Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqidagi
qarorini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Yoshlar masalasiga mutasaddi boʻlgan oʻrinbosari raisligida Oʻzbekiston yoshlar ishlari boʻyicha respublika kengashi tuzilsin. Yoshlar ishlari boʻyicha respublika kengashining tarkibi ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston yoshlar ishlari boʻyicha respublika kengashiga Kengash aʼzolarining ayrimlari undan chiqib ketgan taqdirda Kengash tarkibiga tegishli vazirliklar, idoralar va viloyatlar hokimliklarining yangi rahbarlarini kiritish huquqi berilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimlari oʻzlarining raisligida yoshlar ishlari boʻyicha ana shunday kengashlar tuzsinlar.
3. Yoshlar ishlari boʻyicha respublika kengashi bir oy muddat ichida Yoshlar ishlari boʻyicha kengash toʻgʻrisidagi nizom hamda respublikada davlat yoshlar siyosatini amalga oshirish dasturi loyihalarini ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin.
Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash yoshlarning tadbirkorligini iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda isteʼdodli yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash vazifalarini hal qilish dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin.