1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari turlarining Milliy genbankini yaratish toʻgʻrisida” 2020-yil 13-maydagi 282-son qaroriga muvofiq, shuningdek, jahon amaliyotida keng qoʻllanilayotgan zamonaviy sinash usullari va texnologiyalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining xoʻjalik uchun foydali belgi va xususiyatlari boʻyicha sinash ishlarini tashkil etish hamda respublika hududida ekish uchun tavsiya etiladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestrini yuritishni huquqiy tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda — davlat reyestri) yuritish tartibi va unga qoʻyiladigan talablarni, davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berish hamda uni koʻrib chiqish tartibini, davlat reyestrida qayd etiladigan maʼlumotlarni, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini davlat reyestridan chiqarish asoslari va tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini sinash boʻyicha faoliyat yuritish uchun qoʻyiladigan talab va shartlarni, qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va zarur hujjatlar roʻyxatini, davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnomani koʻrib chiqish, roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi berish va davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish tartibini nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash uchun ajratilgan tajriba yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, shuningdek, ushbu yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan tuzilgan taqsimot boʻyicha mustaqil joylashtiriladi va almashlab ekish tizimi joriy qilinadi;
Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qarori doirasida amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Gʻoʻza urugʻchiligi markazi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-noyabrdagi 942-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-mart,
158-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-martdagi 158-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda — davlat reyestri) yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
andoza nav — davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan, Oʻzbekiston Respublikasining turli tuproq-iqlim sharoitli hududlarida keng joriy etilgan qishloq xoʻjaligi ekini navi;
“Navagrotest.uz” axborot tizimi(keyingi oʻrinlarda-axborot tizimi) — qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining sinovi boʻyicha maʼlumotlarni va davlat reyestrini elektron koʻrinishda shakllantirish hamda yangilab borishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)
istiqbolli navlar — qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat nav sinovining dastlabki yillarida xoʻjalik koʻrsatkichlari va xususiyatlari, mahsulot sifati hamda boshqa belgilari boʻyicha davlat reyestriga kiritilgan nav va duragaylardan ustun boʻlgan nav va duragaylar;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan tasdiqlangan tartib asosida Oʻzbekiston Respublikasining turli tabiiy tuproq-iqlim sharoitli hududlarida joylashgan nav sinash stansiyalari va uchastkalarida hamda ariza beruvchi tomonidan tanlangan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha oʻrganish;
nav — oʻsimliklar guruhi boʻlib, u nasldan naslga barqaror oʻtuvchi, muayyan genotip yoki genotiplar kombinatsiyasini boshqalaridan ajratib turuvchi belgilarga qarab aniqlanadi va ayni bir botanik taksondagi boshqa oʻsimliklar guruhidan bir yoki bir necha belgilari bilan farqlanadi. Klon, liniya, birinchi avlod duragayi, populyatsiya navning muhofaza qilinadigan obyektlaridir;
navlarning xoʻjalik uchun foydali belgilari — qishloq xoʻjaligi navlarining hosildorligi, oʻsish davri, kasallik va zararkunandalarga, turli tuproq-iqlim sharoitlariga chidamliligi hamda mahsulotning sifati va boshqa belgilari;
patent egasi — seleksiya yutugʻiga berilgan patent egasi;
talabnoma beruvchi — qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida Markazga murojaat etuvchi rezident yoki norezident (yuridik va jismoniy shaxslar)
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi ekpert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Ekspert komissiyasi) — Markaz tomonidan oʻtkazilgan sinov natijalari asosida qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish va undan chiqarish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha sohaga aloqador vazirlik va idoralar vakillari tarkibidagi idoralararo kollegial organ;
ekspert baholash — Markaz mutaxassislari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida kam tarqalgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari boʻyicha sinov ishlarini ariza beruvchining oʻzi tanlagan maydonlarda oʻtkazish, vakolatli davlat muassasasi mutaxassislari, ariza beruvchi va boshqa davlatlarning sohadagi vakolatli tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan sinov natijalaridan foydalanish.
3. Davlat reyestri quyidagilarni tizimli tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida yuritiladi:
qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini sinash va ekspert baholash;
patent egasining xohishiga koʻra muhofaza hujjatlari bilan himoya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ekishga tavsiya etish;
talabnoma beruvchining xohishiga koʻra muhofaza hujjatlari bilan himoya qilinmagan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ekishga tavsiya etish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari toʻgʻrisida muhim va eng soʻnggi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil etish, oʻzaro almashish maqsadida axborot faoliyatini tashkil etish.
4. Markaz qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestrini yurituvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari sinovini oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlardan tushgan mablagʻlar davlat reyestrini joriy etish va yuritish bilan bogʻliq faoliyatni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
6. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat reyestrini yuritish tartibi va unga qoʻyiladigan talablar
7. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabgor Markazga axborot tizimi orqali talabnoma va unga ilova qilinadigan tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
8. Markaz besh ish kuni ichida talabnoma beruvchi tomonidan taqdim qilingan hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini koʻrib chiqadi. Zarur hollarda talabnoma beruvchidan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrab olinadi.
9. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari xoʻjalik uchun foydali belgilarga ega boʻlishi kerak. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha sinov ishlari har yili Markaz tizimidagi nav sinash stansiyalari va nav sinash stansiyasi va uchastkalarining (yoki talabnoma beruvchining oʻzi tanlagan) yer maydonlarida oʻtkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
10. Sinovdan oʻtayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining bir yoki bir nechta xoʻjalik uchun foydali belgilar boʻyicha koʻrsatkichlari andoza navdan ustun va qolgan belgilari boʻyicha andoza nav darajasida boʻlishi lozim.
11. Bir yillik qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha kamida ikki yil, koʻp yillik qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari uchun ular toʻliq hosilga kirgan paytidan kamida bir yil mobaynida sinovdan oʻtkaziladi.
12. Ekpert komissiyasi xulosasiga koʻra, qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari bir yillik sinov natijalari boʻyicha davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
13. Markazning qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini ekishga tavsiya qilish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangandan hamda talabnoma beruvchi tomonidan tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin uch oy muddatda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
14. Davlat reyestrida quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
oʻsimlikning turi (xili) va navning nomi;
talabnoma beruvchining nomi, manzili va mamlakat kodi;
buyurtmaning tartib raqami;
nav davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqami va sana;
navning muallifi va nav originatorining nomi, manzili;
vositachining nomi va manzili (agar mavjud boʻlsa);
15. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini davlat reyestridan va Qishloq xoʻjaligi vazirligi buyrugʻi bilan shakllantiriladigan istiqbolli navlar roʻyxatidan chiqarish uchun quyidagi holatlar asos boʻladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
qishloq xoʻjaligi ekini navi xoʻjalik uchun foydali belgilarini yoʻqotganda va oʻzining xos belgi koʻrsatkichlari boʻyicha tavsifiga muvofiq kelmay qolgan taqdirda;
davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi ekini navi uch yildan koʻp vaqt davomida xoʻjalik muomalasiga kiritilmagan taqdirda;
patent egasi tomonidan qishloq xoʻjaligi ekini navini davlat reyestri roʻyxatidan chiqarish yuzasidan murojaat qilingan taqdirda.
16. Davlat reyestri Markaz tomonidan axborot tizimida elektron shaklda yuritiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
18. Axborot tizimiga davlat reyestri boʻyicha maʼlumotlar Markaz tomonidan joylashtiriladi hamda jismoniy va yuridik shaxslar tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
19. Nav muallifi yoki nav originatori qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Davlat reyestri roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi qarordan, shuningdek, Markazning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi)dan norozi boʻlganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabgor Markazga talabnoma va unga ilova qilinadigan tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qiladi.
Yil davomida
2-bosqich
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi
Markaz talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi. Zarur hollarda talabnoma beruvchidan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab oladi.
5 ish kuniichida
3-bosqich
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha sinov ishlari Markaz tizimidagi nav sinash stansiyalari va nav sinash uchastkalarining tajriba yer maydonlarida oʻtkaziladi.
Har yili
4-bosqich
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi
Bir yillik qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha kamida ikki yil, koʻp yillik qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari uchun ular toʻliq hosilga kirgan paytidan kamida bir yil mobaynida sinovdan oʻtkaziladi.
Tegishli ravishdaikki yil va bir yil
5-bosqich
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi
Markazning qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishga tavsiya qilish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangandan hamda talabnoma beruvchi tomonidan tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Tegishli qaror qabul qilinganidan va toʻlovlar toʻlangandan keyin 3 oy muddatda
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-martdagi 158-son qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma — Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrida (keyingi oʻrinlarda — davlat reyestri) roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlariga talabnoma beruvchining xohishiga koʻra beriladigan, vakolatli organ tomonidan davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
istiqbolli navlar — qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat nav sinovining dastlabki yillarida xoʻjalik koʻrsatkichlari va xususiyatlari, mahsulot sifati hamda boshqa belgilari boʻyicha davlat reyestriga kiritilgan nav va duragaylardan ustun boʻlgan nav va duragaylar;
talabnoma beruvchi — qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) murojaat etuvchi rezident yoki norezident (yuridik va jismoniy shaxslar);
shaxsiy kabinet — loyiha tashabbuskorlari va buyurtmachilarga elektron platformada maʼlumotlarni kiritish, yuklash, saqlash, yuborish va tasdiqlash funksiyalarini amalga oshirish maqsadida biriktirilgan sahifa;
elektron identifikatsiya raqami — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan sinovga olinadigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining navlariga beriladigan hamda yuritiladigan identifikatsiya raqami (kod).
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
3. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish maqsadida koʻrsatiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha baholash ishlari vakolatli organning talabnoma beruvchi tomonidan tanlanadigan nav sinash stansiyalari va uchastkalarida amalga oshiriladi. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha baholash ishlarida oldin oʻtkazilgan laboratoriya tahlillari, maxsus fitopatologik tajribalar va boshqa vakolatli tashkilotlarning sinovlari hamda sifat tahlil natijalari ham inobatga olinadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida kam tarqalgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining xoʻjalik uchun foydali belgilari talabnoma beruvchi tomonidan tanlangan ekin maydonidan olingan maʼlumotlar yoki ekspert baholash natijalari asosida aniqlanadi.
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun andoza (standart) nav mavjud boʻlmagan taqdirda, sinovdan oʻtkazilayotgan qishloq xoʻjaligi ekini turiga mansub yangi navlar orasidan eng yaxshisi tanlab olinadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
7. Talabnoma beruvchiga uning xohishiga koʻra ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Bunda talabnoma beruvchi Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish bilan bogʻliq davlat xizmatlari uchun belgilangan tartibda va miqdorda toʻlovni amalga oshiradi.
8. Talabgor qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli organga murojaat qiladi.
9. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilmagan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining urugʻliklarini realizatsiya qilishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
10. Mazkur Reglamentning 9-bandi talablari ilmiy va sinash maqsadlarida olib kelinayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlariga tatbiq etilmaydi.
2-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha faoliyatga nisbatan qoʻyiladigan talab va shartlar
11. Quyidagilar qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha faoliyatga nisbatan qoʻyiladigan talablar va shartlar hisoblanadi:
navlarni sinash faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, nizom talablariga va texnik jihatdan tartibga soluvchi hujjatlar talablariga rioya etish;
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish davrida guvohnoma egasi tomonidan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar toʻgʻrisida, ushbu oʻzgartirish yoki qoʻshimchalarning kiritilishi sabablari va ularning sifat koʻrsatkichlariga taʼsiri haqidagi toʻliq maʼlumotlarni keltirgan holda vakolatli organni xabardor qilish;
Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini sinash usullarini qoʻllash;
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha baholash natijalarini sohaga aloqador vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ekspert komissiyasida muhokama qilish natijalari boʻyicha xulosaga asosan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish.
3-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi va zarur boʻladigan hujjatlar
12. Talabnoma beruvchi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnomani olish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vakolatli organga “Navagrotest.uz” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali talabnomani shakllantiradi va joylashtiradi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)
Bunda rezidentlar axborot tizimida OnelD identifikatsiya tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi. Norezidentlar uchun axborot tizimida onlayn roʻyxatdan oʻtgan holda tizimga kirish imkoniyati yaratiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
13. Talabnoma beruvchi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun vakolatli organning axborot tizimida roʻyxatdan oʻtib, oʻzining shaxsiy kabineti orqali ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq talabnomani toʻldiradi hamda talab etilgan hujjatlarni joylashtiradi.
Talabnomani koʻrib chiqish uchun ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq stavkalarda toʻlov undiriladi.
Talabnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
navning anketasi va tavsifi;
ishonchnoma (vositachi va huquqiy vorislar tomonidan talabnoma berilgan taqdirda);
navning fotosuratlari toʻplami;
navni davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishga tavsiya qilgan tashkilotning ilmiy kengashi bayonnomasi;
nav yaratuvchilarining muallifligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (mahalliy navlar boʻyicha talabnoma berilgan taqdirda);
navning genetik modifikatsiyalangan organizm ekanligi yoxud gen muhandisligi yoʻli bilan yaratilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (izohlovchi ilova);
nav yaratuvchisi tomonidan tavsiya etiladigan hududlar (yoki tuproq-iqlim zonalar) boʻyicha xabarnoma.
Vakolatli organ tomonidan talabnoma beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
14. Talabnoma beruvchiga toʻlovlarni amalga oshirish uchun besh ish kuni ichida axborot tizimi orqali uning shaxsiy kabinetiga shartnoma yuboriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
15. Talabnoma beruvchi shartnoma bilan tanishib chiqib, xizmatlar uchun talab etiladigan toʻlovni amalga oshiradi. Toʻlov tijorat banki yoki elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son — 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi)
16. Vakolatli organning talabnomani koʻrib chiqish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomasida koʻrsatilgan muddat ichida talabnoma qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin talabgor tomonidan berilgan talabnoma yangidan topshirilgan hisoblanadi.
17. Quyidagi hollarda talabnomani koʻrib chiqish rad etiladi:
talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Reglamentga 13-bandda qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq stavkalarda toʻlovlar amalga oshirilmaganda;
nav boshqa talabnoma beruvchi tomonidan sinash uchun takroran taqdim etilganda.
Talabnomada haqiqiy boʻlmagan, soxta va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda yoki hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, vakolatli organ talabnoma beruvchiga ushbu kamchiliklarni oʻn ish kuni ichida bartaraf etish imkoniyatini beradi.
Bunda davlat xizmatlari koʻrsatishning muddati aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Vakolatli organning davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etishi qatʼiy taqiqlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
18. Talabnoma beruvchi vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan uning har qanday bosqichida bosh tortish hamda shartnomani bekor qilish haqida axborot tizimi orqali maʼlum qilish huquqiga ega.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
19. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma olish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maxfiy maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Talabnoma beruvchi yuridik shaxs u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda, Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnomasining amal qilishi muddati tugaganda vakolatli organni xabardor qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
21. Talabnoma beruvchi vakolatli organga taqdim etgan tegishli shakldagi talabnomadan voz kechganda, uning talabnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi va davlat xizmatlari uchun toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
4-bob. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berishga doir talabnomani koʻrib chiqish
22. Vakolatli organ talabnoma beruvchidan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin besh ish kuni ichida ularning toʻliqligi va toʻgʻriligini koʻrib chiqadi.
Vakolatli organ talabnoma beruvchiga hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida sana koʻrsatilgan xabarnomani, davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani hamda navning urugʻlik materiallarini nav sinash stansiyalari va uchastkalariga yetkazib berish boʻyicha taqsimotni yuboradi.
Hujjatlar toʻliq yoki toʻgʻri boʻlmaganda, vakolatli organ talabnoma beruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
23. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnomani berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun talabnoma beruvchi vakolatli organning quyidagi talablariga qatʼiy amal qilgan holda:
navni sinash bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun belgilangan miqdorda toʻlovlarni amalga oshiradi;
vakolatli organ tomonidan tuzilgan va axborot tizimi orqali yuborilgan taqsimotni olgandan keyin unda belgilangan muddatda qishloq xoʻjaligi ekini nav va duragaylarining sifatli urugʻlik materiallarini yetkazib beradi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)
24. Vakolatli organ talabnoma beruvchi tomonidan hujjatlar toʻliq va toʻgʻri taqdim etilib, tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin quyidagilarni amalga oshiradi:
navning urugʻlik materiallarini nav sinash stansiyalari va uchastkalariga yetkazib berish boʻyicha taqsimotni ishlab chiqadi va axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga yetkazadi;
talabnoma beruvchining urugʻlik materiallarini taqsimotga muvofiq Markazga oʻz vaqtida va belgilangan miqdorda yetkazib berishini nazorat qiladi hamda sinash ishlarini tashkil etish qoidalari va talablariga muvofiqligini baholaydi;
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)
navga elektron identifikatsiya raqamini (kod) qoʻygan holda, nav sinash stansiyalari va uchastkalarida xoʻjalik uchun foydali belgilar boʻyicha (har yili, har mavsumda) kuzatuvlarni tashkil etadi va maʼlumotlarni axborot tizimiga doimiy ravishda joylashtirib boradi;
talabnoma beruvchini navlarni sinash boʻyicha ekspert baholash usullari toʻgʻrisida axborot tizimi orqali xabardor qiladi va ekspert baholash usullari boʻyicha mavsum davomida ishlarni tashkil etadi hamda har bir navga elektron identifikatsiya raqamini (kod) qoʻygan holda, ekspert baholash natijalari yuzasidan xulosa va dalolatnomalarni axborot tizimiga joylashtiradi;
navning har yilgi hosilidan olingan namunalar boʻyicha laboratoriya tahlillari natijalarini (zarur hollarda, originator tomonidan taqdim etilgan tahlil natijalarini) axborot tizimiga joylashtiradi;
nav sinash stansiyalari va uchastkalarida oʻtkazilgan sinash ishlari natijalari asosida yigʻilgan maʼlumotlarga koʻra axborot tizimida har yili navlar boʻyicha takliflarni shakllantiradi hamda Ekspert komissiyasi aʼzolariga taqdim etadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
25. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash faoliyatini nazorat qilish va sinash ishlari vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sinash usullariga yoki dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
26. Vakolatli organ Ekspert komissiyasining xulosasiga asosan oʻzining tegishli qarori loyihasini axborot tizimida navlarning elektron identifikatsiya raqamini (kod) koʻrsatgan holda shakllantiradi hamda yigirma besh ish kuni ichida Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
27. Vakolatli organ axborot tizimda navlarning davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi yoki oʻtkazilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, uch ish kuni ichida talabnoma beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
Qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
28. Vakolatli organ talabnoma beruvchining xohishiga koʻra uch ish kuni ichida qishloq xoʻjaligi ekini navining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani shakllantiradi va belgilangan tartibda taqdim etadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
29. Talabnoma beruvchi ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan stavkalarga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha vakolatli organ tomonidan koʻrsatilgan davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshiradi. Bunda toʻlangan toʻlovlar vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari boʻyicha toʻlov stavkalari mahalliy va xorijiy seleksiya navlari uchun farqli holda belgilanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
30. Quyidagilar qishloq xoʻjaligi ekini navlarini istiqbolli navlar va davlat reyestri roʻyxatidan chiqarish hamda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)
talabnoma beruvchi vakolatli organ tomonidan tuzilgan taqsimotga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlari navi va duragaylarining sifatli urugʻlik materiallarini belgilangan muddatda va miqdorda yetkazib bermaganda;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)
qishloq xoʻjaligi ekini navi xoʻjalik uchun foydali belgilari (hosildorlik, kasalliklarga, zararkunandalarga, sovuqqa, issiqqa va qurgʻoqchilikka chidamlilik, olinadigan mahsulot sifati va boshqa xoʻjalik va biologik belgilari) koʻrsatkichlarini yoʻqotganda va oʻzining xos belgi koʻrsatkichlari boʻyicha tavsifiga muvofiq kelmay qolganda;
qishloq xoʻjaligi ekini navining xoʻjalik uchun foydali belgi koʻrsatkichlari andoza (standart) nav koʻrsatkichidan past boʻlganda;
qishloq xoʻjaligi ekini navi 3 yildan koʻp davr ichida xoʻjalik muomalasiga kiritilmaganda;
talabnoma beruvchi tomonidan qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlovlar amalga oshirilmaganda;
patent egasi qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestri roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisida murojaat qilganda;
Ekspert komissiyasi tomonidan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni toʻxtatish, rad etish va chiqarish yuzasidan xulosalar taqdim etilganda.
Qishloq xoʻjaligi ekini navi boshqa asoslanmagan sabablarga koʻra, shu jumladan, maqsadga nomuvofiqligi sababli Davlat reyestrida roʻyxatdan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
31. Navlarni davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, uch ish kuni ichida talabnoma beruvchiga axborot tizimi orqali talabnoma rad etilganligi haqida elektron shakldagi xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada talabnomani rad etish sabablari va ularni bartaraf etib, koʻrsatilgan muddatda hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etish mumkinligi bayon qilinadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son)
32. Talabnoma beruvchi Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish sabablarini bartaraf qilishi va hujjatlarni qayta taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat yozma yoki elektron shakldagi xabarnoma yuborilgan kundan eʼtiboran 10 kundan kam boʻlmasligi kerak.
33. Talabnoma beruvchi Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etib, buni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan keyin vakolatli organ hujjatlarni 10 kun muddat ichida qayta koʻrib chiqadi.
Talabnoma beruvchining talabnomasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
34. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin topshirilgan talabnoma yangidan topshirilgan hisoblanadi.
35. Talabnoma beruvchi talabnomasining rad etilishi, shuningdek, vakolatli organning mansabdor shaxsining harakatlari (yoki harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
5-bob. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
36. Davlat reyestridan roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma 3 yil muddatga beriladi. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilish muddati tugagach, talabnoma beruvchining xohishiga koʻra uning muddati uzaytirilishi mumkin.
37. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning muddatini uzaytirish yuzasidan talabnoma uning amal qilish muddati tugashidan 30 kun oldin vakolatli organga topshirilishi shart.
6-bob. Yakunlovchi qoida
38. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari nav va duragaylarini sinash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
1-bosqich
Talabnoma beruvchi (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti)
1. Qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida vakolatli organga “Navagrotest.uz” axborot tizimi orqali talabnomani shakllantiradi va kiritadi.
Ixtiyoriy ravishda (elektron shaxsiy kabinet orqali)
2. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sinash markazi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshiradi.
Talabnomani berish bilan bir vaqtda
2-bosqich
Vakolatli organ
Hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qiladi va qabul qilingan sanani koʻrsatgan holda talabnoma beruvchiga xabarnoma (yoki ekspert baholash tartibini), urugʻlik materiallarini yetkazib berish boʻyicha taqsimot va koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlov shartnomasini axborot tizimida yuboradi.
Hujjatlar qabul qilingandan keyin 5 ish kunida
3-bosqich
Talabnoma beruvchi
Vakolatli organ tomonidan tuzilgan taqsimotga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekini nav va duragaylarining sifatli urugʻlik materiallarini belgilangan muddatda va miqdorda yetkazib beradi.
Taqsimotni olgandan soʻng 10 kun muddatda
4-bosqich
Vakolatli organ
1. Urugʻlik materiallari tegishli manzilga taqsimotga muvofiq oʻz vaqtida yetkazib berilishini nazorat qiladi hamda sinash ishlarini tashkil etish qoidalari va talablariga muvofiqligini baholaydi.
Har yili qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishdan 10 kun oldin va sinash ishlari davrida
2. Nav sinash stansiyalari va uchastkalaridagi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining elektron identifikatsiya (kod) raqamini qoʻygan holda xoʻjalik uchun foydali belgilar boʻyicha kuzatuvlarni olib boradi (yoki ekspert baholash) va maʼlumotlarni axborot tizimida qayd etib boradi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining vegetatsiya davrida
3. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining elektron identifikatsiya (kod) raqami orqali har yilgi hosilidan olingan namunalarda laboratoriya tahlillarini oʻtkazadi (zarur hollarda, originator tomonidan taqdim etilgan tahlil natijalaridan foydalaniladi) va axborot tizimiga kiritadi.
Yetishtirilgan hosil yigʻishtirib olingandan keyin
4. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari yuzasidan takliflarni ularning elektron identifikatsiya (kod) raqami boʻyicha tizimda shakllantiradi va Ekspert komissiyasi aʼzolariga tizim orqali taqdim etadi.
Kamida uch yil va har mavsum yakunida
5. Ekspert komissiyasining xulosasi asosida oʻzining tegishli qarori loyihasini tizimda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining elektron identifikatsiya (kod) raqamini eʼlon qilgan holda shakllantiradi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
Ekspert komissiyasi xulosasidan keyin 25 kun muddatda
6. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, talabgorga talabnoma rad etilganligi haqida tizim orqali xabarnoma yuboradi.
3 kun muddatda
7. Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra qishloq xoʻjaligi ekini navining Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomani (yoki maʼlumotnoma) taqdim etadi.
Talabnoma beruvchining talabidan keyin 3 kun muddatda
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Ministerstvo selskogo xozyaystva Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi Sentr po sortoispitaniyu selskoxozyaystvennix kultur
ROʻYXATGA OLISH GUVOHNOMASI № 000-000 SVIDETELSTVO O REGISTRATSII
Ushbu guvohnoma __________________________________________________________ga shu haqda berildiki,
Nastoyasheye svedetelstvo vidano
(talabnoma beruvchi/zayavitel)
Ariza boʻyicha ustunlik sanasi va raqami_________________________________________________________
№ po zayavke s datoy prioriteta Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining qaroriga muvofiq____________________________ V sootvetstvii s resheniyem Sentra po sortoispitaniyu selskoxozyaystvennix kultur ___________________________________________________________________________________________
(ekin turi va seleksiya yutugʻi nomi/vid kulturi i naimenovaniye seleksionnogo dostijeniya)
Ariza raqami (kod zayavki) — 0000-00 raqami bilan
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari Davlat reyestri
roʻyxatiga kiritildi
Zaregistrirovano v Gosudarstvennom reyestre selskoxozyaystvennix kultur rekomendovannix
Menda (bizda) mavjud maʼlumotlarga koʻra boshqa mualliflar yoʻq
Po imeyusheysya u menya (nas) informatsii drugix avtorov net.
6. Avvalgi arizalar
Predidushiye zayavki
Roʻyxatdan oʻtgan
Zaregistrirovani
Ariza raqami
Nomer zayavki
Darajasi
Stadiya
Qaysi nom bilan
Pod kakim nazvaniyem
Davlatda
V strane
Kun
Data
Ekishga tavsiya etishga
Na rekomendatsiyu k posevu
Men (biz) malum qilaman (miz)ki, haqiqatdan birinchi ariza boʻyicha berilgan malumot shu seleksiya yutugʻiniki va mazkur arizaga mosdir.
Ya (mi) zayavlyayu (yem), chto material, peredanniy s pervoy zayavkoy predstavlyayet dannoye seleksionnoye dostijeniye i sootvetstvuyet nastoyashey zayavke.
7.Originator tomonidan seleksiya yutugʻini sinashga taklif etilayotgan hududlar
Rekomenduyemie originatorom regioni ispitaniya seleksionnogo dostijeniya
Foydalanish tomonlari
Napravleniye ispolzovaniya
Hududlar raqami (kerak boʻlmagani oʻchiriladi)
Nomera regionov (nenujnie zacherknut)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar:
Prilagayemie k zayavleniyu dokumenti:
{} —Seleksiya yutugʻi anketasi 2 nusxada.
Anketa seleksionnogo dostijeniya v 2-x ekzemplyarax.
{} —Seleksiya yutugʻi taʼrifi.
Opisaniye seleksionnogo dostijeniya.
{} —Ariza berishga huquq berilganligini tasdiqlovchi hujjat (vositachi va huquqiy vorislar uchun)
Dokument, podtverjdayushiy pravo na podachu zayavki (dlya pravopreyemnikov i posrednikov)
{} —Fotosuratlar toʻplami
Komplekt fotografiy.
{} —Ilmiy kengash bayoni
{} —Protokol uchyonogo soveta
Men (biz), seleksiya yutugʻini ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritishingizni soʻrayman (miz).
Ya (mi) proshu (sim) vklyuchit seleksionnoye dostijeniye v gosudarstvenniy reyestr selskoxozyaystvennix kultur rekomendovannix k posevu.
Men (biz), mazkur arizaga va ilovaga kiritilgan, arizani koʻrib chiqish uchun berilgan menda (bizda) mavjud malumotlar toʻgʻri va oxirgisi ekanligini taʼkidlayman (miz).
Ya (mi) zayavlyayu (yem), chto po imeyushimsya u menya (nas) svedeniyam informatsiya, neobxodimaya dlya rassmotreniya zayavki i vnesyonnaya v nastoyasheye zayavleniye i v prilojeniya, yavlyayetsya okonchatelnoy i pravilnoy.
Men (biz), haqiqatdan mazkur seleksiya yutugʻi toʻgʻri tanlanganligini va namunalar toʻgʻri olinganligini tasdiqlayman (miz).
Ya (mi) podtverjdayu(yem), chto obrazsi polucheni doljnim obrazom i predstavlyayut reprezentativnuyu viborku dannogo seleksionnogo dostijeniya.
Men (biz), seleksiya yutugʻini xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha sinash uchun Markaz taqsimotiga asosan manzillarga hamda Milliy genbankka yetarli miqdorda urugʻlik materiallarini bepul yetkazib berish majburiyatini zimmamga olaman (miz).
Ya (mi) obyazuyus (yemsya) bezvozmezdno predostavlyat neobxodimoye kolichestvo semyan dlya provedeniya ispitaniy na xozyaystvennuyu poleznost v kolichestve i po adresam, ukazannim v raznoryadkax Goskomissii, a takje obrazets seleksionnogo dostijeniya v Natsionalniy genbank.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlov
STAVKALARI
Toʻlovlar kodi
Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar nomi
1 nav yoki duragay uchun stavkalar
(bazaviy hisoblash miqdori)
Toʻlovlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etish muddati
mahalliy seleksiya
xorijiy seleksiya
1. Talabnomani qabul qilish
1.1.
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish boʻyicha talabnomani qabul qilish va koʻrib chiqish, sinovga qabul qilinganligi yuzasidan maʼlumotnoma yuborish
1
2
Talabnoma berish bilan bir vaqtda
2. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishda munosiblik yuzasidan konkurs nav sinovi boʻyicha
2.1.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markaziga topshiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinining 1 ta yangi nav yoki duragayi uchun 1 yillik konkurs navi sinovi xarajatlari (1 ta vegetatsiya davri uchun)
6
10
Talabnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma joʻnatilgan sanadan boshlab 3 oy muddatgacha
2.2.
Sinash ishlari amalga oshirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari nav yoki duragaylarida xoʻjalik uchun foydali belgilar boʻyicha ekspert baholash sinovini oʻtkazish va dalolatnoma tuzish
5
10
Koʻrib chiqishga talabnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma joʻnatilgan sanadan boshlab 3 oy muddatgacha
3. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish
3.1.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining nav yoki duragayini roʻyxatdan oʻtkazish
0,5
3
Vakolatli organ qarori tasdiqlangan sanadan boshlab 3 oy muddatda
3.2.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini Davlat reyestrida eʼlon qilish:
a) Davlat reyestri kitobining narxi:
0,3
Sotib olish bilan bir vaqtda
b) Davlat reyestridagi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylari tavsifi kitobining narxi
0,5
3.3.
Talabnomaga asosan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish:
a) Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish va berish
2
3
Vakolatli organ qarori tasdiqlangan sanadan boshlab 6 oy muddatda
b) Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma dublikatini berish
1
1,5
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa — doimiy
4. Davlat reyestrida saqlash uchun toʻlovlar
4.1.
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab amal qilish muddatlari (har yil uchun):
Birinchi yilda Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va guvohnoma berish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda, keyingi yillarda amal qilish muddati tugagunga qadar — har yili IV chorakda
a) birinchi — uchinchi yillar uchun
0,5
1
b) toʻrtinchi — oʻninchi yillar uchun
1
1,5
v) oʻn birinchi — yigirmanchi yillar uchun
1,5
2
g) keyingi yillarga
2
2,5
5. Oʻzgartirishlar kiritish
5.1.
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining talabnomasiga oʻzgartirish, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish
1
2
Oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni topshirish bilan bir vaqtda
6. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida axborot hamda maʼlumotnomalar taqdim etish
6.1.
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi va sinov holati boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlari navi yoki duragayiga maʼlumotnoma taqdim etish
1
2
Talabnoma beruvchining talabiga asosan
Izoh.
Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining hisobvaragʻiga tegishli summani oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi hamda toʻlov hujjati bilan tasdiqlanadi. Toʻlangan summaning belgilangan toʻlov miqdoriga muvofiqligi toʻlovni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanada aniqlanadi. Talabnoma beruvchi tomonidan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma berish uchun belgilangan toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakat sodir etilmaydi.
Talabnoma beruvchi belgilangan summani vakolatli organ tomonidan toʻlovni toʻlash toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab 3 oy muddatda toʻlash huquqiga ega. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi va eʼlon qilinganligi uchun toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda, ushbu tartibotlar amalga oshirilmaydi. Toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatib oʻtilgan 3 oy muddat tugagan kundan boshlab keyingi 3 oy ichida taqdim etilishi mumkin.
Toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi va belgilangan miqdordan ortiq toʻlangan toʻlovlar talabnoma beruvchining talabiga koʻra qaytariladi. Toʻlovlarni qaytarishga oid bank xizmatlari uchun toʻlovlar ushbu toʻlovlarni toʻlagan shaxs hisobidan qoplanadi.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-martdagi 158-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi “d” kichik bandiga quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestrida rayonlashtirilgan manzarali, dorivor, texnik va ozuqabop oʻsimliklarning roʻyxati yuritilishini taʼminlash”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot-polizchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklarining yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi 258-son qarorining 9-bandida “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sifatini nazorat qilish va sertifikatlash markazi” soʻzlari “Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandida:
v) oʻn ikkinchi xatboshida “Agroinnovatsiya” davlat unitar korxonasi” soʻzlari ““Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 09/21/158/0241-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son; 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)