Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
“Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 20-iyundagi 18/1 va 2009-20-son “Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob- kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1986, 2009-yil 27-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 351-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 11-maydagi 18/I va 2010-23-son “Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob- kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1986-1, 2010-yil 9-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 190-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 2-martdagi 5/2 va 2013-18-son “Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob- kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1986-2, 2013-yil 1-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 187-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 6-fevraldagi 310-B-3 va 2015-6-son “Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1986-3, 2015-yil 11-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 6-son, 76-modda).