toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni koʻrib chiqishning yangilangan tartibini belgilash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlarini ishonchli himoya qilish, fuqarolik masalalarini koʻrib chiqishda ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, vatandoshlarimizni mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash jarayoniga faol jalb etish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Quyidagilarni belgilashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari boʻyicha hujjatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish va qaror qabul qilishning yangilangan tartibi;
shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga umumiy, soddalashtirilgan (vatandoshlar uchun) va alohida tartibda (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan) qabul qilish masalalari;
fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish tartib-taomillari;
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari boʻyicha hujjatlarni “E-Fuqaro” idoralararo maʼlumotlar bazasi orqali koʻrib chiqish tartibi va muddatlari;
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari boʻyicha iltimosnoma va arizalarni qabul qilmaslik asoslari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) faoliyatini tashkil etish tartibini, shu jumladan Komissiya faoliyati masalalari hamda Komissiyaning huquqlari va vazifalarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi reglamenti 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*2-ilova berilmaydi.
3. Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga:
mazkur Farmon ijrosini tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilab olish hamda ilovaga muvofiq tasdiqlanayotgan nizom talablariga qatʼiy rioya qilinishini nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga oid hujjatlarni koʻrib chiqishda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, kelib tushgan hujjatlarning “E-Fuqaro” idoralararo maʼlumotlar bazasiga oʻz vaqtida kiritilishi va tegishli tartibda Komissiyaga taqdim etilishini nazorat qilish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat va javobgarlik yuklansin.
4. Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” DICHB Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining buyurtmasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini berish toʻgʻrisida kafolat xati blanklari tayyorlanishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.B. Kadirov belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.R. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-mart,
PF-6185-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan iltimosnomalar, arizalar va ularga ilova qilinadigan hujjatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda qaror qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan iltimosnoma va arizalar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashab turgan shaxs tomonidan — yashash yoki turgan joyidagi ichki ishlar organiga;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashovchi shaxs tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining konsullik boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — konsullik muassasasi) topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan qabul qilingan iltimosnomalar yoki arizalar Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid “E-Fuqaro” idoralararo maʼlumotlar bazasida (keyingi oʻrinlarda — “E-Fuqaro” IMB) roʻyxatdan oʻtkaziladi. Ariza beruvchining talabiga binoan uch ish kuni ichida uning iltimosnomasi yoki arizasi qabul qilinganligi va roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida sanasi koʻrsatilgan holda maʼlumotnoma beriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish yuzasidan topshirilgan iltimosnoma yoki arizalarni koʻrib chiqqanlik uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat boji yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik yigʻimlari tarifida belgilangan miqdorda yigʻimlar undiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha materiallar ikki nusxada yuritiladi. Materiallarning bir nusxasi uni qabul qilgan ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasida (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) saqlanadi, ikkinchi nusxa esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) yuboriladi.
5. Iltimosnoma, ariza va soʻrovnoma qoʻlda yoki texnik vositalarda toʻldiriladi. Ularni toʻldirishda qisqartma yoki abbreviatura qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Soʻrovnomadagi javoblar toʻliq yoritilgan, hujjatlar matni tushunarli va tuzatishlarsiz boʻlishi lozim.
6. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan murojaat etgan shaxs oʻz shaxsi va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.
Shaxsning biografik maʼlumotlari (tugʻilgan sanasi yoxud familiyasi, ismi yoki otasining ismi) oʻzgargan taqdirda, buni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
7. Ota-onasi yoki ulardan birining fuqaroligi oʻzgarganda ularning iltimosnomasiga koʻra, oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolaning fuqaroligi faqat uning yozma roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Bola imzosining haqiqiyligi “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq yoki konsullik muassasasi masʼul xodimining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish uchun murojaat qilgan ariza beruvchi oʻz iltimosnomasida bolasini koʻrsatib oʻtgan taqdirda, u vakolatli organning masʼul xodimi (keyingi oʻrinlarda — masʼul xodim) tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32 — 36-moddalari talablari bilan tanishtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ariza beruvchi tomonidan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti (keyingi oʻrinlarda — pasport), Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi identifikatsiya ID-kartasi (keyingi oʻrinlarda — identifikatsiyalovchi karta), fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — yashash guvohnomasi), fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi (keyingi oʻrinlarda — fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi) nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxasi bilan birga taqdim etiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Masʼul xodim tomonidan ushbu hujjatlarning nusxalari asli bilan solishtirilib, vakolatli organ muhri bilan tasdiqlanadi, hujjatlarning asli ariza beruvchiga qaytarib beriladi.
9. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilida boʻlmagan hujjatlar arizachi tomonidan davlat tiliga tarjima qilinadi. Tarjimaning toʻgʻriligi yoki tarjimon imzosining haqiqiyligi “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida tasdiqlanadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, xorijdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar, ularni Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy hisoblash uchun legallashtirilgan yoki apostil quyilgan boʻlishi lozim.
10. Oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan iltimosnoma yoki ariza va ilova qilinayotgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan paytdan eʼtiboran koʻrib chiqish uchun qabul qilingan deb hisoblanadi.
Uzrli sabablar mavjud boʻlganda (kasallik, konsullik muassasasining mavjud emasligi) notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnoma yoki ariza ishonchli shaxslar orqali berilishi mumkin.
11. Iltimosnoma yoki arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilmaganligi, ariza beruvchi tomonidan yolgʻon maʼlumot, haqiqiy boʻlmagan va soxta hujjatlar taqdim etilishi iltimosnoma va arizalarni qabul qilmaslik uchun asos hisoblanadi.
Ariza beruvchi tomonidan soxta hujjatlar taqdim qilganlik holati aniqlanganida, materiallar qonunchilikka muvofiq qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.
II. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish
12. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va muomala layoqatiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish boʻyicha iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin, agar u:
a) chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
b) yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi olingan kundan eʼtiboran va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida uzluksiz besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan boʻlsa. Ushbu shart Oʻzbekiston Respublikasida tugʻilgan va yashab kelayotgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohda boʻlgan va nikoh tuzilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududida turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda uzluksiz uch yil davomida yashab kelayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan tatbiq etilmaydi;
(12-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega boʻlsa;
g) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini oʻz zimmasiga olsa;
d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
13. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish yuzasidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi iltimosnoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (mavjud boʻlsa);
iltimosnomada ariza beruvchi bolasini koʻrsatib oʻtgan taqdirda, bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi va yashash guvohnomasi (mavjud boʻlsa), bunda oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolaning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi olinadi;
tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (jismoniy shaxsning daromadi haqidagi maʼlumotnoma, soliq inspeksiyasidan berilgan jismoniy shaxsning daromadi boʻyicha soliq deklaratsiyasi, ish joyidan oylik ish haqi koʻrsatilgan maʼlumotnoma, pensiya tayinlanganligi haqida maʼlumotnoma, aliment toʻlanishi haqida maʼlumotnoma, kredit tashkilotiga qoʻyilgan mablagʻi mavjudligi haqidagi hisobvaragʻi koʻrsatilgan holda berilgan maʼlumotnoma, ariza beruvchi kimning qaramogʻida boʻlsa, shu shaxsning daromadlari haqida maʼlumotnoma, shuningdek, boshqa qonuniy daromadlarini tasdiqlovchi hujjat);
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilishini tasdiqlovchi hujjat vakolatli organ tomonidan idoralararo maʼlumot almashinuvi tizimi orqali olinadi.
14. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Quyidagi shaxslarga nisbatan davlat tilini muloqot qilish uchun zarur boʻlgan darajada bilish sharti tatbiq etilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida umumiy oʻrta taʼlimdan kam boʻlmagan darajada taʼlim olgan shaxslar (tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi);
60 yoshga toʻlgan shaxslar;
muomala layoqatiga ega boʻlmagan shaxslar (ishonchli vakili tomonidan ushbu shaxs muomala layoqatiga ega emasligi yoki muomala layoqati cheklanganligi haqida qonuniy kuchga kirgan sud qarori taqdim etiladi);
I guruh nogironligi mavjud boʻlgan shaxslar (nogironlikni tasdiqlovchi maʼlumotnoma taqdim etiladi).
15. Iltimosnomani qabul qilgan masʼul xodim uch ish kuni ichida ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini oʻrganib chiqadi hamda soʻrovnomaga oʻzining lavozimini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi.
Ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan tartibda taqdim etilgan barcha hujjatlar ketma-ketlikda materialga tikiladi va uni rasmiylashtirayotgan xodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda hujjatlar ichki roʻyxati tuziladi.
Material muqovasida ariza beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, tartib raqami va boshqa maʼlumotlar (qabul qilingan sana, saqlash muddati) koʻrsatiladi.
16. Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar uch ish kuni ichida “E-Fuqaro” IMBga kiritiladi, materiallar esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga yuboriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari masʼul xodimi oʻn ish kuni ichida maʼlumotlar “E-Fuqaro” IMBga toʻgʻri kiritilganligini tekshiradi, shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Ichki ishlar vazirligi) yuboriladi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan kelib tushgan tekshiruv talabnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilishga toʻsqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yoʻqligi bir oy muddatda koʻrib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga maʼlumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan oʻtib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Ichki ishlar vazirligining masʼul xodim tomonidan chop etiladi.
Materiallar va tekshiruv varaqasi asosida bir oylik muddatda xulosa tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosada ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan va amalga oshirilgan tekshiruv yakuni boʻyicha (tekshiruv varaqasidagi maʼlumotlar asosida) uning oʻzi hamda yaqin qarindoshlari haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-maʼlumotnoma bilan birga koʻrib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-maʼlumotnomada:
tugʻilgan sanasi va joyi, millati, maʼlumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari, yashash joyi;
yaqin qarindoshlari va ularning fuqaroligi;
umumiy oʻrta va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan davri;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan sanasi;
(16-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
mehnat faoliyati;
pensiyaga chiqish sanasi va nogironlik guruhi (agar mavjud boʻlsa);
agar shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan yoki fuqarolikni yoʻqotgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni sanasi va raqami;
muqaddam fuqarolikka qabul qilish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi boʻyicha maʼlumot (agar koʻrilgan boʻlsa);
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan boʻlsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar aks ettirilishi lozim.
III. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish
17. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va muomala layoqatiga ega boʻlgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs hisoblangan vatandosh Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish boʻyicha murojaat qilishi mumkin, agar u:
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan loaqal bitta oʻzidan oldingi qarindoshga ega boʻlsa;
b) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega boʻlsa;
v) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini oʻz zimmasiga olsa;
g) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
18. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish yuzasidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi iltimosnoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
chet davlat fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati yoxud yashash guvohnomasi (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi);
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (mavjud boʻlsa);
Oldingi tahrirga qarang.
iltimosnomada bola koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi va chet davlat fuqarosining pasporti yoki yashash guvohnomasi yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi (mavjud boʻlsa), bunda oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolaning yozma roziligi olinadi;
(18-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan, nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan oʻzidan oldingi qarindoshining pasporti (identifikatsiyalovchi kartasi);
(18-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
oʻzlari fuqarosi boʻlgan davlatning mutasaddi organidan sudlanganlik holati mavjud yoki yoʻqligini tasdiqlovchi hujjat;
davlat boji (konsullik yigʻimi) toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilishini tasdiqlovchi hujjat vakolatli organ tomonidan idoralararo maʼlumot almashinuvi tizimi orqali olinadi, mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
19. Ushbu Nizomning 17-bandi “a” kichik bandidagi shart va 18-bandi yettinchi xatboshisida qayd etilgan hujjatni taqdim etish haqidagi talab, ilm-fan va ilmiy faoliyat, texnika, madaniyat hamda sport sohasida katta yutuqlarga ega boʻlgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi uchun manfaatli boʻlgan kasbga yoxud malakaga ega boʻlgan vatandoshga va (yoki) uning oila aʼzolariga nisbatan tatbiq etilmasligi mumkin.
Bunday holatlarda Oʻzbekiston Respublikasidagi manfaatdor vazirlik yoki idoralarning iltimosnomasi taqdim etiladi.
Iltimosnomada shaxs ilm-fan va ilmiy faoliyat, texnika, madaniyat hamda sport sohasida erishgan yutuqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi uchun manfaatli boʻlgan kasbga yoxud malakaga ega ekanligi haqida batafsil koʻrsatib oʻtiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi manfaatdor vazirlik yoki idoralarning respublika ahamiyatiga molik rahbarlari shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish yuzasidan iltimosnomalar berilishiga javobgar hisoblanadi.
20. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish yuzasidan rasmiylashtirilgan material ichki ishlar organi tomonidan qabul qilingan taqdirda, mazkur Nizomning 15 va 16-bandlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
21. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish yuzasidan rasmiylashtirilgan material konsullik muassasasi tomonidan qabul qilingach, masʼul xodim hujjatlarning toʻliqligini va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini oʻrganib chiqadi va soʻrovnomaga oʻzining lavozimini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi.
Bir vaqtning oʻzida soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar konsullik muassasasining masʼul xodimi tomonidan uch ish kuni ichida “Interaktiv konsullik xizmatlari” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Konsullik axborot tizimi) kiritiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Tashqi ishlar vazirligi) yuboriladi.
Ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan tartibda taqdim etilgan barcha hujjatlar ketma-ketlikda materialga tikiladi va uni rasmiylashtirayotgan xodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda hujjatlar ichki roʻyxati tuziladi.
Material muqovasida ariza beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, tartib raqami va boshqa maʼlumotlar (qabul qilingan sana, saqlash muddati) koʻrsatiladi.
Materialning bir nusxasi diplomatik pochta jadvaliga muvofiq Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi oʻn ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumotlar asosida “E-Fuqaro” IMBda shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilishga toʻsqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yoʻqligi bir oy muddatda koʻrib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga maʼlumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan oʻtib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodim tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oy muddatda xulosa tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosada ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan va amalga oshirilgan tekshiruv yakuni boʻyicha (tekshiruv varaqasidagi maʼlumotlar asosida) uning oʻzi hamda yaqin qarindoshlari haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-maʼlumotnoma bilan birga koʻrib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-maʼlumotnomada:
tugʻilgan sanasi va joyi, millati, maʼlumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari, yashash joyi;
yaqin qarindoshlari va ularning fuqaroligi;
umumiy oʻrta va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan davri;
mehnat faoliyati;
pensiyaga chiqish sanasi va nogironlik guruhi (agar mavjud boʻlsa);
agar shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan yoki fuqarolikni yoʻqotgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni sanasi va raqami;
muqaddam fuqarolikka qabul qilish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi boʻyicha maʼlumot (agar koʻrilgan boʻlsa);
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan boʻlsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar aks ettirilishi lozim.
22. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish yuzasidan rasmiylashtirilgan materialni qabul qilib, koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi olingan taqdirda, Komissiya tomonidan bu haqda taqdim etilgan xatga asosan vakolatli organ uch ish kuni ichida ariza beruvchi va uning iltimosnomasida koʻrsatilgan oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini berish toʻgʻrisida kafolat xatini (keyingi oʻrinlarda — kafolat xati) mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq rasmiylashtiradi va oʻn ish kuni ichida ariza beruvchiga xabar berish choralarini koʻradi. Bunda, kafolat xati iltimosnomada koʻrsatilgan har bir oila aʼzosiga beriladi.
Kafolat xati blanki qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanganlik darajasiga ega.
Blanklar Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining buyurtmasiga asosan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Kafolat xati vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga yoki uning qonuniy vakiliga taqdim etiladi yoxud pochta orqali yuboriladi.
Kafolat xatining amal qilish muddati — bir yil. Komissiyaning qaroriga asosan kafolat xatining amal qilish muddati yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Buning uchun ariza beruvchi kafolat xatining amal qilish muddati tugashidan koʻpi bilan bir oy oldin vakolatli organga ariza bilan murojaat qiladi. Arizada kafolat xatining amal qilish muddatini uzaytirish sababi koʻrsatib oʻtiladi. Ariza “E-Fuqaro” IMBga kiritilib, Komissiyaga yuboriladi.
Komissiya mazkur masalani koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha kafolat xati amal qilish muddatini uzaytirishga rozilik berish yoki rad etish haqida bayonnoma qarorini qabul qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish ariza beruvchi chet davlat fuqaroligidan chiqqanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etganidan keyin amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan chet davlat fuqaroligidan chiqish (yoʻqotish) haqidagi hujjat vakolatli organga topshiriladi, ushbu hujjat Komissiyaga yuboriladi. Ariza beruvchi yashayotgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi mavjud boʻlmasa, ushbu hujjat tegishincha Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligiga qonuniy vakil yoki pochta orqali yuborilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti soddalashtirilgan tartibda fuqarolik berishni rad etgan taqdirda Komissiya tomonidan bu haqda taqdim etilgan xatga asosan vakolatli organ uch ish kuni ichida ariza beruvchiga xabar berish choralarini koʻradi.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti chet davlat fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasida koʻrsatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini berishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday hollarda Komissiyaning talabiga asosan vakolatli organ fuqarolikka qabul qilinayotgan shaxs tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq toʻldirilgan Oʻzbekiston Prezidenti nomiga yozilgan iltimosnoma, chet davlat fuqarosining pasporti, fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati yoki yashash guvohnomasi (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi) nusxasini qabul qiladi va ularni Komissiyaga yuboradi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
V. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash
24. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va muomala layoqatiga ega boʻlgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida koʻrsatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklashi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash haqidagi iltimosnomada Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilishi sabablari koʻrsatiladi.
Agar ariza beruvchi muqaddam “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi birinchi qismi “a” va “g” bandlarida nazarda tutilgan holatlarda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotganligi yoki ilgari Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tiklanganligi aniqlansa, uning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash boʻyicha iltimosnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar koʻrib chiqilmasdan qaytariladi.
25. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash boʻyicha material mazkur Nizomning 12 — 16-bandlarida koʻrsatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
VI. Fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish
Oldingi tahrirga qarang.
26. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi birinchi qismiga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
muqaddam chet davlat fuqaroligida boʻlmagan;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish istagini bildirgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq:
ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasida kamida oʻn besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan;
ushbu davr mobaynida chet davlat fuqaroligida boʻlmagan;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish istagini bildirgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Yuqorida keltirilgan shartlardan loaqal birining mavjud emasligi, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishni rad etishga asos hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish ilgari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
27. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan shakldagi ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma;
yashash guvohnomasi (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi);
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (mavjud boʻlsa);
ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganligi haqidagi maʼlumotnoma (oʻzgarishlar mavjud boʻlsa);
Oldingi tahrirga qarang.
2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganligini va yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻn besh yil va undan ortiq yil davomida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
(27-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Masʼul xodim tomonidan ushbu hujjatlarning qonuniyligi oʻrganib chiqilgan holda, aslidan nusxa olinib, muhr bilan tasdiqlanadi va hujjatlarning asli ariza beruvchiga qaytarib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlik holati fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan yuritilgan yigʻma ish jildida saqlangan sobiq Ittifoq pasporti hamda hisob varaqalari, uy daftari yoki xoʻjalik kitobida doimiy roʻyxatdan oʻtganlik (propiskaga qoʻyganlik) toʻgʻrisidagi belgining mavjudligi bilan tasdiqlanishi mumkin.
(27-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlarni qabul qilgan masʼul xodim tomonidan oʻn ish kuni ichida fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan yuritilgan materialdagi fuqaroligi boʻlmagan shaxs maqomini belgilash uchun asos boʻlgan hamda uning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlardan nusxa olinadi, gerbli muhr va oʻz imzosi bilan tasdiqlanadi va material Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga yuboriladi.
(27-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Bunda, masʼul xodim tomonidan toʻplangan hujjatlar asosida maʼlumotlar bazasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishga oid talabnoma shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Basharti, mavjud maʼlumotlar boʻyicha shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida 2005-yil 1-yanvarga qadar yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasida kamida oʻn besh yil davomida doimiy yashab kelayotganligi holatini tasdiqlash imkoni boʻlmaganda, shaxsga hujjatlar qaytarib beriladi va ushbu faktni sud tartibida tasdiqlashga haqli ekanligi tushuntiriladi.
(27-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Taqdim etilgan hujjatlar bir oylik muddatda oʻrganib chiqilib, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida nazarda tutilgan holatlar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, xulosa tayyorlanadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosaning bir nusxasi toʻplangan materialga ilova qilinib, Ichki ishlar vazirligiga kelishish uchun yuboriladi. Xulosaga idoralararo maʼlumotlar bazasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishga oid shakllantirilgan talabnomaga muvofiq, qaydlar kiritilishi lozim.
Ichki ishlar vazirligi kelib tushgan materialni bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda oʻrganib chiqib, xulosa asoslantirilganligini tekshiradi va oʻz munosabati bildirilgan xatni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari orqali hududiy ichki ishlar organiga yuboradi.
Ichki ishlar organi tomonidan ariza beruvchiga bu haqda uch ish kuni ichida xabar beriladi va identifikatsiyalovchi kartasini rasmiylashtirish choralari koʻriladi.
28. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi uchinchi qismiga muvofiq:
ota-onasidan biri (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari deb tan olingan;
chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish istagini bildirgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Basharti ota-onasi (yolgʻiz ota yoki onasi) bilan birga Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan bola yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan boʻlsa, ota yoki onasining roʻyxatdan oʻtkazilgan joyi uning roʻyxatga olingan joyi hisoblanadi.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ushbu bandda nazarda tutilgan shaxsga doir Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va materialni koʻrib chiqish uning ota-onasidan birining (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinganligi boʻyicha tegishli xulosalar mavjud boʻlgan taqdirda, mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Quyidagi shaxslarning ham Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan arizalari “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi uchinchi qismiga muvofiq koʻrib chiqilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
a) agar ota-onasidan biri (yolgʻiz ota yoki onasi) 2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib yoki oʻn besh yil davomida doimiy ravishda yashab kelayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan fuqarolikka qabul qilingan boʻlsa;
(29-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) agar ota-onasidan biri 2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan va vafot etgan boʻlsa.
(29-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Bunday shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan hujjatlarini qabul qilish va materialni koʻrib chiqish mazkur Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish uchun yetarli asoslari mavjud boʻlmagan shaxslar, oʻz xohishlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini umumiy tartibda qabul qilish uchun murojaat qilishlari mumkin.
(26 — 29-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
VII. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish
30. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va muomala layoqatiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi oʻz xohish-istagiga koʻra “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida koʻrsatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishda mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi iltimosnoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
pasport (identifikatsiyalovchi karta);
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (mavjud boʻlsa);
Oldingi tahrirga qarang.
arizada bola koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi va (mavjud boʻlsa) pasporti (identifikatsiyalovchi kartasi). Bunday hollarda bolaning otasi yoki onasi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolayotgan boʻlsa, uning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi;
(30-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolaning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi yozma roziligi;
davlat boji (konsullik yigʻimi) toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Agar ariza beruvchining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan eri (xotini), ota-onasi, shuningdek, uning qaramogʻidagi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashasa, ariza beruvchi ushbu shaxslarning ariza beruvchiga nisbatan mulkiy eʼtirozlari mavjud emasligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalarini taqdim etishi shart.
Agar tegishli holatlar mavjud boʻlsa, ota-onaning, turmush oʻrtogʻining roziligi oʻrniga ariza beruvchidan yoki tegishli organdan:
vafot etganligi haqida guvohnoma, agar koʻrsatilgan shaxslar vafot etgan boʻlsa;
koʻrsatilgan shaxslarni ota-onalik huquqlaridan mahrum qilinganligi, muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoxud fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilinganligi haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori;
yolgʻiz ota yoki ona ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar vakolatli organ tomonidan soʻrab olinadi.
Iltimosnomani qabul qilgan masʼul xodim uch ish kuni ichida ilova qilingan hujjatlar toʻliqligini va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini oʻrganib chiqadi va soʻrovnomaga oʻzining lavozimini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi.
Ushbu Nizomning mazkur bandiga muvofiq taqdim etilgan barcha hujjatlar ketma-ketlikda materialga tikiladi va uni rasmiylashtirayotgan xodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda hujjatlar roʻyxati tuziladi.
Material muqovasida ariza beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi tartib raqami va boshqa maʼlumotlar (qabul qilingan sana, saqlash muddati) koʻrsatiladi.
Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar uch ish kuni ichida “E-Fuqaro” IMBga kiritiladi, material esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga yuboriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari masʼul xodimi oʻn ish kuni ichida maʼlumotlarni “E-Fuqaro” IMBga toʻgʻri kiritilganligini tekshiradi, shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi. Material Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga toʻsqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yoʻqligi bir oy muddatda koʻrib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga maʼlumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan oʻtib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Ichki ishlar vazirligining masʼul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oylik muddatda xulosa tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosada, ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan va amalga oshirilgan tekshiruv yakuni boʻyicha (tekshiruv varaqasidagi maʼlumotlar asosida) uning oʻzi hamda uning yaqin qarindoshlari haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-maʼlumotnoma bilan birga koʻrib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-maʼlumotnomada:
tugʻilgan sanasi va joyi, millati, maʼlumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari, yashash joyi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan boʻlsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bogʻliq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar aks ettirilishi lozim.
31. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish yuzasidan rasmiylashtirilgan material konsullik muassasasi tomonidan qabul qilingach, masʼul xodim uch ish kuni ichida ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini oʻrganib chiqadi va soʻrovnomaga oʻzining lavozimini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi.
Qabul qilingan iltimosnoma roʻyxatdan oʻtkaziladi. Ariza beruvchining talabiga binoan uch ish kuni ichida uning iltimosnomasi qabul qilinganligi haqida maʼlumotnoma beriladi.
Ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan tartibda taqdim etilgan barcha hujjatlar ketma-ketlikda materialga tikiladi va uni rasmiylashtirayotgan xodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda hujjatlar ichki roʻyxati tuziladi.
Material muqovasida ariza beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va tartib raqami hamda boshqa maʼlumotlar (qabul qilingan sana, saqlash muddati) koʻrsatiladi.
Bir vaqtning oʻzida soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar konsullik muassasasining masʼul xodimi tomonidan uch ish kuni ichida Konsullik axborot tizimiga kiritiladi va Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Materialning bir nusxasi diplomatik pochta jadvaliga muvofiq Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi oʻn ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumotlar asosida “E-Fuqaro” IMBda shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga toʻsqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yoʻqligi bir oy muddatda koʻrib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga maʼlumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan oʻtib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oylik muddatda xulosa tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosada ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan va amalga oshirilgan tekshiruv yakuni boʻyicha (tekshiruv varaqasidagi maʼlumotlar asosida) uning oʻzi hamda yaqin qarindoshlari haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-maʼlumotnoma bilan birga koʻrib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-maʼlumotnomada:
tugʻilgan sanasi va joyi, millati, maʼlumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari, yashash joyi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan boʻlsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bogʻliq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar aks ettirilishi lozim.
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish asoslari va rasmiylashtirish tartibi
32. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yoʻqotiladi:
a) shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;
b) agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobida turmagan boʻlsa;
v) agar Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishni bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan boʻlsa;
g) agar shaxs chet davlatning foydasini koʻzlab faoliyat koʻrsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yoʻli bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan boʻlsa;
d) agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlat fuqaroligini olgan boʻlsa;
e) agar shaxs chet davlat fuqaroligini tugʻilganlik boʻyicha yoxud chet davlat fuqarosi boʻlgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan boʻlsa va yigirma bir yoshga toʻlguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan boʻlsa.
33. Chet davlat harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni aniqlash uchun konsullik muassasalari:
Oʻzbekiston Respublikasidagi manfaatdor vazirlik va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi chet davlatning davlat xizmatiga kirganligi haqidagi maʼlumotlarini vakolati doirasida tekshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlarini hamda chet davlatlarning soʻrovnomalarini oʻrganadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan faktlar tasdiqlangan taqdirda, toʻplangan material konsullik muassasasining masʼul xodimi tomonidan uch ish kuni ichida Konsullik axborot tizimiga kiritiladi va Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. Material Tashqi ishlar vazirligiga diplomatik pochta jadvaliga muvofiq yuboriladi.
Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi oʻn ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumotlar asosida “E-Fuqaro” IMBda shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan kelib tushgan tekshiruv talabnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotishga toʻsqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yoʻqligi bir oy muddatda koʻrib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga maʼlumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan oʻtib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oy muddatda xulosa tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-maʼlumotnoma bilan birga koʻrib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-maʼlumotnomada:
tugʻilgan sanasi va joyi, millati, maʼlumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari va yashash joyi;
chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan boʻlsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bogʻliq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar aks ettiriladi.
34. Xorijda doimiy yashayotgan va uzrli sabablarsiz yetti yil mobaynida doimiy konsullik hisobiga turmagan shaxslarni aniqlash uchun konsullik muassasalari:
konsullik muassasasiga Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgan maʼlumotlarni tekshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini hamda chet davlatlarning soʻrovnomalarini oʻrganadi;
oʻz konsullik okruglaridagi mamlakatlarda ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan fuqarolarning hisobini yuritadi;
chet davlatga doimiy yashashga chiqib ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Ichki ishlar vazirligining har chorakda beradigan soʻrovnomalariga koʻra doimiy konsullik hisobi roʻyxatlari boʻyicha tekshiradi.
Tashqi ishlar vazirligi vakolat doirasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yetti yil mobaynida doimiy konsullik hisobiga turmaganligi sabablarini aniqlash yuzasidan choralar koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi doimiy konsullik hisobiga uzrli sababsiz turmaganligi aniqlanganda, konsullik muassasasi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish jarayonini boshlaydi.
Xorijda doimiy yashayotgan va yetti yil mobaynida uzrli sabablarga koʻra doimiy konsullik hisobida turmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik muassasasiga doimiy konsullik hisobiga qoʻyish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Konsullik muassasasi ariza beruvchining shaxsini aniqlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotgan shaxslarning roʻyxati bilan solishtiradi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining doimiy konsullik hisobiga oʻz vaqtida turmaganligi sabablarini oʻrganadi. Bunda, ariza beruvchiga “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi talablari tushuntiriladi va u Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi yoʻqotilishi haqida ogohlantiriladi.
Uzrli sabablar mavjud boʻlganda konsullik muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini doimiy konsullik hisobiga qoʻyish uchun hujjatlarni qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Kasallik tufayli uzoq muddat harakatlanish imkoni yoʻqligi, yashayotgan mamlakatda konsullik muassasasi mavjud emasligi va fuqaroga bogʻliq boʻlmagan boshqa sabablar uzrli sabablardir. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining doimiy konsullik hisobiga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi axborot Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Konsullik hisobiga olinmagan shaxslarning xorijga doimiy yashashga chiqib ketish uchun ruxsat berilganligi haqidagi hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotishga oid material rasmiylashtiriladi.
Toʻplangan hujjatlar asosida maʼlumotlar konsullik muassasasining masʼul xodimi tomonidan uch ish kuni ichida Konsullik axborot tizimiga kiritiladi va Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. Materiallar Tashqi ishlar vazirligiga diplomatik pochta jadvaliga muvofiq yuboriladi.
Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi oʻn ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumotlar asosida “E-Fuqaro” IMBda shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotishga toʻsqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yoʻqligi bir oy muddatda koʻrib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga maʼlumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan oʻtib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oylik muddatda xulosa tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-maʼlumotnoma bilan birga koʻrib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-maʼlumotnomada:
tugʻilgan sanasi va joyi, millati, maʼlumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari va yashash joyi;
doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan sanasi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan boʻlsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bogʻliq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar aks ettiriladi.
35. Bila turib yolgʻon maʼlumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilinganligi fakti aniqlangan taqdirda Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi materiallarni prokuratura organlariga yuboradi.
Bila turib yolgʻon maʼlumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilanadi. Qaror chiqargan sud qarorning koʻchirma nusxasini Ichki ishlar vazirligiga yoki Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
Sudning qarori asosida Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi tomonidan uch ish kuni ichida tekshiruv talabnomasi shakllantirilib, “E-Fuqaro” IMB orqali manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboriladi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotishga toʻsqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yoʻqligi bir oy muddatda koʻrib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga maʼlumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan oʻtib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki tashqi ishlar vaziri yoxud ularning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tayyorlanadi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-maʼlumotnoma bilan birga koʻrib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-maʼlumotnomada:
tugʻilgan sanasi va joyi, millati, maʼlumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari va yashash joyi;
Oldingi tahrirga qarang.
shaxs bila turib yolgʻon maʼlumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinganligi fakti yuzasidan sudning qonuniy kuchga kirgan qarorida bayon etilgan jinoyatning qisqacha mazmuni;
(35-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan boʻlsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bogʻliq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar aks ettiriladi.
36. Chet davlatning foydasini koʻzlagan holda faoliyat koʻrsatgan yoxud tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan belgilanadi. Hukm chiqargan sud hukmning koʻchirma nusxasini Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
Sudning hukmi asosida Ichki ishlar vazirligining masʼul xodimi tomonidan uch ish kuni ichida tekshiruv talabnomasi shakllantirilib, “E-Fuqaro” IMBga yuboriladi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotishga toʻsqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yoʻqligi bir oy muddatda koʻrib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga maʼlumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan oʻtib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Ichki ishlar vazirligining masʼul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tayyorlanadi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-maʼlumotnoma bilan birga koʻrib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-maʼlumotnomada:
tugʻilgan sanasi va joyi, millati, maʼlumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari va yashash joyi;
chet davlatning foydasini koʻzlagan holda faoliyat koʻrsatgan yoxud tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganligi fakti yuzasidan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmida bayon etilgan jinoyatning qisqacha mazmuni;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan boʻlsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bogʻliq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar aks ettiriladi.
37. Chet davlat fuqaroligini ixtiyoriy ravishda olgan xorijda yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini aniqlash uchun vakolatli organlar:
Oʻzbekiston Respublikadagi manfaatdor vazirlik va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlat fuqaroligini qabul qilganligi haqidagi maʼlumotlarini tekshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini hamda chet davlatlarning soʻrovnomalarini oʻrganadi.
Chet davlat fuqaroligini ixtiyoriy ravishda olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi aniqlanganda, bunday shaxsga “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi talablari tushuntiriladi, u Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi yoʻqotilishi haqida ogohlantiriladi.
Chet davlat fuqarosining pasporti asosida vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotishga oid material rasmiylashtiriladi, toʻplangan hujjatlar asosida uch ish kuni ichida shaxsga nisbatan Konsullik axborot tizimiga yoki “E-Fuqaro” IMBga maʼlumotlar kiritiladi.
Ichki ishlar organi tomonidan qabul qilingan material Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga, konsullik muassasasi tomonidan qabul qilingan material esa diplomatik pochta jadvaliga muvofiq Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari masʼul xodimi tomonidan oʻn ish kuni ichida maʼlumotlarni “E-Fuqaro” IMBga toʻgʻri kiritilganligi tekshiriladi, shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasi shakllantiriladi, material esa Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi oʻn ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumotlar asosida “E-Fuqaro” IMBda shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali kelib tushgan tekshiruv talabnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotishga toʻsqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yoʻqligi bir oy muddatda koʻrib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga maʼlumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan oʻtib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oylik muddatda xulosa tayyorlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri yoxud ularning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-maʼlumotnoma bilan birga koʻrib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-maʼlumotnomada:
tugʻilgan sanasi va joyi, millati, maʼlumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari va yashash joyi;
qachon va qaysi chet davlat (davlatlar) fuqaroligini olganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan boʻlsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bogʻliq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Chet davlatning fuqaroligini tugʻilganlik boʻyicha yoxud chet davlat fuqarosi boʻlgan otasi yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga vakolatli organ tomonidan bunday shaxs yigirma bir yoshga toʻlgunga qadar, uning oʻzi yoki qonuniy vakiliga “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi talablari tushuntirilib, ogohlantirish xati olinib, “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimlari majmuasi yoki Konsullik axborot tizimiga uning chet davlat fuqaroligi mavjudligi va boshqa maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, identifikatsiyalovchi karta (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti) rasmiylashtiriladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan, yigirma bir yoshga toʻlgan chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan fuqarolarni aniqlash uchun vakolatli organ manfaatdor vazirlik va idoralarning maʼlumotlarini tekshiradi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganadi.
Agar shaxs yigirma bir yoshga toʻlguniga qadar chet davlat fuqaroligini tugatish toʻgʻrisida axborot taqdim etmasa, “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimlari majmuasi yoki Konsullik axborot tizimi avtomatik ravishda uning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish boʻyicha xabar beradi. Ushbu xabarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxsga nisbatan hududiy ichki ishlar organi, xorijda yashovchi shaxsga nisbatan esa konsullik muassasasi tomonidan ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan ogohlantirish xatining tasdiqlangan nusxasi asosida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish boʻyicha material rasmiylashtiriladi. Bunda, ushbu shaxsga doir maʼlumotlar “E-Fuqaro” IMBga kiritiladi.
Ichki ishlar organi tomonidan material Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga, konsullik muassasasi tomonidan material esa diplomatik pochta jadvaliga muvofiq Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari masʼul xodimi tomonidan oʻn ish kuni ichida maʼlumotlarni “E-Fuqaro” IMBga toʻgʻri kiritilganligi tekshiriladi, shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasi shakllantiriladi, material esa Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi oʻn ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumotlar asosida “E-Fuqaro” IMBda shaxsga nisbatan tekshiruv talabnomasini shakllantirib, manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan kelib tushgan tekshiruv talabnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotishga toʻsqinlik qiluvchi materiallarning mavjudligi yoki yoʻqligi bir oy muddatda koʻrib chiqilib, “E-Fuqaro” IMBga maʼlumot kiritilishi orqali munosabat bildiriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan oʻtib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi tomonidan chop etiladi.
Material va tekshiruv varaqasi asosida bir oy muddatda xulosa tayyorlanadi, tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri yoxud ularning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
Tekshiruv varaqasi va xulosa kelib tushgan materialga ilova qilinib, umumlashtirilgan axborot-maʼlumotnoma bilan birga koʻrib chiqish uchun Komissiyaga yuboriladi.
Axborot-maʼlumotnomada:
tugʻilgan sanasi va joyi, millati, maʼlumoti, oilaviy ahvoli, farzandlari va yashash joyi;
qachon va qaysi chet davlat (davlatlar) fuqaroligini olganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilganligi va/yoki sudlanganligi sanasi (agarda bunday holatlar yuz bergan boʻlsa), Jinoyat kodeksining moddalari, tayinlangan jazo turi va muddati/miqdori;
shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bogʻliq uning mulkiy majburiyatlari mavjud yoki mavjud emasligi;
shaxsning qidiruvda yoki qidiruvda emasligi toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar aks ettiriladi.
39. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotishga oid materialni rasmiylashtirish va yuritish, maʼlumotlarni “E-Fuqaro” IMB yoki Konsullik axborot tizimiga toʻgʻri kiritilishi yuzasidan javobgarlik hujjatlarni dastlab qabul qilgan masʼul shaxs zimmasiga yuklatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotishga oid material yuzasidan chiqarilgan xulosada ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan va amalga oshirilgan tekshiruv yakuni boʻyicha (tekshiruv varaqasidagi maʼlumotlar asosida) uning oʻzi va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish asoslari haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Xulosada quyidagi maʼlumotlar alohida koʻrsatilishi kerak:
shaxsning davlat oldidagi bajarilmagan (ijro etilmagan) majburiyati yoki fuqarolar yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining jiddiy manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy majburiyati mavjudligi;
shaxsning ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilganligi;
shaxsning qidiruvda ekanligi;
shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro qilinishi lozim boʻlgan sud hukmining mavjudligi;
shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ozodlikdan mahrum qilish joylarida ekanligi;
shaxsning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotishi Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligining manfaatlariga nomuvofiq ekanligi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish uchun “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga muvofiq, bir nechta asoslar mavjud boʻlgan taqdirda xulosada ularning barchasi qayd etiladi.
IX. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash
40. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga muvofiq shaxsning arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublikni aniqlash Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning vakolatli organi soʻrovi boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Vakolatli organ shaxsning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligini, bunga shubha uygʻotgan boshqa holatlarda ham aniqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlashda shaxsning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi bilan bogʻlanayotgan vaziyat boshlangan paytda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari qoidalari qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash yuzasidan ariza bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
tarjimai hol;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (mavjud boʻlsa);
familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganligi haqidagi maʼlumotnoma (oʻzgarishlar mavjud boʻlsa).
Ariza beruvchida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, shuningdek, uning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligiga shubha paydo boʻlganda, vakolatli organ yuqoridagi masala yuzasidan ushbu shaxsga doir tekshiruv oʻtkazish tadbirini amalga oshiradi.
Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi masalasini hal etish uchun vakolatli organ shaxsga doir maʼlumotlar toʻplash uchun arxiv hujjatlari, materiallar, maʼlumotlar bazalarini oʻrganishi, shuningdek, soʻrovnomalar yuborish orqali faktlar va holatlar haqida ahamiyatga ega boʻlgan axborot olishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni tekshirishni amalga oshiruvchi vakolatli organ chet davlatlarning mutasaddi organlariga belgilangan tartibda zarur axborotni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovlar yuborish va ularning soʻrovlariga javob berish, shuningdek, mazkur masala boʻyicha boshqa hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshiruv yakunlari boʻyicha ariza beruvchining Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi tasdiqlanganda, unga identifikatsiyalovchi karta, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi.
(40-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pasport (identifikatsiyalovchi karta) “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5, 6, 13 — 16 va 32 — 36-moddalarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinmagan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, masʼul xodimning bildirgisi asosida pasport (identifikatsiyalovchi karta) qonuniy asoslarda berilganligi boʻyicha tekshirish ishlari amalga oshiriladi.
(40-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Tekshiruv yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi qonuniy olingan-olinmaganligi va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub yoki mansub emasligi haqida xulosa tayyorlanadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlashga oid material yuzasidan chiqarilgan xulosada ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan va amalga oshirilgan tekshiruv yakuni boʻyicha uning oʻzi toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi, fuqarolik olish asoslari haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Pasport (identifikatsiyalovchi karta) “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga zid ravishda rasmiylashtirilganligi yoxud uni Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emasligi aniqlangan taqdirda ichki ishlar organining xulosasiga asosan mavjud pasport (identifikatsiyalovchi karta) olib qoʻyiladi va toʻplangan material prokuratura organlariga yuboriladi.
(40-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Agar shaxs ichki ishlar organining xulosasidan norozi boʻlgan taqdirda, oʻzining Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun sudga murojaat qilishga haqli.
X. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik haqidagi maʼlumotnomalarni berishga oid materiallarni koʻrib chiqish tartibi
41. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 6-moddalarida nazarda tutilgan shaxslarga, basharti ular belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olmagan boʻlsa, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olish asoslariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmagan shaxslarga, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasida koʻrsatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik haqidagi maʼlumotnomalar berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirish haqidagi soʻrovnoma mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda yashab turgan shaxs tomonidan esa konsullik muassasasiga topshiriladi.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
davlat boji (konsullik yigʻimi) toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Hujjatlarni qabul qilgan vakolatli organ uch ish kuni ichida soʻrovnomadagi axborotlarni “E-Fuqaro” IMB yoki Konsullik axborot tizimiga kiritadi va elektron soʻrovnoma shakllantiradi.
Konsullik muassasasi tomonidan soʻrovnoma Konsullik axborot tizimi orqali Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi uch ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan soʻrovnomani “E-Fuqaro” IMB orqali Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli ichki ishlar organi soʻrovnomani bir oy muddatda koʻrib chiqadi, ariza beruvchining Oʻzbekiston Respublikasida oxirgi yashagan manzilidan yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi yoki yoʻqligi, roʻyxatdan chiqib ketgan boʻlsa, roʻyxatdan chiqqan vaqti, tugʻilganlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olish huquqi boʻlgan holatlar mavjudligini, shuningdek, qoralovchi maʼlumotlar mavjudligi yoki mavjud emasligini tekshiradi. Tekshiruv natijalari “E-Fuqaro” IMBga kiritiladi.
(41-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Koʻrib chiqish yakuni boʻyicha ichki ishlar organi tomonidan mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda maʼlumotnoma yoki asoslantirilgan rad javob xati beriladi.
Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi “E-Fuqaro” IMBga kiritilgan tekshiruv natijalarini uch ish kuni ichida Konsullik axborot tizimi orqali konsullik muassasasiga yuboradi.
Konsullik muassasasi masʼul xodimi Konsullik axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumotnomani yoki asoslantirilgan rad javob xatini chop etib, ariza beruvchiga taqdim qiladi.
Ariza beruvchiga taqdim etilayotgan maʼlumotnoma vakolatli organning gerbli blankasida rasmiylashtirilib, lavozimi koʻrsatilgan holda organ rahbari tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirish haqidagi soʻrovnoma ichki ishlar organlari tomonidan koʻrib chiqilishining umumiy muddati “E-Fuqaro” IMBga soʻrovnoma kiritilgan paytdan eʼtiboran bir oyni tashkil etadi.
Tekshiruv natijalari “E-Fuqaro” IMBga yoki Konsullik axborot tizimiga kiritilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida vakolatli organ ariza beruvchini bu haqida xabardor etish choralarini koʻrishi lozim.
XI. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etish
42. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etish arizani qabul qilgan tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchiga oʻn ish kuni ichida xabar beriladi.
Ariza beruvchining yashash manzili oʻzgarganligi aniqlangan taqdirda, qaror ijro etilishi uchun uch ish kuni ichida vakolatli organ tomonidan tegishli hududiy organga yuboriladi.
43. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlar “E-Fuqaro” IMBga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16 yoshga toʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilingan shaxsga vakolatli organ tomonidan identifikatsiyalovchi karta yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtiriladi yoxud Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxsning shaxsiga oid maʼlumotlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilingan 16 yoshga toʻlmagan bolasi va “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida nazarda tutilgan tartibda farzandlikka olingan bolaning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinganligi haqidagi axborot “E-Fuqaro” IMBga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi. Bunday maʼlumotnoma vakolatli organ gerbli blankasida rasmiylashtirilib, lavozimi koʻrsatilgan holda organ rahbari tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxsga rasmiylashtirilgan pasport (identifikatsiyalovchi karta) va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti vakolatli organ tomonidan olib qoʻyiladi hamda ushbu pasport (identifikatsiyalovchi karta) yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini bergan maʼlumotlar yigʻish punktiga yoʻq qilish uchun yuboriladi.
(43-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxsga ichki ishlar organi tomonidan fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi yoki chet davlat fuqarosining identifikatsiyalovchi kartasi beriladi.
(43-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
XII. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar
44. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlardir:
Oldingi tahrirga qarang.
a) pasport (identifikatsiyalovchi karta), shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
(44-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
b) Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik pasporti.
45. Quyidagilar oʻn olti yoshga toʻlmagan bolaning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir:
Oldingi tahrirga qarang.
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki maʼlumotnoma (bolaning tugʻilgan joyidan qatʼi nazar) — ota-onasidan birining Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi pasport (identifikatsiyalovchi karta) yoki boshqa hujjat taqdim etilganda;
(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki maʼlumotnoma (bola Oʻzbekiston Respublikasida tugʻilgan taqdirda) — fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlgan ota-onaning (yolgʻiz ota yoki onaning) yashash guvohnomasi (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi) taqdim etilganda.
(45-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
XIII. Yakunlovchi qoidalar
46. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, tiklash va chiqish masalalari boʻyicha iltimosnoma va arizalarni rasmiylashtiruvchi vakolatli organ iltimosnoma beruvchi shaxsdan mazkur Nizomda koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari ishga daxldor boʻlgan boshqa hujjatlarni ham talab qilishga haqlidir.
47. Vakolatli organlarning har birida materiallarni koʻrib chiqish muddati bir oydan, umumiy muddati esa Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid talabnoma “E-Fuqaro” IMB yoki Konsullik axborot tizimiga kiritilgan vaqtdan boshlab bir yildan ortiq boʻlmasligi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan topshirilgan materiallarni koʻrib chiqishning umumiy muddati uch oydan ortiq boʻlmasligi lozim.
48. Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish haqidagi farmonlari ijrosini bir oy muddatda taʼminlash choralari koʻriladi.
49. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar berish yuzasidan materiallar nusxasi vakolatli organda oʻn yil muddatda saqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish boʻyicha materiallar hududiy ichki ishlar organi va Ichki ishlar vazirligida oʻn yil muddatda saqlanadi.
50. “E-Fuqaro” IMBga kiritilayotgan maʼlumotlar, ularning hajmi va mazmuni, kiritish shakli hamda tartibi manfaatdor vazirlik va idoralar vakolatlari doirasida belgilanadi.
“E-Fuqaro” IMBda:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki xorijda ariza bilan murojaat qilib, oʻziga nisbatan fuqarolik masalalariga oid qaror qabul qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi axborot saqlanadi, ularning statistik hisoboti yuritiladi;
Oʻzbekiston Respublikasida tugʻilgan va vafot etgan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilingan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxslarning umumiy hisobi yuritiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish va uni yoʻqotish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish hamda mansublikni tekshirish boʻyicha xulosalar saqlanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari saqlanadi;
fuqarolik masalalari boʻyicha shakllantirilgan talabnomalar va ular boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar tomonidan bildirilgan munosabatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saqlanadi.
“E-Fuqaro” IMBga kiritilgan axborot doimiy saqlanadi.
51. Fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga oid masalalarni koʻrib chiqish va qarorlarni ijro qilish tartibini buzgan mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan yuqori turuvchi mansabdor shaxsga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
52. Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik masalalariga oid farmonlarining ijrosi yuzasidan bir yilda ikki marotaba Komissiyaga axborot beradi.
53. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 223, 2231, 2233-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ‎
‎PREZIDENTI
‎ ‎(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning ‎ familiyasi, ismi va otasining ismi) ‎ ‎

‎‎(ariza beruvchining yashash manzili)

‎‎manzili boʻyicha yashovchi
‎ (ariza beruvchining fuqaroligi yoki fuqaroligi boʻlmaganligi, familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi)
‎ tomonidan‎

ILTIMOSNOMA‎

Hurmatli (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ismi va otasining ismi)! ‎‎

‎‎Meni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishingizni iltimos qilaman.‎
Men Oʻzbekiston Respublikasining teng huquqli fuqarosi sifatida uning rivojlanishiga oʻz hissamni qoʻshishni istayman.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish majburiyatini oʻz zimmamga olaman, oʻzbek xalqining milliy anʼanalari, udumlarini hurmat qilishga vaʼda beraman.
20___ y. “____”__________‎‎‎

____________‎

_________________________________‎

(imzo)‎

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.




‎‎
‎‎fotosurat uchun
‎joy



SOʻROVNOMA‎‎

Meni Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilishingizni soʻrayman. Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman

SAVOLLAR‎‎

JAVOBLAR‎‎

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi‎

‎‎

2. Oldin mavjud boʻlgan barcha familiyalari, ismlari, otasining ismlari va oʻzgartirish sababi

‎‎

3. Tugʻilgan sanasi va joyi‎‎‎

‎‎

4. Millati‎‎‎

‎‎

5. Maʼlumoti va maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi‎‎‎

‎‎

6. Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

7. Oilaviy ahvoli

8. Ilgari Oʻzbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga ega boʻlganligi, qayerda, qachon hamda nima asosida qabul qilganligi va yoʻqotganligi koʻrsatilsin

9. Yashash guvohnomasining seriya va raqami, qaysi organ tomonidan qachon rasmiylashtirilgan

10. Harbiy xizmatni qachon va qayerda oʻtagan, harbiy unvoni va harbiy guvohnomasidagi maʼlumotlar

11. Oʻzbekiston Respublikasiga kelishdan avval jinoiy javobgarlikka tortilganmi, agar tortilgan boʻlsa qachon, qayerda va nima sababdan

12. Oʻzbekiston Respublikasiga koʻchib kelgan sana va yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan sana

13. Oʻzbekiston Respublikasiga kelishdan maqsadi

14. Oʻzbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan boʻlsangiz qachon, qayerda va nima sababdan

15. Mehnat faoliyati (oʻquv muassasalarida oʻqish va harbiy xizmat koʻrsatib oʻtiladi)

Yili va oyi

Lavozim, muassasa, tashkilot, korxona hamda vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idora nomi

Ish joyi manzili‎‏

Kirish‎

Ketish‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

16. Yaqin qarindoshlar (ota-onasi, aka-uka va opa-singillari, turmush oʻrtogʻi, farzandlari)

Qarindoshlik
‎darajasi va
‎fuqaroligi

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Tugʻilgan
‎ sanasi va joyi

Ish joyi,
‎lavozimi

Yashash manzili


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(Boshqa yaqin qarindoshlarim yoʻq)

17. Nikohga doir maʼlumotlar

Nikoh tuzilgan yoki bekor qilingan sana va qayd qilgan muassasa va berilgan hujjatning seriya va raqami*

Turmush oʻrtogʻining familiyasi, ismi, otasining ismi

Tugʻilgan sanasi va
‎ joyi

Fuqaroligi


 

 

 

* Agar shaxs bir necha marotaba nikohdan oʻtgan boʻlsa, ularning barchasi koʻrsatiladi.

18. Oʻzbekiston Respublikasida yashagan barcha manzillariga oid maʼlumotlar

Yili va oyi

Yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatda turib yashagan
‎manzillari

kelgan‎

ketgan‎

19. Oʻzingiz bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandlaringizni ham fuqarolikka qabul qilishni soʻrasangiz, ularni koʻrsating (18 yoshga qadar)

T/r‎

Familiyasi, ismi,
‎ otasining ismi

Tugʻilgan sanasi va joyi


 


 


 

SAVOLLAR

JAVOBLAR

20. Uy manzilingiz va telefon raqamingiz

21. Iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlarni sanab oʻting

20____ y. “____” _________________

___________________

(toʻldirilgan sana)

(imzo)

______________________________________________________________________________________________________________

(hujjatlarni qabul qilgan masʼul

______________________________________________________________________________________________________________

xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi)

20____ y. “____” _________________

(hujjatlar qabul qilingan sana)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.




‎‎
‎‎fotosurat uchun
‎joy



SOʻROVNOMA‎‎

Meni Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilishingizni soʻrayman. Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman

SAVOLLAR‎‎

JAVOBLAR‎‎

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi‎

‎‎

2. Oldin mavjud boʻlgan barcha familiyasi, ismi, otasining ismi va oʻzgartirishning sababi

‎‎

3. Tugʻilgan sanasi va joyi‎‎‎

‎‎

4. Millati‎‎‎

‎‎

5. Maʼlumoti va maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi‎‎‎

‎‎

6. Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

7. Oilaviy ahvoli

8. Yashash guvohnomasining seriya va raqami, qaysi organ tomonidan qachon rasmiylashtirilgan

9. Ilgari Oʻzbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga ega boʻlganligi, qayerda, qachon hamda nima asosida qabul qilganligi va yoʻqotganligi koʻrsatilsin

10. Harbiy xizmatni qachon va qayerda oʻtagan, harbiy unvoni va harbiy guvohnomasidagi maʼlumotlar

11. Oʻzbekiston Respublikasiga kelishdan avval jinoiy javobgarlikka tortilganmi, agar tortilgan boʻlsa qachon, qayerda va nima sababdan

12. Oʻzbekiston Respublikasiga koʻchib kelgan sana va yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan sana (agar ota-onasi bilan birgalikda kelgan boʻlsa, ular qachon yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi koʻrsatilsin)

13. Oʻzbekiston Respublikasiga kelishdan maqsadi

14. Oʻzbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilganmi, agar tortilgan boʻlsa, qachon, qayerda va nima sababdan

15. Mehnat faoliyati (oʻquv muassasalarida oʻqish va harbiy xizmat koʻrsatib oʻtiladi)

Yili va oyi

Lavozim, muassasa, tashkilot, korxona hamda
‎ vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idora nomi

Ishlash joyi
‎ joylashgan manzil

Kirish‎

Ketish‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

16. Yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari, turmush oʻrtogʻi, farzandlari). Agar vatandosh buvasi yoki buvisi orqali hujjat rasmiylashtirilayotgan boʻlsa, ular toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi.

Qarindoshlik
‎darajasi va
‎fuqaroligi

Familiyasi,
‎ ismi,
‎ otasining ismi

Tugʻilgan
‎ sanasi
‎va joyi

Ish joyi,
‎lavozimi

Yashash manzili


 

 

 

 

 

 

 


 


 

 

 

 


 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(Boshqa yaqin qarindoshlarim yoʻq)

17. Nikohga doir maʼlumotlar

Nikoh tuzilgan yoki bekor
‎ qilingan sana, uni qayd
‎ qilgan muassasa va berilgan hujjatning seriya va raqami*

Turmush oʻrtogʻining
‎ familiyasi, ismi,
‎ otasining ismi

Tugʻilgan sanasi va
‎ joyi

Fuqaroligi


 

 

 

 

* Agar shaxs bir necha marotaba nikohdan oʻtgan boʻlsa, ularning barchasi koʻrsatiladi.

18. Oʻzbekiston Respublikasida yashagan barcha manzillariga oid maʼlumotlar

Yili va oyi

Yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatda turib
‎yashagan manzillari

kelgan‎

ketgan‎


 


 


 


 

SAVOLLAR

JAVOBLAR

19. Uy manzilingiz va telefon raqamingiz

20. Arizaga ilova qilingan hujjatlarni sanab oʻting

20____ y. “____” _________________

___________________

(toʻldirilgan sana)

(imzo)

______________________________________________________________________________________________________________

(hujjatlarni qabul qilgan masʼul

______________________________________________________________________________________________________________

xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi)

20____ y. “____” _________________

(hujjatlar qabul qilingan sana)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi
‎ Ichki ishlar vaziri
(familiyasi, ismi va otasining ismi)

(ariza beruvchining yashash manzili)
manzili boʻyicha yashovchi

fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan
‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

ARIZA‎

Meni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish masalasi boʻyicha hujjatlarimni koʻrib chiqishingizni soʻrayman.‎‎

Men Oʻzbekiston Respublikasining teng huquqli fuqarosi sifatida uning rivojlanishiga oʻz hissamni qoʻshishni istayman.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish majburiyatini oʻz zimmamga olaman, oʻzbek xalqining milliy anʼanalari, udumlarini hurmat qilishga vaʼda beraman.
20___ y. “____”__________‎‎‎

____________‎

_________________________________‎

(imzo)‎

Familiyasi, ismi,
‎otasining ismi

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.




‎‎
‎‎fotosurat uchun
‎joy



SOʻROVNOMA‎‎

Meni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olishingizni soʻrayman. Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman

SAVOLLAR‎‎

JAVOBLAR‎‎

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi‎

‎‎

2. Oldin mavjud boʻlgan barcha familiyalari, ismlari, otasining ismlari va oʻzgartirishning sababi

‎‎

3. Tugʻilgan sanasi va joyi‎‎‎

‎‎

4. Millati‎‎‎

‎‎

5. Maʼlumoti va maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi‎‎‎

‎‎

6. Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

7. Oilaviy ahvoli

8. Yashash guvohnomasining seriya va raqami, qaysi organ tomonidan qachon rasmiylashtirilgan

9. Ilgari Oʻzbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga ega boʻlganligi, qayerda, qachon hamda nima asosida qabul qilganligi va yoʻqotganligi koʻrsatilsin

10. Harbiy xizmatni qachon va qayerda oʻtagan, harbiy unvoni va harbiy guvohnomasidagi maʼlumotlar

11. Oʻzbekiston Respublikasiga kelishdan avval jinoiy javobgarlikka tortilganmi, agar tortilgan boʻlsa qachon, qayerda va nima sababdan

12. Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan sana. (Agar ota-onasi bilan birgalikda koʻchib kelgan boʻlsa, ular qachon yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi koʻrsatilsin)

13. Oʻzbekiston Respublikasiga kelishdan maqsadi

14. Oʻzbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan boʻlsangiz qachon, qayerda va nima sababdan

15. Mehnat faoliyati (oʻquv muassasalarida oʻqish va harbiy xizmat koʻrsatib oʻtiladi)

Yili va oyi

Lavozim, muassasa, tashkilot, korxona hamda vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idora nomi

Ish joyi manzili‎‏

Kirish‎

Ketish‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

16. Yaqin qarindoshlar (ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari, turmush oʻrtogʻi, farzandlari)

Qarindoshlik
‎darajasi va
‎fuqaroligi

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Tugʻilgan
‎ sanasi va joyi

Ish joyi,
‎lavozimi

Yashash manzili


 

 

 

 

 


 


 

 

 

 

 

 


 


 

 

 

 


 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(Boshqa yaqin qarindoshlarim yoʻq)

17. Nikohga doir maʼlumotlar

Nikoh tuzilgan yoki bekor qilingan sana va qayd qilgan muassasa va berilgan hujjatning seriya va raqami*

Turmush oʻrtogʻining familiyasi, ismi, otasining ismi

Tugʻilgan sanasi
‎va joyi

Fuqaroligi


 

 

 

 

* Agar shaxs bir necha marotaba nikohdan oʻtgan boʻlsa, ularning barchasi koʻrsatiladi.

18. Oʻzbekiston Respublikasida yashagan barcha manzillariga oid maʼlumotlar

Yili va oyi

Yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatda turib yashagan
‎manzillari

kelgan‎

ketgan‎


 

SAVOLLAR

JAVOBLAR

19. Uy manzilingiz va telefon raqamingiz

20. Iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlarni sanab oʻting

20____ y. “____” _________________

___________________

(toʻldirilgan sana)

(imzo)

______________________________________________________________________________________________________________

(hujjatlarni qabul qilgan masʼul

______________________________________________________________________________________________________________

xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi)

20____ y. “____” _________________

(hujjatlar qabul qilingan sana)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎PREZIDENTI
‎(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning ‎ familiyasi, ismi va otasining ismi) ‎

‎ ‎(ariza beruvchining yashash manzili)
‎‎manzili boʻyicha yashovchi
‎(ariza beruvchining fuqaroligi yoki fuqaroligi boʻlmaganligi, familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi)
‎‎tomonidan‎

ILTIMOSNOMA‎

Hurmatli (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ismi va otasining ismi)! ‎‎

Meni Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishimga ruxsat berishingizni soʻrayman.

(Sabablari koʻrsatiladi)

20___ y. “____”__________‎‎‎

____________‎

_________________________________‎

(imzo)‎

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.




‎‎
‎‎fotosurat uchun
‎joy



SOʻROVNOMA‎‎

Menga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga ruxsat berishingizni soʻrayman. Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman

SAVOLLAR‎‎

JAVOBLAR‎‎

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi‎

‎‎

2. Oldin mavjud boʻlgan barcha familiyalari, ismlari, otasining ismlari va oʻzgartirish sababi

‎‎

3. Tugʻilgan sanasi va joyi‎‎‎

‎‎

4. Millati‎‎‎

‎‎

5. Maʼlumoti va maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi‎‎‎

‎‎

6. Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

7. Oilaviy ahvoli

8. Ilgari Oʻzbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga ega boʻlganligi, qayerda, qachon hamda nima asosida qabul qilganligi va yoʻqotganligi koʻrsatilsin

9. Oʻzbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilganmi, agar tortilgan boʻlsa, qachon, qayerda va nima sababdan

10. Davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy majburiyatlarining mavjudligi

11. Mehnat faoliyati (oʻquv muassasalarida oʻqish va harbiy xizmat koʻrsatib oʻtiladi)

Yili va oyi

Lavozim, muassasa, tashkilot, korxona hamda vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idora nomi

Ish joyi manzili‎‏

Kirish‎

Ketish‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

12. Yaqin qarindoshlar (ota-onasi, aka-uka va opa-singillari, turmush oʻrtogʻi, farzandlari)

Qarindoshlik
‎darajasi va
‎fuqaroligi

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Tugʻilgan
‎ sanasi va joyi

Ish joyi,
‎lavozimi

Istiqomat mamlakati va yashash manzili


 

 

 

 

 

 


 


 


 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 


 

 


 


 

 

 

 

 

 

 

(Boshqa yaqin qarindoshlarim yoʻq)

13. Nikohga doir maʼlumotlar

Nikoh tuzilgan yoki bekor qilingan sana va qayd qilgan muassasa va berilgan hujjatning seriya va raqami*

Turmush oʻrtogʻining familiyasi, ismi, otasining ismi

Tugʻilgan sanasi va
‎ joyi

Fuqaroligi


 

 

 

* Agar shaxs bir necha marotaba nikohdan oʻtgan boʻlsa, ularning barchasi koʻrsatiladi.

14. Oʻzbekiston Respublikasida yashagan barcha manzillariga oid maʼlumotlar

Yili va oyi

Yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatda turib yashagan
‎manzillari

kelgan‎

ketgan‎


 


 


 


 

15. Oʻzim bilan birgalikda quyidagi voyaga yetmagan farzandlarimni ham Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga ruxsat berishingizni soʻrayman (18 yoshga qadar)

T/r‎

Familiyasi , ismi, otasining ismi

Tugʻilgan sanasi

Tugʻilgan joyi

Izoh


 


 


 


 


 


 


 

SAVOLLAR

JAVOBLAR

16. Harbiy xizmatga majburligi va harbiy unvoni (chaqiruv yoshidagi shaxsning Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq haqiqiy harbiy xizmatni oʻtashdan ozod etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi)

17. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish sabablarini koʻrsating

18. Uy manzilingiz va telefon raqamingiz

19. Pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan

20. Arizaga ilova qilingan hujjatlarni sanab oʻting.

20____ y. “____” _________________

___________________

(toʻldirilgan sana)

(imzo)

______________________________________________________________________________________________________________

(hujjatlarni qabul qilgan masʼul

______________________________________________________________________________________________________________

xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi)

20____ y. “____” _________________

(hujjatlar qabul qilingan sana)

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini berish toʻgʻrisida kafolat xati

Ushbu Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini berish toʻgʻrisida kafolat xatining egasi unda koʻrsatilgan muddat mobaynida _________________________________ fuqaroligi tugatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatni

(chet davlat nomi)

taqdim etsa, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi 7-qismida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinadi.

Familiyasi, tugʻilganligi boʻyicha familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlsa):

Tugʻilgan sana:

Tugʻilgan joy:

Yashash manzili:

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi _____________________________

(chet davlat nomi)

fuqaroligi tugatilganligi toʻgʻrisida hujjat taqdim etilgan taqdirda beriladi.

Ushbu kafolat xati 20____ yil “____”____________ga qadar amal qiladi.

Kafolat xati iltimosnoma bergan shaxsning amaldagi va huquqiy sharoitlari, ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasiga boʻlgan shaxsiy munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi berilgunga qadar oʻzgarmasligi sharti bilan beriladi.

Hudud nomi va vakolatli
organ rahbarining lavozimi


_________

(imzo, muhr)

Rahbarning
familiyasi, ismi,
otasining ismi

20____ y. “____” _________

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA




‎‎
‎‎fotosurat uchun
‎joy



SOʻROVNOMA‎‎

Menga, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilmaganlik yoki mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnoma berishingizni soʻrayman. Bir vaqtning oʻzida mening qaramogʻimda boʻlgan quyidagi voyaga yetmagan farzandlarim* Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmaslik istagini bildirmoqda:

T/r‎

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Tugʻilgan vaqti va joyi‎

Qarindoshlik darajasi

14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻz imzosi bilan roziligini tasdiqlaydi

* Izoh: shaxsan oʻzining tasdiqlash imkoni boʻlmasa, notarial tasdiqlangan rozilik arizasi ilova qilinishi shart.

Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman:

1. Familiyasi, ismi va otasining ismi ______________________________________________________________________________

(oʻzgargan boʻlsa qayd etilsin)

2. Tugʻilgan vaqti va joyi _________________________________________________________________________________________
3. Millati ____________________________________________________________________________________________________
4. Maʼlumoti (kasbi, mutaxassisligi) ______________________________________________________________________________
5. Oilaviy ahvoli _______________________________________________________________________________________________
6. Jinoiy javobgarlikka tortilganligi, tortilgan boʻlsa qachon, nima uchun va kim tomonidan
_____________________________________________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________________________________
7. Harbiy xizmatni oʻtaganligi, qayerda va qachon_______________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________________________________
8. Hozirgi vaqtda harbiy xizmatga munosabati________________________________________________________________________
9. Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi doimiy yashagan manzili _________________________________________________________
qaysi hujjatga asosan chiqib ketgan, seriya ______________№___________________________________________________________
qachon va qayerdan berilgan________________________________________________________________________________________
10. Qaysi davlat fuqarosi yoki qaysi chet davlat fuqaroligini qabul qilish istagida_______________________________________________________________________________________________________
11. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini qabul qilmasligi sababi__________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________
12. Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan yaqin qarindoshlari ____________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________________________

(qarindoshlik darajasi, F.I.O. tugʻilgan vaqti va joyi

_____________________________________________________________________________________________________________ fuqaroligi, mashgʻuloti, yashash manzili)

13. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan yaqin qarindoshlari _____________________________________________

______________________________________________________________________________________________________________ (qarindoshlik darajasi, F.I.O. tugʻilgan vaqti va joyi

_____________________________________________________________________________________________________________ fuqaroligi, mashgʻuloti, yashash manzili),

14. Oʻzbekiston Respublikasida oxirgi ishlagan joyi __________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________________________________
Uy manzili, telefon raqami
‎ _____________________________________________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________________________________
Pasport seriyasi va raqami, qachon va kim tomonidan berilgan___________________________________________________________
_____________________________________________________________________________________________________________
20____ y. “____” _________________ ___________________

(toʻldirilgan sana)

(imzo)

______________________________________________________________________________________________________________

(hujjatlarni qabul qilgan masʼul

______________________________________________________________________________________________________________

xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi)

20____ y. “____” _________________

(hujjatlar qabul qilingan sana)

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA

MAʼLUMOTNOMA

_________________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

_______________________________________________________________________________________________________________‎

(tugʻilgan yili va joyi)

Sizning _________ yil ____ kun ____ oydagi arizangizga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi 2020-yil 13-martdagi OʻRQ-610-son Qonuniga asosan Siz Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagansiz va hozirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmaysiz.

Hudud va vakolatli organning nomi‎


‎______________‎ ‎

Rahbar (familiyasi,
‎ ismi, otasining ismi)



‎20___ y. “____”__________‎‎‎

(imzo, muhr)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim farmonlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PF-500-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-2240-son Farmoni 2-bandi uchinchi xatboshisi va unga 3-ilova.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3587-son Farmoni.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4779-son Farmoni.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4990-son Farmoni.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5456-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6185/0197-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)