toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-mart,
PF-6184-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmonining 15-bandi ikkinchi xatboshisidagi “davlat notarial idoralari” soʻzlari “notariuslar” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5843-son Farmonining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3666-son qarorida:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasidagi faoliyatini “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostida yoritish va muhokama qilish ishlarini tashkil etish va yanada jadallashtirish, aholining huquqiy savodsizligini yoʻq qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish”;
quyidagi mazmundagi yigirmanchi — yigirma uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar va omillarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar oldiga aniq masalalarni qoʻyish, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, sohaga xos boʻlmagan, takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarini qisqartirish, ularda ortiqcha qogʻozbozlik va majlisbozlikka yoʻl qoʻymaslik yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy koʻmaklashish, ularning tegishli boʻlinma rahbarlarini ijro intizomiga rioya etilishi boʻyicha oʻqitishda ishtirok etish”;
b) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “184” raqami “210” raqami bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga” soʻzlari “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) 9-ilovada keltirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseyni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga (keyingi oʻrinlarda yuridik texnikumlar deb yuritiladi) quyidagi tartibni oʻrnatgan holda aylantirish:
yuridik texnikumlarning oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot-resurslari jihatdan koʻmaklashish Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda TDYU deb yuritiladi) tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash esa — hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari — yuridik texnikumlar direktorlari hisoblanadi hamda ular mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish yuridik texnikumlarning mablagʻlari (davlat budjeti mablagʻlari bundan mustasno) hisobidan amalga oshiriladi;
yuridik texnikumlarni zarur oʻquv va sport uskunalari, kompyuter texnikasi va axborot-resurs fondlari bilan jihozlash xarajatlari taʼlimga ajratiladigan budjet mablagʻlari, shuningdek Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
yuridik texnikumlarga qabul qilish har bir hududning “yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha professional maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarga boʻlgan ehtiyojini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar, mutaxassislik va kasblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari asosida amalga oshiriladi;
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab yuridik texnikumlari bitiruvchilari TDYUga hududiy adliya organlarining yoʻllanmalari boʻyicha kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi boʻyicha va oʻqishning tugashidan soʻng taqsimotga muvofiq uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyatini olgan holda kirishga haqli;
qayta tashkil qilinayotgan yuridik kollejlar va akademik litseyning 3 kurs oʻquvchilarining oʻqishi ularni taʼlimning oʻxshash yoʻnalishlari boʻyicha yaqin joylashgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseyning oʻquvchilar kontingentiga qoʻshish yoʻli bilan ushbu taʼlim muassasalarida tamomlanadi”;
“d” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “oʻrta maxsus, kasb-hunar” soʻzlari “professional” soʻzi bilan almashtirilsin;
d) 11-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan pullik xizmatlar koʻrsatishdan hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlarni amalga oshirishdan kelib tushadigan mablagʻlarning 80 foizi miqdorigacha qismini davlat notarial idoralari xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama haqlari oʻrnatishga yoʻnaltirish;
notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratmalar miqdorini 10 foiz miqdorida belgilash;
Adliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan ajratmalar va davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun tushumlar hisobidan davlat notarial idoralarida qoʻshimcha tarjimon, operator, kuryer va aholiga notarial va u bilan bogʻliq kompleks xizmatlarni koʻrsatish uchun boshqa ishchilar shtat birligini kiritish huquqi berilsin”;
8-bandning oʻn uchinchi xatboshisidagi “yuridik kollejlari” soʻzlari “yuridik texnikumlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasidagi faoliyatini “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostida yoritish va muhokama qilish ishlarini tashkil etish va yanada jadallashtirish, aholining huquqiy savodsizligini yoʻq qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish”;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar va omillarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar oldiga aniq masalalarni qoʻyish, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, sohaga xos boʻlmagan, takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarini qisqartirish, ularda ortiqcha qogʻozbozlik va majlisbozlikka yoʻl qoʻymaslik yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy koʻmaklashish, ularning tegishli boʻlinma rahbarlarini ijro intizomiga rioya etilishi boʻyicha oʻqitishda ishtirok etish”;
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qoʻllashdagi korrupsiyaviy xavflarni tahlil qiladi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalaridagi korrupsiyaga sabab boʻladigan normalarni aniqlaydi, ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar koʻradi va tavsiyalar ishlab chiqadi”;
oʻninchi — yigirma toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oʻn birinchi — oʻttizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “korrupsiyaga, boshqa” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8) huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasidagi faoliyatini “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostida yoritish va muhokama qilish ishlarini tashkil etish va yanada jadallashtirish, aholining huquqiy savodsizligini yoʻq qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostida oddiy va xalqchil tilda tushuntirish boʻyicha videoroliklar, infografikalar va boshqa koʻrgazmali materiallar tayyorlaydi hamda ularni televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining natijalari yuzasidan videoroliklar tayyorlaydi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati boʻyicha “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostida “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ishtirokida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarni jalb qilgan holda telekoʻrsatuvlar tayyorlaydi”;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat notarial idorasi notariusini lavozimga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibini belgilaydi”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi (keyingi oʻrinlarda Notarial palata deb ataladi) bilan kelishilgan holda notariuslar tomonidan statistik maʼlumotlarni taqdim etish shakllarini tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “notarial idoralar” soʻzlari “notariuslarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalaydi;
Notarial palata bilan birgalikda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarni hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
oʻninchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar tegishincha oʻn uchinchi — oʻttiz birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“notariuslar lavozimlari eng kam sonini tasdiqlaydi va muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notariuslar lavozimlari eng kam sonini belgilaydi”;
oʻn toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pullik xizmatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik xususiyatga ega qoʻshimcha harakatlar roʻyxatini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar koʻrsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, reyestrlardan koʻchirmalar, maʼlumotnomalarning va arxiv hujjatlarining koʻchirma nusxalari berilganligi uchun toʻlovlarning miqdorlarini tasdiqlaydi”;
14-kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining talabalari va oʻquvchilari” soʻzlari “professional va oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilari va talabalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 20 — 23-kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“20) normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish sohasida:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi, tahlil qiladi va ularga uslubiy yordam koʻrsatadi;
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholaydi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlardagi tartibga solish taʼsirini baholashga masʼul boʻlgan xodimlarining roʻyxatini shakllantiradi, ularning malakasini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, xalqaro standartlarni va ilgʻor xorijiy amaliyotni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash sohasidagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼsir choralarini koʻradi;
tartibga solish taʼsirini baholash tizimining holati boʻyicha axborotni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
21) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish sohasida:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida ijro etilishining “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratini olib boradi va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritadi;
“Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi, ular tomonidan kiritilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini oʻrganadi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha yillik manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar dasturi loyihasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga kiritadi;
oʻrganishlar va monitoringlarda aniqlangan kamchiliklar va muammolarni tahlil qiladi hamda ularni bartaraf qilish va kelgusida takroran sodir etilishining oldini olish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
axborot kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, messenjyerlar, “Ijro.gov.uz” tizimining mobil ilovasi va boshqa qayta aloqa vositalari orqali joylardagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holatini tizimli monitoring qiladi hamda natijasi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarni jalb qilgan holda jamoatchilik monitoringi va eshituvlarini tashkil qiladi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan oʻtkazilgan manzilli va tematik oʻrganishlar natijasi boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
22) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar va omillarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar oldiga aniq masalalarni qoʻyish, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, sohaga xos boʻlmagan, takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarini qisqartirish, ularda ortiqcha qogʻozbozlik va majlisbozlikka yoʻl qoʻymaslik yuzasidan takliflar ishlab chiqish sohasida:
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar va omillarni aniqlaydi hamda ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganadi va tahlil qiladi;
aniqlangan muammolar va omillarni bartaraf etish boʻyicha tegishli davlat organlari va tashkilotlariga aniq tavsiyalar va koʻrsatmalar kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik holatini manzilli va tematik oʻrganishlar, jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlari, shuningdek, vakolati doirasida boshqa vositalardan foydalangan holda tahlil qiladi;
manzilli va tematik oʻrganishlar, jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlari orqali davlat organlari va tashkilotlarining sohaga xos boʻlmagan, takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarini qisqartirish, ularda ortiqcha qogʻozbozlik va majlisbozlikka yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tahlil qiladi hamda natijasi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
23) davlat organlari va tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy koʻmaklashish, ularning tegishli boʻlinma rahbarlarini ijro intizomiga rioya etilishi boʻyicha oʻqitishda ishtirok etish sohasida:
davlat organlari va tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy koʻmaklashishga moʻljallangan metodik qoʻllanmalar ishlab chiqadi;
davlat organlari va tashkilotlarining tegishli boʻlinma rahbarlarini ijro intizomiga rioya etilishi boʻyicha oʻqitishda ishtirok etadi”;
sakkizinchi xatboshidan “taqdimnomalar kiritish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash sohasida aniqlangan qoidabuzarliklarni, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalar;
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini taʼminlash hamda “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritish yuzasidan koʻrsatmalar kiritish;
24-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24) advokatlar va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish”;
j) 2-ilovadagi “Yuridik kollejlar” bloki “Yuridik texnikumlar” bloki bilan almashtirilsin;
z) 3 — 6-ilovalarning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining

TUZILMASI

Vazir

Yordamchi

Vazirning birinchi oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Tashkiliy nazorat va t�hlil boshqarmasi

9

Qonunchilik bosh boshqarmasi

1

Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi

8

Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi

9

Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi

5

Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi

12

Kadrlar boshqarmasi

6

Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi

14

Huquqiy targʻibot va maʼrifat boshqarmasi

7

Moliya-iqtisod boshqarmasi

7

Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi

5

Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi

7

Maʼmuriy tartib-taomillarni rivojlantirish va monitoringini yuritish boshqarmasi

5

Birinchi boʻlim

1

Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi

6

Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi

14

Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi

6

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

2

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi

6

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boshqarmasi

13

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi

11

Ishlar boshqarmasi

7

Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi

7

Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi

3

Qonun hujjatlarini tahlil qilish va tizimlashtirish boshqarmasi

6

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi

15

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi

Tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi

10

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 210 birlik.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining

TUZILMASI

Vazir

Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari boʻlimi

2

Vazirning birinchi oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari — yuridik texnikum direktori*

Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi

3

Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi

2

Kadrlar boʻlimi

1

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boʻlimi

2

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi

3

Nodavlat notijorat tashkilotlar boʻlimi

2

Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boʻlimi

2

Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi

3

Xoʻjalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish boʻlimi

1

Moliya-iqtisod boʻlimi

2

Jami: Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 26 birlikni tashkil qiladi.
*Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining umumiy shtatlar soniga kirmaydi.
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga mazkur qarorning 3-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining

NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshliq

Boshliqning birinchi oʻrinbosari

Boshliq oʻrinbosari

Boshliq oʻrinbosari — yuridik texnikum direktori*

Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari boʻlimi

2

Kadrlar boʻlimi

1-2

Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi

2

Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi

2

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari

va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boʻlimi

2

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlim�

2 — 4

Nodavlat notijorat tashkilotlar boʻlimi

2-3

Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boʻlimi

2-3

Xoʻjalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish boʻlimi

1

Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi

1-2

Moliya-iqtisod boʻlimi

2-3

Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 314 birlikni tashkil qiladi, hududlar kesimida ularning aniq soni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan aniqlanadi.

*Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining umumiy shtatlar soniga kirmaydi.

Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga mazkur qarorning 3-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlarining

NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshliq

Bosh maslahatchi

1

Etakchi maslahatchi

0 — 2

Katta maslahatchi

0-1

Notarial idoralar*

Tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 565 birlikni tashkil qiladi, tuman (shaharlar) kesimida ularning aniq soni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan aniqlanadi. Tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarining faoliyatini moliyalashtirish, notarial idoralar bundan mustasno, mahalliy budjet va adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
*Notarial idoralar soni tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari umumiy soniga kiritilmaydi.
Tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga mazkur qarorning 3-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4185-son qarorining 6-bandi ikkinchi xatboshisidagi “davlat notarial idoralari” soʻzlari “notariuslar” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4270-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat notarial idoralari” soʻzlari “notariuslar” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat notarial idorasining” soʻzlari “notariusning” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 3-bandning “v” kichik bandidagi “davlat notarial idoralari” soʻzlari “notariuslar” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat notarial idorasiga” soʻzlari “notariusga” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)