toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Buxoro viloyatida qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Buxoro viloyatida qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda sugʻoriladigan yerlardagi 22,1 ming gektar va choʻl hududlardagi 55,7 ming gektar (jami 77,8 ming gektar) yerlarni qayta foydalanishga kiritish, mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2021-yilda Suv xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarga ajratilgan budjet mablagʻlaridan 1-ilovaga muvofiq 300,0 mlrd soʻm mablagʻni maqbullashtirish orqali Buxoro viloyatida qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan maydonlar va choʻl hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish maqsadida amalga oshiriladigan ishlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligining “Buxorosuvqurilishinvest” davlat muassasasiga (keyingi oʻrinlarda — “Buxorosuvqurilishinvest” davlat muassasasi) Buxoro viloyatida qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan maydonlar va choʻl hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish tadbirlarini amalga oshirish vazifasi yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
3. 2021-2022-yillarda Buxoro viloyatida qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan maydonlar va choʻl hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan maydonlar va choʻl hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun belgilangan chora-tadbirlar prognoz koʻrsatkichlarini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida 1-ilovaga muvofiq maqbullashtirilayotgan 300,0 mlrd soʻm mablagʻni “Buxorosuvqurilishinvest” davlat muassasasiga belgilangan tartibda ajratish uchun Buxoro viloyati mahalliy budjetiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, mazkur mablagʻlar hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida “Buxorosuvqurilishinvest” davlat muassasasi uchun alohida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yuritiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Energetika vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda yerlarni qayta foydalanishga kiritish maqsadida quriladigan sugʻorish quduqlari hamda nasos agregatlaridan mavjud suv manbalaridan va elektr energiyasi taʼminotidan kelib chiqib, foydalanish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yerlarni qayta foydalanishga kiritishda yuzaga keladigan muammolarning yechimini topishga ilmiy yondashuv asosida tajribali olim, mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish vazifasi yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Buxoro viloyati hokimligi va “Buxorosuvqurilishinvest” davlat muassasasi:
(7-bandning birinchi xatoboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar, shuningdek, mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan chora-tadbirlar prognoz koʻrsatkichlarini bajarish maqsadida loyihalashtirish va pudrat tashkilotlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq belgilash ishlarini hamda obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish ishlari amalga oshirilishini tashkil qilsin va nazoratga olsin;
loyihalarni amalga oshirish doirasida zarur asbob-uskuna, xomashyo, butlovchi buyumlar hamda sifatli qurilish materiallarining ustuvor ravishda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manzilli roʻyxatlarda belgilangan obyektlarda bajariladigan qurilish-montaj ishlari shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi yuzasidan davlat qurilishi nazoratini oʻrnatsin.
9. Buxoro viloyati hokimligi:
tumanlar hokimliklarining qarorlari asosida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarini ajratish boʻyicha tashabbuskor va tegishli tuman hokimligi oʻrtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijara shartnomalar tuzilishini;
qurilishi yakunlangan irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini tegishliligi boʻyicha ulardan foydalanuvchilarga belgilangan tartibda dalolatnoma asosida topshirilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yuqoridagi topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar kiritsin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ushbu qarordan kelib chiqib, mahalliy budjetlar parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev:
manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda Buxoro viloyatida qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan maydonlar va choʻl hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish ishlarini muvofiqlashtirib borsin;
har chorak yakuni boʻyicha mazkur qarorning ijrosini joyiga chiqqan holda tanqidiy oʻrganib, mavjud muammolarning yechimi yuzasidan tezkor choralarni koʻrsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev va Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-fevral,
92-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 92-son qaroriga
1-ILOVA
2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarga ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqbullashtirilayotgan
MABLAGʻLAR MIQDORI

T/r

Tashkilotlar nomi

Miqdori,

mln soʻm

1.

Qoraqalpogʻiston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

2 070

2.

Beruniy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

855

3.

Andijon nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

25 200

4.

Buxoro nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

6 750

5.

Jizzax nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

2 250

6.

Qashqadaryo nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

6 570

7.

Navoiy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

6 075

8.

Namangan nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

37 800

9.

Samarqand nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

6 570

10.

Sirdaryo nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

2 115

11.

Surxondaryo nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

39 240

12.

Toshkent nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

2 610

13.

Fargʻona nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

13 275

14.

Xorazm nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

3 915

15.

Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi boʻyicha

66 330

sh.j. Buxoro hududi

49 185

Navoiy hududi

17 145

16.

Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi

66 000

17.

Jizzax Bosh nasos stansiyasi

12 375

sh.j. Jizzax hududi

7 875

Sirdaryo hududi

4 050

Jami:

300 000

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 92-son qaroriga
2-ILOVA
2021-2022-yillarda Buxoro viloyatida qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan maydonlar va choʻl hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI

gektar

T/r

Tumanlar nomi

Jami

shu jumladan:

qayta foydalanishga kiritiladigan sugʻoriladigan maydonlar hisobidan

choʻl hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish hisobidan

1.

Buxoro

7 480

905

6 575

2.

Vobkent

1 300

825

475

3.

Jondor

11 200

1 710

9 490

4.

Kogon

6 000

1 010

4 990

5.

Qorakoʻl

9 000

3 061

5 939

6.

Qorovulbozor

4 800

250

4 550

7.

Olot

7 500

2 500

5 000

8.

Peshku

8 520

3 000

5 520

9.

Romitan

7 500

2 300

5 200

10.

Shofirkon

10 500

3 500

7 000

11.

Gʻijduvon

4 000

3 000

1 000

Jami:

77 800

22 061

55 739

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2021-y., 09/21/92/0140-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)