Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining filiallari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchi va xodimlarini, ichki ishlar organlari safdorlar tarkibi hamda vazirlik va idoralarning qoʻriqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) boʻlinmalari xodimlarini (keyingi oʻrinlarda — harbiy xizmatchi va xodimlar) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, oʻquv jarayonini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiya vositalaridan keng foydalangan holda tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi A. Qodiriy koʻchasi 43-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi balansidagi Avtoxoʻjalik hududida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Toshkent filialini tashkil etish;
(1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Ichki ishlar vazirligining Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazini Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Fargʻona filialiga aylantirish;
(1-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Ichki ishlar vazirligining Jizzax mintaqaviy oʻquv markazini Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Jizzax filialiga aylantirish;
(1-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Surxondaryo viloyati Denov tumani Fayzli mahallasi Fayzli koʻchasi 105-uy manzilida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Surxondaryo filialini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Nukus, Fargʻona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo filiallarining (keyingi oʻrinlarda — Filiallar) asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
ichki ishlar organlari safdor va serjantlar tarkibini maʼmuriy-huquqiy, jamoat tartibini saqlash, kasbiy va psixologik tayyorgarlik, jangovar maxsus tayyorgarlik boʻyicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda tor ixtisosliklar sirasiga kiruvchi safdorlar va ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga birinchi marta tayinlangan xodimlarni boshlangʻich kasbiy tayyorlash;
(2-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
harbiy xizmatchi va xodimlarni vatanparvarlik, Vataniga va xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda odob-axloq fazilatlarini shakllantirish;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamoat tartibi va xavfsizligini himoya qilishga qodir boʻlgan, bilimli, maʼnaviy yetuk, jismonan sogʻlom, xizmat burchini vijdonan bajara oladigan faol harbiy xizmatchi va xodimlarni tarbiyalash;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.03.00.00 Qurolli Kuchlar / 15.03.07.00 Qorovul xizmati;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.15.00.00 Harbiy ilm]
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari hamda vazirlik va idoralarning qoʻriqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) boʻlinmalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash;
qonuniylikni taʼminlash, huquq-tartibotni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurash muammolari boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish hamda amaliy takliflar, tavsiyalar va qoʻllanmalar ishlab chiqish;
harbiy xizmatchi va xodimlarni zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarishlari uchun zarur boʻlgan nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalarni puxta egallash imkonini beradigan zarur shart-sharoitlar yaratib berish;
oʻquv jarayoniga oʻqitishning ilgʻor uslub va shakllarini, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini joriy qilish, harbiy xizmatchi va xodimlarning belgilangan vazifalarni hal etishga amaliy yoʻnaltirilganligini taʼminlagan holda, oʻquv-tarbiya jarayonini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
harbiy xizmatchi va xodimlarning malakasini oshirishda oʻqitishning onlayn shaklini keng qoʻllash;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasining taʼlim muassasalari oʻrtasida doimiy ravishda ilmiy va amaliy tajriba almashish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
(2-bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
b) Filiallar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blanklarga, mustaqil balansga hamda bank muassasalarida shaxsiy hisobvaraqlariga ega boʻladi;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.15.00.00 Harbiy ilm]
v) Filiallarda harbiy xizmatchi va xodimlarni hamda vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va qorovullik qoʻriqlash boʻlinmalarining mutaxassislarini boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv jarayoni quyidagi hududlarga taqsimlangan holda tashkil etiladi:
(4-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Toshkent filiali — Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
(4-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Fargʻona filiali — Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
(4-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Jizzax filiali — Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
(4-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filiali — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun;
(4-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Surxondaryo filiali — Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun.
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
(4-bandning “g” va “d” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining umumiy shtat birliklari doirasida Filiallarning tashkiliy-shtat tuzilmalariga oʻzgartirish kiritish;
(5-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti mablagʻlari hisobidan qoʻriqlash boʻlinmalari uchun mutaxassislarni oʻqitish samaradorligini oshirish maqsadida Filiallarning moddiy-texnik va oʻquv-mashgʻulot bazalarini mustahkamlash, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashni amalga oshirish.
(5-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Filiallarning rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida hamda vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi;
(6-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashgan oʻquv markazi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilar va xodimlarni tayyorlash boʻyicha tayanch boʻlinma hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmat mutaxassislari Filiallarning oʻquv-tarbiya jarayoniga jalb qilinishini;
(7-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Filiallarda taʼlim jarayonining sifatini oshirish, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti mablagʻlari hisobidan shartnoma asosida respublikaning yetakchi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarining professor-oʻqituvchilar tarkibi, yuqori malakali mutaxassislari hamda ekspertlari, shuningdek, zaxiradagi harbiy xizmatchi va xodimlarni jalb qilinishini;
(7-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
harbiy xizmatchi va xodimlar bilan kasbiy, jangovar va maxsus tayyorgarlik boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlari oʻquv obyektlaridan, oʻquv moddiy-texnik bazalaridan hamda dala oʻquv maydonlaridan (poligonlaridan) bepul keng foydalanilishini taʼminlasin.
2022 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazining qurilish, rekonstruksiya va obodonlashtirish boʻyicha ishlari oʻrnatilgan tartibda Toshkent shahar harbiy-maʼmuriy sektori, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
qurilish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Toshkent filiali vaqtincha Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Shoxidontepa koʻchasi, 126-uy manzilida joylashtiriladi;
(8-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentiga moddiy-texnik va oʻquv-mashq bazalarini mustahkamlash, takomillashtirish uchun respublikaning davlat va tijorat banklaridan kredit olishga ruxsat beriladi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
81. Tarkibida qoʻriqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) boʻlinmalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar har yili 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga keyingi yil uchun ushbu boʻlinmalar mutaxassislarini boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish rejasini taqdim etib borsin va ularning qatʼiy ijrosini taʼminlasin.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-mart,
PQ-5016-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 07/21/5016/0184-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son; 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)