O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining o‘quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
[Ko‘chirma]
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchi va xodimlarini, ichki ishlar organlari safdorlar tarkibi hamda vazirlik va idoralarning qo‘riqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) bo‘linmalari xodimlarini (keyingi o‘rinlarda — harbiy xizmatchi va xodimlar) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, o‘quv jarayonini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiya vositalaridan keng foydalangan holda tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy ta’limning harbiy ta’lim muassasalari]
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri “Xo‘jayli” guzaridagi “Qizketgan” qo‘rg‘onida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 81416-harbiy qismi hududida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazini tashkil etish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy ta’limning harbiy ta’lim muassasalari]
Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi A. Qodiriy ko‘chasi 43-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentining Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi balansidagi Avtoxo‘jalik hududida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent mintaqaviy o‘quv markazini tashkil etish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy ta’limning harbiy ta’lim muassasalari]
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Farg‘ona o‘quv markazini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markaziga aylantirish;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy ta’limning harbiy ta’lim muassasalari]
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jizzax o‘quv markazini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jizzax mintaqaviy o‘quv markaziga aylantirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi, Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi, Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi va Toshkent mintaqaviy o‘quv markazining (keyingi o‘rinlarda — mintaqaviy o‘quv markazlari) asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harbiy xizmatchi va xodimlarini, ichki ishlar organlari safdorlar tarkibini ma’muriy-huquqiy, jamoat tartibini saqlash, kasbiy va psixologik tayyorgarlik, jangovar maxsus tayyorgarlik bo‘yicha boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
harbiy xizmatchi va xodimlarni vatanparvarlik, Vataniga va xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda odob-axloq fazilatlarini shakllantirish;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamoat tartibi va xavfsizligini himoya qilishga qodir bo‘lgan, bilimli, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom, xizmat burchini vijdonan bajara oladigan faol harbiy xizmatchi va xodimlarni tarbiyalash;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.03.00.00 Qurolli Kuchlar / 15.03.07.00 Qorovul xizmati;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy ta’limning harbiy ta’lim muassasalari;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.15.00.00 Harbiy ilm]
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari hamda vazirlik va idoralarning qo‘riqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) bo‘linmalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash;
qonuniylikni ta’minlash, huquq-tartibotni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurash muammolari bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish hamda amaliy takliflar, tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqish;
harbiy xizmatchi va xodimlarni zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarishlari uchun zarur bo‘lgan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni puxta egallash imkonini beradigan zarur shart-sharoitlar yaratib berish;
o‘quv jarayoniga o‘qitishning ilg‘or uslub va shakllarini, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini joriy qilish, harbiy xizmatchi va xodimlarning belgilangan vazifalarni hal etishga amaliy yo‘naltirilganligini ta’minlagan holda, o‘quv-tarbiya jarayonini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
harbiy xizmatchi va xodimlarning malakasini oshirishda o‘qitishning onlayn shaklini keng qo‘llash;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ta’lim muassasalari o‘rtasida doimiy ravishda ilmiy va amaliy tajriba almashish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
a) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi va Toshkent mintaqaviy o‘quv markazlarining shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining umumiy shtat birliklarini qayta taqsimlash hisobidan tashkil etiladi;
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
b) mintaqaviy o‘quv markazlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blanklarga, mustaqil balansga hamda bank muassasalarida shaxsiy hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.15.00.00 Harbiy ilm]
v) mintaqaviy o‘quv markazlarida harbiy xizmatchi va xodimlarni hamda vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va qorovullik qo‘riqlash bo‘linmalarining mutaxassislarini boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayoni quyidagi hududlarga taqsimlangan holda tashkil etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi — Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
(4-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi — Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
(4-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi — Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
(4-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
(4-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
g) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida o‘qish 2022-yilning 1-martidan tashkillashtiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
d) vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan, qorovullik qo‘riqlash bo‘linmalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish pullik-shartnoma asosda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan belgilanadigan stavkalar (tariflar) bo‘yicha amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan “g” va “d” kichik bandlar bilan to‘ldirilgaan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
5. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga quyidagi huquqlar berilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining umumiy shtat birliklari doirasida mintaqaviy o‘quv markazlarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga o‘zgartirish kiritish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital ta’mirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti mablag‘lari hisobidan qo‘riqlash bo‘linmalari uchun mutaxassislarni o‘qitish samaradorligini oshirish maqsadida mintaqaviy o‘quv markazlarining moddiy-texnik va o‘quv-mashg‘ulot bazalarini mustahkamlash, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashni amalga oshirish.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy ta’limning harbiy ta’lim muassasalari]
mintaqaviy o‘quv markazlarining rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida hamda vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti mintaqaviy o‘quv markazlarining rahbarlari va pedagoglarining ilmiy-pedagogik faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashgan o‘quv markazi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilar va xodimlarni tayyorlash bo‘yicha tayanch bo‘linma hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmat mutaxassislari mintaqaviy o‘quv markazlarining o‘quv-tarbiya jarayoniga jalb qilinishini;
mintaqaviy o‘quv markazlarida ta’lim jarayonining sifatini oshirish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti mablag‘lari hisobidan shartnoma asosida respublikaning yetakchi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarining professor-o‘qituvchilar tarkibi, yuqori malakali mutaxassislari hamda ekspertlari, shuningdek, zaxiradagi harbiy xizmatchi va xodimlarni jalb qilinishini;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
harbiy xizmatchi va xodimlar bilan kasbiy, jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlari o‘quv obyektlaridan, o‘quv moddiy-texnik bazalaridan hamda dala o‘quv maydonlaridan (poligonlaridan) bepul keng foydalanilishini ta’minlasin.
2022 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy o‘quv markazining qurilish, rekonstruksiya va obodonlashtirish bo‘yicha ishlari o‘rnatilgan tartibda Toshkent shahar harbiy-ma’muriy sektori, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
qurilish davrida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi vaqtincha Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Shoxidontepa ko‘chasi, 126-uy manzilida joylashtiriladi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentiga moddiy-texnik va o‘quv-mashq bazalarini mustahkamlash, takomillashtirish uchun respublikaning davlat va tijorat banklaridan kredit olishga ruxsat beriladi.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
81. Tarkibida qo‘riqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) bo‘linmalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar har yili 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga keyingi yil uchun ushbu bo‘linmalar mutaxassislarini boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish rejasini taqdim etib borsin va ularning qat’iy ijrosini ta’minlasin.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-mart,
PQ-5016-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 07/21/5016/0184-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)