toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-sonli “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarida davlat xaridlari hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash boʻyicha tartib-taomillarni elektron tizimga oʻtkazish orqali yanada takomillashtirish hamda shaffoflikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimi joriy etilsin:
qurilish sohasidagi davlat xaridlarini oʻtkazishda tanlov hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etish talab etilmaydi;
elektron tanlov (tender) (keyingi oʻrinlarda — tanlov) savdolarini amalga oshirish uchun tanlov hujjatlari va texnik vazifalar faqat tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi boʻyicha kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi;
tanlov savdolarida joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi qurilish-pudrat tashkilotlarining soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 1,5 baravaridan oshgan oferentlar ishtirok etmaydi;
tanlov natijalari boʻyicha shartnomada belgilangan narxga nisbatan sifati va hajmiga taʼsir qilmagan holda tejalgan mablagʻlar pudrat tashkiloti tasarrufida qoldiriladi.
2. Davlat buyurtmachilari qurilish sohasidagi tanlovlarni maxsus axborot portali operatorlari orqali onlayn rejimda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Qurilish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha maxsus axborot portali operatorlari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
3. Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, qurilish vaziri B.I. Zakirov va moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-fevral,
55-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 55-son qaroriga
ILOVA
Qurilish sohasida tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINChALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom qurilish sohasida tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tanlov — qurilish sohasida davlat xaridining elektron portalda davlat buyurtmachilari tomonidan qurilish-pudrat tashkilotlari ishlari (xizmatlari)ning pullik asosda olinishi;
davlat buyurtmachisi — tanlovini amalga oshirayotgan yuridik shaxs (keyingi oʻrinlarda — buyurtmachi);
maxsus axborot portali — operatorning davlat xaridlari oʻtkazilishini, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlari yakunlari, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflari haqidagi axborotning va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotning elektron shaklda joylashtirilishini va koʻrilishini, shuningdek, tanlovlari oʻtkazilishini taʼminlovchi veb-sayti va maxsus elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — portal);
tanlovni oʻtkazish boʻyicha maxsus axborot portali operatori — davlat xaridlarining subyektalariga xarid qilish tartib tamoyillarini tashkil etish va oʻtkazish, maxsus axborot portaliga eʼlonlarni, buyurtmanomalarni xamda davlat xaridlari va ularning yakunlari toʻgʻrisidagi boshqa axborotni joylashtirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi maxsus vakolatli yuridik shaxs (keyingi oʻrinlarda — operator);
tanlov tashkilotchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazlari va kapital qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov hujjatlarini tayyorlash, tashkil etish va oʻtkazish uchun litsenziyaga ega ixtisoslashgan tashkilot;
oferent — qurilish sohasida tanlovdan manfaatdor boʻlgan va elektron tanlov taklifini taqdim etadigan, elektron reytingga kiritilgan qurilish-pudrat tashkiloti;
elektron reyting — “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi koʻrsatkichlari aks ettirilgan elektron platformasi;
tanlov hujjatlari — tanlov predmetining moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari toʻgʻrisidagi hamda tanlovni tashkil etish shartlari va oʻtkazish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni oʻz ichiga oluvchi, buyurtmachi tomonidan tayyorlanadigan elektron hujjatlar toʻplami;
tanlov predmeti — oferent ishi va xizmati;
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq tanlov predmetiga nisbatan oferentning portal orqali elektron shaklda taqdim etilgan taklifi;
aksept — buyurtmachi tomonidan oferentga yuboriladigan, uni tanlov gʻolibi deb eʼtirof etish va shartnoma tuzishga rozilik berish toʻgʻrisidagi elektron yozma xabarnoma;
zaxira ijrochisi — tanlov yakunlariga koʻra xarid komissiyasining qaroriga muvofiq gʻolib deb eʼtirof etilgan oferentning tanlov taklifidan soʻng tanlov taklifi eng maqbul deb topilgan oferent.
3. Mazkur Vaqtinchalik nizom davlat buyurtmachilarining va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravaridan ortiq boʻlgan qurilish sohasidagi tanlovlariga nisbatan tatbiq etiladi.
4. Qurilishi mazkur Vaqtinchalik nizomning 3-bandida nazarda tutilmagan holatlarda mazkur nizom talablari tavsiyaviy ahamiyatga ega.
5. Mazkur Vaqtinchalik nizomning amal qilishi:
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga, shuningdek, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridlariga;
favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlariga nisbatan tadbiq etilmaydi.
6. Tanlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
buyurtmachi tomonidan tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi;
xarid komissiya tarkibi tasdiqlanadi;
tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlov oʻtkaziladi;
takliflar qabul qilinadi — talabgorlardan tushgan takliflar avtomatik tarzda hisobga olinadi;
hisoblash natijalari boʻyicha elektron bayonnoma tuziladi;
elektron bayonnoma toʻgʻrisida portalda eʼlon beriladi;
tanlov gʻolibi bilan shartnoma tuziladi.
2-bob. Tanlov ishtirokchilari
7. Buyurtmachi, operator, tanlov tashkilotchisi, tanlov komissiyasi va oferent (keyingi oʻrinlarda — xarid ishtirokchilari) tanlovning asosiy ishtirokchilari hisoblanadi.
8. Tanlov tashkilotchisi buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda xarid qilish tartib-taomillari natijalari asosida aniqlanadi.
9. Xarid komissiyasi buyurtmachining tegishli qarori bilan tuziladi.
Xarid komissiyasi buyurtmachi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakillaridan iborat kamida 5 kishilik toq sonli tarkibda shakllantiriladi.
Tanlov predmetiga qarab loyiha, ekspert tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning vakillari xarid komissiyasi tarkibiga kiritilishi mumkin.
10. Buyurtmachi:
tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi;
tanlovni oʻtkazish haqidagi eʼlonni portalga joylashtiradi;
tanlov hujjatlari va texnik vazifalar kompleks ekspertizasining tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi boʻyicha ijobiy xulosa mavjud boʻlmasa eʼlonni joylashtirish taqiqlanadi;
tanlovni oʻtkazish sanasini belgilaydi;
xarid komissiyasi tarkibini shakllantiradi, uning ishida qatnashadi;
tanlov gʻolibi bilan shartnoma tuzadi;
tanlovni tashkil etish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplaydi.
11. Operator quyidagilarni taʼminlaydi:
xarid ishtirokchilarining oʻz funksiyalarini amalga oshirish uchun portaldagi shaxsiy kabinetiga kirishini;
elektron reytingga kiritilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining roʻyxatini va elektron reyting toifasi haqidagi axborotni taqdim etishni;
tanlov takliflarini avtomatik ravishda baholanishini;
oferentlarni tanlov takliflariga va ularni baholash natijalariga kirish muddati haqida avtomatik ravishda xabardor qilish;
oferentlarning tanlov hujjatlaridan foydalanishni;
tanlov komissiyasi aʼzolarining tanlov takliflarini oʻrganishni;
tanlov ishtirokchilari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning maxfiyligini;
tizimni doimiy ravishda ishlashini.
12. Tanlov tashkilotchisi:
tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni, tanlovni oʻtkazishga tanlov hujjatlarini rasmiylashtiradi;
tanlov hujjatlari va texnik vazifalar kompleks ekspertizasining tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi boʻyicha ijobiy xulosa mavjud boʻlmasa eʼlonni rasmiylashtirishi taqiqlanadi;
xarid komissiyasining tanlov takliflarini koʻrib chiqish va baholash natijalari toʻgʻrisidagi elektron bayonnomani rasmiylashtiradi;
tanlov gʻoliblari haqidagi axborotni portalga joylashtiradi.
13. Xarid komissiyasi:
tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini belgilaydi;
taklif kiritish tartibini, shaklini va uni taʼminlash hajmini 2 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilaydi;
tanlov takliflarining toʻgʻri rasmiylashtirilishini tekshiradi;
14. Xarid komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlarida nazarda tutilmagan maʼlumotlarni oferentlardan talab etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Xarid komissiyasi oferentlarning tijorat sirlari maxfiyligini taʼminlaydi.
15. Xarid komissiyasi aʼzolarining vakolatiga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish uchun portal xarid komissiyasi aʼzolarining yopiq elektron maʼlumot almashish (chat) imkoniyatini taʼminlaydi.
16. Xarid komissiyasining qarori xarid komissiyasi aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
3-bob. Tanlov ishtirokchilarining shaxsiy kabineti
17. Tanlov ishtirokchilari portalda shaxsiy kabinetlari orqali ishtirok etadilar.
Buyurtmachi va ishtirokchilar oʻzlarining soliq organlari tomonidan berilgan elektron raqamli imzolaridan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda portalda roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi.
Buyurtmachi va ishtirokchi tomonidan ERIdan foydalanish, elektron tizimda tuziladigan shartnomalarni haqiqiy deb topish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Budjet buyurtmachilarini xaridga kiritish avtomatik tarzda Moliya vazirligi va operatorning maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
Korporativ buyurtmachilarni xaridga kiritish ular tomonidan portaldagi elektron shakldagi soʻrovnoma-arizani (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
18. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng avtomatik ravishda tanlov ishtirokchisining shaxsiy kabineti shakllantiriladi. Tanlov ishtirokchisining shaxsiy kabinetiga kirish ERIdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
19. Tanlov ishtirokchisi (yuridik shaxs) tugatilganda uning shaxsiy kabinetiga kiritilgan maʼlumotlar portalning maʼlumotlar arxiviga yuboriladi va belgilangan tartibda saqlanadi.
20. Xarid komissiyasining har bir aʼzosi oʻzining shaxsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi yoki qarshi ovoz berishi mumkin. Xarid komissiyasi aʼzosi qarshi ovoz berganda elektron bayonnomada asoslantirilgan tushuntirish qoldirishi shart.
21. Xarid komissiyasining har bir aʼzosi ishtirokchilarni takliflarini qabul qilish muddati tugagan kunga qadar xarid ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjudligi haqidagi maʼlumotlarni portalga kiritishi shart.
22. Xarid ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatga ega aloqalari boʻlgan va/yoki tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlgan oferentlar tanlovga qoʻyilmaydi.
4-bob. Tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtirish
23. Buyurtmachi tomonidan tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng, tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlon (keyingi oʻrinlarda — eʼlon) tayyorlanadi va portalga joylashtiriladi.
24. Eʼlonga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
ishning (xizmatning) batafsil tavsifi;
qurilish obyektining qiymati;
oferentlarga nisbatan qoʻyiladigan talablar;
agar tanlov predmeti hisoblangan ishlarni bajarish (xizmatlarni koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan boʻlsa, litsenziya mavjudligi haqidagi talab;
takliflarni yuborish muddati tugaydigan sana va vaqt;
taklifni taʼminlash kafolatining qiymati.
25. Ishtirokchilardan takliflarni qabul qilish muddati portalda eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
5-bob. Oferentlarning tanlovga kirishi
26. Oferent obyektning qiymati va xavf-xatar toifasiga qarab, qurilish tashkilotlarining quyidagi elektron reytingida ijobiy koʻrsatkichlarga ega boʻlganda tanlovga kiritiladi:
I xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:
qiymati 1 mlrd soʻmgacha — “DD” va undan yuqori;
qiymati 1 mlrd soʻmdan 2 mlrd soʻmgacha — “DDD” va undan yuqori;
qiymati 2 mlrd soʻmdan 6 mlrd soʻmgacha — “S” va undan yuqori;
qiymati 6 mlrd soʻm va undan yuqori — “SS” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;
II xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:
qiymati 5 mlrd soʻmgacha — “CC” va undan yuqori;
qiymati 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha — “SSS” va undan yuqori;
qiymati 10 mlrd soʻmdan 20 mlrd soʻmgacha — “V” va undan yuqori;
qiymati 20 mlrd soʻmdan 30 mlrd soʻmgacha — “VV” va undan yuqori;
qiymati 30 mlrd soʻm va undan yuqori — “VVV” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;
III xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:
qiymati 10 mlrd soʻmgacha — “CC” va undan yuqori;
qiymati 10 mlrd soʻmdan 20 mlrd soʻmgacha — “SSS” va undan yuqori;
qiymati 20 mlrd soʻmdan 40 mlrd soʻmgacha — “V” va undan yuqori;
qiymati 40 mlrd soʻm va undan yuqori — “VV” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;
IV xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:
qiymati 20 mlrd soʻmgacha — “CC” va undan yuqori;
qiymati 20 mlrd soʻmdan 50 mlrd soʻmgacha — “SSS” va undan yuqori;
qiymati 50 mlrd soʻmdan 80 mlrd soʻmgacha — “V” va undan yuqori;
qiymati 80 mlrd soʻmdan 110 mlrd soʻmgacha — “VV” va undan yuqori;
qiymati 110 mlrd soʻm va undan yuqori — “VVV” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega.
Tanlovda yagona oferent ishtirok etganda yoki birorta ham oferent ishtirok etmaganda, xarid komissiyasi tanlovga kirish uchun oferentlarga nisbatan qoʻyilgan elektron reyting bahoni pasaytirish huquqiga ega.
27. Agar tanlov predmeti hisoblangan ishlarni bajarish (xizmatlarni koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan boʻlsa, tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda berilgan tegishli litsenziyaga ega boʻlgan oferentlar qoʻyiladi.
Ishtirokchilar uchun obyekt yoʻnalishidan va xavf-xatar toifasidan kelib chiqqan holda reyting boʻyicha talablarni aniqlash Qurilish vazirligining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
6-bob. Tanlov hujjatlari tarkibi, tuzilishi, ularni tasdiqlash tartibi
28. Buyurtmachi tanlov hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi hamda eʼlon bilan bir vaqtda portalga joylashtiradi.
29. Tanlov hujjatlari quyidagilardan iborat:
mazkur Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq ishlarni bajarishga narx taklifi;
mazkur Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq obyektni qurishning umumiy jadvali;
mazkur Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga muvofiq obyekt qurilishini moliyalashtirishning umumiy jadvali;
mazkur Vaqtinchalik nizomga 4-ilovaga muvofiq jamlanma jadval, ishlarning fizik hajmlari va obyektga resurslar qaydnomasi hamda asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarga narxlar jadvali;
mazkur Vaqtinchalik nizomga 5-ilovaga muvofiq tanlov taklifini taʼminlash kafolati;
mazkur Vaqtinchalik nizomga 6-ilovaga muvofiq tanlov predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi aylanma mablagʻlarning mavjudligi haqidagi maʼlumotnoma yoki koʻrsatilgan mablagʻlarni taqdim etishga bank kafilligi;
agar tanlov predmeti hisoblangan ishlarni bajarish (xizmatlarni koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan boʻlsa, tegishli litsenziya nusxasi;
shartnoma loyihasi.
30. Tanlov hujjatlarining shakllari va ilovalari namunalari, shartnoma loyihasi buyurtmachi tomonidan portalga joylashtiriladi.
31. Buyurtmachi, xarid komissiyasi bilan kelishilgan holda tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarorni, ishtirokchilarning takliflarini qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qabul qilishga haqli.
Bunda tanlov ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilgan sanadan boshlab kamida besh ish kuniga uzaytiriladi. Agar eʼlonda koʻrsatilgan axborot oʻzgartirilgan boʻlsa, eʼlonga oʻzgartirishlar kiritiladi.
32. Tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish jarayonida tanlov predmeti va turini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
33. Zarur hollarda buyurtmachi, xarid komissiyasining tashabbusi bilan xarid komissiyasi qarori asosida tanlov takliflarini taqdim etish muddatini uzaytirishi yoki oferentlarga ularning tanlov takliflari amal qilish muddatini muayyan davrga uzaytirish toʻgʻrisida taklif bilan murojaat qilishi mumkin.
34. Takliflarni qabul qilish muddati tugagunga qadar oferent oʻz takliflariga oʻzgartirishlar kiritish yoki qaytarib olish huquqiga ega.
7-bob. Tanlov taklifini berish tartibi
35. Oferent shaxsiy kabinetdan foydalangan holda tanlov hujjatlarining ilovalarini toʻldirish va yuklash (elektron shaklda “pdf” formatda skaner qilingan hujjatlarni) yoʻli bilan portalga taklifini ERI bilan tasdiqlagan holda eʼlonda belgilangan muddatdan kechiktirmay yuboradi.
36. Tanlov taklifi bilan birgalikda oferentlar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni joylashtirishi mumkin.
37. Oferent taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqqoniyligi va ishonchliligi uchun javob beradi.
38. Portal tomonidan tanlov takliflarining qabul qilinishi portalda joylashtirilgan eʼlonda belgilangan kun tugashi bilan soat 00:00 da toʻxtatiladi.
39. Ishtirokchilar takliflarini qabul qilish muddati tugagunga qadar portal xarid ishtirokchilari tomonidan koʻrish imkoniyatini cheklaydi.
40. Tanlov hujjatlari boʻyicha tushuntirish olish maqsadida, oferentlar tomonidan yuboriladigan murojaatlarni qabul qilish buyurtmachi tomonidan eʼlonni tugash muddatidan ikki kun oldin toʻxtatiladi. Kelib tushgan barcha murojaatlarga buyurtmachi tomonidan ochiq elektron chat orqali ikki kun muddatda tushuntirishlar berilishi shart.
8-bob. Tanlov takliflarini koʻrib chiqish va baholash
41. Xarid komissiyasi tushgan tanlov takliflarini ularni taqdim etish muddati tugagan paytdan boshlab oʻn kun ichida koʻrib chiqadi.
42. Xarid komissiyasi quyidagi hollarda tanlov takliflarini rad etadi:
takliflar tanlov hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmaganda;
oferentning komissiya aʼzosi bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud boʻlsa, shuningdek, bankrotlik yoki tugatish bosqichida boʻlsa.
43. Tanlov quyidagi hollarda amalga oshmagan deb hisoblanadi:
yagona oferent ishtirok etgan yoki birorta ham oferent ishtirok etmagan taqdirda. Bunday holatda buyurtmachi tanlovni tanlov hujjatlarida belgilangan ayni oʻsha shartlarda va ishlarga (xizmatlarga) doir ayni oʻsha talablarga muvofiq takroran oʻtkazishi shart. Bunda tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritishga, elektron reyting bahosi qismidagi oferentning tanlovga kirish talabini pasaytirishga yoʻl qoʻyiladi;
tanlov takliflarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xarid komissiyasi barcha tanlov takliflarini rad etsa;
gʻolib va zaxira gʻolibi shartnoma tuzishni rad etsa.
Tanlov amalga oshmagan deb hisoblangan taqdirda, tanlovni belgilangan tartibda takroran oʻtkazish boʻyicha eʼlon beriladi.
44. Oferentning umumiy ballari yigʻindisini yakuniy hisoblash uchun portal tomonidan avtomatik rejimda hisoblanadigan quyidagi formuladan foydalaniladi:
YaB = (RB * 0,6) + (5 — (birdan beshgacha)) + ((BBN — ON) * 35 / (BBN — ETN)):
YaB — oferentning yakuniy bali;
RB — elektron reyting doirasida olingan ball;
0,6 — oferent tomonidan elektron reyting doirasida olingan ballning oferentning umumiy yakuniy balidagi ulushini aniqlovchi koeffitsiyent;
(5 — (birdan beshgacha)) — oferentning ishni (xizmatni) bajarish muddatining tanlov hujjatlarida belgilangan muddatga muvofiqligini aniqlovchi ifoda (oferentning ishni (xizmatni) bajarish muddati tanlov hujjatlarida belgilangan muddatga muvofiq boʻlganda yoki oferentning ishni (xizmatni) bajarish muddati tanlov hujjatlarida belgilangan muddatdan oldinroq boʻlganda oferent 5 ball oladi, har bir 10 kun miqdoridan oshganlik uchun 5 dan 1 ball olib tashlanadi, biroq 5 balldan ortiq boʻlmasligi kerak);
BBN — buyurtmachining boshlangʻich narxi;
ON — oferentning narxi;
35 — oferent tomonidan tanlov taklifi boʻyicha olingan ballning oferentning umumiy yakuniy balidagi ulushini aniqlovchi koeffitsiyent;
ETN — tanlov taklifining eng kam narxi.
Oferent tanlov taklifini eng kam narx bilan bergan taqdirda, u 35 ball oladi va formulaning ikkinchi qismi — ((BBN — ON) * 35 / (BBN — ETN)) ifodasi hisoblanmaydi.
Xarid ishtirokchisining chegirmasi boshlangʻich narxga nisbatan 10 foizdan koʻp boʻlgan taqdirda, ushbu ishtirokchi xarid jarayonidan chetlashtiriladi.
45. Avtomatlashtirilgan hisoblash natijalari boʻyicha tanlov gʻolibi va zaxira gʻolibi aniqlanadi.
46. Tanlov gʻolibini aniqlash yakunlariga koʻra xarid komissiyasi aʼzolari bir ish kuni ichida oʻz elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda elektron bayonnomani tasdiqlaydi. Elektron bayonnomadan koʻchirma portalda avtomatik rejimda eʼlon qilinadi.
47. Tanlov takliflarini koʻrib chiqish va baholash haqidagi elektron bayonnomada quyidagi axborotlar aks ettiriladi:
tanlov takliflarini koʻrib chiqish, baholash sanasi va vaqti;
xarid komissiyasi ishtirok etgan aʼzolar va oferentlar vakolatli vakillarining tarkibi;
tanlov takliflarini baholash natijasi;
qabul qilingan qaror, tanlov gʻolibi va zaxira gʻolibi haqidagi maʼlumot.
9-bob. Tanlov natijalari boʻyicha shartnoma tuzish
48. Buyurtmachi tanlov gʻolibi aniqlangan paytdan boshlab gʻolib tashkilotga ikki ish kuni ichida tanlov yakunlariga koʻra aksept yuboradi. Aksept yuborilgan vaqtdan boshlab tanlov tugallangan hisoblanadi.
49. Aksept tanlov bekor qilinmagan hamda tanlov tartib-taomillari buzilmagan taqdirda yuborilishi mumkin.
50. Buyurtmachi gʻolib boʻlgan tanlov taklifi akseptiga qadar istalgan vaqtda tanlovni bekor qilish huquqiga ega. Tanlov bekor qilingan taqdirda, buyurtmachi portalda mazkur qarorning asoslangan sabablarini eʼlon qiladi.
51. Tanlov natijalari boʻyicha shartnoma tanlov hujjatlarida va shartnoma tuzilayotgan oferent tomonidan berilgan tanlov taklifida koʻrsatilgan shartlar asosida tanlov gʻolibi eʼlon qilingan paytdan boshlab oʻn kun muddatdan kechikmay tuziladi.
52. Tanlov gʻolibi akseptni tasdiqlashdan yoki shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda shartnoma tuzish huquqi zaxira gʻolibiga oʻtadi va tanlov gʻolibiga tanlov taklifini taʼminlash summasi qaytarib berilmaydi. Bunda zaxira gʻolibi tanlov gʻolibi tomonidan yoki tanlov taklif etilgan narx boʻyicha shartnoma tuzishi yoki shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin.
Zaxira gʻolibiga, u shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda, tanlov taklifini taʼminlash summasi qaytarib berilmaydi.
Gʻolib yoki zaxira gʻolibi shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda, tanlov amalga oshmagan deb hisoblanadi va tanlovni takroran oʻtkazish eʼlon qilinadi.
53. Buyurtmachi quyidagi hollardan biri roʻy bergandan soʻng tanlov taklifini taʼminlash summasi toʻlanishini talab qilmaydi va taʼminlash toʻgʻrisidagi hujjatni uch ish kuni ichida qaytaradi yoki uning qaytarilishini taʼminlaydi:
tanlov taklifini taʼminlashning amal qilish muddati tugaganda;
tanlov toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirganda va ushbu shartnoma ijrosini taʼminlashni taqdim etish, agar bunday taʼminlash tanlov hujjatlari shartlarida talab etilsa;
tanlov bekor qilinganda;
tanlov takliflarini yuborishning oxirgi muddati tugaguniga qadar tanlov taklifining chaqirib olinishi, agar tanlov shartlarida bunday qaytarib olishga yoʻl qoʻyilmasligi aytib oʻtilmagan boʻlsa.
10-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish xarajatlari
54. Qurilish sohasida elektron tanlov portalida tuzilgan bitim roʻyxatga olinadi, oferent oʻz farmoyishi asosida har bir obyekt uchun shaxsiy hisob varagʻidan operatorning vositachilik shartnoma asosida toʻlov yechib olinadi.
11-bob. Xarid ishtirokchilarining javobgarligi
55. Xarid ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
56. Buyurtmachi quyidagilar uchun javob beradi:
xarid komissiyasini shakllantirishda uning tarkibiga doir talablarga rioya etish;
tanlov savdolari gʻolibi bilan shartnoma tuzish muddatining buzilganligi;
tanlov shartlarining bajarilishi monitoringi uchun “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritmaganligi yoki notoʻgʻri maʼlumotlar kiritganligi.
57. Operator quyidagilar uchun javob beradi:
buyurtmachiga taqdim etilishi lozim boʻlgan ishtirokchilarning takliflari va elektron reyting haqidagi maʼlumotlarning hamda portalga yuklatilgan takliflarning tuzilmasidagi hujjatlar butligiga;
elektron tanlov takliflarining taraflar oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi tugallangandan soʻng qonunchilikda belgilangan muddatda saqlanishiga;
xarid ishtirokchilari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning eʼlon muddati davomida maxfiyligini taʼminlashga.
58. Xarid komissiyasi quyidagi vakolatlarga ega emas:
oferentdan tanlov hujjatlari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni asossiz talab etishga;
oferentlarning tijorat sirini muhofaza qilishga boʻlgan huquqlar buzilishiga;
xarid ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari boʻlgan, shuningdek, tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlgan oferentlarning tanlovda ishtirok etishga yoʻl qoʻyishga;
oferentning tanlovda ishtirok etishdan asossiz ravishda chetlatishga;
tanlov hujjatlarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlarini oʻzgartirishga;
tanlov tartib-taomillarining boshqa belgilangan talablarini buzishga.
59. Oferent oʻzi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
60. Tanlov natijalarini rasmiylashtirish, tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisob-kitoblarni tashkil etish, shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib borish hamda shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
61. Operator tanlovga taalluqli barcha hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini taʼminlaydi.
62. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladigan tartibotlar mazkur Vaqtinchalik nizom talablariga zid boʻlmagan taqdirda qoʻllaniladi.
63. Vaqtinchalik nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎ (buyurtmachi nomi)


‎IShLARNI BAJARIShGA NARX TAKLIFI
‎ (1-shakl)


‎___________________________________________________________________________________________
‎ (obyekt nomi)

‎‎1. Biz, oferent sifatida, quyida imzo chekuvchilar, qurilish ishlari hududini tekshirganligimizni, elektron xaridning umumiy, texnik va tijorat talablarini oʻrganib chiqqanligimizni tasdiqlaymiz hamda elektron xarid shartlariga muvofiq barcha ishlarni (qurilish ishlarining kamida 30 foizi oʻz kuchimiz bilan)

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎ (raqam va yozuv bilan summa, QQS bilan)

‎‎soʻmga bajarish va tugatishni hamda barcha aniqlangan nuqsonlarni belgilangan vaqtda bartaraf etishni taklif etamiz.
‎2. Bizning (oferent) tanlov taklifimiz qabul qilingan taqdirda, buyurtmachi ishlarni boshlash haqida xabardor qilgan paytdan eʼtiboran 10 (oʻn) kun ichida ishlarni boshlash va ishlar boshlangandan eʼtiboran _________ kun mobaynida barcha ishlarni tugatish majburiyatini olamiz.
‎3. Bizning (oferent) taklifimiz tanlov takliflarini baholash uchun ochilgan kundan boshlab________________ (raqam va yozuv bilan) kalendar kun mobaynida haqiqiydir.
‎4. Shartnoma tuzilgunga qadar tanlov taklifining aksepti oʻrtamizdagi yuridik majburiyat hisoblanadi.
‎5. Biz, oferent sifatida, olgan aksept biz (oferen�) siz (buyurtmachi) bilan rasmiy shartnoma tuzish majburiyatini olishimizni va biz (oferent) uning ijrosini taʼminlashimizni tasdiqlaydi.
‎6. Buyurtmachi, xarid komissiyasi boshqa ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan tanlov takliflaridan eng past narx tanlov taklifini qabul qilishga majbur emasligiga rozilik bildiramiz.
‎7. Qurilish jarayoniga jalb qilingan xodimlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirib, ularning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini taʼminlaymiz.
‎8. Buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni xarid komissiyasi majlislarining elektron bayonnomalari bilan tasdiqlangan va kelgusida birinchi moliya yili mobaynida oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narxda amalga oshirish majburiyatini olamiz.
‎9. Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi haqidagi monitoring maʼlumotlari elektron xarid tashkilotchisiga belgilangan shaklda, qurilishning butun davri mobaynida har oyning 2-kuniga qadar taqdim etib borilishini kafolatlaymiz.
Tashkilot rahbarining imzosi:‎
‎‎Tuzilgan sanasi: 20__ yil “____” _____________
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA

‎‎OBYEKTNI QURIShNING UMUMIY JADVALI
‎ (2-shakl)
‎___________________________________________________________________________________________
‎ (obyekt nomi)

T/r‎

Ishlar nomi‎‎

Ishlarni boshlash sanasi‎‎

Ishlarni tugatish sanasi‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

4.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Izoh:
‎1. Jadvalda ishlarning umumiy dasturi (obyektning xususiyatlarini hisobga olgan holda) va ularni bajarish muddatlari keltirilgan.
‎2. Obyektni qurishning umumiy jadvalida belgilangan muddatlarda ishlarning alohida bosqichlari tugatilgandan va qabul qilingandan soʻng qurilish-pudrat tashkilotining qoʻshimcha majburiyatlari buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga qoʻshimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi.
‎‎Tashkilot rahbarining imzosi: ___________________
‎‎Tuzilgan sanasi: 20___ yil “_____” _____________
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA

OBYEKTNI QURIShNI MOLIYALAShTIRIShNING
‎ UMUMIY JADVALI
‎ (3-shakl)

‎ ___________________________________________________________________________________________
‎ (obyekt nomi)


‎Boʻnak toʻlash keyingi moliyalashtirishni hisobga olgan holda

‎ ‎‎

Moliyalashtirish shartlari‎‎‏

Qurilish yillari _______ yil‎‎

oylar‎‎

___% miqdorida boʻnak‎‎

‎yanv.

‎fev.

‎mart

‎apr.

may‎

iyun‎

…‎

___% miqdorida keyingi moliyalashtirish‎‎

5% miqdorida obyektdan foydalanish kafolati*‎‎

‎‎* 5% miqdorida obyektdan foydalanish kafolati “V” va undan yuqori elektron reyting baholash toifasiga ega boʻlgan qurilish-pudrat tashkilotlaridan ushlab qolinmaydi va qurilish obyekti belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgandan soʻng toʻlab beriladi.
‎Oʻz mablagʻlari yoki kredit mablagʻlaridan foydalanish — qurilish-pudrat tashkiloti ixtiyoriga koʻra.
‎‎Tashkilot rahbarining imzosi: ________________
‎‎Tuzilgan sanasi: 20___ yil “_____” ___________
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga
4-ILOVA

JAMLANMA JADVAL, IShLARNING FIZIK HAJMLARI VA OBYEKTGA
RESURSLAR QAYDNOMASI, ASOSIY NARXNI ShAKLLANTIRUVChI
KOMPONENTLARGA NARHLAR JADVALI

(4-shakl)

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(obyekt nomi)

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(oferent nomi)

1.1. Jamlanma jadval

T/r

Xarajatlar nomi

Joriy narxlardagi qiymati

1.

Qurilish materiallari va konstruksiyalari

2.

Kichik mexanizatsiya vositalari

3.

Mashina va mexanizmlar

4.

Mehnatga haq toʻlash fondi

Summa (QQSsiz)

Boshqa xarajatlar

QQS

Jami qurilish-montaj ishlari qiymati

Izoh: Mazkur jadval buyurtmachi va oferent-elektron xarid gʻolibi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga nisbatan qoʻllaniladi.

1.2. Ishlarning fizik hajmlari va obyektga resurslar qaydnomasi (1-sh shakl)

T/r

Meʼyorlar shifri va raqami

Ishlar turi

Oʻlchov birligi

Loyiha koʻrsatkichlari boʻyicha ishlar hajmi

Hajmi

birlikka

summa



Jami:

Izoh: Mazkur jadvalda oferent har bir ish turi uchun bir birlikni ish hajmlari boʻyicha tanlov taklifida resurslarni aks ettirmasdan taqdim etadi.

1.3. Asosiy narxni shakllantiruvchi komponentlarga narxlar jadvali

T/r

Komponent nomi

Oʻlchov birligi

Loyiha koʻrsatkichlari boʻyicha ishlar hajmi

Birlik uchun narx

Summa

1.

Mehnat xarajatlari

2.

Elektr energiyasi

3.

Yoqilgʻi-moylash materiallari

4.

Metall

5.

Sement

6.

Qum

7.

Yigʻma temir-beton mahsulotlari

8.

Yogʻoch materiallari

9.

Gʻisht (zavod-ishlab chiqaruvchi)

10.

Boshqa materiallar

11.

Tavakkalchilik koeffitsiyenti

Komponentlar soni chegaralanmaydi va oferent tomonidan texnik jihatlardan kelib chiqib toʻldiriladi.

Shu jumladan, har bir aniq obyekt boʻyicha komponentlar va asosiy q�rilish materiallari nomenklaturasi obyekt qurilishi qiymatining 100 foizini tashkil qiluvchi asosiy narxni shakllantiruvchi komponentlarni hisobga olgan holda tanlanadi.

Tashkilot rahbari imzosi: ___________________


Tuzilgan sanasi: 20____ yil “______” ______________

Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga
5-ILOVA

‎‎TANLOV (TENDER) TAKLIFINI TAʼMINLASh KAFOLATI

‎ __________________________________________________________________________________________
‎(oferent nomi)

‎‎______________________________________________________________________ tomonidan oʻtkazilayotgan

‎‎(buyurtmachi nomi)

‎‎_____________________________________________________________________________ni xarid qilishga

‎‎(elektron xarid predmeti)

‎‎tanlov taklifini taqdim etgan oferent shuni maʼlum qiladiki,
‎___________________________________________________________________________________________

(yuridik manzil)‎

‎‎manzili boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan ofisga ega, keyingi oʻrinlarda “BANK” deb ataluvchi _______________________________________________________________________________________ning

(bank nomi)‎

‎‎oferent oldida
‎ __________________________________________________________________________________________

‎‎(raqam va yozuv bilan summa, shuningdek, valyuta koʻrsatilsin)‎

‎‎miqdorida majburiyati boʻlib, u boʻyicha toʻlov koʻrsatilgan buyurtmachiga toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshiriladi.
‎Majburiyat bank tomonidan kafolatlanadi.
‎Yuqorida koʻrsatilgan summani quyidagi shartlar bilan toʻlash majburiyati olinadi, agar:
‎1) oferent oʻz tanlov taklifini tanlov takliflarini qabul qilish muddati tugagandan soʻng chaqirib olsa;
‎2) oferent buyurtmachi tomonidan tanlov takli�i akseptlangani haqida xabarnoma olsa va shartnoma tuzishni rad etsa. Bu holda BANK buyurtmachining birinchi yozma talabiga koʻra soʻrovni asoslantirishni talab etmasdan kafolat summasini toʻlaydi.
‎Agar:
‎a) oʻz soʻrovida buyurtmachi kafolat summasini toʻlash yuqorida koʻrsatilgan hollardan biri yoki har ikkalasi yuzaga kelganligi bilan bogʻliqligini, sodir boʻlgan holatlarni bayon etgan holda koʻrsatsa;
‎b) buyurtmachi va elektron xarid gʻolibi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga qurilishni oʻz vaqtida tugatishga toʻsqinlik qiluvchi, ishlar hajmi va tuzilishiga oʻzgartirishlar kiritilmagan boʻlsa.

‎Ushbu tanlov taklifini taʼminlash kafolati tanlov takliflari ochilgan paytdan boshlab ___ kun mobaynida (20__ yil “ ___” _______) amal qiladi va u bilan bogʻliq soʻrovlar BANKka yuqorida koʻrsatilgan muddatlar doirasida yuborilishi kerak.

‎BANKning umumiy muhri bilan tasdiqlangan.

Boshqaruvchi‎

(F.I.O.)‎

Bosh buxgalter‎

(F.I.O.)‎

Izoh. Ushbu kafolat bosh bankning firma blankasida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga
6-ILOVA

BANK KAFILLIGI‎

‎‎Keyingi oʻrinlarda elektron xarid ishtirokchisi deb ataluvchi
‎___________________________________________________________________________________________

(oferent tashkilotining nomi)‎

‎‎_______________________________________________________________________ tomonidan oʻtkazilayotgan

(buyurtmachi tashkilotining nomi)‎

‎‎_______________________________________________________________________________ obyekt boʻyicha
(elektron xarid predmetining nomi)‎
‎‎tenderda ishtirok etish uchun oʻz tanlov taklifini taqdim etganligini inobatga olib, ushbuni maʼlum qilinadiki
‎___________________________________________________________________________________________

(yuridik manzil)‎

‎‎manzili boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan ofisga ega, keyingi oʻrinlarda “Kafil” deb ataluvchi
‎___________________________________________________________________________________________

(bank nomi)‎

‎‎elektron xarid ishtirokchisi oldida
‎___________________________________________________________________________________________

(yozuv bilan summa, valyuta)‎

‎‎miqdoridagi majburiyatni olib, u boʻyicha toʻlov koʻrsatilgan elektron xarid ishtirokchisiga u elektron xarid gʻolibi deb topilgan hamda buyurtmachi va pudratchi oʻrtasida shartnoma imzolangan taqdirda toʻliq va oʻz vaqtida hech qanday qoʻshimcha shartlar va talablarsiz amalga oshiriladi.

‎‎Koʻrsatilgan bankning umumiy muhri bilan tasdiqlangan.

‎Ushbu kafillik buyurtmachi va pudratchi oʻrtasidagi shartnoma imzolangan kundan boshlab __ kun mobaynida kuchda qoladi va bu bilan bogʻliq har qanday soʻrov yuqorida koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay bankka berilishi talab etiladi.

Boshqaruvchi‎

(F.I.O.)‎

Bosh buxgalter‎

(F.I.O.)‎

‎‎Izoh. Ushbu kafillik uni bergan bank muassasasining rasmiy blankasida taqdim etiladi.

‎Bankning (tuman yoki viloyat boʻlimining) kafilligida yuqori turuvchi bank yoki kredit qoʻmitasi bilan kelishilgan (raqam _______ sana _______ rahbarning F.I.O.) bor limitlar va kredit resurslarining tasdigʻi mavjudligini hisobga olish talab etiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2021-y., 09/21/55/0090-son)