1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
AXBOROT ERKINLIGI PRINSIPLARI VA KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya etilishini, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari roʻyobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini taʼminlashdan iborat.
2-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
axborot — manbalari va taqdim etilish shaklidan qatʼi nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
axborot mulkdori — oʻz mablagʻiga yoki boshqa qonuniy yoʻl bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborotni muhofaza etish — axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari;
axborot resurslari — alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida toʻplamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, maʼlumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning toʻplamlari;
axborot egasi — qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
maxfiy axborot — foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qoʻyiladigan hujjatlashtirilgan axborot;
ommaviy axborot — cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun moʻljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar;
hujjatlashtirilgan axborot — identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qoʻyilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot.
4-modda. Axborot erkinligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi]
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har kim axborotni moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning maʼnaviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini taʼminlash maqsadida cheklanishi mumkin.
5-modda. Axborot erkinligining asosiy prinsiplari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Ochiqlik va oshkoralik, hamma erkin foydalanishi mumkinligi va haqqoniylik axborot erkinligining asosiy prinsiplaridir.
6-modda. Axborotning ochiqligi va oshkoraligi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Axborot ochiq va oshkora boʻlishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno.
Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi:
fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni roʻyobga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari;
ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikatsiyalarning xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa axborotlar;
kutubxonalarning, arxivlarning va Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud maʼlumotlar.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart.
7-modda. Axborotdan hamma erkin foydalanishi mumkinligi va uning haqqoniyligi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Axborot undan hamma erkin foydalanishi mumkinligi taʼminlangan va haqqoniy boʻlishi kerak.
Axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
Ommaviy axborot vositalari oʻzlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasiga muvofiq ommaviy axborot vositalari eʼlon qilinayotgan axborotning toʻgʻriligini tekshirib koʻrishlari shart va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat, haqorat qilish va raqobatchini obroʻsizlantirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Toʻliq maʼlumot uchun Jinoyat kodeksining 139, 140, 158 va 192-moddalariga qarang.
Axborot mulkdori, egasi axborot berishni rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
8-modda. Axborot erkinligi kafolatlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Davlat har kimning axborotni izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqini himoya qiladi. Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga qarab axborot olish huquqi cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har kimga oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan axborot bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlab berishga, maqbul axborot resurslari yaratishga, foydalanuvchilarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda taʼminlashga majburdirlar.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasida senzuraga va axborotni monopollashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9-modda. Axborot olish tartibi
Har kim axborot olish uchun bevosita yoki vakillari orqali yozma yoxud ogʻzaki soʻrov bilan murojaat etish huquqiga ega.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Yozma soʻrovda murojaat etuvchining ismi, otasining ismi, familiyasi, manzili (yuridik shaxslarning esa rekvizitlari) hamda soʻralayotgan axborotning nomi yoki xususiyati koʻrsatilishi lozim. Soʻrovlar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga qarang.
Yozma soʻrovga imkon qadar qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, soʻrov olingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay javob qaytarilishi lozim.
Ogʻzaki soʻrovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi kerak.
Soʻralayotgan axborotni ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatda taqdim etishning iloji boʻlmagan taqdirda axborot olish uchun murojaat etgan shaxsga uni taqdim etish kechiktirilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
Soʻralayotgan axborotni taqdim etishni kechiktirish soʻrov berilgan sanadan eʼtiboran ikki oydan ortib ketmasligi lozim. Taqdim etish kechiktirilganligi toʻgʻrisidagi xabar axborot soʻrab murojaat etgan shaxsga soʻrov olingan sanadan eʼtiboran bir hafta muddat ichida yuboriladi.
Taqdim etish kechiktirilganligi toʻgʻrisidagi xabarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
soʻralayotgan axborotni vaqtida taqdim eta olmaslik sabablari;
soʻralayotgan axborot taqdim etiladigan sana.
Agar soʻrov tushgan organ yoki mansabdor shaxs soʻralayotgan axborotga ega boʻlmasa, axborot soʻrab murojaat etgan shaxsga soʻrov olingan sanadan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda maʼlum qilishi shart.
Axborot berganlik uchun belgilangan tartibda haq olinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasiga asosan murojaat etuvchining xuquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot uning soʻroviga binoan tekinga beriladi. Boshqa axborotni berganlik uchun tomonlarning kelishuviga muvofiq haq olinishi mumkin.
10-modda. Axborot berishni rad etish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Agar soʻralayotgan axborot maxfiy boʻlsa yoki uni oshkor etish natijasida shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetishi mumkin boʻlsa, axborotni berish rad etilishi mumkin.
Soʻralayotgan axborotni berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabar soʻrov bilan murojaat etgan shaxsga soʻrov olingan sanadan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida yuboriladi.
Rad etish toʻgʻrisidagi xabarda soʻralayotgan axborotni berish mumkin emasligi sababi koʻrsatilishi kerak.
Maxfiy axborot mulkdori, egasi axborotni soʻrayotgan shaxslarni bu axborotni olishning amaldagi cheklovlari toʻgʻrisida xabardor etishi shart.
Axborot berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar, shuningdek oʻz soʻroviga haqqoniy boʻlmagan axborot olgan shaxslar oʻzlariga yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qonunda belgilangan tartibda qoplanishi yoki maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga qarang.
11-modda. Axborotni muhofaza etish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Har qanday axborot, agar u bilan qonunga xilof ravishda muomalada boʻlish axborot mulkdori, egasi, axborotdan foydalanuvchi va boshqa shaxsga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, muhofaza etilmogʻi kerak.
Axborotni muhofaza etish:
shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish;
axborotning maxfiyligini taʼminlash, tarqalishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishining oldini olish;
axborotning buzib talqin etilishi va soxtalashtirilishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
12-modda. Axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat siyosati
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
Axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan boʻladi hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hamda faoliyat yoʻnalishlarini, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolarning oʻrni va ahamiyatini belgilaydi.
13-modda. Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy taʼsir koʻrsatilishidan himoya qilish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy maʼlumotlar maxfiy axborot toifasiga kiradi.
Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotni, xuddi shuningdek shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, yozishmalar, telefondagi soʻzlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni toʻplashga, saqlashga, qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.04.00 Maʼnaviy zararni qoplash]
Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi axborotdan ularga moddiy zarar va maʼnaviy ziyon yetkazish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari roʻyobga chiqarilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida foydalanish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
Fuqarolar toʻgʻrisida axborot oluvchi, bunday axborotga egalik qiluvchi hamda undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar boʻladilar.
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qoʻygan muallifni ularning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallif nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin.
14-modda. Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligiga quyidagi yoʻllar bilan erishiladi:
demokratik fuqarolik jamiyati asoslari rivojlantirilishini, ommaviy axborot erkinligini taʼminlash;
qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy taʼsir koʻrsatishga, uni chalgʻitishga yoʻl qoʻymaslik;
jamiyatning maʼnaviy, madaniy va tarixiy boyliklarini, mamlakatning ilmiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatini asrash hamda rivojlantirish;
milliy oʻzlikni anglashni izdan chiqarishga, jamiyatni tarixiy va milliy anʼanalar hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan axborot ekspansiyasiga qarshi harakat tizimini barpo etish.
15-modda. Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.07.00 Davlat xavfsizligining boshqa masalalari]
Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi quyidagi yoʻllar bilan taʼminlanadi:
axborot sohasidagi xavfsizlikka tahdidlarga qarshi harakatlar yuzasidan iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat sirlarini saqlash va davlat axborot resurslarini ulardan ruxsatsiz tarzda foydalanilishidan muhofaza qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining jahon axborot makoniga va zamonaviy telekommunikatsiyalar tizimlariga integratsiyalashuvi;
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, hududiy yaxlitligini, suverenitetini buzishga, hokimiyatni bosib olishga yoki qonuniy ravishda saylab qoʻyilgan yoxud tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga va davlat tuzumiga qarshi boshqacha tajovuz qilishga ochiqdan-ochiq daʼvat etishni oʻz ichiga olgan axborot tarqatilishidan himoya qilish;
urushni va zoʻravonlikni, shafqatsizlikni targʻib qilishni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovat uygʻotishga qaratilgan terrorizm va diniy ekstremizm gʻoyalarini yoyishni oʻz ichiga olgan axborot tarqatilishiga qarshi harakatlar qilish.
16-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 12-dekabr,
439-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 2-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)