toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son qarori ijrosini taʼminlash hamda suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, tutzorlarni tashkil qilishda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini keng joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son qaroriga muvofiq yangi intensiv tutzorlar barpo etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2020-yil 1-fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan:
pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etgan holda, yangidan tashkil etilgan tutzorlarning har bir gektariga 8 million soʻmgacha;
Oldingi tahrirga qarang.
maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli dalolatnomasiga asosan subsidiya ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 06/23/85/0325-son)
2. Belgilansinki, tutzorlarni tashkil qilishda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish, sugʻorish quduqlarini qazish hamda nasos stansiyalarini qurish uchun sarflanadigan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan va 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida subsidiyalar ajratish nazarda tutiladi.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha manzilli dasturni shakllantirish tartibi;
suv tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va suv chiqarish uchun nasos stansiyalarini qurish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini doimiy tahlil qilsin va har chorak yakuniga koʻra Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-mart,
128-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-martdagi 128-son qaroriga
ILOVA
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur nizom qoidalari 2020-yil 1-fevraldan boshlab tashkil etilgan mevali va ozuqa intensiv tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilgan talabgorlarga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
talabgorlar — mevali va ozuqa intensiv tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etuvchi va suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishni joriy etadigan pillachilik va tutchilik tashkilotlari;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari — mevali va ozuqa intensiv tutzorlarni tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini va (yoki) suv chiqarish uchun burgʻilangan sugʻorish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurish orqali sugʻorish tizimlari;
tomchilatib sugʻorish — sugʻorishning tut daraxtlari ildizi yonidagi zonaga kam miqdorda (tomchilatib) suv yetkazib beradigan usuli;
tomchilatib sugʻorish tizimi — suv tindirgich (hovuz), suv nasosi, suv tozalagichlar (filtrlar), mineral oʻgʻitlar eritmasini tayyorlovchi moslama, suvni boshqarish va oʻlchash vositalari, suv yetkazuvchi, suv tarqatuvchi va suv tomizgichli quvurlardan iborat sugʻorish majmuasi.
4. Mevali va ozuqa intensiv tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida:
joriy etilgan tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdori ekin maydonining har bir gektari uchun 8 million soʻmgacha;
Oldingi tahrirga qarang.
maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 10 gektar uchun har bir metriga 600 ming soʻmdan 120 million soʻmgacha subsidiya beriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 06/23/85/0325-son)
Agar shartnomada suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishga sarflangan xarajatlar belgilangan subsidiya miqdoridan kam boʻlsa, subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summaga ajratiladi.
Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladi.
5. Tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun har bir gektar tutzor maydoniga subsidiya miqdori subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdoriga yerlarning bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentni koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
6. Mevali va ozuqa tutzorlar yerlarining bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentlar miqdori quyidagi jadvalga asosan hisoblanadi.

Sugʻorish turi

Yerlarning bonitet ballari hisob-kitobi boʻyicha koeffitsiyentlar

0 — 20

21 — 40

41 — 60

61 — 80

81 — 100

Tutzorlar

Tomchilatib sugʻorish tizimi

1,0

0,9

0,8

0,7

0,6

7. Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha manzilli dasturni shakllantirish tartibi
8. Har bir tumanda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish istagini bildirgan talabgorlarning arizalarini qabul qilish, yer uchastkalarining maydonlari, shart-sharoitlari, yer bonitet balli va shoʻrlanish darajasi, barpo etiladigan tutzorlarga mosligi, suv va elektr energiyasi bilan taʼminlanganlik darajasi va boshqa tomonlarini joyiga chiqib oʻrganish, shuningdek, talabgorlarning moliyaviy holatini oʻrganish natijalari yuzasidan xulosalar berish maqsadida mevali va ozuqa intensiv tutzorlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi guruhi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman ishchi guruhi tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi, “Oʻzbekgidrogeologiya” instituti vakili hamda xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki rahbaridan iborat tarkibda tuziladi. Tuman hokimi tuman ishchi guruhi rahbari hisoblanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 720-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son)
Tuman irrigatsiya boʻlimi tuman ishchi guruhining ishchi organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Tuman ishchi guruhi tarkibiga pillachilik va tutchilik tashkilotlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga yoki aksiyalarga egalik qiladigan yoxud boshqaruv organi va kuzatuv kengashiga oʻzi yoki yaqin qarindoshlari aʼzo boʻlgan shaxslarning kiritilishi taqiqlanadi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 720-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Talabgorlar kelgusi yilda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha har yili 1-fevraliga qadar tuman ishchi guruhining ishchi organi — tuman irrigatsiya boʻlimiga ushbu Nizomga 3-ilovadagi keltirilgan namunaga muvofiq ariza bilan bevosita, pochta xizmati orqali yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 720-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tuman ishchi guruhi talabgorlardan ariza tushgan kundan boshlab uch ish kunida joyiga chiqqan holda, tegishli yer uchastkasining maydoni, tuproq bonitet balli hamda yer osti va yer usti suv manbalari mavjudligini oʻrganib chiqadi.
Oʻrganish yakuni boʻyicha tuman ishchi guruhi talabgorlarni kelgusi yilda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tuman manzilli roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — tuman manzilli roʻyxati) kiritish toʻgʻrisida xulosa beradi.
Bunda tegishli yer uchastkasi joylashgan hududda yer osti va yer usti suv manbalari mavjud boʻlmagan taqdirda, talabgorlarni tuman manzilli roʻyxatiga kiritish rad etiladi.
Oʻrganish natijasi koʻra kelgusi yilda tuman manzilli roʻyxati mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan mezonlarga asosan mevali va oziqa boʻladigan yangi tutzorlarning hududlar hamda talabgorlar boʻyicha yer uchastkasi maydoni, yer bonitet balli, suv manbaini koʻrsatgan holda shakllantiradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 720-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son)
11. Tuman manzilli roʻyxati tuman ishchi guruhining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan tuman manzilli roʻyxati har yili 15-fevralga qadar koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087-son qaroriga muvofiq shakllantirilgan Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhining (keyingi oʻrinlarda — hududiy ishchi guruh) ishchi organi — Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga taqdim qilinadi.
Tuman manzilli roʻyxatining toʻgʻri tuzilishiga tuman ishchi guruhi rahbari va aʼzolari masʼul hisoblanadi.
12. Hududiy ishchi guruh:
tumanlarning manzilli roʻyxatlarini tahlil qiladi va kelgusi yilda mevali va ozuqa tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha tumanlar, hududlar hamda talabgorlar boʻyicha yer uchastkalari maydoni, yer bonitet balli, suv manbai koʻrsatilgan holda, hududiy manzilli roʻyxatni (keyingi oʻrinlarda — hududiy manzilli roʻyxat) shakllantiradi. Zaruratga koʻra, talabgorlarning takliflarini joyiga chiqib qoʻshimcha ravishda oʻrganadi;
hududiy manzilli roʻyxat hududiy ishchi guruhning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va hududiy ishchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan hududiy manzilli roʻyxat har yili 1-martga qadar belgilangan tartibda Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasiga taqdim qilinadi.
Hududiy manzilli roʻyxatning toʻgʻriligi boʻyicha hududiy ishchi guruh rahbari va aʼzolari masʼul hisoblanadi.
13. Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi:
hududiy manzilli roʻyxatni tahlil qiladi, umumlashtiradi va tegishli hisob-kitoblarni ishlab chiqadi;
mevali va ozuqa tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha manzilli dastur (keyingi oʻrinlarda — manzilli dastur) loyihasini Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda, har yili 15-martga qadar Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
14. Vazirlar Mahkamasi taqdim etilgan manzilli dasturni tahlil qiladi va har yili 20-martga qadar tasdiqlaydi.
Tasdiqlangan manzilli dastur Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboriladi.
Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda, yangi intensiv mevali va ozuqa tutzorlar hamda ularda tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va (yoki) suv chiqarish uchun burgʻilangan sugʻorish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyalarini qurishning amaldagi holatidan kelib chiqib, talabgorlar roziligi asosida tasdiqlangan manzilli dasturga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
3-bob. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va suv chiqarish uchun nasos stansiyalarini qurish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjetining asosiy parametrlarida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mablagʻlar ajratishni koʻzda tutadi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan soʻng mablagʻlarni belgilangan tartibda Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasiga ajratadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasida ochiladigan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
16. Manzilli roʻyxatga kiritilgan talabgorlar suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarining loyihalar asosida toʻliq qurilishini taʼminlaydi hamda ularni foydalanishga qabul qilishni tashkil qilish va subsidiya ajratish uchun tuman ishchi guruhining ishchi organi — tuman irrigatsiya boʻlimiga murojaat qiladi.
17. Tuman ishchi guruhi murojaat tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida:
a) joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joyiga chiqib, talabgor va pudrat tashkiloti vakili ishtirokida oʻrganadi va amalda qoʻllab (ishlatib) koʻradi;
b) suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari foydalanishga:
tayyor holda boʻlsa — tegishli dalolatnoma rasmiylashtiradi;
tayyor holda boʻlmasa — aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar beradi;
v) dalolatnoma rasmiylashtirilgan talabgorga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda subsidiya ajratish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
18. Tuman ishchi guruhi rahbari va aʼzolari subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosaning haqqoniyligi va toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Tuman ishchi guruhi subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni umumlashtirib, ularning roʻyxatlarini har oʻn kunda hududiy ishchi guruhga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi. Roʻyxatlarga dalolatnomalar va xulosalar ilova qilinadi.
19. Hududiy ishchi guruh har oʻn kunda taqdim etilgan roʻyxatlarni umumlashtiradi va subsidiya ajratiladigan talabgorlar roʻyxatlarini shakllantirib Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasiga belgilangan tartibda taqdim etadi. Ushbu roʻyxatlarga dalolatnomalar va talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalar ilova qilinadi.
20. Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni ular tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan koʻrib chiqib umumlashtiradi va kelishadi.
21. Roʻyxat belgilangan tartibda kelishilganidan soʻng besh ish kunida Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash boʻyicha taqdim qilingan yakuniy roʻyxatlarga asosan talabgorlarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga subsidiyalarni oʻtkazib beradi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Tasdiqlangan manzilli dastur Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
23. Talabgorlar tomonidan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarni joriy etish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan shartnomaviy majburiyatlar boʻyicha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, ular sud tartibida hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
231. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi baholanadi. Bunda:
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning mahsulot yetishtirish hajmi oshganda hamda suv va yoqilgʻi-moylash resurslarining tejalishiga erishilganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “ijobiy”;
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, suv va yoqilgʻi-moylash resurslarining tejalishiga erishilmaganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Talabgorlarning suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlari bir qismini qoplash boʻyicha budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqich

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

Talabgorlar

Kelgusi yilda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tuman ishchi guruhining ishchi organi — tuman irrigatsiya boʻlimiga ariza bilan murojaat qiladi.

Har yili 1-fevraliga qadar

II bosqich

Tuman ishchi guruhi

(ishchi organi — tuman irrigatsiya boʻlimi)

1. Talabgorlar arizasini joyiga chiqqan holda, ularga tegishli boʻlgan yer uchastkasining maydoni, tuproq bonitet balli hamda yer osti va yer usti suv manbalari mavjudligini oʻrganib chiqadi. Bunda talabgorlarni kelgusi yilda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tuman manzilli roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida xulosa beradi.

Uch ish kunida

2. Ijobiy xulosa berilgan talabgorlardan iborat tuman manzilli roʻyxatini shakllantiradi va koʻrib chiqish uchun hududiy ishchi guruhning ishchi organi — Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga taqdim qiladi.

Har yili 15-fevralga qadar

III bosqich

Hududiy ishchi guruhi

ishchi organi — (Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasining hududiy boshqarmasi)

Tumanlarning manzilli roʻyxatlarini tahlil qiladi va kelgusi yilda mevali va ozuqa tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha tumanlar, hududlar hamda talabgorlar boʻyicha yer uchastkalari maydoni, yer bonitet balli, suv manbai koʻrsatilgan holda, hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi hamda Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasiga taqdim qiladi.

Har yili 1-martga qadar

IV bosqich

Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi

1. Taqdim etilgan hududiy manzilli roʻyxatlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi va manzilli dasturni ishlab chiqadi.

2. Manzilli dastur loyihasini Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim qiladi.

Har yili 15-martga qadar

V bosqich

Vazirlar Mahkamasi

1. Manzilli dasturni tahlil qiladi va tasdiqlaydi.

2. Tasdiqlangan manzilli dasturni Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboradi.

Har yili 20-martga qadar

VI bosqich

Talabgorlar

Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarining loyihalar asosida toʻliq qurilishini taʼminlaydi hamda ularni foydalanishga qabul qilishni tashkil qilish va subsidiya ajratish uchun tuman ishchi guruhi ishchi organi — tuman irrigatsiya boʻlimiga murojaat qiladi.

Qurilish ishlari yakunlangandan soʻng

VII bosqich

Tuman ishchi guruhi

(ishchi organi — tuman irrigatsiya boʻlimi)

1. Joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joyiga chiqib talabgorlar va pudrat tashkiloti vakili ishtirokida oʻrganadi va amalda qoʻllab (ishlatib) koʻradi.

2. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari foydalanishga:

tayyor holda boʻlsa — tegishli dalolatnoma rasmiylashtiradi;

tayyor holda boʻlmasa — aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar beradi.

Uch ish kunida

3. Dalolatnoma rasmiylashtirilgan talabgorga subsidiya ajratish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi va hududiy ishchi guruhga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.

Har oʻn kunda

VIII bosqich

Hududiy ishchi guruhi

ishchi organi — (Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasining hududiy boshqarmasi)

Taqdim etilgan roʻyxatlarni umumlashtiradi va subsidiya ajratiladigan talabgorlar roʻyxatlarini shakllantirib, dalolatnomalar va talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalar ilova qilingan holda Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasiga belgilangan tartibda taqdim etadi.

Har oʻn kunda

IX bosqich

Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi

1. Taqdim etilgan roʻyxatlarni ular tushgan kundan boshlab Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan koʻrib chiqib umumlashtiradi va kelishadi.

Oʻn ish kunida

2. Roʻyxat belgilangan tartibda kelishilgandan soʻng suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash boʻyicha taqdim qilingan yakuniy roʻyxatlarga asosan talabgorlarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga subsidiyani oʻtkazib beradi.

Roʻyxat kelishilganidan soʻng besh ish kunida

X bosqich

 Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash boʻyicha budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.

Doimiy ravishda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhining
NAMUNAVIY TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari
2. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
3. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi
4. “Oʻzbekgidrogeologiya” instituti (DUK)ning hududiy boʻlimi rahbari
5. Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki rahbari
6. Tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh kotibi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 720-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son)
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎‎‎‎‎‎‎‎_____________________________ tumani hokimi, ‎
‎Suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etishga
‎ ‎sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash
‎ ‎uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman
‎ ‎ishchi guruhiga
‎ ‎ ‎________________________________________ tomonidan ‎‎

‎‎‎‎‎‎(pillachilik va tutchilik tashkiloti nomi va rahbarning .FI.O.) ‎‎


‎‎‎ARIZA

‎‎___________________________________________________________________ hududda faoliyat koʻrsatayotgan

‎‎(hudud nomi)

‎‎__________________________________________________________________________ tumanda 20__ yilda

‎‎(qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchi nomi)

‎‎suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish va (yoki) suv chiqarish uchun burgʻilangan sugʻorish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyalarini qurish manzilli roʻyxatiga korxona tasarrufidagi jami ____ gektar yer uchastkasida, jumladan, ____ raqamli konturdagi ____ gektar, ____ raqamli konturdagi ____ gektar, ____ raqamli konturdagi ____ gektar maydonda yangi intensiv tut plantatsiyalarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish loyihasini kiritishingizni soʻrayman.

‎‎Yer maydonining oʻrtacha bonitet balli ________ ball, shoʻrlanish darajasi
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎‎(shoʻrlanmagan, kuchsiz, oʻrtacha shoʻrlangan)

‎‎Shu jumladan, konturlar boʻyicha bonitet balli:
‎(1-kontur) _____ ball, (2-kontur) _____ ball, (3-kontur) _____ ball.
‎‎Yer uchastkasi suv bilan ________________________________________________________________________.

(taʼminlangan, taʼminlanmagan)

‎‎Yer uchastkasi elektr tarmogʻiga __________________________________________________________________.

‎‎(ulangan, ulanmagan)

‎‎Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki-_______________________________________________________________.
‎‎Ilova. Yer uchastkasining qishloq xoʻjaligi xaritasidan koʻchirma.
_____________________________________ rahbari‎‎

‎‎________

‎‎_______________________

‎‎(pillachilik va tutchilik tashkiloti nomi)

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

Izoh.
Talabgor arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar va taqdim qilingan hujjatlarning toʻgʻriligiga javob beradi.
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

“Tasdiqlayman”
‎ _________tuman hokimi,
‎Suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy
‎etishga sarflangan xarajatlarning bir
‎qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga
‎ koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhi

_________________

_____________________

(imzo, muhr)

(F.I.O.)

20___ yil “____”__________________

__________ tumanida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga va nasos stansiyalarini qurishga koʻmaklashuvchi hamda tugallangan ishlarni foydalanishga qabul qiluvchi ishchi guruhining
‎XULOSASI

__________ (tuman nomi) tumanida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga va suv chiqarish uchun burgʻilangan sugʻorish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyalarini qurishga koʻmaklashuvchi va tugallangan ishlarni qabul qiluvchi ishchi guruhi yangi tut plantatsiyasida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan ___________________________________________________ (pillachilik va tutchilik tashkilot nomi) ning 20___ yil ______ dagi murojaatini joyida oʻrganib chiqdi va quyidagilarni aniqladi:

1. ___________________________________________________________________20____ yilda _________ ga

(pillachilik va tutchilik tashkilot nomi)

maydonda, jumladan, ____raqamli konturda____ ga, ____raqamli konturda____ ga, ____raqamli konturda____ ga, yangi intensiv tut plantatsiyasida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun jami qiymati ___________ soʻm boʻlgan loyiha ishlab chiqqan hamda uni joriy qilish uchun ____________________________________________________________ bilan jami qiymati _________ soʻm

(pudrat, xizmat koʻrsatish tashkiloti nomi)

boʻlgan shartnoma tuzgan;

2. ____________________ tijorat banki bilan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun jami ______________________ soʻmga _______ foizli kredit shartnomasini tuzgan hamda amalda _________________ soʻm kredit olgan (mavjud boʻlsa);

3. 20____ yilda jami _________ ga maydonda, jumladan, ____raqamli konturda____ ga, ____raqamli konturda ____ ga, ____raqamli konturda____ ga maydonda yangi intensiv tut plantatsiyasida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan va ishga tushirgan.

XULOSA:

_______________________________________________________ ga jami _________________________ soʻm

(pillachilik va tutchilik tashkilot nomi)

miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratish maqsadga muvofiq.

‎‎Tuman ishchi guruhining aʼzolari: ‎

T/r ‎

f.i.o. ‎‎

imzo ‎‎

Lavozimi ‎‎

1.‎

Lavozimga koʻra

tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

2.‎

Lavozimga koʻra

tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh kotibi.

4.‎

Lavozimga koʻra

tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi

5.‎

Lavozimga koʻra

“Oʻzbekgidrogeologiya” instituti (DUK)ning hududiy boʻlimi rahbari

6.‎

Lavozimga koʻra

Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki rahbari

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 720-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/128/0198-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son; 05.06.2023-y., 06/23/85/0325-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)