Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi
Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyuldagi harbiy sudlar tizimi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining Harbiy kollegiyasini tashkil etish haqidagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Sudiga harbiy kollegiya uchun 19 ta shtat ajratilsin va ularga 1-ilovaga
* muvofiq shtatda koʻrsatilgan lavozim maoshlari belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining shtatlari 29 nafar miqdorida belgilansin va 2-ilovaga
* muvofiq shtatda koʻrsatilgan lavozim maoshlari belgilansin.
3. Harbiy sudlarning shtat boʻyicha soni quyidagicha belgilansin: Toshkent garnizoni harbiy sudi — 5 sudya va 9 xizmatchi, Samarqand garnizoni harbiy sudi — 3 sudya va 7 xizmatchi, Termiz garnizoni harbiy sudi — 3 sudya va 7 xizmatchi, Fargʻona garnizoni harbiy sudi — 2 sudya va 5 xizmatchi hamda ularga 3-ilovaga
* muvofiq lavozim maoshlari belgilansin.
4. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining
ikkinchi qismiga muvofiq harbiy kollegiya aʼzolari haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilganda ularning sudlarda, adliya va ichki ishlar organlarida, Milliy xavfsizlik xizmatida va prokuraturada ishlagan vaqti haqiqiy harbiy xizmat muddatiga kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Raisi bilan kelishgan holda harbiy kollegiya aʼzolari haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilganda ularga harbiy kollegiya shtatiga muvofiq harbiy unvonlar berish topshirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudiga elektron-hisoblash va nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasini sotib olishga, Harbiy kollegiyani joylashtirish uchun binoni qayta jihozlash va tuzatishga Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan 4 mln soʻm ajratsin.