Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Traktorlar va murakkab qishloq xoʻjaligi mashinalari dvigatellari puxta tuzatilishini taʼminlash, tuzatish korxonalaridagi texnologiya jarayonlarini texnik talablarga toʻliq muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mukammal tuzatishdan chiqqan dizel dvigatellarini sertifikatsiya sinovlariga tayyorlash va ularni oʻtkazishga oid tadbirlar rejasi ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasi (Jabborov), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Husanov) va “Oʻzdavstandart” markazi (Asriyans) mukammal tuzatishdan chiqqan dvigatellarni sertifikatsiya sinovlaridan oʻtkazish ishlarini Toshkent tajriba-tuzatish, Asaka va Dalvarzin tuzatish zavodlarida amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq tashkil etsinlar.
3. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasi yuqorida aytib oʻtilgan korxonalarni mukammal tuzatishdan chiqqan dvigatellarni sertifikatsiya sinovlaridan oʻtkazishga tayyorlashni oʻz vaqtida yakunlasin, ularning puxta ishlashlarini taʼminlasin (motoresurslar yangi dvigatellarning kamida 80 foizini tashkil qilishi kerak).
4. Mukammal tuzatishdan chiqqan dvigatellarning sertifikatsiya sinovlarini oʻtkazish mazkur ish turini amalga oshirishga vakil qilingan Oʻzbekiston mashina sinash stansiyasiga topshirilsin.
5. Dvigatellarning texnik talablarga qatʼiy muvofiq tarzda tuzatilishini tashkil etish uchun masʼuliyat Toshkent tajriba-tuzatish, Dalvarzin va Asaka tuzatish zavodlari direktorlari hamda “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasi raisi T. A. Jabborov zimmasiga yuklansin.