toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning shoʻrini yuvish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Respublikada sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini va suv taʼminotini yaxshilash hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning shoʻrini yuvish uchun foydalaniladigan va tasdiqlangan shoʻr yuvish normalari doirasida, shuningdek, kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslarini ulardan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilish, suvni tejaydigan (tomchilatib, yomgʻirlatib, diskret va boshqa) sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishga davlat tomonidan subsidiyalar ajratish hamda yer soligʻi boʻyicha imtiyoz berish tizimi yaratildi.
Shu bilan birgalikda, yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini agrotexnik qoidalar asosida sifatli va tizimli tashkil etishga, suv isteʼmolini nazorat qilishga yetarlicha eʼtibor berilmayapti. Natijada agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvishda, ayniqsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, Buxoro, Navoiy, Fargʻona va Xorazm viloyatlarining aksariyat tumanlarida agrotexnik qoidalar va muddatlar qoʻpol ravishda buzilib, suv isrofgarchiligiga yoʻl qoʻyilgan, shoʻr yuvish ishlarining samarasi pastligicha qolmoqda.
Suvni tejaydigan sugʻorish va lazerli yer tekislash texnologiyalari joriy qilingan maydonlarda yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish yuzasidan xorijiy tajribalarni oʻrganish, yangi ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish soha talablaridan ortda qolmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-son qarori ijrosini taʼminlash hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda yerlarning shoʻrini yuvish, meliorativ holatini yaxshilash, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish hamda shoʻr yuvish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
yerlarning shoʻrini yuvish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining meliorativ ekspeditsiyalari tomonidan ishlab chiqiladigan va ilmiy asoslangan tavsiyalar boʻyicha maqbul muddatlarda va shoʻr yuvish normalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi;
yerlarning shoʻrini yuvish ishlari har uch yilda kamida bir marta lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislangan holda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
shoʻr yuvish ishlari uchun suv olish xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ajratilgan suv olish limiti doirasida amalga oshiriladi hamda suvning hisobi va hisoboti yuritiladi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
shoʻr yuvish uchun berilgan suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qoʻyishga va ularning texnik holatiga zarar yetkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suv isteʼmolchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 442-moddasi talablaridan kelib chiqib, shoʻr yuvish ishlari uchun ajratilgan suv olish limitidan ortiqcha suv olingan taqdirda, belgilangan tartibda suvdan foydalanganlik uchun soliqqa tortilishi koʻrsatib oʻtilsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
a) shoʻr yuvish ishlarini rejalashtirish, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
har yili 1-oktabrga qadar Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan suv resurslarining prognozlariga asosan xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarning (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining) suv olish limitlari tasdiqlanadi va joylarga yetkaziladi;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
har yili 20-oktabrga qadar agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlar bilan suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalari, shuningdek, tegishli shartnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi;
har yili 1-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining meliorativ ekspeditsiyalari tomonidan hududlar boʻyicha meliorativ kadastr hujjatlari ishlab chiqiladi;
har yili 10-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining meliorativ ekspeditsiyalari tomonidan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi, agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlarga yetkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
har yili 20-noyabrga qadar suv isteʼmolchilari tomonidan xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) bilan birgalikda ularga berilgan tavsiyalar va suv isteʼmoli rejalariga asosan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlari rejalari ishlab chiqiladi;
(2-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
b) yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish tartibi, shu jumladan, yerlarning shoʻrini yuvish ishlari shoʻr yuvish rejalari boʻyicha berilgan tavsiyalar asosida maqbul muddatlarda va ajratilgan suv olish limitlari doirasida shoʻr yuvish normalariga muvofiq amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) shoʻr yuvishda suvdan foydalanish va shoʻr yuvish monitoringini yuritish tartibi, shu jumladan, xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) suv isteʼmolchilari bilan belgilangan tartibda shoʻr yuvish ishlari uchun olingan suvning hisobi va hisobotini yuritadi.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
a) yerlarning meliorativ holatini nazorat qilish va baholash ishlarining tizimli ravishda sifatli amalga oshirilishini;
b) suv resurslarini oqilona boshqarishni va ajratilgan suv olish limiti doirasida suv yetkazib berilishini taʼminlasin;
v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Innovatsion rivojlanish vazirligiga 2021-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻoriladigan, shuningdek, lazer uskunali yer tekislagichlar bilan tekislangan maydonlarda yerlarning shoʻrini yuvish bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga qaratilgan ilmiy loyihalarga tanlov eʼlon qilish uchun takliflar kiritsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga:
shoʻri yuviladigan maydonlarni har yili 1-dekabrga qadar sifatli shudgorlash va zarur hollarda chuqur yumshatish;
yerlarni har uch yilda kamida bir marta lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislash;
yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini ilmiy asoslangan tavsiyalar boʻyicha maqbul muddatlarda va shoʻr yuvish normalarida amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash hamda ulardan samarali foydalanish ishlarini tizimli tashkil qilish va amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarida agrotexnik qoidalarga, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin;
suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qoʻyishning har bir holatini favqulodda holat sifatida baholab, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzganlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda keskin choralar koʻrib borsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Qishloq xoʻjaligida suvdan samarali foydalanish texnologiyalari” va “Shoʻr yuvish texnologiyalari” fanlari boʻyicha oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish choralarini koʻrsin. Bunda mazkur sohadagi oliy taʼlim muassasalariga 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, yuqorida koʻrsatilgan fanlarni tegishli taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv rejalariga kiritish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-aprel,
190-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi 190-son qaroriga
ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Shoʻr yuvish ishlarini rejalashtirish
3. Yerlarning shoʻrini yuvish ishlarini rejalashtirish yerlarning meliorativ holatiga qarab belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda uning hududiy organlari tomonidan har yili 1-oktabrga qadar suv resurslarining prognozlariga asosan xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarning (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining) suv olish limitlari belgilangan tartibda tasdiqlanadi va joylarga yetkaziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Suv isteʼmolchilarining suv olish limitlari xalq deputatlari tuman Kengashlari qarorlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ularga xizmat koʻrsatadigan tegishli foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) tomonidan suv isteʼmolchilariga yetkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) har yili 20-oktabrga qadar agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan birgalikda suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalarini, shuningdek, tegishli shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi meliorativ ekspeditsiyalar (keyingi oʻrinlarda — Meliorativ ekspeditsiyalar) har yili 1-noyabrga qadar hududlar boʻyicha meliorativ kadastr hujjatlarini ishlab chiqadi.
Bunda sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv koʻrsatkichlari oʻrganiladi hamda tahlil qilinadi. Sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv xaritalari ishlab chiqiladi.
8. Meliorativ ekspeditsiyalar har yili 10-noyabrga qadar yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ilmiy asoslangan tavsiyalarni (keyingi oʻrinlarda — Tavsiyalar) ishlab chiqadi hamda agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga (keyingi oʻrinlarda — suv isteʼmolchilari) yetkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Suv isteʼmolchilari xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) bilan birgalikda ularga berilgan Tavsiyalar va suv isteʼmoli rejalariga asosan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlari rejalarini har yili 20-noyabrga qadar ishlab chiqadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
3-bob. Yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish
10. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini sifatli amalga oshirishga koʻmaklashish uchun suv isteʼmolchilariga malakali mutaxassislarni biriktiradi.
11. Suv isteʼmolchilari:
shoʻri yuviladigan maydonlarni gʻoʻzapoya yoki boshqa oʻsimliklar qoldiqlaridan tozalaydi hamda sifatli shudgorlaydi, zarur hollarda Tavsiyalarga asosan chuqur yumshatish ishlarini amalga oshiradi;
yerlarni har uch yilda kamida bir marta lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislash ishlarini amalga oshiradi;
shudgorlangan va tekislangan maydonlarni Tavsiyalar asosida pollarga boʻladi, nishablik katta boʻlgan maydonlarda chuqur egatlar oladi, oʻqariq va shoxariqlar oladi;
shoʻr yuvish ishlarini sifatli amalga oshirish va suvdan oqilona foydalanish uchun yer maydonining katta-kichikligiga qarab kamida toʻrt nafar tajribali suvchini (mutaxassisni) jalb qiladi, ularga dalada zarur sharoitlarni yaratadi.
12. Yerlarning shoʻr yuvish ishlari shoʻr yuvish rejalari boʻyicha berilgan tavsiyalar asosida maqbul muddatlarda va ajratilgan suv olish limitlari doirasida shoʻr yuvish normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Shoʻr yuvishda pollarni suv bilan toʻldirish maydonning yuqori qismidan pastga qarab, kollektor-drenaj tarmogʻi tomon navbat bilan amalga oshiriladi.
13. Shoʻr yuvish ishlari uchun ajratilgan suvni kollektor-drenaj tarmogʻiga tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Shoʻr yuvishda suvdan foydalanish va shoʻr yuvish monitoringi
Oldingi tahrirga qarang.
14. Shoʻr yuvish uchun suv resurslarini olish xizmat koʻrsatuvchi foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) bilan kelishilgan holda, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan suv olish joylarida amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
15. Suv isteʼmolchilari:
Oldingi tahrirga qarang.
suv olish uchun xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarga (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalariga) suv isteʼmoli rejasi asosida va suv olish limiti doirasida yozma buyurtmanoma beradi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmanomani xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarga (Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalariga) yoki ularning vakolatli shaxslariga suv olish boshlanishidan oʻn kun oldin belgilangan shaklda, suv olishning aniq joylari va muddatlari (suv olishning boshlanishi va tugashi), shuningdek, olinadigan suv miqdorini koʻrsatgan holda taqdim etadi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
16. Ajratilgan suv olish limitidan ortiqcha olingan suv miqdoriga belgilangan tartibda suvdan foydalanganlik uchun soliq undiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVII boʻlimi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) suv isteʼmolchilari bilan birgalikda belgilangan tartibda shoʻr yuvish ishlari uchun olingan suvning hisobi va hisobotini yuritadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi:
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 72, 74, 76-moddalari.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlari, shuningdek, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatadi;
suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qoʻyish, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzganlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼsirchan choralar koʻrib boradi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi hamda uning hududiy organlari

Suv resurslarining prognozlariga asosan xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarning (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining) suv olish limitlarini belgilangan tartibda tasdiqlash va joylarga yetkazish.

Har yili 1-oktabrga qadar

2-bosqich

Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari)

Agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalarini, shuningdek, tegishli shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.

Har yili 20-oktabrga qadar

3-bosqich

Meliorativ ekspeditsiyalar

Hududlar boʻyicha sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv koʻrsatkichlarini oʻrganish hamda tahlil qilish. Sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv xaritalarini hamda meliorativ kadastr hujjatlarini ishlab chiqish.

Har yili 1-noyabrga qadar

4-bosqich

Meliorativ ekspeditsiyalar

Yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish hamda agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga yetkazish.

Har yili 10-noyabrga qadar

5-bosqich

Suv isteʼmolchilari

Xizmat koʻrsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) bilan birgalikda ularga berilgan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni (keyingi oʻrinlarda — Tavsiyalar) va suv isteʼmoli rejalariga asosan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlari rejalarini ishlab chiqish.

Har yili 20-noyabrga qadar

6-bosqich

Suv isteʼmolchilari

Yerlarning shoʻr yuvish ishlarini shoʻr yuvish rejalari boʻyicha berilgan Tavsiyalar asosida maqbul muddatlarda va ajratilgan suv olish limitlari doirasida shoʻr yuvish normalariga muvofiq amalga oshirish.

Tavsiyada koʻrsatiladigan maqbul muddatlarda

7-bosqich

Xizmat koʻrsatuvchi foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari)

Suv isteʼmolchilari bilan belgilangan tartibda shoʻr yuvish ishlari uchun olingan suvning hisobi va hisobotini yuritish.

Shoʻr yuvish davrida

8-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlari, shuningdek, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatish.

Suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qoʻyish, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzganlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼsirchan choralar koʻrish.

Yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish davrida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
_______________ tumani _______________ klasterga (fermer xoʻjaligi va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga)
Shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish boʻyicha
TAVSIYALAR
1. Jami ekin maydoni ______ gektar, shundan ______ gektari har xil darajada shoʻrlangan, jumladan:
____ kontur — kuchli shoʻrlangan, yer osti suv sathi ____ metr chuqurlikda joylashgan, yer osti suvining minerallashuvi ____ gr/litrni tashkil etadi;
____ kontur — oʻrtacha shoʻrlangan, yer osti suv sathi ____ metr chuqurlikda joylashgan, yer osti suvining minerallashuvi ____ gr/litrni tashkil etadi;
____ kontur — kuchsiz shoʻrlangan, yer osti suv sathi ____ metr chuqurlikda joylashgan, yer osti suvining minerallashuvi ____ gr/litrni tashkil etadi.
2. Tuproq mexanik tarkibiga koʻra:
____ kontur –_________ tuproq, ____ kontur –_________ tuproq, ____ kontur –_________ tuproq sirasiga kiradi.
3. Shoʻr yuvishga yerlarni 20__ yil “__” oyining ______ gacha tayyorlash tavsiya etiladi.
4. Shoʻr yuvish ishlari dastlab ___ -chi konturda, keyin ___ -chi konturda, undan keyin ___ -chi konturda amalga oshiriladi.
5. Shoʻr yuvish ishlarini sifatli bajarish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
shoʻri yuviladigan maydonlarni dastlab gʻoʻzapoya yoki boshqa oʻsimliklar qoldiqlaridan tozalash;
yerlarni maqbul muddatlarda 35 — 40 sm chuqurlikda sifatli qilib shudgorlash, gips yoki qattiq qatlamlar mavjud boʻlganda plantajli plug bilan shudgorlash yoki chuqur yumshatish;
kuchli shoʻrlangan maydonlarga shudgordan oldin turoqning ball-bonitetiga qarab har gektariga 10 — 20 tonnadan mahalliy goʻng solish;
yerlarni lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar yordamida uch yilda kamida bir marta tekislash;
shoʻr yuviladigan maydonni uning nishabligiga qarab quyidagi oʻlchamlarda pollarga boʻlish:
___-chi konturda polning eni ___ metr, boʻyi ___ metr, maydoni ___ gektar;
___-chi konturda polning eni ___ metr, boʻyi ___ metr, maydoni ___ gektar;
___-chi konturda polning eni ___ metr, boʻyi ___ metr, maydoni ___ gektar.
6. Shoʻr yuviladigan maydonlarda sxemaga muvofiq oʻqariqlar va pollarni olish.
Shoʻr yuviladigan maydonlarda dastlab marzalar olinadi. Marzalar eniga ___ metrdan, boʻyiga esa har ___ metrdan olinadi. Oʻqariqlar esa ikki pol oʻrtasida boʻylamasiga olinadi.
Agar ekin maydoni ichida yopiq-gorizontal drenaj mavjud boʻlsa, oʻqariqlar ikki drenaj oʻrtasidan olinadi.
Marzalar va oʻqariqlarning balandligi bir marta suv bostirishda beriladigan suv ustunining (sathining) chuqurligini eʼtiborga olib, yerning tekislangan joyiga nisbatan 0,35 — 0,45 metr baland boʻlishi kerak. Nishabligi katta boʻlgan dalalarda pollarni ajratuvchi marzalar balandligi 0,5-0,6 metrgacha boʻlishi mumkin.
7. Shoʻr yuvishga pol olish ishlari noyabr oyidan boshlab, dekabr oyining iliq kunlarida tugallanishi lozim.
Shoʻr yuvish normasi tuproqning shoʻrlanganlik darajasiga va mexanik tarkibiga qarab belgilanadi.
Bir gektar maydonning shoʻrini yuvish uchun _____ -chi konturga _______ kub m/ga, _____ -chi konturga _______ kub m/ga, _____ -chi konturga _______ kub m/ga miqdorda suv berish tavsiya etiladi
Shoʻr yuvish ishlari navbat bilan dastlab kuchli shoʻrlangan maydonlarda, undan keyin oʻrtacha shoʻrlangan maydonlarda boshlanib, oxirida kuchsiz shoʻrlangan maydonlarda amalga oshiriladi.
Pollarni suv bilan toʻldirish yuqoridan pastga qarab, kollektor-drenaj tarmogʻi tomon navbat bilan amalga oshiriladi.
Shoʻr yuvish ishlari quyidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Kuchsiz shoʻrlangan, shuningdek, yengil tuproqli oʻrtacha shoʻrlangan maydonlar bir marta yuviladi. Oʻrtacha shoʻrlangan qolgan maydonlar esa ikki marta, kuchli shoʻrlangan maydonlar esa uch marta yuviladi. Bunda pollarni suv bilan bostirishda suv miqdori kamaytirib boriladi.
Shoʻr yuvish ishlariga _______ oyidan boshlab kirishilishi lozim.
Birinchi shoʻr yuvish ishlarini _______ ga qadar, ikkinchi va uchinchi shoʻr yuvish ishlarini _______ ga qadar toʻliq yakunlash tavsiya etiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/190/0306-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)