Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yaxshilash, doʻst mamlakatda taʼlim olayotgan yoshlarga yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Turkiyada taʼlim olayotgan Oʻzbekiston yoshlariga yordam koʻrsatish bilan bogʻliq butun ishlar majmuini muvofiqlashtirish va tezlikda hal etish boʻyicha 1-ilovaga
* muvofiq tarkibda hukumat komissiyasi tashkil etilsin.
2. Ogʻishmay bajarilishi zarur boʻlgan tadbirlar majmui 2-ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi:
Toshkent, Nukus shaharlarida, barcha viloyat markazlarida ota-onalarning Turkiyada taʼlim olayotgan farzandlari bilan imtiyozli tariflar boʻyicha telefon orqali gaplashishlarini tashkil etishni taʼminlasin; bu xizmatlarni koʻrsatish jadvali va tartibini ishlab chiqsin;
1993-yil 1-yanvardan boshlab vaqtli matbuot, badiiy, ilmiy-ommabop va publitsistik adabiyotlarning oʻzbek talabalari va oʻquvchilari Turkiyada taʼlim olayotgan joylarga muntazam yetkazib berilishini tashkil qilsin.
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi Turkiya Respublikasida taʼlim olayotgan yoshlarga tekin tibbiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash masalalarini hal etsin.
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Turkiyada taʼlim olayotgan yoshlarning yozgi taʼtil davrida kelishlari va qaytib ketishlari uchun kelishilgan aviaqatnovlarni tashkil etsin.
6. Moliya vazirligi hukumat komissiyasining talabnomasi boʻyicha mazkur qarorni roʻyobga chiqarish uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning va Toshkent shahrining hokimliklari Turkiya viloyatlari, u yerdagi oʻzbekistonlik talabalar taʼlim olayotgan oliy oʻquv yurtlari bilan 3-ilovaga
* muvofiq, doʻstona munosabatlar oʻrnatsinlar va bu munosabatlarni qoʻllab-quvvatlasinlar.
8. Respublika talabalari va oʻquvchilariga yordam koʻrsatish bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun bir oy muddat ichida Turkiya Respublikasi Milliy taʼlim vazirligi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining vakolatxonasi tashkil etilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq M. K. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.