1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang);
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLAShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xodimlarining respublika uchun foydali kontraktlar tayyorlash va tuzish, eksport operatsiyalari oʻtkazishdan olinadigan valyuta tushumi muddatlarini qisqartirish boʻyicha mehnatini ragʻbatlantirish, vazirlik shtatlarini malakali kadrlar bilan butlash va ularning muqim ishlab qolishlarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi apparati va vazirlik organlari xodimlari uchun quyidagilar belgilansin:
belgili muddat xizmat qilganligi uchun ish stajiga bogʻliq ravishda ilovaga muvofiq miqdorlarda bir marta beriladigan mukofot. Toʻlovlar bir yillik ish yakunlari boʻyicha oʻrtacha lavozim maoshidan kelib chiqib amalga oshirilsin;
chet tillarni bilganligi uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan komissiyaning xulosasiga koʻra lavozim maoshining 10 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha haq.
2. Oʻzbekiston Respubliiasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziriga 1995-yil 1-sentabrdan boshlab Iqtisodiyot va tashqi savdoni rejalashtirish bosh boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish bosh boshqarmasi va Xalqaro yuk tashish boshqarmasi xodimlariga lavozim maoshining 70 foizigacha miqdorida ustama belgilash huquqi berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi uchun foydali boʻlgan eksport-import kontraktlarini tayyorlashda, tuzishda va amalga oshirishda qatnashgan vazirlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mehnatga haq toʻlash yillik fondining 15 foizi miqdorida maxsus jamgʻarma tashkil etishga ruxsat berilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Maxsus jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. 1995-yilda ustama va qoʻshimcha haqlar joriy etilishi bilan bogʻliq xarajatlar 1995-yilgi smeta boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xodimlari mehnatiga haq toʻlash fondi doirasida amalga oshirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1996-yilgi davlat budjetida yuqorida koʻrsatilgan maqsadlar uchun sarf-xarajatlarni nazarda tutsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Oʻ.T. Sultonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 14-avgust,
313-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-avgustdagi 313-son qaroriga ILOVA
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xodimlarini bir marta mukofotlash
MIQDORLARI
T/r
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimidagi ish staji
Oylik lavozim maoshi ulushi hisobidan yillik mukofat miqdori