Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchi va xodimlarini, ichki ishlar organlari safdorlar tarkibi hamda vazirlik va idoralarning qoʻriqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) boʻlinmalari xodimlarini (keyingi oʻrinlarda — harbiy xizmatchi va xodimlar) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, oʻquv jarayonini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiya vositalaridan keng foydalangan holda tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining:
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri “Xoʻjayli” guzaridagi “Qizketgan” qoʻrgʻonida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 81416-harbiy qismi hududida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Fargʻona oʻquv markazini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Fargʻona mintaqaviy oʻquv markaziga aylantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Dashtobod oʻquv markazini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jizzax mintaqaviy oʻquv markaziga aylantirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi, Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi, Jizzax mintaqaviy oʻquv markazining (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy oʻquv markazlari) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchi va xodimlarini, ichki ishlar organlari safdorlar tarkibini maʼmuriy-huquqiy, jamoat tartibini saqlash, kasbiy va psixologik tayyorgarlik, jangovar maxsus tayyorgarlik boʻyicha boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
harbiy xizmatchi va xodimlarni vatanparvarlik, Vataniga va xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda odob-axloq fazilatlarini shakllantirish;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamoat tartibi va xavfsizligini himoya qilishga qodir boʻlgan, bilimli, maʼnaviy yetuk, jismonan sogʻlom, xizmat burchini vijdonan bajara oladigan faol harbiy xizmatchi va xodimlarni tarbiyalash;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.03.00.00 Qurolli Kuchlar / 15.03.07.00 Qorovul xizmati;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.15.00.00 Harbiy ilm]
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari hamda vazirlik va idoralarning qoʻriqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) boʻlinmalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash;
qonuniylikni taʼminlash, huquq-tartibotni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurash muammolari boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish hamda amaliy takliflar, tavsiyalar va qoʻllanmalar ishlab chiqish;
harbiy xizmatchi va xodimlarni zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarishlari uchun zarur boʻlgan nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalarni puxta egallash imkonini beradigan zarur shart-sharoitlar yaratib berish;
oʻquv jarayoniga oʻqitishning ilgʻor uslub va shakllarini, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini joriy qilish, harbiy xizmatchi va xodimlarning belgilangan vazifalarni hal etishga amaliy yoʻnaltirilganligini taʼminlagan holda, oʻquv-tarbiya jarayonini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
harbiy xizmatchi va xodimlarning malakasini oshirishda oʻqitishning onlayn shaklini keng qoʻllash;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining taʼlim muassasalari oʻrtasida doimiy ravishda ilmiy va amaliy tajriba almashish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazining shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining umumiy shtat birliklarini qayta taqsimlash hisobidan tashkil etiladi;
b) mintaqaviy oʻquv markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blanklarga, mustaqil balansga hamda bank muassasalarida shaxsiy hisobvaraqlariga ega boʻladi;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PQ-5235-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son)
v) mintaqaviy oʻquv markazlarida harbiy xizmatchi va xodimlarni boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv jarayoni quyidagi hududlarga taqsimlangan holda taʼminlanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi — Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jizzax mintaqaviy oʻquv markazi — Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoniga quyidagi huquqlar berilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining umumiy shtat birliklari doirasida mintaqaviy oʻquv markazlarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga oʻzgartirish kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻriqlash boʻlinmalari uchun mutaxassislarni oʻqitish samaradorligini oshirish maqsadida mintaqaviy oʻquv markazlarining moddiy-texnik va oʻquv-mashgʻulot bazalarini mustahkamlash, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashni amalga oshirish.
mintaqaviy oʻquv markazlarining rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida hamda vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mintaqaviy oʻquv markazlari faoliyatini oʻquv-metodik taʼminlaydi, mintaqaviy oʻquv markazlari rahbarlari va pedagoglarining harbiy ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatiga rahbarlik qiladi.
(6-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PQ-5235-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmat mutaxassislari mintaqaviy oʻquv markazlarining oʻquv-tarbiya jarayoniga jalb qilinishini;
mintaqaviy oʻquv markazlarida taʼlim jarayonining sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mablagʻlari hisobidan shartnoma asosida respublikaning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot markazlarining yuqori malakali mutaxassislari hamda ekspertlari jalb qilinishini;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
harbiy xizmatchi va xodimlar bilan kasbiy, jangovar va maxsus tayyorgarlik boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlari oʻquv obyektlaridan, oʻquv moddiy-texnik bazalaridan hamda dala oʻquv maydonlaridan (poligonlaridan) bepul keng foydalanilishini taʼminlasin.
8. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish bilan bogʻliq ishlar belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi harbiy-maʼmuriy sektori, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV