1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.16 Boshqa bojxona rejimlari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namuna va sinamalarini tasarruf etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Bojxona xizmati organlarida bojxona ekspertizasini oʻtkazish tartibini jahon standartlariga moslashtirish, namuna va sinama olish jarayonlarini soddalashtirish hamda yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlariga qulay imkoniyatlar yaratish, shuningdek, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
a) tovarlar namunalarini yoki sinamalarini olish mazkur tovarlarni identifikatsiyalash va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga binoan tovar kodini aniqlash maqsadlarida amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
b) tovarlar namunalari yoki sinamalarni tasarruf etish hamda bojxona ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur sarflash materiallari davlat bojxona xizmati organlarining har yilgi isteʼmolidan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda xarid qilinadi;
v) tovarlar namunalari yoki sinamalari tovar partiyasining tarkibi va xususiyatlarini toʻliq ifodalashi hamda olingan namunalar yoki sinamalar, shuningdek, maʼlumotlar ishonchliligi uchun quyidagilar shaxsan javobgar hisoblanadi:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
tovarlar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotganda — bojxona organi mansabdor shaxsi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
tovar jismoniy shaxs yoki yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilganda — jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning masʼul etib tayinlagan xodimlari;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
namunalar yoki sinamalarni olish surishtiruv, tergov, prokuratura va sud organlari qarorlari asosida amalga oshirilganda — ushbu qarorlarda masʼul etib tayinlangan shaxslar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
2. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazilayotgan tovarlardan namunalar yoki sinamalar tanlab olish, ularni bojxona laboratoriyalariga taqdim etish, tasarruf etish, saqlash hamda yoʻq qilish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namunalari va sinamalarini tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va tizimlashtirish]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-mart,
145-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-martdagi 145-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namunalari va sinamalarini tasarruf etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazilayotgan tovarlardan namunalar yoki sinamalarni tanlab olish, bojxona laboratoriyalariga taqdim etish, tasarruf etish, saqlash va yoʻq qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
bojxona laboratoriyasi — bojxona organlari tizimidagi bojxona ekspertizasini amalga oshirishga moʻljallangan maxsus laboratoriya;
vakolatli organ — qonunchilik hujjatlariga muvofiq tadqiqot (ekspertiza) tayinlash vakolatiga ega boʻlgan surishtiruv, tergov, prokuratura va sud organlari;
yoʻllanma xati — bojxona organi, vakolatli organlar, jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan tadqiqot (ekspertiza) tayinlash toʻgʻrisidagi yozma yoki elektron murojaati;
namuna — bojxona maqsadlari uchun taqdim etilgan yoki tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv harakatlari, tergov va sud jarayonlaridagi tovar partiyasining tarkibi va xususiyatlarini toʻliq ifodalovchi tovar;
namunalarni yoki sinamalarni yoʻq qilish — namunalar yoki sinamalarni tovar sifatida belgilangan maqsadlarda ishlatishga yaroqsiz holatga keltirish (yoqib yuborish, koʻmib tashlash va boshqalar);
sinama — bojxona maqsadlari uchun taqdim etilgan yoki tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv harakatlari, tergov va sud jarayonlaridagi tovar partiyasining tarkibi va xususiyatlarini toʻliq ifodalovchi tovarning minimal qismi;
tadqiqot (ekspertiza) — bojxona laboratoriyasi eksperti tomonidan fan, texnika va boshqa sohalardagi maxsus bilimlar asosida namunalar yoki sinamalarni oʻrganish.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
3. Namunalar yoki sinamalar tovarlarni identifikatsiyalash va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga (keyingi oʻrinlarda — TIF TN) binoan tovar kodini aniqlash maqsadlarida olinadi.
Namunalar yoki sinamalarni bojxona laboratoriyalarida tasarruf etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
4. Tovarlardan namunalar yoki sinamalarni olish usuli tovar turidan kelib chiqqan holda xalqaro standartlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda ular asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi matnlarda — Davlat bojxona qoʻmitasi) tomonidan ishlab chiqilgan uslubga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
5. Tovar namunalari yoki sinamalarini tasarruf etish hamda bojxona ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur sarflash materiallari mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq bojxona organlarining har yilgi isteʼmolidan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda xarid qilinadi.
2-bob. Namunalar yoki sinamalarni olish
1-§. Tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotganda namunalar yoki sinamalar olish tartibi
6. Tadqiqot (ekspertiza) maqsadlari uchun erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlardan namunalar yoki sinamalar olish bojxona organi boshligʻi tomonidan masʼul etib tayinlangan bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan tovarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxs, shuningdek, zaruratga koʻra (zaharli, toksik, kuchli taʼsir qiluvchi tovarlar), mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Bunda bojxona organi mansabdor shaxsi namunalar yoki sinamalar tovar partiyasining tarkibi va xususiyatlarini toʻliq ifodalash hamda olingan namunalar yoki sinamalar, shuningdek, maʼlumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
7. Namunalar yoki sinamalar uch nusxada olinadi va mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan uchta nusxada namunalar yoki sinamalar olish dalolatnomasi tuziladi. Bunda dalolatnomaning:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
birinchi nusxasi namunalar yoki sinamalar bilan birgalikda bojxona laboratoriyasiga shu kunning oʻzida yuboriladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
ikkinchi nusxasi tovarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxsga beriladi;
uchinchi nusxasi tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan bojxona organida qoldiriladi.
8. Namunalar yoki sinamalarning har bir nusxasi mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq qadoqlanadi va maxsus qadoq ustidagi jadval tovar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldiriladi hamda bojxona organi mansabdor shaxsining raqamlangan shaxsiy muhri bilan paketning belgilangan qismiga muhr bosiladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
9. Namunalar yoki sinamalarni olishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi boʻyicha javobgarlik tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan bojxona organi boshligʻi yoki vakolatli organning masʼul xodimi hamda namunalar va sinamalarni olgan shaxsning zammasiga yuklanadi.
2-§. Tovar jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilayotganda namunalar yoki sinamalar olish
10. Jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan tadqiqot (ekspertiza) maqsadlarida tovarlardan namunalar yoki sinamalar olish jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning masʼul etib tayinlagan xodimlari tomonidan, zarurat yuzasidan (zaharli, toksik, kuchli taʼsir qiluvchi tovarlar) esa, mutaxassis ishtirokida olinadi.
Bunda jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning masʼul etib tayinlagan xodimlari namunalar yoki sinamalar tovar partiyasining tarkibi va xususiyatlarini toʻliq ifodalash hamda olingan namunalar yoki sinamalar, shuningdek, maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
11. Namunalar yoki sinamalar uch nusxada olinib, yoʻllanma xati orqali namunalar yoki sinamalar bilan bojxona laboratoriyasiga jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan tanlangan kuni yuboriladi.
Tovar miqdori uch nusxada namunalar yoki sinamalar olish imkoniyatini bermasa, u holda tovardan bir nusxada namuna yoki sinama olinib, yoʻllanma xati orqali laboratoriyaga yuboriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
12. Namunalar yoki sinamalarning har bir nusxasi mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq qadoqlanib, maxsus qadoq ustidagi jadval tovar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldiriladi hamda jismoniy yoki yuridik shaxsning masʼul etib tayinlagan xodimlari tomonidan imzolanadi va paketning belgilangan qismiga muhr bosiladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
13. Namunalar yoki sinamalarni olishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi boʻyicha javobgarlik tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning masʼul etib tayinlagan xodimlari zimmasiga yuklanadi.
3-§. Surishtiruv, tergov, prokuratura, sud organlari qarorlari asosida namunalar yoki sinamalar olish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
14. Surishtiruv, tergov, prokuratura, sud organlari qarorlari asosida tovarlardan namunalar yoki sinamalar olish, ushbu qarorlarda masʼul etib tayinlangan shaxs tomonidan xolislar, zaruratga koʻra, mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi.
Bunda namunalarni (sinamalarni) olgan shaxs namunalar yoki sinamalar tovar partiyasi tarkibi va xususiyatlarini toʻliq ifodalashini taʼminlashi shart hamda olingan namunalar yoki sinamalar, maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
15. Namunalar yoki sinamalar uch nusxada olinib, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ikki nusxada tuziladigan namunalar yoki sinamalar olish dalolatnomasini qarorda masʼul etib tayinlangan shaxs rasmiylashtiradi hamda qarorda masʼul etib tayinlangan shaxs, xolislar, shuningdek, zaruratga koʻra esa, mutaxassis tomonidan imzolanadi.
Bunda dalolatnomaning birinchi nusxasi namunalar yoki sinamalar bilan birga bojxona laboratoriyasiga shu kunning oʻzida yuboriladi, ikkinchi nusxasi qarorda masʼul etib tayinlangan shaxsga beriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
16. Namunalar yoki sinamalarning har bir nusxasi mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq qadoqlanadi va maxsus qadoq ustidagi jadval tovar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldiriladi hamda qarorda masʼul etib tayinlangan shaxs, xolislar, shuningdek, zaruratga koʻra, mutaxassis tomonidan paketning belgilangan qismi imzolanadi va qarorda masʼul etib tayinlangan shaxsning muhri bosiladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
17. Namunalar yoki sinamalarni olishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi boʻyicha javobgarlik tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan qarorda masʼul etib tayinlangan shaxsga yuklatiladi.
3-bob. Namunalar yoki sinamalarni qabul qilish
1-§. Tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotganda namunalar yoki sinamalarni qabul qilish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
18. Tadqiqot (ekspertiza) bojxona postining bojxona laboratoriyasi eksperti tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, namunalar yoki sinamalar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi namunalar yoki sinamalar olish dalolatnomasi bilan birga namunalar yoki sinamalarni olgan bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan bojxona postining bojxona laboratoriyasi ekspertiga yetkaziladi.
Tadqiqot (ekspertiza) Davlat bojxona qoʻmitasining yoki uning hududiy boshqarmalarining bojxona laboratoriyasi ekspertlari tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan bojxona organining yoʻllanma xati, namunalar yoki sinamalar va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi namunalar yoki sinamalar olish dalolatnomasi bilan birga Davlat bojxona qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalarining bojxona laboratoriyasi ekspertlariga yetkaziladi.
Tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan bojxona organi ushbu tadqiqot (ekspertiza) qaysi laboratoriyada oʻtkazilishini koʻrsatib oʻtadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
19. Yoʻllanma xatida quyidagi maʼlumotlar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
bojxona laboratoriyasiga hal qilish uchun qoʻyilgan savollar;
miqdori koʻrsatilgan namunalar yoki sinamalar roʻyxati;
namunalar yoki sinamalar qadoqlangan maxsus qadoq identifikatsiya raqami;
har bir hujjatning raqami;
bojxona yuk deklaratsiyasining 7-grafasidagi raqami aks ettiriladi.
Yoʻllanma xati tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan bojxona organining boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
20. Namunalar yoki sinamalar bojxona posti bojxona laboratoriyasiga kelib tushganda, bojxona laboratoriyasi eksperti taqdim etilgan namunalar yoki sinamalar ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq qadoqlanganligini tekshiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Yoʻllanma xati, namunalar yoki sinamalar va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi namunalar yoki sinamalar olish dalolatnomasi Davlat bojxona qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalarining bojxona laboratoriyasi ekspertlariga kelib tushganda, materiallarni qabul qilish va ekspertiza materiallari javoblarining joʻnatilishiga masʼul boʻlgan shaxs tomonidan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq ekspertizaga yuborilgan va taqdim etilgan materiallar qadoqlanganligini va mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni tekshirib chiqadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Ushbu Nizom talablarini buzgan holda rasmiylashtirilgan namunalar yoki sinamalar tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan bojxona organiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun kamchiliklar aniqlangan kunning oʻzida qaytariladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Taqdim etilgan materiallar ushbu Nizom talablariga muvofiq kelsa, yoʻllanma xatining ikkinchi nusxasiga qabul qilib olganlik toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi hamda u tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan bojxona organiga qaytariladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
21. Namunalar yoki sinamalar deklaratsiya qilingan tovarga tegishli boʻlmasa, qadoqda tovarga nisbatan vakolatli shaxs imzosi boʻlmasa, bojxona laboratoriyasi ekspertlari qaytadan namunalar yoki sinamalar olishni tayinlash huquqiga ega, qaytadan namunalar yoki sinamalar olish ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda, majburiy ravishda mutaxassis sifatida bojxona laboratoriyasi eksperti ishtirok etgan holda oʻtkaziladi.
2-§. Jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan tovar namunalarini (sinamalarini) qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
22. Tadqiqot (ekspertiza) jismoniy yoki yuridik shaxslar murojaatiga asosan amalga oshirilayotganda, yoʻllanma xati va namunalar yoki sinamalar Davlat bojxona qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalarining bojxona laboratoriyasi ekspertlariga yetkaziladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
23. Yoʻllanma xatida quyidagi maʼlumotlar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
bojxona laboratoriyasiga hal qilish uchun qoʻyilgan savollar;
miqdori koʻrsatilgan namunalar yoki sinamalar roʻyxati;
namunalar yoki sinamalar qadoqlangan maxsus qadoqning identifikatsiya raqami;
namunalar yoki sinamalar tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish uchun taqdim etilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 371-moddasida belgilangan maʼlumotlar majburiy tarzda aks ettirilishi kerak.
Yoʻllanma xati tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning masʼul rahbari tomonidan imzolanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Yoʻllanma xati namunalar yoki sinamalar bilan birga Davlat bojxona qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalarining bojxona laboratoriyasi ekspertlariga kelib tushganda, materiallarni qabul qilish va ekspertiza materiallari javoblarining joʻnatilishiga masʼul boʻlgan shaxs tomonidan ekspertizaga yuborilgan va taqdim etilgan materiallar mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq qadoqlanganligini va ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarning toʻliqligini tekshirib chiqadi.
Ushbu Nizom talablarini buzgan holda rasmiylashtirilgan namunalar yoki sinamalar tadqiqotni (ekspertiza) tayinlagan jismoniy yoki yuridik shaxslarga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Taqdim etilgan materiallar ushbu Nizom talablariga muvofiq kelgan holatlarda yoʻllanma xati belgilangan tartibda qabul qilib olinadi.
3-§. Surishtiruv, tergov, prokuratura va sud organlari qarorlari asosida yuborilgan tovar namunalarini (sinamalarini) qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
24. Surishtiruv, tergov, prokuratura va sud organlarining qarorlari asosida tayinlangan tadqiqotni (ekspertizani) Davlat bojxona qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalari ekspertlari amalga oshirayotgan boʻlsa, tadqiqotni (ekspertiza) tayinlagan organning qarori yoʻllanma xati bilan birga Davlat bojxona qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalari ekspertlariga yetkaziladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
25. Yoʻllanma xati tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan vakolatli organ rahbariyati tomonidan imzolanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
26. Surishtiruv, tergov, prokuratura va sud organlarining qarorlarida belgilangan shaxs tomonidan namunalar yoki sinamalar tadqiqot (ekspertiza) uchun Davlat bojxona qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalari bojxona laboratoriyasi ekspertlariga kelib tushganda, namunalar yoki sinamalar belgilangan tartibga muvofiq qadoqlanganligi tekshirib chiqiladi.
Ushbu Nizom talablarini buzgan holda rasmiylashtirilgan namunalar yoki sinamalarni yuborgan shaxsga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
4-bob. Namunalar yoki sinamalarni tasarruf etish
1-§. “Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlar namunalari yoki sinamalarini tasarruf etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
27. Tadqiqot (ekspertiza) natijasida tovarning bojxona laboratoriyasi eksperti tomonidan aniqlangan TIF TN kodi bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan kodga mos kelsa — ijobiy ekspertiza xulosasi yoki tovarning bojxona laboratoriyasi eksperti tomonidan aniqlangan TIF TN kodi bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan kodga mos kelmasa — salbiy ekspertiza xulosasi beriladi. Bojxona ekspertizasi yigirma ish kunigacha boʻlgan vaqtda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
28. Namunalar yoki sinamalar, shuningdek, ularning fizik-kimyoviy tadqiqotlar oʻtkazilgandan soʻng qolgan qismlari (shunday tadqiqot oʻtkazilgan holatda) quyidagi tartibda tasarruf etiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
salbiy ekspert xulosasi qabul qilinganda — tadqiq qilish uchun taqdim etilgan namunalar yoki sinamalarning va ularning qoldiqlarining barcha nusxalari bojxona laboratoriyasida qoldiriladi;
ijobiy ekspert xulosasi qabul qilinganda — tadqiq qilish uchun taqdim etilgan namunalar yoki sinamalar va ularning qoldiqlari tovarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxsga qaytariladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
29. Qaytarilishi lozim boʻlgan namunalar yoki sinamalar va (yoki) ularning qoldiqlari tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan bojxona organi xodimiga qadoqlangan (muhrlangan) holda ekspertiza xulosasi berilgan kuning oʻzida qaytariladi hamda ushbu mansabdor shaxs tomonidan yoʻllanma xatining ikkinchi nusxasiga qabul qilib olganlik va miqdori toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Belgi qoʻyilgan yoʻllanma xatining ikkinchi nusxasi bojxona laboratoriyasida qoladi.
Bojxona laboratoriyasidan olingan namunalar yoki sinamalar va (yoki) ularning qoldiqlari tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan bojxona organi xodimi tomonidan tovarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxsga qaytariladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Agar qaytarib yuborilgan namunalar yoki sinamalar va (yoki) ularning qoldiqlariga taalluqli tadqiqot (ekspertiza) yuzasidan takroriy, qoʻshimcha yoki kompleks tadqiqot (ekspertiza) oʻtkazishga ehtiyoj tugʻilgan taqdirda, qaytarib yuborilgan namunalar yoki sinamalar va (yoki) ularning qoldiqlari saqlash qoidalariga rioya qilingan (qadoqlangan, muhrlangan) holda ekspertizaga yuborilishi shart.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Qoʻshimcha bojxona ekspertizasi birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasi xulosasida mavjud boʻlgan kamchiliklarni toʻldirish uchun tayinlanadi va oʻsha ekspertning oʻzi yoki boshqa ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Xulosa asoslanmaganda yoxud uning asosidagi dalillar haqiqiy emas deb topilganda, takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanadi.
Bojxona ekspertizasini ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazish bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
30. Bojxona laboratoriyasida qoldirilgan namunalar yoki sinamalar tegishli bojxona organi yoki vakolatli organlar tomonidan tayinlangan qayta tadqiqot (ekspertiza) oʻtkazishda ishlatilishi mumkin.
2-§. Jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan tovarlar namunalari yoki sinamalarini tasarruf etish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
31. Namunalar yoki sinamalar, shuningdek, ularning fizik-kimyoviy tadqiqotlar oʻtkazilgandan keyin qolgan qismlari jismoniy yoki yuridik shaxslarga qaytariladi. Bojxona ekspertizasi yigirma ish kunigacha boʻlgan vaqtda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
32. Qaytarilishi lozim boʻlgan namunalar yoki sinamalar va ularning qoldiqlari jismoniy yoki yuridik shaxsning masʼul xodimiga qadoqlangan (muhrlangan) holda ekspertiza xulosasi berilgan kuning oʻzida qaytariladi va ushbu xodim tomonidan yoʻllanma xatining ikkinchi nusxasiga qabul qilib olganlik va miqdori toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Belgi qoʻyilgan yoʻllanma xatining ikkinchi nusxasi bojxona laboratoriyasida qoladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
Agar qaytarib yuborilgan namunalar yoki sinamalar va (yoki) ularning qoldiqlariga taalluqli tadqiqot (ekspertiza) yuzasidan takroriy, qoʻshimcha yoki kompleks tadqiqotga (ekspertizaga) ehtiyoj tugʻilgan taqdirda, qaytarib yuborilgan namunalar yoki sinamalar va (yoki) ularning qoldiqlari saqlash qoidalariga rioya qilingan holda ekspertizaga yuborilishi shart.
Qoʻshimcha bojxona ekspertizasi birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasi xulosasida mavjud boʻlgan kamchiliklarni toʻldirish uchun tayinlanadi va oʻsha ekspertning oʻzi yoki boshqa ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Xulosa asoslanmaganda yoxud uning asosidagi dalillar haqiqiy emas deb topilganda, takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanadi.
Bojxona ekspertizasini ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazish bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
33. Bir nusxada olingan (tovar miqdoridan kelib chiqqan holda imkoniyati mavjud boʻlmagan) namunalar yoki sinamalarning tadqiqot oʻtkazilgandan soʻng qoldiqlari jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq qaytariladi.
3-§. Surishtiruv, tergov, prokuratura va sud organlari qarorlari asosida yuborilgan tovarlar namunalari yoki sinamalarini tasarruf etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
34. Namunalar yoki sinamalar, shuningdek, ularning fizik-kimyoviy tadqiqotlar oʻtkazilgandan keyin qolgan qismlari surishtiruv, tergov, prokuratura, sud organlari qarorlarida namunalarni taqdim qilishga masʼul etib tayinlangan shaxsga, yaʼni namunalarni bojxona laboratoriyasiga yuborgan shaxsga qaytariladi. Bojxona ekspertizasi surishtiruv, tergov, prokuratura, sud organlari qarorlari asosida oʻttiz ish kunigacha boʻlgan vaqtda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
35. Qaytarilishi lozim boʻlgan namunalar yoki sinamalar va (yoki) ularning qoldiqlari namuna uchun masʼul etib tayinlangan shaxsga qadoqlangan (muhrlangan) holda ekspertiza xulosasi berilgan kuning oʻzida qaytariladi va ushbu shaxs tomonidan yoʻllanma xatining ikkinchi nusxasiga qabul qilib olganlik va miqdori toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Belgi qoʻyilgan yoʻllanma xatining ikkinchi nusxasi bojxona laboratoriyasida qoladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Agar qaytarib yuborilgan namunalar yoki sinamalar va (yoki) ularning qoldiqlariga taalluqli tadqiqot (ekspertiza) yuzasidan takroriy, qoʻshimcha yoki kompleks tadqiqotga (ekspertizaga) ehtiyoj tugʻilgan taqdirda, qaytarib yuborilgan namunalar yoki sinamalar va (yoki) ularning qoldiqlari saqlash qoidalariga rioya qilingan holda ekspertizaga yuborilishi shart.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
Qoʻshimcha bojxona ekspertizasi birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasi xulosasida mavjud boʻlgan kamchiliklarni toʻldirish uchun tayinlanadi va oʻsha ekspertning oʻzi yoki boshqa ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Xulosa asoslanmaganda yoxud uning asosidagi dalillar haqiqiy emas deb topilganda takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanadi.
Bojxona ekspertizasini ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazish bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan belgilanadi.
5-bob. Namunalar yoki sinamalarni saqlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
36. Bojxona laboratoriyasida qoldirilgan namunalar yoki sinamalar tovarning isteʼmol idishida koʻrsatilgan saqlash (yaroqlilik) muddatlariga muvofiq saqlanadi. Bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ularning saqlash muddatlari tovarga tegishli boʻlgan xalqaro standartlar va Oʻzbekiston Respublikasi standartlari bilan belgilangan muddatlarni aniqlagan holda, quyidagi muddatlardan oshib ketmagan holda saqlanadi:
bojxona laboratoriyasida salbiy ekspert xulosasi qabul qilinsa, xulosa berilgan sanadan boshlab — 3 yil davomida;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarining namunalarini (sinamalarini) saqlash muddati — ular bojxona laboratoriyasiga taqdim qilingan vaqtdan boshlab 1 oy davomida;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
agar namunalar yoki sinamalarning yaroqlilik muddati bojxona laboratoriyasiga topshirilgandan boshlab, ushbu bandda belgilangan saqlash muddati oraligʻida tugasa va bojxona ekspertizasida ularning qadoqlaridagi, yorliqlaridagi maʼlumotlardan foydalanilgan boʻlsa, u holda ushbu qadoqlar va yorliqlar qolgan belgilangan muddatgacha saqlanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
37. Hududiy bojxona boshqarma va bojxona postida namunalar yoki sinamalarni saqlash hududiy bojxona boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshligʻining topshirigʻiga asosan belgilangan moddiy javobgar shaxs javobgarligi ostida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
38. Davlat bojxona qoʻmitasida namunalar yoki sinamalarni saqlash masʼul boshqarma moddiy javobgar shaxsining javobgarligi ostida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
39. Namunalar yoki sinamalar tovarning TIF TN kodi boʻyicha tasniflanishiga taʼsir qiluvchi koʻrsatkichlar oʻzgarmasligini taʼminlovchi, yongʻin xavfsizligiga javob beruvchi, namlikdan va tashqi muhitning noqulay omillaridan himoyalangan sharoitlarda saqlanishi kerak.
6-bob. Namunalar yoki sinamalarni yoʻq qilish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
40. Namunalar yoki sinamalarni saqlash muddati tugagach, ular yoʻq qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
41. Masʼul boshqarma hududiy bojxona boshqarmasi va bojxona postining masʼul shaxsi har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan, saqlash muddati oʻtib ketgan (agar shunday holatlar boʻlsa) namunalar yoki sinamalarni yoʻq qilish toʻgʻrisida ushbu masʼul boshqarma boshligʻi (post boshligʻi) nomiga bildirgi beradi.
Bildirgida tovarning nomi, soni, bojxona laboratoriyasining tegishli xulosasi roʻyxatga olingan raqami koʻrsatilgan holda, saqlash muddati oʻtib ketgan namunalar, sinamalar roʻyxati ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
42. Namunalar yoki sinamalarni yoʻq qilish uchun masʼul boshqarma boshligʻining (post boshligʻining) yozma koʻrsatmasiga koʻra tarkibida kamida uchta bojxona xodimlaridan iborat boʻlgan komissiya tuziladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
43. Namunalar yoki sinamalarni yoʻq qilish usuli namunalar yoki sinamalar yoʻq qilinayotganda vujudga keluvchi moddalarning atrof-muhitga taʼsiri, shuningdek, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tegishli komissiya aʼzolari tomonidan tanlanadi.
Namunalar yoki sinamalarni yoʻq qilish uchun namunalar va sinamalarni yoqish, parchalash, maydalash kabi usullardan foydalaniladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
44. Komissiya namunalar yoki sinamalarni yoʻq qilgach, bu toʻgʻrisida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda namunalar yoki sinamalarni yoʻq qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi. Dalolatnomada har bir namunani (sinamani) yoʻq qilish usuli aks ettirilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
45. Saqlash muddati oʻtib ketgan alohida namunalar yoki sinamalar bojxona laboratoriyasi boshligʻining koʻrsatmasiga binoan koʻrgazmali oʻquv qurollari yoki laboratoriya muzeyining eksponati sifatida qoldirilishi mumkin.
7-bob Yakunlovchi qoida
46. Ushbu Nizom talablarining buzilishiga aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namunalari va sinamalarini tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namunalari yoki sinamalarini tasarruf etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Bojxona organlari
Ushbu nizomning 2-bobi talablariga asosan namunalar yoki sinamalar olinib, maxsus qadoqlarda bojxona laboratoriyasiga yuboriladi.
Namunalar yoki sinamalar olingan kuni
2-bosqich
Bojxona organlari
Bojxona laboratoriyasi namunalar yoki sinamalarni ushbu Nizomning 3-bobi talablari asosida qabul qiladi va ekspertiza oʻtkazadi.
Yigirma ish kunigacha
3-bosqich
Bojxona organlari
Namunalar yoki sinamalar va ularning qoldiqlari bojxona ekspertizasini tayinlagan bojxona organiga ushbu Nizomning 4-bobi talablari asosida qadoqlangan holda qaytariladi.
Ekspertiza natijalari asosida xulosa qabul qilingan kuni
1-bosqich
Jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan
Ushbu Nizomning 2-bobi talablariga asosan namunalar yoki sinamalar olinib, maxsus qadoqlarda bojxona laboratoriyasiga yuboriladi.
Jismoniy yoki yuridik shaxslar xohishiga koʻra
2-bosqich
Jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan
Bojxona laboratoriyasi namunalar yoki sinamalarni ushbu Nizomning 3-bobi talablari asosida qabul qiladi va ekspertiza oʻtkazadi.
Yigirma ish kunigacha
3-bosqich
Jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan
Namunalar yoki sinamalar va ularning qoldiqlari jismoniy yoki yuridik shaxsga ushbu Nizomning 4-bobi talablari asosida qadoqlangan holda qaytariladi.
Ekspertiza natijalari asosida xulosa qabul qilingan kuni
1-bosqich
Surishtiruv, tergov, prokuratura va sud organlari qarorlari asosida
Ushbu Nizomning 2-bobi talablariga asosan namunalar yoki sinamalar olinib, maxsus qadoqlarda bojxona laboratoriyasiga yuboriladi.
Namunalar yoki sinamalar olingan kuni
2-bosqich
Surishtiruv, tergov, prokuratura va sud organlari qarorlari asosida
Bojxona laboratoriyasi namunalar yoki sinamalarni ushbu Nizomning 3-bobi talablari asosida qabul qiladi va ekspertiza oʻtkazadi.
Oʻttiz ish kunigacha
3-bosqich
Surishtiruv, tergov, prokuratura va sud organlari qarorlari asosida
Namunalar yoki sinamalar va ularning qoldiqlari namunalar yoki sinamalarni taqdim etgan organga ushbu Nizomning 4-bobi talablari asosida qadoqlangan holda qaytariladi.
Ekspertiza natijalari asosida xulosa qabul qilingan kuni
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namunalari va sinamalarini tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Namunalar va sinamalarni tasarruf etish va bojxona ekspertizasini oʻtkazish maqsadida zarur sarflash materiallari
ROʻYXATI
T/r
Nomi
1.
Maxsus polimer paket
2.
Ogʻiz qismi burab yopiladigan shaffof polimer idish va qopqoq
3.
Ogʻiz qismi keng, burab yopiladigan polimer idish va qopqoq
4.
Ogʻiz qismi burab yopiladigan shisha idish va qopqoq
5.
Ogʻiz qismi keng, burab yopiladigan shisha idish va qopqoq
Izoh. Sarflash materiallarini keltirish har yilgi isteʼmoldan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namunalari va sinamalarini tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
Namunalar yoki sinamalarni olish dalolatnomasi Maxsus qadoqning identifikatsiya raqami __________________
(yukni oluvchi xoʻjalik subyektining nomi, manzili, import qiluvchi mamlakat)
va bojxona rasmiylashtiruviga 20___ yil “___” ______________da taqdim etilgan.
Namunalar yoki sinamalar olinishidan oldin yuqorida koʻrsatilgan shaxslarga bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan namunalar olinayotganda amalga oshiriladigan barcha harakatlarda ishtirok etish huquqi, dalolatnomaga kiritiladigan arizalarni, tushuntirishlarni berishi mumkinligi tushuntirildi.
Ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari, fikr-mulohazalari __________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
Maʼlumotnoma oʻqib chiqildi. Maʼlumotlar toʻgʻri yozilgan.
Ishtirokchilar:
_____________________________________
_____________________________________
(imzo, F.I.O.)
(imzo, F.I.O.)
_____________________________________
_____________________________________
(imzo, F.I.O.)
(imzo, F.I.O.)
Dalolatnomaning nusxasini oldi
_____________________________________
(imzo, F.I.O.)
Dalolatnomani tuzgan bojxona postining mansabdor shaxsi
________________________
_______________________________
(muhr oʻrni)
(imzo)
(F.I.O.)
Ilova: Namunalar yoki sinamalarni olish dalolatnomasi bojxona organi muhri bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namunalari va sinamalarini tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Namunalar yoki sinamalarni qadoqlash usullari
Namunalar yoki sinamalarni qadoqlash olingan namunalar yoki sinamalarni almashtirib qoʻyishga yoʻl qoʻymaydigan, yorliq yoki oʻramni butunligini taʼminlaydigan usulda amalga oshirilishi kerak.
Shuningdek, namunalar yoki sinamalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, mazkur ilovaning birinchi xatboshi talablariga javob beruvchi maxsus qadoqlardan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.
Maxsus qadoq — germetik polimer paket boʻlib, uch tomondan yopilgan, faqat bir tomonidan namunalar yoki sinamalarni qadoq ichiga solish imkoniyatiga ega. Ushbu paketning ogʻiz qismi bir martalik oʻzi yopishadigan lenta bilan taʼminlangan boʻlib, ushbu lenta paket ogʻzi yopilgandan soʻng qayta ochish imkoniyatini bermaslikka moʻljallangan. Paketning ustki yuqori qismida maxsus qadoqning identifikatsiya raqami, markaz qismida namunalar yoki sinamalar toʻgʻrisida maʼlumotlar (nomi, miqdori, koʻrinishi, ogohlantiruvchi belgilar), tovar “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilayotganda bojxona posti kodi va nomi, namunalar yoki sinamalar olinganda qatnashgan shaxslarning ismi, familiyasi, imzosi va namunalar yoki sinamalar olingan sanani yozishga moʻljallangan jadval koʻrinishidagi katakchalar va muhr oʻrni mavjud. Maxsus qadoqlarning hisoboti elektron tarzda yuritiladi.
Paketning namunalar yoki sinamalar solinadigan ogʻiz qismidan namunalar (sinamalar) paket ichiga joylashtirgandan soʻng ogʻiz qismidagi oʻzi yopishadigan lenta yordamida paket ogʻzi yopiladi. Paketning ustki tomonida namunalar yoki sinamalar toʻgʻrisida maʼlumotlar (nomi, miqdori, koʻrinishi, ogohlantiruvchi belgilar), tovar “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilayotganda bojxona posti kodi va nomi, namunalar yoki sinamalar olingan sana, namunalar yoki sinamalar olinganda qatnashgan shaxslarning ismi, familiyasi yoziladi va namunalar yoki sinamalar olinganda qatnashgan shaxslar oʻz ismi, familiyasi toʻgʻrisiga imzo qoʻyadi. Maʼlumotlar qoʻlyozma shaklida paketga yoziladi.
Tayyor tovarlardan olingan namunalar yoki sinamalar ishlab chiqaruvchining qadoqlari bilan birga, ishlab chiqaruvchining qadoqlari ochilmagan holda maxsus qadoqlarga joylashtirilishi kerak.
Yuqorida keltirilgan maxsus qadoqlarda, namunalar yoki sinamalarni xususiyatlari va shaklidan kelib chiqqan holda quyidagi oʻrash usullaridan foydalaniladi:
1) namunalar yoki sinamalarning qattiq shakllari (gazlamalarning boʻlaklari, brusoklar, listlar, plitalar va boshqalar) va sochiladigan turlari (kukunlar, granulalar, qalamchalar va boshqalar) maxsus qadoqlarga toʻgʻridan-toʻgʻri solinadi va mazkur ilovaning toʻrtinchi xatboshi talablari asosida qadoqlanadi;
2) namunalar yoki sinamalarning suyuq turlari (eritmalar, suyuqliklar, emulsiyalar, suspenziyalar va boshqalar) toza va quruq idishga (yorliq yopishtirilmagan shisha, plastik butilkalarga va flakonchalarga) solinadi va qopqoq bilan berkitiladi (tiqin, qopqoq). Agar olingan nusxa uchib ketuvchi moddalardan iborat boʻlsa, olingan nusxaning parlanib (bugʻlanib) ketishining oldini olish maqsadida idishning yuqori qismi toza polimer plenka bilan oʻraladi va mustahkam ip bilan bogʻlanadi. Soʻngra ushbu namunalar yoki sinamalar solingan idish maxsus qadoqlarga solinadi va mazkur ilovaning toʻrtinchi xatboshi talablari asosida qadoqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namunalari va sinamalarini tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
“Tasdiqlayman”
________________________________
(rahbarning lavozimi)
________________________________
________________________________
(F.I.O., imzo)
20___ yil “___” ____________
Namunalar yoki sinamalarni yoʻq qilish DALOLATNOMASI
_______________ shahri
20__ yil “____”_____________
Biz, namunalar yoki sinamalarni yoʻq qilish boʻyicha quyidagi tarkibda tasdiqlangan komissiya aʼzolari: ________________________