgan ishlar bajarilganidan so‘ng nazorat bojxona posti xodimi ushbu Nizomning 8 — 10-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda bojxona identifikatsiyasi vositalarini qo‘llaydi.
4-bob. Tabiiy gazni deklaratsiyalash va bojxona rasmiylashtiruvi
14. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gaz deklaratsiyalanishi kerak.
Tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiruvi Qo‘mita tomonidan belgilanadigan rasmiylashtiruv bojxona postlarida amalga oshiriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Tabiiy gazni deklaratsiyalash qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiruv bojxona postiga qog‘ozli yoki elektron shaklda BYDni topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VI bo‘limi.
15. Quyidagilar bo‘lmagan taqdirda, MBYUD taqdim etishga ruxsat etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
quvur transportlari orqali haqiqiy o‘tkaziladigan tovarlarning hajmi va qiymatini aniqlash imkoniyati;
16. MBYUD bojxona postiga rasmiylashtirish uchun tabiiy gaz yetkazib berishdan oldin, hisob-kitob davridan oldingi oyning 20 sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi.
MBYUD bilan bir vaqtda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
tabiiy gaz yetkazib berish uchun shartnoma;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tabiiy gazni magistral gaz o‘tkazish quvurlarida olib o‘tish bo‘yicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq yig‘ma dalolatnoma.
17. MBYUDda qayd etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar tabiiy gazning mo‘ljallanayotgan hajmini hisobga olgan holda taxminiy ravishda ko‘rsatiladi.
To‘liq BYDni rasmiylashtirishda taqdim etiladigan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni MBYUDda ko‘rsatilishi talab etilmaydi.
18. MBYUD Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (bundan buyon matnda Yo‘riqnoma deb yuritiladi) muvofiq to‘ldiriladi.
19. MBYUDning 1, 31 va 45-grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
a) 1-grafa “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi bo‘lmasida tovarlarni olib o‘tish yo‘nalishi ko‘rsatiladi “VD” — “vaqtinchalik deklaratsiya”.
Grafaning ikkinchi bo‘lmasida Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan “Bojxona rejimlari tasniflagichi”ga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi ko‘rsatiladi;
b) 31-grafa “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynerlar raqami — tovar tavsifi”.
Grafada qo‘shimcha ravishda tabiiy gazning hisobot davri muddatida olib chiqilishi yoki olib kirilishi mo‘ljallanayotganligidan kelib chiqib, uning taxminiy hajmlari ko‘rsatiladi;
v) 45-grafa “Bojxona qiymati”.
Grafada tabiiy gaz eksporti shartnomasining shartlari asosida bojxona chegarasi orqali o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan tabiiy gaz hajmiga muvofiq aniqlanadigan shartli bojxona qiymati qayd qilinadi.
Agarda, bunday narx MBYUD topshirilgandan keyingi qayd etilgan sanadagi birja bahosiga bog‘liq bo‘lsa, taxminiy narxni aniqlash uchun MBYUD qabul qilingan kundagi birja bahosi olinadi.
20. MBYUD va boshqa hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va bojxona rasmiylashtiruvi to‘liq BYDni taqdim etish orqali deklaratsiyalanadigan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan tartibga muvofiq bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
MBYUDga to‘liq BYD rasmiylashtirilgandan so‘ng, uning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
21. MBYUDni taqdim etishda to‘liq BYDning taqdim etish muddati MBYUDda ko‘rsatilgan hisob-kitob davri tugashidan to‘qson kalendar kunidan oshib ketmasligi lozim.
22. To‘liq BYDning bojxona rasmiylashtiruvi muddati tovar yetkazib berish oyining oxirgi kuni amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
BYD bilan bir vaqtda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tabiiy gazni magistral gaz o‘tkazish quvurlarida olib o‘tish bo‘yicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq yig‘ma dalolatnoma;
hisob-kitob davrida tabiiy gazni yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma tuzuvchining qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
23. To‘liq BYD ma’lum qilingan bojxona rejimiga muvofiq Yo‘riqnoma talablari asosida quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
a) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi bo‘lmasida tovarlarni olib o‘tish yo‘nalishi ko‘rsatiladi.
Grafaning ikkinchi bo‘lmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Grafaning uchinchi bo‘lmasida “PVD” — “vaqtinchalik deklaratsiyadan so‘ng” harfli belgisi ko‘rsatiladi;
b) 7-grafa. “BYDning ro‘yxat raqami”.
Grafada MBYUDning ro‘yxat raqami ko‘rsatiladi;
v) 37-grafa. “Protsedura”.
Grafaning oxirgi uchta raqamiga — “071” kodi ko‘rsatiladi;
g) “D” — grafa.
Elektron BYDda mazkur grafada tabiiy gaz yetkazib berilgan oyning oxirgi sanasi ko‘rsatiladi.
Qog‘oz shakldagi BYDda mazkur grafada bojxona nazorati natijalari haqida guvohlik beruvchi bojxona organining to‘rtburchak shtampi, tabiiy gaz yetkazib berilgan oyning oxirgi sanasi va shaxsiy muhri hamda zarur hollarda boshqa belgilar qo‘yiladi. Bojxona nazorati natijalari haqidagi to‘rtburchak shtamp tovarni o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilgan bojxona organi mansabdor shaxsining shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
24. BYD va MBYUD ko‘rsatilgan tabiiy gazning amaldagi hajmlarida farq bo‘lganda, tabiiy gazning amalda o‘tkazilganligi to‘g‘risida deklarant tomonidan hujjatlar taqdim qilishda MBYUDni qayta rasmiylashtirish amalga oshirilmaydi.
25. Tashqi savdo bojxona statistikasi hamda tashqi savdo operatsiyalari monitoringini va valyuta nazoratini amalga oshirish uchun faqatgina to‘liq BYDlar hisobga olinadi. Tashqi savdo bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor ravishda hisobga olish maqsadlari uchun MBYUDda mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
5-bob. Bojxona to‘lovlarini to‘lash
26. Bir kalendar oy mobaynida quvur transporti orqali bojxona chegarasidan olib o‘tilgan tovarlar bojxona to‘lovlari BYD taqdim etilgan kundan kechiktirmagan holda tovarlarni yetkazib berish oyining oxirgi kunida amalda bo‘lgan bojxona to‘lovlari stavkalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi.
Bunda, bir kalendar oy mobaynida quvur transporti orqali bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlarning qiymati bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tovarlarni yetkazib berish oyining oxirgi kunida belgilangan valyutalarni rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha aniqlanadi.
Quvur transportida olib o‘tiladigan tovarlar uchun MBYUD taqdim etilganda, bojxona to‘lovlari MBYUD taqdim etilgan kunida amalda bo‘lgan bojxona to‘lovlari stavkalari bo‘yicha MBYUD qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda to‘lanadi.
27. Ma’lumotlarga aniqlik kiritish natijasida to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining miqdori oshadigan bo‘lsa, ularning qo‘shimcha to‘lovi BYDni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim. Bu holda penya hisoblanmaydi.
6-bob. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranzit tarzda olib o‘tiladigan tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiruvi
28. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranzit olib o‘tiladigan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida joylashgan boshqa punktlar o‘rtasida boshqa davlatlar hududi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining VI bo‘limi.
29. Bojxona tranziti bojxona rejimida rasmiylashtirilgan tabiiy gaz hajmlari uchun BYD hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay bojxona organiga yuboriladi.
BYD bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
gaz transportirovkasi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi;
bojxona chegarasi orqali tabiiy gazni olib o‘tish to‘g‘risidagi yig‘ma hujjatlar;
tashqi savdo bitimlari ishtirokchilari imzolari va muhrlari bilan tasdiqlangan, tabiiy gazni qabul qilish-topshirish tijorat dalolatnomasi;
tabiiy gazni o‘lchash joylaridan olingan, olib kirilganligi va chiqilganligini tasdiqlovchi dalolatnomalar.
30. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 227 –– 22727 -moddalari.
31. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga 1-ILOVA
TASDIQLAYMAN
O‘zbekiston Respublikasi
energetika vaziri birinchi
o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tabiiy gazning bojxona nazorati joyi
T/r
Bojxona nazorati joyi nomi(to‘liq manzili)
O‘lchov tarmog‘i nomi
Tabiiy gaz yo‘nalishi
Nazorat bojxona posti nomi
1
2
3
4
5
“KELISHILGAN”
O‘zbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi(o‘rinbosari)
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ILOVA
“___” __________ 20___ yil (oy) uchun
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gazni hisobga olish asboblari ko‘rsatgichlarini olish to‘g‘risidagi
_____-son dalolatnoma
O‘lchov tarmog‘i nomi
Hisoblagich raqami
Hisoblagich ko‘rsatgichi, kontrakt soati
Hisoblagich ko‘rsatgichlari farqi
Hisoblagich koeffitsiyenti, m3
Sarflangan tabiiy gaz, m3
Joriy oyning 1-sanasi
O‘tgan oyning 1-sanasi
1
2
3
4
5
6
7
Qaytarish
O‘/t.
1.
2.
3.
O‘lchov tarmog‘i nomi
Hisoblagich raqami
Hisoblagich ko‘rsatgichi, kontrakt soati
Hisoblagich ko‘rsatgichlari farqi
Hisoblagich koeffitsiyenti, m3
Sarflangan tabiiy gaz, m3
Joriy oyning 1-sanasi
O‘tgan oyning 1-sanasi
1
2
3
4
5
6
7
Tabiiy gazni tranzit bo‘yicha qabul qilish
O‘/t.
1.
2.
3.
O‘lchov tarmog‘i mas’ul xodimi _____________________________________________________
(imzo , F.I.O.)
Nazorat bojxona posti xodimi __________________________________________
(shaxsiy muhr, imzo, F.I.O.)
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga 3-ILOVA
Tabiiy gazni hisobga olish asboblariga bojxona identifikatsiyasi vositalarini o‘rnatish/olish to‘g‘risidagi(keragini tagiga chizing) “__” ____________ 20___ yildagi ______-son dalolatnoma
Ushbu dalolatnoma___________________________________________________________________ tomonidan
(bojxona identifikatsiyasi vositalarini o‘rnatish sabablari ko‘rsatiladi)
_________________________
________________________
________________________
(bojxona xodimi lavozimi)
(shaxsiy muhri, imzo)
(F.I.O)
_________________________
________________________
________________________
(obyekt xodimi lavozimi)
(imzo)
(F.I.O)
_________________________
________________________
________________________
(obyekt xodimi lavozimi)
(imzo)
(F.I.O)
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga 4-ILOVA
_______________________________________da
(davlat nomi)
20__ yil ____ _____________ uchun
(kun)
(oy)
“O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz o‘tkazish quvurlari orqali tabiiy gazni olib o‘tilishi to‘g‘risidagi yig‘ma hujjatlar” (tezkor / amaldagi ma’lumotlar bo‘yicha) ___-son DALOLATNOMA
T/r
Shartnoma raqami va sanasi
O‘lchov birligi,ming. kub. m
Bir yilga tuzilgan shartnomalar hajmi
Amalda _________oyi 20__ yilda yetkazib berilgan
O‘lchov tarmog‘i nomi
Miqdori
summa,AQSh doll.
Miqdori
summa, AQSh doll.
Ming kub. m
kg
1
2
3
4
5
6
7
8
9
“O‘ztransgaz” AJ direktori o‘rinbosari
________________________
F.I.O, imzo
“O‘ztransgaz” AJ bosh buxgalteri
________________________
F.I.O, imzo
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2021-y., 10/21/3295/0313-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)