toggle_night_mode
Hujjat 31.03.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash uslubiyoti hamda hisobot shakllarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 31-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3292]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son “Tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash uslubiyoti 1-ilovaga muvofiq;
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobot shakllari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 31-mart,
7-mh-son
Kelishildi:
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. KARIMOV
2021-yil 23-mart
Vazir D. KUCHKAROV
2021-yil 29-mart
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 31-martdagi 7-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash
USLUBIYOTI
Mazkur Uslubiyot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son “Tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning (bundan buyon matnda normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) tartibga solish taʼsirini baholash jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Uslubiyotda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ishlab chiquvchi — loyihani ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholashni oʻtkazuvchi davlat organi va tashkiloti;
manfaatdor tomonlar — oʻrganilayotgan muammo yoki taklif etilayotgan tartibga solish doirasiga tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari va tashkilotlari hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari;
miqdoriy koʻrsatkichlar — maʼlum iqtisodiy yoki jismoniy mohiyatga ega boʻlgan, son sifatida ifodalanadigan koʻrsatkichlar. Bunga, barcha moliyaviy va bozor koʻrsatkichlari (daromad, sof foyda, doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar, sotish hajmi, bozor ulushi va boshqalar), qiymat birligi, vazn va ogʻirlik, uzunlik va boshqa vositalar bilan oʻlchanadigan koʻrsatkichlar kiradi;
sifat koʻrsatkichlar — xarajat, miqdor, vazn va ogʻirlik, uzunlik, samaradorlik va boshqa oʻlchovlarning aniq birliklari bilan oʻlchash qiyin boʻlgan koʻrsatkichlar. Ular, qoida tariqasida, odamlarning maʼlum faktlar, hodisalar, ularning afzalliklari va baholariga munosabatini aks ettiradi. Sifat koʻrsatkichlar foizlar bilan ham oʻlchanadi;
tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobot — loyiha yoki normativ-huquqiy hujjat yuzasidan oʻtkazilgan tartibga solish taʼsirini baholash yakunlari boʻyicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
tartibga solish taʼsirini baholash — loyihaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy oqibatlarni aniqlash va baholash, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, samaradorligini hamda tartibga solish usulini qoʻllashda vujudga kelgan oqibatlarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
foyda — loyiha yoki normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlarga kelishi mumkin boʻlgan (kelgan) har qanday shakldagi foyda yoki daromad;
xarajatlar — loyiha yoki normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlarga keltirilishi mumkin boʻlgan (keltirilgan) xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Uslubiyotda qoʻllaniladigan foyda (shu jumladan, bevosita yoki bilvosita foyda) va xarajat (shu jumladan, bevosita, bilvosita hamda maʼmuriy xarajat) atamalarining mazmuni buxgalteriya hisobida qoʻllaniladigan shunday atamalar mazmunidan farqlanadi va faqat tartibga solish taʼsirini baholash doirasida qoʻllaniladi.
3. Ishlab chiquvchi tomonidan tartibga solish taʼsirini baholash, shuningdek tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotni toʻldirish ushbu Uslubiyot asosida amalga oshiriladi.
4. Tartibga solish taʼsirini baholashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
“ex-ante” — loyihani tartibga solish taʼsirini baholash;
“ex-post” — retrospektiv tahlil (real maʼlumotlar) asosida normativ-huquqiy hujjat bilan joriy etilgan tartibga solish vositasining taʼsirini oʻrganish.
5. “Ex-ante” usulini qoʻllashda quyidagilar amalga oshiriladi:
tartibga solinishi kerak boʻlgan muammoni tahlil qilish;
tartibga solinishi kerak boʻlgan sohada davlat aralashuvining zaruratini (sabablarini) aniqlash;
tartibga solish orqali erishilishi lozim boʻlgan maqsadlarni belgilash;
muammoni hal qilishda muqobil usullarni oʻrganish, ularning afzalliklari hamda kamchiliklarini aniqlash va tanlangan muqobil usulni qoʻllashning maqsadga muvofiqligini asoslash;
foyda va xarajatlar tahlili yordamida loyihaning manfaatdor tomonlarga taʼsirini baholash;
loyihaning raqobat muhitiga taʼsirini tahlil qilish;
loyiha qabul qilinishidan kutilayotgan natijalarni aniqlash;
tartibga solish maqsadlariga erishish uchun zarur chora-tadbirlarni belgilash;
loyihani jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va natijalari asosida uni takomillashtirish;
loyihaning amal qilishi taklif qilingan davrini asoslash (amal qilish muddati mavjud boʻlganida).
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Ex-post” usulini qoʻllashda quyidagilar amalga oshiriladi:
normativ-huquqiy hujjat taʼsir koʻrsatgan manfaatdor tomonlarni tahlil qilish;
normativ-huquqiy hujjat bilan oʻrnatilgan tartibga solish vositasining natijadorligi, maqsadlariga erishilganligi hamda uning qoʻllanilishi natijasida vujudga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlarini aniqlash;
tartibga solish vositasining samaradorligini oʻrganish;
normativ-huquqiy hujjatning raqobat muhitiga taʼsirini tahlil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
normativ-huquqiy hujjat bilan oʻrnatilgan tartibga solish vositasining amal qilishi maqsadga muvofiqligi yoki uni bekor qilish zarurligini oʻrganish;
tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida uni takomillashtirish.
2-bob. “Ex-ante” usuli boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholash
1-§. Tartibga solinishi kerak boʻlgan muammoni tahlil qilish
Keyingi tahrirga qarang.
7. Muammo toʻgʻrisida maʼlumotlar aniq shakllantirilishi, tavsiflanishi, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda tahlil qilinishi lozim:
muammo vujudga kelgan soha;
sohaning huquqiy tartibga solinganlik holati va huquqni qoʻllash amaliyoti;
muammo taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar va/yoki subyektlar;
muammoning mavjudligi sababli kelib chiqqan (chiqishi mumkin boʻlgan) salbiy oqibatlar;
muammoga oid statistik maʼlumotlar hamda boshqa miqdoriy va sifat koʻrsatkichlar (misol uchun, ushbu sohada muammo mavjudligi sababli 1,5 mingta qonun buzilishlar sodir etilgan boʻlib, 500 mln soʻm miqdorda jismoniy va yuridik shaxslarga zarar yetkazilgan);
sohada raqobat muhitining holati;
tartibga solinayotgan sohada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar va h.k.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Muammoni tavsiflash uchun foydalanilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish imkoni boʻlishi lozim.
2-§. Tartibga solinishi kerak boʻlgan sohada davlat aralashuvining zaruratini (sabablarini) aniqlash
Keyingi tahrirga qarang.
9. Tartibga solinishi kerak boʻlgan sohada davlat aralashuvining zarurati asosan quyidagi sabablarni oʻz ichiga olishi mumkin:
a) bozordagi muvaffaqiyatsizlik (masalan: bozor narxlari jamiyat uchun real xarajatlar va foydalarni aks ettirmaydi; jamoat mahsulotlari bilan taʼminlanishning yetarli emasligi; raqobat muhiti yetarli emasligi; axborot yetishmovchiligi (masalan, isteʼmolchilar uchun maʼlumot olish imkoniyati cheklanganligi yoki umuman yoʻqligi);
b) tartibga solishning samarasizligi (masalan, jamoat manfaatlariga mos kelmaydigan amaldagi tartibga solish vositasi);
v) aholining salomatligi va/yoki jamiyat xavfsizligi uchun xavf-xatar;
g) atrof-muhitni muhofaza qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Tartibga solish orqali erishilishi lozim boʻlgan maqsadlarni belgilash
10. Normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishidan koʻzlangan maqsad aniq va loʻnda belgilab olinishi zarur.
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsadning toʻgʻri belgilanishi mazkur hujjat normalarining muvaffaqiyatli tatbiq etilishini baholash va maqsadga erishish yoʻllarini aniq belgilab olishning muhim sharti hisoblanadi.
11. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsad quyidagi mezonlarga javob berishi shart:
aniq boʻlishi — aniq maqsad normativ-huquqiy hujjatni turli talqin etilishining oldini oladi;
oʻlchovli boʻlishi — maqsad oʻlchovli va tatbiq etilishi darajasini tasdiqlovchi holat sifatida tavsiflanishi zarur;
maqbul boʻlishi — agar maqsad va unga erishish usuli jismoniy va yuridik shaxslarning xatti-harakatlariga taʼsir koʻrsatishni nazarda tutsa, bunday taʼsir maqsadga erishish jarayonida ishtirok etayotgan barcha uchun maqbul, tushunarli hamda aniq va loʻnda ifodalangan boʻlishi lozim;
cheklangan vaqt oraligʻida bajariladigan boʻlishi — asosiy va oraliq maqsadlarga erishiladigan vaqt aniq belgilab olingan boʻlishi kerak.
12. Loyihani qabul qilishdan koʻzlangan maqsad quyidagi guruhlarga boʻlingan holda belgilanadi:
a) umumiy maqsad — normativ-huquqiy hujjat qabul qilishning yakuniy natijasini belgilab beradi (masalan, iqtisodiyotning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va boshqalar);
b) maxsus maqsad — normativ-huquqiy hujjatning obyekti hisoblanib, umumiy maqsadga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratadi (masalan, yuridik shaxslarning soliq majburiyatlarini qisqartirish orqali tadbirkorlik faoliyatining faollashuvi va aholining farovonlik darajasi oʻsishiga erishish);
v) tezkor maqsad — joriy vazifalarni hal qilish va maxsus maqsadga erishishga xizmat qiladi (masalan, davlat organi darajasida tartib-taomillarni soddalashtirish orqali tadbirkorlik faoliyati subyektlari xarajatlarining qisqartirilishiga erishish).
4-§. Muqobil usullarni aniqlash
13. Tartibga solish maqsadiga erishishga xizmat qiladigan turli xil usullarni koʻrib chiqish lozim. Ushbu usullarning salbiy jihatlari, muvofiqlik darajasi, amalga tatbiq qilishning osonligi, shuningdek nojoʻya taʼsirlari inobatga olingan holda baholanadi.
14. Muqobil usullarni aniqlashda noaniq va amalga oshirishi mavhum boʻlgan variantlar qoʻllanilmasligi zarur.
15. Tartibga solishning boshqa muqobil vositalari oʻrganilganida, qoʻshimcha ravishda quyidagi muqobil usullar majburiy tartibda koʻrib chiqilishi kerak:
hech qanday chora qoʻllamaslik — taklif qilinayotgan muqobil usul bilan amaldagi vaziyatning saqlab qolinishi nazarda tutilishi kerak;
oʻzini-oʻzi boshqarish — tartibga solinishi kutilayotgan sohani tadbirkorlik subyektlari va/yoki ularning birlashmalari, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari orqali boshqarish.
16. Muammoning yechimi sifatida tanlangan, shuningdek boshqa muqobil usullarning afzalliklari va kamchiliklari aniq dalil va raqamlar bilan asoslantirilgan holda batafsil yoritiladi.
17. Muammoning yechimi sifatida tanlangan usulning muqobil usullardan samaradorligi, muammo yechimiga tez va sifatli erishilishi, tanlangan tartibga solish usulining muqobil usullarga nisbatan keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlari xavfining kamligi va boshqa shu kabi dalil bilan asoslantirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
5-§. Foyda va xarajatlar tahlili
Keyingi tahrirga qarang.
18. Tartibga solish taʼsirini baholashda foyda va xarajatlar tahlili qoʻllaniladi. Bunda normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishda manfaatdor tomonlarning xarajatlari va foydalari hisoblab chiqiladi.
Foyda va xarajatlar tahlilini amalga oshirishda miqdoriy koʻrinishda ifodalash murakkab yoki imkonsiz boʻlgan foyda va xarajatlarning sifat koʻrsatkichlarini tahlil qilish amalga oshiriladi, bu haqida tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotning tegishli maydonlarida miqdoriy baholashni amalga oshirishning imkoni yoʻqligi asoslari, shu jumladan mavjud cheklovlar koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
a) bevosita xarajatlar — manfaatdor tomonlarga tartibga solish natijasida yuzaga kelgan (kelishi mumkin boʻlgan) toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatuvchi majburiyatlar. Bunday xarajatlarga litsenziya uchun davlat boji, roʻyxatdan oʻtish, ariza berish uchun toʻlovlar, tartibga solish talabalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlar va boshqalar kiradi;
b) bilvosita xarajatlar — tartibga solish talablariga rioya qilish uchun sarflanadigan bevosita xarajatlardan tashqari barcha xarajatlar (misol uchun: mehnat qilish uchun xavfsiz sharoitlar taʼminlanishi bilan bogʻliq xarajatlar; ekologik talablarga rioya etish uchun uskunalar sotib olish);
v) maʼmuriy sarf-xarajatlar — axborot majburiyatlarini bajarish uchun tadbirkorlar amalga oshirishi kerak boʻlgan maʼmuriy faoliyat xarajatlari (misol uchun: mehnat sharoitlari toʻgʻrisida yillik hisobot; uskuna oʻrnatish boʻyicha hujjatlar va h.k.).
20. Bevosita xarajatlarni hisoblashda tartibga solish vositasining joriy etilishi natijasida toʻlov majburiyatlari yuzaga keladigan manfaatdor tomonlar soni, toʻlovning davriyligi (yilda bir marta = 1; yilda ikki marta = 2; ikki yilda bir marta = 0,5 va h.k.) hamda toʻlov birligi qiymati aniqlanadi va ushbu parametrlar koʻpaytiriladi.
21. Bilvosita xarajatlarni hisoblashda tartibga solish majburiyatlariga amal qilishi kerak boʻlgan manfaatdor tomonlar soni, xodimlarni oʻqitish, uskuna sotib olish yoki boshqa xarajatlarning birlik qiymati va soni koʻpaytiriladi.
22. Maʼmuriy sarf-xarajatlarni hisoblash quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
maʼmuriy harakat yuki = narx × miqdor, bunda narx va miqdor quyidagicha aniqlanadi:
narx = tarif × sarflangan vaqt;
miqdor = talablar tegishli boʻlgan korxonalar miqdori × amalga oshirilgan vaqt oraligʻi.
Bunda:
tarif — amalga oshirilgan mehnat uchun, qoida tariqasida, soatbay mehnatga haq, shuningdek ish vaqtidan tashqari amalga oshirilgan qoʻshimcha ish, kasallik yoki mehnat taʼtillari uchun toʻlovlar, qoʻshimcha xarajatlar (materiallar, xizmat safarlari, aloqa vositalari va boshqalar) yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar (agar maʼmuriy harakatlar uchun vositachi yollansa) yigʻindisidan iborat;
sarflangan vaqt — maʼmuriy harakatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqt hisoblanib, hujjatlarni tayyorlash, davlat idoralariga borish uchun sarflangan vaqt (zaruriyat tugʻilganda), navbat kutish, qabul vaqti va haq toʻlanadigan dam olish vaqtini oʻz ichiga oladi;
miqdor — cheklovlar joriy etilgan korxonalarning umumiy soni va yil davomida amalga oshiriladigan jarayonlar sonining koʻpaytmasini ifodalaydi.
23. Foyda quyidagilarga guruhlanadi:
a) bevosita foyda — tartibga solish vositalarini joriy etilishi (etilganligi) natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (kelgan) har qanday foyda va daromadlar.
b) bilvosita foyda — tartibga solish natijasida uchinchi shaxslarga kelishi mumkin boʻlgan (fuqarolar sogʻligʻi, xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq) ijobiy taʼsir hisoblanib, yalpi ichki mahsulotning oʻsishi, raqobatbardoshlilik va samaradorlik koʻrsatkichlari kabi keng makroiqtisodiy manfaatlar.
24. Har xil davrlar uchun foyda va xarajatlarni taqqoslash zarur boʻlganda, standart xarajatlar modelidan foydalangan holda sof joriy qiymat (NPV) hisoblab chiqiladi.
Foyda va xarajatlar oʻrtasidagi tafovut sof foydaning mavjudligi yoki mavjud emasligini koʻrsatadi.
Sof joriy qiymat (NPV) quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:
bunda:
Bt — t — davr oraligʻida tartibga soluvchi normalarni joriy etishdan olinadigan ehtimoliy foyda;
Ct — t — davr oraligʻida tartibga soluvchi normalarni joriy etish uchun qilinadigan ehtimoliy xarajatlar;
r — diskontlash stavkasi;
n — hisob-kitob davri.
Diskontlash stavkasining maqbul miqdorini koʻrib chiqilayotgan davrda tijorat banklarining tegishli soha boʻyicha ajratilgan kreditlash stavkasidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan eʼlon qilinadigan milliy valyutadagi uzoq muddatli bank kreditlari boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkalaridan (bunda imtiyozli kreditlash stavkalari hisobga olinmaydi) foydalangan holda aniqlash mumkin.
6-§. Loyihaning raqobat muhitiga taʼsirini baholash
25. Loyihaning raqobat muhitiga taʼsiri quyidagi oqibatlarning biriga olib kelishi mumkin boʻlganda, uning taʼsiri raqobat uchun salbiy deb baholanadi:
a) tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarining (yetkazib beruvchilar) doirasi va sonini cheklashga olib kelsa, jumladan:
tovar yoki moliya bozorining alohida ishtirokchilariga raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi soliq va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar, eksklyuziv huquqlar, kafolatlar, yengilliklar, preferensiyalarni bersa yoki muddatini uzaytirsa;
faoliyat yuritish sharti sifatida raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi litsenziyalash yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartibini oʻrnatsa;
ayrim yetkazib beruvchilarning oʻz tovar va xizmatlarini realizatsiya qilish imkonini cheklasa;
yetkazib beruvchining tovar va moliya bozoriga kirishidagi yoki undan chiqishidagi xarajatlarini sezilarli darajada oshirsa;
tovar yoki moliya bozori ishtirokchilariga ularning bozorga kirishiga toʻsqinlik qiladigan texnik tartibga solishning yangi shartlarini oʻrnatsa;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovar va xizmatlarini realizatsiya qilish yoki ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek investitsiya kiritish imkonini cheklovchi geografik toʻsiq oʻrnatsa;
b) yetkazib beruvchilarning oʻzaro raqobatlashish imkoniyatini chegaralasa, jumladan:
yetkazib beruvchilarning tovarlarga va xizmatlarga narx belgilash imkoniyatini chegaralasa;
yetkazib beruvchilarning oʻz tovar va xizmatlarining reklamasi yoki marketingini amalga oshirish erkinligini chegaralasa;
ayrim yetkazib beruvchilarga boshqalar oldida afzallik beruvchi yoki tovar va xizmatlar xarid qiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda isteʼmolchilar deb yuritiladi) tanlashi mumkin boʻlgan darajadan oshuvchi tovar sifati standartlarini oʻrnatsa;
ishlab chiqarish xarajatlarini oshirsa, shuningdek resurslarni (moddiy, moliyaviy va mehnat) ayrim yetkazib beruvchilarga, shu jumladan tovar yoki moliya bozorining yangi ishtirokchisiga ajratish yoʻli bilan, boshqalarning xarajatlariga nisbatan koʻproq sarflanishiga olib kelsa;
tovar yoki moliya bozorlarida tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davlat korxonasi yoki davlat ulushi bor korxonalar tuzishni nazarda tutsa va uning natijasida raqobatni cheklaydigan holat yuzaga kelsa;
v) yetkazib beruvchilarning bozor munosabatlarida oʻzaro raqobatlashishga qiziqishini pasaytirsa, jumladan:
raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi oʻzini oʻzi boshqaradigan yoki birgalikda boshqariladigan tartib yaratsa;
raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi maʼlumotlarni, shu jumladan yetkazib beruvchilarning ishlab chiqarish, narxlar, aylanmalar yoki xarajatlar boʻyicha axborotlarini yoritishni talab etsa yoki ragʻbatlantirsa;
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining amal qilishidan har qanday alohida tarmoq yoki yetkazib beruvchilar guruhi faoliyatiga immunitet taqdim qilsa;
Keyingi tahrirga qarang.
g) isteʼmolchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkonini chegaralasa, jumladan:
isteʼmolchilarning oʻz xohishlari asosida ular kimdan tovar (ish, xizmat) sotib olish masalasini hal qilish imkoniyatlarini chegaralasa;
isteʼmolchilarning bir tovar yoki mahsulot yetkazib beruvchilardan boshqasiga oʻtishida narxni oshirib, ularning imkoniyatlarini kamaytirsa;
isteʼmolchi uchun tovar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olishda zarur boʻlgan axborotning asl mohiyatini oʻzgartirib, natijada ularning adashishiga olib kelsa.
26. Ushbu Uslubiyotning 25-bandida keltirilgan ehtimoliy oqibatlar quyidagi maʼlumotlar asosida tahlil qilinadi:
tovar va moliya bozori ishtirokchilarining tovar va moliya bozoriga kirish xarajatlari (bevosita yoki bilvosita) hisob-kitobi;
loyihani qabul qilinishidan barcha manfaatdor boʻlgan tomonlar uchun foydaning (bevosita yoki bilvosita) hisob-kitobi;
raqobatchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xarajatlari va foydalari hisob-kitobi;
loyihaning qabul qilinishi yuzasidan manfaatlariga taʼsir koʻrsatadigan tegishli tovar va moliya bozori ishtirokchilarining soni;
muqobil narxlar va tariflar, shu jumladan bozorga kirib keluvchi import mahsulotlarning narxi;
loyiha bilan tartibga solinadigan tovar (ish, xizmat)ga ehtiyojning darajasi;
loyihani tayyorlashga asos boʻlgan hujjatlar va tahliliy maʼlumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
7-§. Loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natijani aniqlash
27. Loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natija batafsil yoritilishi lozim. Bunda ishlab chiquvchi tartibga solish maqsadlariga erishish darajasini tavsiflovchi sifat va miqdoriy oʻlchov indikatorlarini (koʻrsatkichlarini) belgilaydi.
Indikatorlar har bir maqsad boʻyicha aks ettiriladi. Bunda indikatorlarni hisoblash usuli va maʼlumot manbalari koʻrsatilishi lozim.
8-§. Tartibga solish maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni belgilash
28. Loyiha qabul qilinishi bilan unda belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan tashkiliy, texnik, uslubiy va boshqa chora-tadbirlar belgilanishi lozim. Bunda quyidagi masalalar aks ettirilishi mumkin:
yangi davlat organi va tashkiloti yoki uning tarkibiy boʻlinmasini tashkil qilish;
normativ-huquqiy hujjat va boshqa zarur boʻlgan hujjatlarni (yoʻriqnomalar, koʻrsatmalar va h.k.) ishlab chiqish;
axborot tizimlarini, maʼlumotlar bazalarini va boshqa dasturiy taʼminotlarni yaratish;
davlat organlari xodimlarini yoki sohaning boshqa ishtirokchilarini oʻqitish hamda malakasini oshirish;
targʻibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirish;
boshqa chora-tadbirlar.
29. Davlat organi yuklatilayotgan vazifalarini toʻlaqonli bajara olishi uchun barcha zarur vakolatlar va resurslarga, shu jumladan ularni bajarish uchun yetarli muddatga ega boʻlishi muhim hisoblanadi.
Amalga oshirilishi belgilangan har bir chora-tadbirlar boʻyicha masʼul ijrochilar, amalga oshirish muddatlari, ularni moliyalashtirish hajmi va manbalari, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija batafsil yoritilishi kerak.
9-§. Loyihani jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish
30. Loyiha va tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobot ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz)ga joylashtirish orqali majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.
Ishlab chiquvchi loyiha va tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazishda mazkur Uslubiyotning 1-ilovasida keltirilgan namunaviy savolnomadan foydalanilishi mumkin.
Loyihani jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
31. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi davomida muayyan sohada tartibga soluvchi vositalar joriy etilishi maqsadga muvofiqligi va zarurligini baholash maqsadida loyihani, tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotni va boshqa zarur maʼlumotlarni manfaatdor shaxslar guruhlari, shu jumladan, ilmiy doiralar vakillari hamda xorijiy ekspertlar bilan muhokama qilishi mumkin.
32. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda manfaatdor tomonlar taqdim etgan takliflarni umumlashtiradi hamda ularni tahlil qiladi.
3-bob. “Ex-post” usuli boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholash
33. Normativ-huquqiy hujjatlarni “ex-post” usuli orqali baholash ushbu Uslubiyotning 6-bandida koʻrsatilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
34. Normativ-huquqiy hujjatlarni “ex-post” usuli orqali baholashda tartibga solishning natijadorligi, samaradorligi hamda dolzarbligi tahlil qilinadi.
35. Tartibga solishning natijadorligi rejalashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilganlik darajasi va rejalashtirilgan natijalarga erishilganligidan kelib chiqib aniqlanadi. Tartibga solishning natijadorlik tahlili, tartibga solish bilan koʻzlangan (belgilangan) maqsadlarga erishish yoki ushbu maqsadga erishishda ijro mexanizmi qanchalik muvaffaqiyatli boʻlganligini koʻrsatishi kerak.
36. Tartibga solishning natijadorlik tahlili oʻtkazilganida tartibga solish usulini qoʻllashda vujudga kelgan kutilmagan oqibatlar ham aniqlanishi kerak.
Agar koʻzlangan maqsadlarga erishilmagan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar unga muvofiq amalga oshirilmagan boʻlsa, natija koʻzlangan maqsaddan qay darajada orqada qolayotgani aniqlanishi, shuningdek unga taʼsir koʻrsatgan omillar baholanishi kerak.
37. Tartibga solishning natijadorligini aniqlashda belgilangan maqsadlarga oʻz vaqtida erishish mumkinligi yoki qoʻshimcha muddatlar zarurligi hisobga olinishi kerak.
38. Tartibga solishning samaradorligi erishilgan natija va sarflangan resurslardan qanchalik samarali foydalanish oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatadi.
39. Tartibga solish yondashuvlaridagi farqlar natijaga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkinligini inobatga olgan holda, tartibga solishning boshqa muqobil variantlari kamroq xarajat evaziga bir xil foyda keltirish (yoki bir xil sharoitda koʻproq foyda keltirish) imkoniyatlari oʻrganilishi kerak.
40. Tartibga solishning samaradorligini tahlil qilishda turli manfaatdor tomonlarga keladigan tartibga solish xarajatlari, shuningdek uning afzalliklari ham oʻrganilishi kerak.
41. Qoida tariqasida, tartibga solish vositasini joriy etishda foyda xarajatni qoplashi yoki undan yuqori boʻlishi kutiladi. Biroq, har doim ham tartibga solish vositasining joriy etilishi barchaga birdek foyda keltirmasligi mumkin. Bu koʻpincha fuqarolarning xavfsizligi va salomatligini taʼminlash, atrof-muhitni muhofaza qilish yoki isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish siyosatiga tegishli boʻladi. Bunda foyda va xarajatlarga taʼsir koʻrsatadigan omillar va ularning tartibga solish bilan bogʻliqligi aniqlanishi kerak.
42. Tartibga solishning dolzarbligi orqali tartibga solish usullarining amal qilishi maqsadga muvofiqligi yoki ularni bekor qilish zarurligi oʻrganiladi.
Tartibga solishning dolzarbligini tahlil qilishda tartibga solish maqsadlari mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga va sohadagi ustuvorliklarga mos kelishi koʻrib chiqilishi kerak.
43. Normativ-huquqiy hujjatlarning raqobat muhitiga taʼsirini baholash mazkur Uslubiyotning 25 va 26-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida uni takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazishda mazkur Uslubiyotning 2-ilovasida keltirilgan namunaviy savolnomadan foydalanilishi mumkin.
4-bob. Tartibga solish taʼsirini baholashda axborotdan foydalanish
45. Quyidagilar tartibga solish taʼsirini baholash uchun axborot manbalari hisoblanadi:
rasmiy statistik maʼlumotlar;
davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlari;
oqibatlarni prognozlashtirish masalalari boʻyicha ilmiy-tahliliy materiallar va nashrlar, ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar hamda yigʻilishlar materiallari;
Keyingi tahrirga qarang.
vakolatli tashkilotlar va ishlab chiquvchi tomonidan oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlarning natijalari;
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilingan nashrlar;
tartibga solish taʼsirini baholash doirasida davlat organi va tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar, shu jumladan bevosita joyiga chiqqan holda oʻtkazilgan oʻrganishlar jarayonida olingan (aniqlangan) maʼlumotlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Tartibga solish taʼsirini baholashda zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarni toʻplash uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin (quyida keltirilgan usullar alohida yoki oʻzaro bir-birlarini toʻldirgan holda birgalikda qoʻllanilishi mumkin):
jamoatchilik muhokamasi — loyihani tayyorlashda jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda manfaatdor tomonlar bilan muhokamalar oʻtkazish;
“namunaviy zavod uslubi” — loyihani taʼsir koʻrsatishi kutilayotgan muayyan tarmoq doirasida korxonalarning texnik va iqtisodiy parametrlariga koʻra ajratib olib, bir yoki bir necha ana shunday korxonalarni hisob-kitob qilish;
soʻrovnomalar — asosan, pul shaklida ifoda etish murakkab boʻlgan taʼsirlar qiymatini aniqlashda qoʻllaniladi;
ekonometrik uslublar — maʼlum tartibga solish vositasini oʻrganilayotgan koʻrsatkichga, boshqa omillar taʼsiridan ajratgan holda, sof taʼsirini aniqlash taqozo etilganda qoʻllaniladi.
5-bob. Yakuniy qoida
47. Mazkur Uslubiyot Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash uslubiyotiga
1-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha
NAMUNAVIY SOʻROVNOMA
1. Ushbu munosabat (soha) normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinishi kerakmi?
2. Tartibga solishdan koʻzlangan maqsadga erishishning boshqacha varianti mavjudmi? Agar mavjud boʻlsa, ulardan, yanada kam xarajatli va (yoki) samarali variantni koʻrsating?
3. Taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) fuqaroga, jamiyatga va davlatga qanday ijtimoiy-iqtisodiy taʼsir koʻrsatishi mumkin?
Keyingi tahrirga qarang.
4. Loyihada taklif qilinayotgan tartibga solish vositasi muammoni hal qilishning eng maqbul usuli hisoblanadimi?
5. Loyiha qabul qilingan taqdirda, qanday xavflar va salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin?
6. Loyiha qabul qilingan taqdirda, qanday afzalliklar va ijobiy oqibatlar (foyda) yuzaga kelishi mumkin?
7. Loyihada tadbirkorlarga ortiqcha byurokratik toʻsiq va boshqa cheklovlar yoki asossiz xarajatlarga olib keluvchi qoidalar mavjudmi? Agar boʻlsa ularni koʻrsating?
8. Loyiha qabul qilinishining raqobat muhitiga qanday salbiy yoki ijobiy taʼsiri mavjud?
Keyingi tahrirga qarang.
9. Loyihada koʻrsatilayotgan muddatlar oqilona tanlanganmi, ortiqcha vaqt va (yoki) xarajatlarga olib kelmaydimi?
10. Loyihada koʻrsatilayotgan tartibga solishga oid qoidalar va vositalarni takomillashtirish yuzasidan qanday qoʻshimcha taklif va eʼtirozlar mavjud?
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash uslubiyotiga
2-ILOVA
Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha
NAMUNAVIY SOʻROVNOMA
1. Ushbu munosabat (soha) mazkur normativ-huquqiy hujjat (bundan buyon matnda Hujjat deb yuritiladi) bilan samarali va sifatli tartibga solingan, deb hisoblaysizmi?
2. Mazkur Hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsadlarga va ijobiy koʻrsatkichlarga qay darajada erishildi?
3. Hujjatda koʻrsatilgan tartibga solish vositasi va usulini qoʻllashda qanday kutilmagan salbiy va ijobiy oqibatlar vujudga keldi?
4. Hujjatda tadbirkorlarga ortiqcha byurokratik toʻsiq va boshqa cheklovlar yoki asossiz xarajatlar yuzaga kelishiga sabab boʻlgan qoidalar mavjudmi? Agar boʻlsa ularni koʻrsating?
5. Hujjatdagi tartibga solishga oid qoidalar va vositalar sohadagi raqobat muhitiga qanday salbiy yoki ijobiy taʼsir koʻrsatdi?
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tartibga solishdan koʻzlangan maqsadga erishishning boshqacha variantini qabul qilish kerakmi? Agar zarurat boʻlsa, ulardan, yanada kam xarajatli va (yoki) samarali variantlarni koʻrsating?
7. Hujjatda koʻrsatilgan tartibga solishga oid qoidalar va vositalarni takomillashtirish yuzasidan qanday qoʻshimcha taklif va eʼtirozlar mavjud?
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-martdagi 7-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjat loyihacining tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish boʻyicha
HISOBOT

1-bob. Umumiy maʼlumotlar

1.

Ishlab chiquvchi va hamijrochi(lar)ning nomi

2.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasining (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) turi va nomi

3.

Kutilayotgan kuchga kirish sanasi


2-bob. Loyiha bilan hal etilishi koʻzda tutilgan muammolarning tahlili

4.

Muammo vujudga kelgan soha va uning huquqiy tartibga solinganlik holati va huquqni qoʻllash amaliyoti

5.

Loyihabilan hal etilishi koʻzda tutilgan muammolarning tavsifi (shu jumladan muammo taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar va/yoki subyektlar tahlili)

6.

Muammoning sabablari va uning mavjudligi tufayli kelib chiqqan (kelib chiqishi mumkin boʻlgan) salbiy oqibatlar toʻgʻrisida maʼlumot

7.

Davlat aralashuvining zaruriyati


3-bob. Loyiha orqali erishilishi lozim boʻlgan maqsadlar

8.

Umumiy maqsad

Maxsus maqsad

Tezkor maqsad


* Maʼlumotlar manbalari:
_________________________________________.


4-bob. Tartibga solishning muqobil usullarining tavsifi

9.

Muammoni hal qilishda tartibga solishning muqobil usullari tavsifi (usullarning har biri muammoni qanday hal qilish mumkinligini koʻrsatgan holda):

Usul nomi

Afzalliklari

Kamchiliklari

1-usul

2-usul

...


5-bob. Tartibga solishning muqobil usullarining foyda va xarajatlar tahlili toʻgʻrisida maʼlumot

10.

1-usul qabul qilinishi natijasida kelishi mumkin boʻlgan foyda va xarajatlar tavsifi:

Xarajat va foyda turi

Miqdoriy koʻrsatkichlar

Bir martalik

Davriy

Bevosita xarajatlar

Xarajat turi

Manfaatdor tomon (soni)

Bilvosita xarajatlar

Xarajat turi

Manfaatdor tomon (soni)

Maʼmuriy sarf-xarajatlar

Xarajat turi

Manfaatdor tomon (soni)

 

Bevosita foyda

Foyda turi

Manfaatdor tomon (soni)

Bilvosita foyda

Foyda turi

Manfaatdor tomon (soni)

Jami foyda va xarajatlar

Foyda

Xarajatlar

Sof joriy qiymat



*Maʼlumotlar manbalari: __________________________________________________________________________________________________.

(muqobil usullarning soni boʻyicha jadvallar qoʻshilishi lozim)

11.

Foyda va xarajatlar tahlili natijasi boʻyicha tanlangan usulni asoslash

12.

Tartibga solinadigan manfaatdor tomonlar tahlili

Tadbirkorlik subyektlari

Soni

Ulushi

(foizda)

Mikrofirmalar

Kichik korxonalar

Yirik korxonalar

...

Jami


*Maʼlumotlar manbalari:
__________________________________________.


6-bob. Loyihaning raqobat muhitiga taʼsiri

13.

Loyihaning raqobat muhitiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan oqibatlar (salbiy/ijobiy) tavsifi:

Tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (yetkazib beruvchilar) doirasi va sonini cheklashi (cheklamasligi)

Yetkazib beruvchilarning oʻzaro raqobatlashish imkoniyatini chegaralashi (chegaralamasligi)

Yetkazib beruvchilarning bozor munosabatlarida oʻzaro raqobatlashishga qiziqishini pasaytirishi (pasaytirmasligi)

Isteʼmolchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkonining chegaralanishi (chegaralanmasligi)


7-bob. Loyiha qabul qilinishidan kutilayotgan natija

14.

Loyiha qabul qilinishi natijasida erishiladigan maqsadlar va koʻrsatkichlar:

Erishiladigan maqsadlar

Indikativ koʻrsatkichlar

Indikativ koʻrsatkichlarning oʻlchov birligi

Indikativ koʻrsatkichlarni hisoblash usullari


8-bob. Tartibga solish maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar

15.

Tartibga solish maqsadlariga erishish uchun davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tashkiliy, texnik, uslubiy va boshqa chora-tadbirlar:

Chora-tadbirlar nomi

Masʼul ijrochi

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish hajmi va manbasi

Amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija


9-bob. Loyihaning jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumot

16.

Loyihani jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot:

Loyihani muhokama qilishning identifikatsiya raqami

Loyiha muhokamaga qoʻyilgan davr

Boshlanishi

Tugashi

Kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijasi

Jami takliflar soni

Qabul qilingan

Rad etilgan


10-bob. Taklif etilayotgan tartibga solishning asoslanganligini baholashga imkon beradigan boshqa maʼlumotlar

17.

Maʼlumotlar



* Maʼlumotlar manbalari: _________________________________________.


18. Mazkur hisobotning toʻgʻriligi va keltirilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman.


Ilovalar (mavjud boʻlganda).

Davlat organi va tashkiloti rahbari


_________
(imzo)


___________________
(F.I.O.)

_____________ (sana)

Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish boʻyicha
HISOBOT

1-bob. Umumiy maʼlumotlar

1.

Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning (bundan buyon matnda normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) tartibga solish taʼsirini baholashni (bundan buyon matnda TSTB deb yuritiladi) amalga oshiruvchi davlat organ yoki tashkiloti nomi

2.

Normativ-huquqiy hujjatning turi, nomi va rekvizitlari

3.

Normativ-huquqiy hujjatning loyihasi ishlab chiqilganda tayyorlangan TSTB boʻyicha hisobot va TSTB toʻgʻrisida xulosalar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot

4.

Normativ-huquqiy hujjatni TSTBdan oʻtkazish uchun asos

5.

Tartibga solish taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar va/yoki subyektlar (manfaatdor tomonlar)


2-bob. Tartibga solish maqsadlariga erishilganligi va natijadorligi toʻgʻrisida maʼlumotlar

6.

Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi natijasida erishilgan maqsadlar va koʻrsatkichlar:

Loyihasi ishlab chiqilgan davrda qoʻyilgan maqsadlar

Prognoz qilingan indikativ koʻrsatkichlar

Qoʻyilgan maqsadlarga erishilganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Erishilgan

indikativ koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Hisoblash usullari

1-koʻrsatkich

1-koʻrsatkich

2-koʻrsatkich

2-koʻrsatkich

7.

Normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qoʻllashda vujudga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar tahlili:

Ijobiy

Salbiy


3-bob. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi (
foyda va xarajat tahlili) toʻgʻrisida maʼlumotlar

8.

Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi munosabati bilan keltirilgan foyda va (yoki) yuzaga kelgan xarajatlarning tavsifi:

Xarajat va foyda turi

Miqdoriy koʻrsatkichlar

Bir martalik

Davriy

Bevosita xarajatlar

Xarajat turi

Manfaatdor tomon (soni)

Bilvosita xarajatlar

Xarajat turi

Manfaatdor tomon (soni)

Maʼmuriy sarf-xarajatlar

Xarajat turi

Manfaatdor tomon (soni)

Bevosita foyda

Foyda turi

Manfaatdor tomon (soni)

Bilvosita foyda

Foyda turi

Manfaatdor tomon (soni)

Jami foyda va xarajatlar

Foyda

Xarajatlar

Sof joriy qiymat


*Maʼlumotlar manbalari: __________________________________________.

9.

Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi natijasida tartibga solinadigan tadbirkorlik subyektlarining toifasi boʻyicha soni (ulushi) oʻzgarishining koʻrsatkichlari

Yillar kesimida

Mikrofirmalar

Kichik korxonalar

Yirik korxonalar

20__ yil

20__ yil

20__ yil


*Maʼlumotlar manbalari:
__________________________________________.


4-bob.
Normativ-huquqiy hujjatning raqobat muhitiga taʼsiri

10.

Normativ-huquqiy hujjatning raqobat muhitiga taʼsir koʻrsatgan oqibatlar (salbiy/ijobiy) tavsifi:

Tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (yetkazib beruvchilar) doirasi va sonini cheklashi (cheklamasligi)

Yetkazib beruvchilarning oʻzaro raqobatlashish imkoniyatini chegaralashi (chegaralamasligi)

Yetkazib beruvchilarning bozor munosabatlarida oʻzaro raqobatlashishga qiziqishini pasaytirishi (pasaytirmasligi)

Isteʼmolchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkonining chegaralanishi (chegaralanmasligi)


5-bob. TSTB boʻyicha hisobot muhokama qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumot

11.

TSTB boʻyicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot:

TSTB boʻyicha hisobotni muhokama qilishning identifikatsiya raqami

TSTB boʻyicha hisobot muhokamaga qoʻyilgan davr

Boshlanishi

Tugashi

Kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijasi

Jami takliflar soni

Qabul qilingan

Rad etilgan


6-bob. Normativ-huquqiy hujjatni baholashga imkon beradigan boshqa maʼlumotlar

12.

Maʼlumotlar


* Maʼlumotlar manbalari:
_________________________________________.


7-bob. Xulosa

13.

TSTBdan oʻtkazish natijalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usullarining amal qilish maqsadga muvofiqligi yoki ularni bekor qilish zarurligi toʻgʻrisida xulosa.

14.Normativ-huquqiy hujjatning loyihasi ishlab chiqilganda tayyorlangan TSTB boʻyicha hisobot va TSTB toʻgʻrisida xulosalar (mavjud boʻlsa) ushbu hisobotga ilova qilinadi.

15. Mazkur hisobotning toʻgʻriligi va keltirilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman.

Ilovalar (mavjud boʻlganda).

Davlat organi va tashkiloti rahbari


_________
(imzo)


___________________
(F.I.O.)

_____________ (sana)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2021-y., 10/21/3292/0258-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.10.2024-y., 10/24/3292-1/0810-son)