1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYoT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
YuRIDIK ShAXSLAR VA YuRIDIK ShAXS BOʻLMAGAN YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR TOMONIDAN ChOY XOM AShYoSINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 22-martda 1459-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 13-iyuldagi 01-02/12-42, 118, 2016/10-5, 2016-25-sonli “Yuridik shaxslar va yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan choy xomashyosini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1459-2, 21.07.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-yanvardagi “Samarqand choy qadoqlash fabrikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 15-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Yuridik shaxslar va yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan choy xomashyosini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom* tasdiqlansin.