toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ChORVAChILIKDA NASLChILIK IShLARINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika xoʻjaliklarida naslchilik ishlarini yaxshilash asosida chorvachilikning mahsuldorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida ilovaga* muvofiq davlat qoramol naslchilik zavodlari tashkil etilsin. Buning uchun har bir naslchilik zavodiga yuqori mahsuldor qora-ola zotli 500 boshdan gʻunajin va sunʼiy qochirishda foydalanish uchun 50 boshdan nasldor buqa keltirilsin.
* Ilova berilmaydi.
Ilovada keltirilgan xoʻjaliklarga davlat naslchilik zavodi maqomi berilsin.
Yuqori mahsuldor zotli yosh mollar yetishtirish va respublikaning naslchilik xoʻjaliklari va naslchilik fermalarini ular bilan taʼminlash yangidan tashkil etilayotgan naslchilik zavodlarining asosiy vazifasi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 25-fevraldagi 82-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari yem-xashak yetishtirish uchun shartli har bosh zotli mol hisobiga bir gektardan yer ajratish masalasini koʻrib chiqsinlar va hal etsinlar.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Husanov) va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (Muhitdinov) 1996-yildan boshlab har yili naslchilik zavodlariga davlat resurslaridan shartli har bosh molga bir tonna hisobidan paxta shroti ajratilishini nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
7. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi (Muhamadjonov) naslchilik zavodlari, naslchilik xoʻjaliklari va naslchilik fermalarini toʻyimli sifatli omixta oziqalar, shuningdek, buzoqlar uchun sut oʻrnida ishlatiladigan aralashma bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
8. Fan va texnika davlat qoʻmitasi (Habibullayev) Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarida koʻrsatib oʻtilgan naslchilik zavodlarida jamlanayotgan nasldor zotlar boʻyicha tadqiqotlarni mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin.
9. Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisida 1995-yil noyabr oyida axborot bersinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 12-iyul,
268-son