1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Milliy raqs sanʼati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Xorazmning qadimiy raqsi “Lazgi”ni asrab-avaylash, uni ilmiy oʻrganish, jahon miqyosida keng targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Xorazm viloyati hokimligining:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining davlat taʼlim muassasasi shaklidagi Urganch filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Filial tarkibida “Lazgi” ijrochiligini yanada rivojlantirish boʻlimini (keyingi oʻrinlarda — “Lazgi” boʻlimi) ochish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
2. Filial va “Lazgi” boʻlimining asosiy vazifalari etib tegishli ravishda quyidagilar belgilansin, jumladan:
a) Filialning asosiy vazifalari:
kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va taʼlimning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 Sanʼat va madaniyatning boshqa turlari]
raqs sanʼati boʻyicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
talaba yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda ularning xorijda taʼlim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar olib borishini samarali tashkil etish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini muntazam asosda yoʻlga qoʻyish;
kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, iqtidorli talaba yoshlarni ushbu yoʻnalishga keng jalb etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
soha mutaxassislarining xorijiy turdosh oliy taʼlim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka oʻtashlarini tizimli tashkil etish;
b) “Lazgi” boʻlimining asosiy vazifalari:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 Sanʼat va madaniyatning boshqa turlari]
“Lazgi” ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
fan-taʼlim va ijrochilikning integratsiyalashuvini taʼminlash;
“Lazgi” ijro yoʻli namunalari “Oltin fondi”ni yaratish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 Sanʼat va madaniyatning boshqa turlari]
anʼanaviy “Lazgi” ijro yoʻlini asrab-avaylash, uni zamonaviy ijro uslublari namunalari bilan yanada takomillashtirish, raqsning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bogʻliq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida chuqur oʻrganish;
“Lazgi” ijro yoʻlini keng targʻib qilish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet jahon axborot tarmogʻi]
“Lazgi” ijro namunalarini ommaviy axborot vositalari hamda Internet axborot tarmogʻi orqali chet ellarda keng targʻib qilish.
3. Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali hamda uning tarkibidagi “Lazgi” ijrochiligini yanada rivojlantirish boʻlimi faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 Sanʼat va madaniyatning boshqa turlari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Filialning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin hamda uch oy muddatda Filial huzurida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi:
“Lazgi”ning yaratilish tarixi va rivojlanish davrini qamrab olgan doimiy ekspozitsiya;
“Lazgi” ijro yoʻlida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
“Lazgi”ga oid liboslar namunalari galereyasi, koʻrgazmalar zali hamda artistik kafesi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati]
“Lazgi” bolalar havaskorlik teatr-studiyasini tashkil etsin.
5. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Filialda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Filialga talabalarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul koʻrsatkichlari har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi;
“Lazgi” boʻlimi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 10 nafar etib belgilanadi.
6. Quyidagilar Filialni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
toʻlov-kontrakt asosida talabalar oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati]
taʼlim xizmatlari koʻrsatish, ilmiy-oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy-ijodiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni ishlab chiqishdan, konsert-tomosha va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Filialga uning faoliyatini samarali tashkil etish uchun Urganch shahridan operativ boshqaruv huquqi asosida maqbul bino ajratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
8. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, 2022-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi quyidagilarni taʼminlash uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
a) 2021-yil 1-martga qadar Filial ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;
b) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Filialning ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan, shu jumladan, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirib kelgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar, shuningdek, sohadagi salohiyatli amaliyotchi mutaxassislar qatoridan shakllantirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 Sanʼat va madaniyatning boshqa turlari]
xoreografiya va milliy raqsning ijodiy, ilmiy-metodik va ijro anʼanalarini puxta oʻzlashtirish va munosib davom ettirish maqsadida Filialga milliy raqs sanʼati, shu jumladan, “Lazgi” ijro yoʻli ustalarini jalb etish;
Filialning taʼlim yoʻnalishlarini Davlat taʼlim standartlari hamda tegishli malaka talablariga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv rejalari, fan dasturlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash;
Filialni oʻquv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash, oʻquv-metodik jarayonlarni tashkil etish, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-yanvar,
31-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvardagi 31-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali hamda uning tarkibidagi “Lazgi” ijrochiligini yanada rivojlantirish boʻlimi faoliyatini tashkil etish boʻyicha
I. Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali hamda uning tarkibidagi “Lazgi” ijrochiligini yanada rivojlantirish boʻlimi faoliyatini tashkil etish
1.
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali (keyingi oʻrinlarda — Filial) ustavini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.
1. Filial ustavi loyihasini ishlab chiqish.
2. Ustavni belgilangan tartibda tasdiqlash.
2021-yil mart
-
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)
2.
Filialni yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash.
1. Yuqori malakali va tajribali professor-oʻqituvchi va xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha ishchi guruh tuzish.
2. Xoreografiya sanʼatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda Professor-oʻqituvchi va xodimlarning tarkibini tanlov asosida shakllantirish.
2021-yil avgust
-
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)
3.
Filialning Vasiylik kengashi tarkibini tasdiqlash, unga kadrlarning isteʼmolchilari boʻlgan madaniyat va sanʼat muassasalari, vazirliklar va idoralar, boshqa tashkilotlar vakillarini kiritish.
1. Vasiylik kengashini tashkil etish, uning tarkibini shakllantirish.
2. Vasiylik kengashining ish rejasini ishlab chiqish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
2021-yil avgust
-
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)
4.
“Lazgi” ijrochiligini yanada rivojlantirish boʻlimida (keyingi oʻrinlarda — “Lazgi” boʻlimi) faoliyat olib boradigan mutaxassis xodimlar tarkibini shakllantirish hamda xodimlarning lavozim yoʻriqnomasini ishlab chiqish.
1. Boʻlimda faoliyat olib boradigan sohaning yetuk, malakali mutaxassislaridan iborat xodimlar tarkibini shakllantirish.
2. Boʻlim xodimlarining faoliyat yoʻnalishlari va funksional vazifalarini belgilash boʻyicha lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2021-yil avgust
-
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)
II. Filialda taʼlim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish
5.
2021/2022 oʻquv yili va keyingi yillar uchun Filialga oʻqishga qabul qilish parametrlarini istiqbolda hududlarni rivojlantirish bilan bogʻliq dasturlarni hamda raqs sohasi boʻyicha mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda ishlab chiqish.
1. Madaniyat sohasida mehnat resurslariga boʻlgan talab prognozini tahlil qilish.
2. Tahlil natijasi boʻyicha ehtiyojni oliy taʼlim muassasalariga kvota ajratish rejasiga kiritish.
2021-yil mart
har yili aprel
-
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(A. Ortiqov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Madjidov)
6.
Koʻp asrlik raqs ijodkorligi anʼanalarini oʻzlashtirgan, oʻzining isteʼdodi va salohiyati orqali ularni zamon ruhi bilan boyitib, “ustoz-shogird” anʼanalariga muvofiq yosh avlodga oʻrgatib kelayotgan taniqli raqs ustalari va xoreograflarni Filial faoliyatiga jalb etish.
1. Yuqori natijalarga erishgan yosh ijodkorlarni tarbiyalab kelayotgan raqs ustalarini aniqlash.
2. Raqs ustalarini ularning amaliy faoliyati natijalariga koʻra Filial bilan hamkorlikka jalb etib borish.
doimiy
-
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)
7.
Filialda axborot va mutaxassislarning tajriba almashuvini yoʻlga qoʻyish.
Mahorat darslari va maxsus mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlari va sanʼat arboblarini taklif etish.
1. Filialning axborot maʼlumotlarini boyitish maqsadida mahalliy va xorijiy axborot-resurs markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
2. Yetakchi turdosh xorijiy oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va tajribali mutaxassislarining mahorat darslarini tashkil etish.
3. Konferensiya va ilmiy seminarlarga hamda ilmiy ishlar muhokamalariga malakali olim va sanʼat arboblarini taklif etish.
doimiy
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)
8.
Ish beruvchilar kadrlar malakasiga qoʻyayotgan talablar hamda Filialda mutaxassis tayyorlash dasturlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash.
1. Ish beruvchi tashkilotlarning talabalarda amaliy va ijodiy koʻnikmalarni shakllantirishdagi ishtiroki va masʼuliyatini oshirish mexanizmini ishlab chiqish.
2. Filialda samarador marketing xizmati faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
3. Bitiruvchining ish beruvchilar qoʻyayotgan zamonaviy talablarga javob beradigan, mehnat bozorida zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarini aks ettiruvchi malaka talab-mezonlarini ishlab chiqish.
2021-yil avgust
-
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)
III. Filialda taʼlim jarayoni sifatini yanada yaxshilash va oʻqitishning ilgʻor uslublarini joriy etish
9.
Milliy raqs sanʼatini targʻib etishda xorijiy mamlakatlar bilan ijodiy tajriba almashish maqsadida yosh va iqtidorli xoreograf hamda sanʼatshunos olimlarni xizmat safarlariga yuborish, ularga xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda qatnashish imkonini yaratish.
1. Yosh va iqtidorli xoreograf hamda sanʼatshunos olimlar nomzodlarini saralash mexanizmlarini ishlab chiqish.
2. Saralab olingan xoreograf va sanʼatshunos olimlarni xorijiy mamlakatlarga kasbiy-ijodiy tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborish.
3. Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
2021-2022-yillar
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)
10.
“Lazgi” ijrochiligi tartibotini amalga oshirish maqsadida sharq xalqlari musiqa sanʼati namunalari va yetuk namoyandalari bilan hamkorlik qilish, mahorat darslari va konsert dasturlarini oʻtkazish.
1. Xorijiy davlatlarning ilmiy-ijodiy va badiiy jamoalari bilan ilmiy-ijodiy hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzish.
2. Hamkorlik shartnomalari asosida ijodiy konsert dasturlari yaratish hamda ularni respublika va xorijiy sahnalarda namoyish etish.
3. Xorijiy mamlakatlarda “Lazgi” ijro uslubini keng tartib qilish hamda “Lazgi” ansamblining konsert dasturlari va mahorat darslarini tashkil etish.
Doimiy
Hamkor tashkilotlarning mablagʻlari, xalqaro grantlar va ishtirokchilarning mablagʻlari
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)
11.
“Lazgi” rivojiga munosib hissa qoʻshgan ustoz sanʼatkorlar hayoti va ijodiga doir ommabop va maxsus ilmiy kitoblar, nota toʻplamlari va annotatsiyali nota albomlarni nashr etish, bu borada turli konferensiya va seminarlar tashkil qilish.
1. Xorazmning ustoz sanʼatkorlari hayoti va ijodiga doir maʼlumotlarni toʻplash.
2. Ommabop va maxsus ilmiy kitoblar, nota toʻplamlari va annotatsiyali nota albomlarini nashr etish, shu borada turli taʼlim va boshqa madaniyat muassasalarida konferensiya va seminarlar oʻtkazish.
2021-yildan boshlab doimiy
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Xorazm viloyati hokimligi
(F. Ermanov)
IV. Filialning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash
12.
Filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida uni zarur mebel, inventar, uskuna hamda raqsga oid turli maxsus poyabzal va liboslar bilan taʼminlash.
1. Mebel, inventar va uskunalar roʻyxatini shakllantirish hamda texnik parametrlarini ishlab chiqish.
2. Zarur jihozlar bilan taʼminlash.
3. Oʻquv mashgʻulotlari va ijodiy dasturlar namoyishi uchun zarur boʻlgan maxsus raqs liboslari va poyabzalga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.
4. Raqs liboslari va poyabzal bilan taʼminlash.
2021-yil iyul
Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)
13.
Filialni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash.
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.
2. Ehtiyojdan kelib chiqib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash.
2021-yil avgust
Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2021-y., 09/21/31/0054-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)