toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan, shuningdek, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
2022-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish mexanizmi joriy etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish va sogʻliqni saqlash sohasida ekspertlarni sertifikatlash boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish talablari va shartlari;
tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi;
tibbiyot tashkilotlarining akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish tartibi;
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tibbiyot tashkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazorati;
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash), tugatish tartibi;
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish tartibi;
akkreditatsiyalovchi organning akkreditatsiya sohasidagi xizmatlariga haq toʻlash tartibi;
akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati boʻyicha qabul qilingan qaror yuzasidan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish tartibi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2021-yil 1-noyabrga qadar:
a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish standartlarini va ularni qoʻllash tartibini;
tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha mustaqil ekspertlarni jalb qilish va haq toʻlash tartibini tasdiqlasin;
b) tasdiqlangan tibbiy ixtisoslik turlari nomenklaturasiga muvofiq xalqaro talablarni inobatga olgan holda, mavjud diagnostika va davolash standartlarini qayta koʻrib chiqsin va butlasin, shuningdek, ushbu standartlar Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib borilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2022-yil 1-yanvarga qadar:
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tibbiyot tashkilotlarining elektron bazasini shakllantirish orqali tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiyasi hamda akkreditatsiya talablari va shartlariga rioya qilinishi boʻyicha oʻtkaziladigan inspeksiya nazorati natijalarini raqamli qayta ishlaydigan;
tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazadigan mustaqil ekspertlar va texnik ekspertlar reyestrini saqlovchi;
“Sogʻliqni saqlashni raqamlashtirish” axborot kompleks tizimini yaratish va rivojlantirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, yagona yigʻim va davlat bojlari hisoboti billing tizimi, shuningdek, elektron sogʻliqni saqlash axborot tizimlariga integratsiyani nazarda tutuvchi tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimini ishlab chiqsin hamda joriy etsin;
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda tibbiyot tashkilotlariga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali akkreditatsiyadan oʻtkazishda davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha zarur sharoitlarni yaratsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimini ishlab chiqish va keyingi kuzatuvining buyurtmachisi etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyasidan oʻtkazish standartlarini, tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimini ishlab chiqish, keyingi kuzatuvini taʼminlash va rivojlantirish Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari, davlat-xususiy sheriklik, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-yanvar,
16-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-yanvardagi 16-son qaroriga
ILOVA
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha vakolatli davlat organi (keyingi oʻrinlarda — akkreditatsiyalovchi organ) hisoblanadi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
akkreditatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) ixtiyoriy akkreditatsiya va inspeksiya nazorati boʻyicha ishlar natijalarini koʻrib chiqish hamda ushbu Reglamentda nazarda tutilgan tegishli qarorlarni qabul qilish asosiy vazifasi hisoblangan ekspertlar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, shu jumladan, baholashda ishtirok etmagan xalqaro ekspertlardan iborat akkreditatsiyalovchi organ huzurida tashkil etiladigan komissiya;
akkreditatsiya obyekti — tibbiyot tashkiloti;
akkreditatsiya sohasi — tibbiyot tashkilotining faoliyat sohasi, koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi va hajmi, shuningdek, tibbiyot tashkiloti turi;
apellyatsiya komissiyasi — akkreditatsiya komissiyasining qarorlari boʻyicha apellyatsiyalarni koʻrib chiqish asosiy vazifasi hisoblangan, tibbiyot tashkilotini tashqi kompleks baholashda ishtirok etmagan hamda akkreditatsiya komissiyasi tarkibida boʻlmagan ekspertlar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, shu jumladan, xalqaro ekspertlardan iborat akkreditatsiyalovchi organ tomonidan tashkil etiladigan komissiya;
ariza beruvchi — ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun tegishli ariza bilan akkreditatsiyalovchi organga murojaat qilgan yuridik shaxs yoki u tomonidan belgilangan tartibda vakolat berilgan shaxs;
baholash — akkreditatsiyalovchi organ tomonidan tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayoni;
inspeksiya nazorati — akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiyalangan tibbiyot tashkiloti bilan kelishilgan holda joyning oʻzida, ixtiyoriy akkreditatsiya davrida belgilangan talablarga muvofiqlikni tasdiqlash uchun olib boriladigan majburiy davriy tashqi kompleks baholash tartib-taomili;
Oldingi tahrirga qarang.
ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/444/0546-son — 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
rejadan tashqari inspeksiya nazorati — qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻyilganligini tasdiqlash yoki aniqlik kiritish maqsadida tibbiyot tashkilotining hujjatlarini tahlil qilish va (yoki) tibbiyot tashkilotiga tashrif buyurish orqali oʻtkaziladigan baholash;
tashqi kompleks baholash — ekspert guruhi tomonidan tibbiyot tashkilotida uning faoliyatini ixtiyoriy akkreditatsiyalash standartlariga muvofiqligi yuzasidan oʻtkaziladigan baholash tartib-taomili;
texnik ekspert — soʻralgan soha yoʻnalishiga muvofiq texnik ekspert ixtisosligi boʻyicha oliy, oʻrta va qoʻshimcha kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan, akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya obyektini tashqi kompleks baholash va inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun jalb qilinadigan va tayinlanadigan jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiyot tashkiloti — qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
(3-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tibbiyot tashkilotining turi — kunu-tun kuzatuvga ehtiyoji boʻlmagan bemorlarga davolash-diagnostika yordami koʻrsatiladigan ambulator hamda kunu-tun kuzatuvga ehtiyoji boʻlgan bemorlarga davolash-diagnostika yordami koʻrsatiladigan statsionar tashkilot;
tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish standartlari — xalqaro amaliyot asosida ishlab chiqilgan va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan, tibbiyot tashkilotining faoliyatiga tegishli boʻlgan, tibbiy yordam koʻrsatishning sifati va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan umumiy prinsiplar, tavsiflar, talablar va usullar belgilab qoʻyiladigan meʼyoriy hujjatlar;
tibbiyot tashkilotini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish — akkreditatsiyalovchi organ tomonidan tibbiyot tashkilotining sogʻliqni saqlash sohasidagi akkreditatsiya standartlari talablariga mosligini rasman tan olish;
tibbiy yordam koʻrsatish sohasida akkreditatsiyadan oʻtganlik haqida guvohnoma — tibbiyot tashkilotining sogʻliqni saqlash sohasidagi akkreditatsiya standartlari asosida sifatli tibbiy xizmatlarni koʻrsatishini tasdiqlovchi hujjat;
tibbiy yordam hajmi — tibbiy ixtisoslik turi doirasida koʻrsatiladigan tibbiy yordamning muayyan qismi;
treyser — bemorga tibbiy yordam koʻrsatishning turli bosqichlarini (bemor marshrutini) maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda kuzatish yoki tizimning oʻzaro bogʻliq jarayonlarini baholash boʻlib, unga tibbiyot tashkilotining turli boʻlinmalari xodimlari jalb etiladi;
oʻzini oʻzi baholash — tibbiyot tashkiloti tomonidan mustaqil yoki mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda oʻtkaziladigan tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish standartlariga muvofiqligini baholash tartib-taomili;
ekspert — tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etish huquqi uchun oʻrnatilgan tartibda attestatsiyadan oʻtgan, tibbiyot tashkilotini (akkreditatsiya obyektini) mustaqil yoki ekspert guruhi tarkibida tashqi kompleks baholash uchun akkreditatsiyalovi organ tomonidan tayinlangan shaxs;
ekspert guruhi — tibbiyot tashkilotining akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi yuzasidan tashqi kompleks baholashni oʻtkazish uchun jalb qilinadigan ekspertlar va texnik ekspertlar guruhi;
ekspert guruhi rahbari — akkreditatsiyalovchi organ tomonidan zimmasiga tashqi kompleks baholash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy masʼuliyat yuklangan vakolatli ekspert.
4. Akkreditatsiya ixtiyoriy boʻlib, akkreditatsiya obyekti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Akkreditatsiyalovchi organ tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiyani tashkil etadi, shuningdek, akkreditatsiyadan oʻtgan sogʻliqni saqlash tashkilotlari, ekspertlar va texnik ekspertlar reyestrini shakllantiradi.
6. Ishchi organ doimiy asosda akkreditatsiyalovchi organning rasmiy veb-saytida:
akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiyot tashkilotlari reyestri;
akkreditatsiya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan inspeksiya nazorati natijalari;
tibbiyot tashkilotni akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha attestatsiyadan oʻtgan ekspertlar va texnik ekspertlar reyestri nashr etilishini taʼminlaydi.
2-bob. Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiya talablari va shartlari
7. Quyidagilar akkreditatsiyaning umumiy talablari va shartlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy faoliyatni qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshirish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun ariza beruvchining vakolati va baholashga belgilangan, tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga majburiy rioya qilish;
akkreditatsiya obyektining samarali faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, ularga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq (shu jumladan, ijara huquqi) asosida tegishli boʻlgan bino va inshootlar, uskunalar va boshqa texnik vositalar, shuningdek, tibbiy texnikaning mavjudligi;
joriy etilgan va amaldagi sifat menejmenti tizimining mavjudligi hamda akkreditatsiya obyekti faoliyatida uning talablariga rioya etish;
soʻralgan akkreditatsiya sohasi boʻyicha malakali xodimlarning shtatda mavjudligi va ularning oʻzaro almashinuvchanligini taʼminlash;
akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi;
akkreditatsiya obyekti tomonidan akkreditatsiyalovchi organ xizmatlari haqining toʻlanishi;
akkreditatsiyadan oʻtishda tibbiyot tashkiloti uchun majburiy boʻlgan ayrim klinik, paraklinik va yordamchi funksiyalarini bajarish yuzasidan boshqa tibbiyot tashkilotlari bilan shartnomalarning tuzilganligi;
belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiy laboratoriyaning yoki akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiy laboratoriya bilan shartnomaning mavjudligi.
3-bob. Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi
8. Tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiyadan ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
9. Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash quyidagi bosqichlardan iborat:
oʻzini oʻzi baholash va baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritish;
joyning oʻzida tashqi kompleks baholash;
inspeksiya nazorati.
10. Akkreditatsiyalovchi organga ariza berishdan oldin tibbiyot tashkiloti faoliyatining akkreditatsiya standartlariga muvofiqlik yuzasidan oʻzini oʻzi baholaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Akkreditatsiyadan oʻtish uchun tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiyalovchi organga Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali mazkur Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi arizani taqdim etadi hamda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida toʻlov toʻlaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
12. Ariza kelib tushgandan soʻng ishchi organ ikki ish kuni ichida ariza beruvchini ariza roʻyxatga olinganligi haqida Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali xabardor qiladi hamda tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kirish uchun login va parolni, shuningdek, oʻzini oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va akkreditatsiya standartlarida nazarda tutilgan hujjatlar ekspertizasini oʻtkazish haqida shartnomani taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzini oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning hajmi va tashkiliy tuzilmasidan kelib chiqqan holda, akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonida koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatini hisoblash orqali belgilanadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzini oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va akkreditatsiya standartlarida nazarda tutilgan hujjatlar ekspertizasini oʻtkazish uchun toʻlovlar miqdorini hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
13. Ariza beruvchi shartnomaga muvofiq oʻn ish kuni ichida oʻzini oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va hujjatlar ekspertizasi narxining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorini oldindan toʻlashi hamda akkreditatsiya standartlarida nazarda tutilgan hujjatlar nusxalarini biriktirgan holda oʻzini oʻzi baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritishi lozim.
Oʻzini oʻzi baholash natijalari tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilmagan yoki belgilangan muddatda oldindan toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda ariza bekor qilinadi, kiritilgan avans miqdori qaytarilmaydi.
14. Ishchi organ oʻn besh ish kuni ichida oʻzini oʻzi baholash natijalarini va ularga biriktirilgan, tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimi orqali kelib tushgan hujjatlarni ularning akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganadi.
Oʻzini oʻzi baholash natijalari va ularga biriktirilgan hujjatlar nusxalarining muvofiqligi hamda toʻliqligi aniqlanganda, ishchi organ Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP portal orqali oʻzini oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va hujjatlar ekspertizasini oʻtkazish uchun yakuniy toʻlovni amalga oshirish zarurligi haqida akkreditatsiya obyektini xabardor qiladi.
Ariza beruvchi oʻzini oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va hujjatlar ekspertizasi uchun yakuniy toʻlovni amalga oshirgandan soʻng ishchi organ ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali umumiy xizmat qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorini oldindan toʻlash sharti bilan, tashqi kompleks baholashni oʻtkazish haqidagi elektron shartnomani yuboradi.
Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan oʻzini oʻzi baholash natijalarining nomuvofiqligi va toʻliq emasligi aniqlanganda, ishchi organ Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga bir oy muddatda qayta ishlangan oʻzini oʻzi baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga qaytadan kiritish zarurligini maʼlum qiladi.
Qayta ishlangach, tuzatilgan va toʻldirilgan maʼlumotlarni ariza beruvchi tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.
Qayta ishlangan oʻzini oʻzi baholash natijalari belgilangan muddatda tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilmasa, ariza bekor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tashqi kompleks baholashni oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning hajmi va tashkiliy tuzilmasidan kelib chiqqan holda, akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonida koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatini hisoblash orqali belgilanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tashqi kompleks baholashni oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
16. Akkreditatsiyalovchi organ ariza beruvchi tomonidan tashqi kompleks baholashni oʻtkazish uchun 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda oldindan toʻlovni amalga oshirgandan soʻng uch ish kuni davomida buyruq bilan tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazadigan mustaqil ekspertlar va texnik ekspertlar reyestridan rahbarini koʻrsatgan holda ekspertlar guruhini tasdiqlaydi.
Ekspertlar guruhi ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga joylashtiriladigan tibbiyot tashkilotini tashqi kompleks baholash dasturini tuzadi.
Ekspertlar guruhi tarkibiga akkreditatsiyalovchi organ mutaxassislari va yoʻnalishlar boʻyicha tibbiy mutaxassislar, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda qatnashish huquqi uchun oʻrnatilgan tartibda attestatsiyadan oʻtgan texnik ekspertlar va xalqaro ekspertlar kiritilishi mumkin.
17. Ekspertlar, texnik ekspertlar va xalqaro baholovchilar xizmatiga haq toʻlash tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishdan kelib tushgan mablagʻlar hisobidan oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
18. Akkreditatsiya obyekti joyning oʻzida tashqi kompleks baholash oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni taʼminlaydi, shu jumladan, ekspert guruhiga zarur maʼlumot, yozuvlar va hujjatlardan (shu jumladan, ichki audit natijalaridan) foydalanish, binolarga kirish imkoniyatini yaratadi.
19. Joyning oʻzida tashqi kompleks baholashni oʻtkazish uchun shart-sharoitlar taʼminlanmagan taqdirda, ekspert komissiyasi rahbari akkreditatsiyalovchi organga tegishli mazmundagi bildirgini taqdim etadi, uning asosida akkreditatsiyalovchi organ joyning oʻzida tashqi kompleks baholash ishlarini bir oydan oshmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Akkreditatsiya obyekti koʻrsatilgan muddatda joyning oʻzida baholash oʻtkazish uchun shart-sharoit yaratib bermasa, akkreditatsiyadan oʻtkazishga berilgan ariza bekor qilinadi.
20. Tibbiyot tashkilotlarining akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi boʻyicha tashqi kompleks baholash ekspertning joyga chiqqan holda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda baholash varaqalarini toʻldirishdan iborat boʻlib, quyidagi prinsiplarda amalga oshiriladi:
standart talablarga muvofiq;
standart talablarga nomuvofiq;
“qoʻllab boʻlmaydi”.
21. Akkreditatsiya standartlarining bajarilishi ekspert guruhi tomonidan:
hujjatlarni koʻrib chiqish;
kuzatuv;
xodimlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazish;
treyserlar asosida baholanadi.
22. Hujjatlarni koʻrib chiqish ekspertlar uchun ajratilgan maxsus xonada, hujjatlar boʻyicha savollarga javob yoki izoh berish maqsadida tibbiyot tashkilotining bir yoki bir necha xodimlari ishtirokida oʻtkaziladi. Taqdim etilgan hujjatlar asosida ekspert guruhi yetarli boʻlmagan maʼlumotlarni aniqlaydi hamda yakuniy baholashga erishish uchun xodimlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazish va (yoki) kuzatuv orqali yetishmayotgan maʼlumotlarni toʻldiradi.
23. Kuzatuvda ekspertlar tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqish va (yoki) xodimlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazishda olingan maʼlumotlarning aniqligi oʻrganiladi.
24. Xodimlar soʻrovi tibbiyot va texnik xodimlarni oʻz funksional vazifalarini qanchalik bajarayotgani va ixtisosligi boʻyicha tegishli standartlarga rioya etayotganini soʻrash usulida olib boriladi.
Xodimlar soʻrovi, shuningdek, tibbiyot tashkiloti rahbariyatidan soʻrov oʻtkazishni ham oʻz ichiga oladi. Ekspertlar tibbiyot tashkilotining rahbari va (yoki) uning oʻrinbosarini soʻrovdan oʻtkazadi. Tibbiyot tashkiloti rahbarini soʻrovdan oʻtkazish tibbiyot tashkilotining umumiy faoliyatini tashkil etish, shuningdek, zarurat boʻlganda, akkreditatsiya standartlari talablariga muvofiqlik masalalarini oʻz ichiga oladi.
Ekspert guruhi aʼzolari hujjatlarni koʻrib chiqishda olingan maʼlumotlarni tasdiqlash yoki ularga aniqlik kiritish maqsadida tibbiyot tashkilotining faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib xodimlar soʻrovini oʻtkazishadi.
25. Uch turdagi treyserlar qoʻllaniladi:
yakka tartibda;
tizimli;
ixtisoslik boʻyicha.
26. Bitta treyser bir soatdan uch soatgacha davom etadi.
Treyser usuli bilan kuzatuv olib boriladigan bemorlarning soni tibbiyot tashkilotining turi va quvvati, koʻrsatiladigan tibbiy yordamning turi va hajmi, shuningdek, akkreditatsiya baholashining davomiyligiga bogʻliq boʻladi.
27. Yakka tartibdagi treyser davomida muayyan bemorni davolash va parvarishlashning barcha bosqichlari tibbiy hujjatlarni oʻrganish hamda uni parvarishlashga jalb qilingan tibbiyot tashkiloti xodimlaridan soʻrash orqali kuzatiladi. Ekspert baholash uchun bemorni maqsadli tanlash usuli (eng murakkab yoki eng atipik holat) asosida tanlab oladi va uning tibbiy xaritasi tibbiyot tashkilotida koʻrsatilayotgan xizmatlarni kuzatish uchun asos boʻladi. Bemorga tibbiy yordam koʻrsatishda u ishtirok etgan barcha davolash, tashxis qoʻyish jarayonlari va tibbiy boʻlmagan jarayonlar baholanadi, yaʼni baholash bemorning “yoʻnalishi” boʻyicha olib boriladi. Tashqi kompleks baholashni oʻtkazish davomida ekspert guruhi bemorning kamida uchta yakka tartibdagi treyserini olib boradi.
Tizimli treyserda akkreditatsiya standartiga muvofiq infeksiya nazorati, mutaxassislar malakasi, dori vositalari bilan ishlash, jihozlanganlik darajasi, sifat boshqaruvi va bino xavfsizligi tizimlarining barcha bosqichlari tekshiriladi.
Tizimli treyser usulida axborot toʻplash va tashkil etishni baholash xodimlardan soʻrash, shaxsiy kuzatuv, bemorlar hujjatlari va (yoki) tibbiy xaritalarini oʻrganishni oʻz ichiga oladi.
Ixtisoslik boʻyicha treyser davomida akkreditatsiya sohasi doirasida tashxis qoʻyish va davolash standartlariga rioya etilishi baholanadi. Shuningdek, ushbu treyser turi ekspertlar tomonidan baholanayotgan tibbiyot tashkilotining noyob tavsiflari va dolzarb masalalarini tahlil qilish uchun ham qoʻllaniladi. Ixtisoslik boʻyicha treyserning maqsadi koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning turli bosqichlarida bemor xavfsizligi muammolarini aniqlashdan iborat.
28. Tibbiyot tashkiloti faoliyatining oʻziga xosligi bois standartning alohida mezonini baholash uchun qoʻllab boʻlmagan taqdirda baholash varaqasining tegishli ustuniga “standart mezonini mazkur tashkilot uchun qoʻllab boʻlmaydi” degan yozuv kiritiladi. Standart boʻyicha oʻrtacha bahoni hisoblashda ushbu mezon inobatga olinmaydi.
29. Tashqi kompleks baholash tugagandan soʻng tibbiyot tashkilotining xodimlari ishtirokida yakuniy yigʻilish oʻtkaziladi, unda ekspert guruhi tashqi kompleks baholash natijalari boʻyicha dastlabki hisobotni taqdim etadi.
30. Tashqi kompleks baholash yakunlangandan soʻng maʼlumotlar ekspertlar tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga tibbiyot tashkilotining boshqa manzilda joylashgan har bir tarkibiy boʻlinmasi, shu jumladan, filiallari boʻyicha alohida-alohida kiritiladi.
Maʼlumotlar tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilgandan keyin ekspert guruhi aʼzolari standartlar boʻlimlari (bloklari) boʻyicha toʻldirilgan baholash varaqalarini ekspert guruhining rahbariga topshiradilar.
31. Olib borilgan tashqi kompleks baholash natijalari boʻyicha akkreditatsiya standartlari talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganda, ekspertlar guruhi akkreditatsiya obyektiga ularni bartaraf etish uchun uch oygacha muddat beradi.
Tibbiyot tashkiloti ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari rejasini tuzadi.
Belgilangan muddatlarda nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan soʻng tibbiyot tashkiloti ekspert guruhiga ular bartaraf etilganligi haqidagi axborotni taqdim etadi, unga muvofiq ekspert baholash varaqasini toʻldiradi va maʼlumotlarni tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.
32. Akkreditatsiya obyektini tashqi kompleks baholashni oʻtkazish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.
33. Ekspert guruhining rahbari ikki ish kuni ichida baholash natijalari asosida tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimida shakllangan yigʻma hisobotni ushbu Reglament 5-ilovaga muvofiq ishchi organga yuboradi.
34. Ishchi organ ikki ish kuni ichida Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP portal orqali akkreditatsiya obyektini tashqi kompleks baholashni oʻtkazish uchun toʻliq toʻlovni amalga oshirish kerakligi haqida xabardor qiladi.
35. Baholash davomida olingan tibbiyot tashkiloti faoliyati, bemorlar va xodimlar haqidagi maʼlumotlarni boshqa shaxsga berishga (shu jumladan, standartlar boʻlimlari (bloki) boʻyicha axborotlarni tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimi ga kiritish huquqini berishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
36. Ishchi organ ariza beruvchi tashqi kompleks baholash uchun toʻlovni toʻliq amalga oshirgandan soʻng ikki ish kuni ichida uning natijalarini Komissiya yigʻilishiga kiritadi. Komissiya yigʻilishining yakuniga koʻra akkreditatsiyalovchi organ akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani berish yoki uni berishni rad etish haqidagi qarorni tasdiqlaydi.
37. Akkreditatsiya guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan taqdirda tibbiyot tashkilotiga akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi darajasiga qarab quyidagi toifalar berilishi mumkin:
ikkinchi akkreditatsiya toifasi — standartlarga muvofiqligi kamida 75 foiz boʻlganda;
birinchi akkreditatsiya toifasi — standartlarga muvofiqligi kamida 85 foiz boʻlganda;
oliy akkreditatsiya toifasi — standartlarga muvofiqligi kamida 95 foiz boʻlganda.
Akkreditatsiya standartlariga muvofiqlik darajasi qoʻllanilgan akkreditatsiya standartlari umumiy talablari sonining muvofiq boʻlgan ulushiga nisbati bilan belgilanadi.
38. Quyidagilar akkreditatsiyani rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi:
akkreditatsiya obyekti u baholanayotganda zarur maʼlumotlarni taqdim etishni rad etishi;
akkreditatsiya obyekti tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlarda ishonchsiz yoki yolgʻon maʼlumotlar mavjudligi;
akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
aniqlangan nomuvofiqliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaslik;
tashqi kompleks baholash natijasi akkreditatsiyaning ikkinchi toifasi uchun belgilangan eng past chegara darajasidan pastligi;
tibbiy faoliyatni taqiqlash haqida qonuniy kuchga kirgan sud qarori (hukmi)ning mavjudligi;
tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan toʻlovlarning ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilmaganligi.
Akkreditatsiyani boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiqsizlik sabablari bilan rad etish boʻyicha qaror qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
39. Ishchi organ ikki ish kuni davomida akkreditatsiya obyektini Komissiyaning akkreditatsiya guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi qarori haqida xabardor etadi hamda inspeksiya nazorati toʻlovi boʻyicha akkreditatsiyalovchi organ va tibbiyot tashkiloti oʻrtasida tuziladigan elektron shartnomani Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yuboradi.
40. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish boʻyicha shartnoma tuzilgandan soʻng ishchi organ tomonidan ikki ish kuni ichida akkreditatsiya obyektiga Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq elektron shaklda akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma yuboriladi.
41. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati akkreditatsiyalash haqida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran besh yilni tashkil qiladi.
42. Akkreditatsiyadan oʻtkazish muddati akkreditatsiyadan oʻtish haqidagi ariza roʻyxatga olingan paytdan boshlab akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgunga qadar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga belgilangan vaqt hisobga olinmagan xolda qirq besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatni tashkil etadi.
43. Komissiyaning salbiy qarori qabul qilinganda, ishchi organ rad etish sabablarini koʻrsatgan holda ariza beruvchini Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali xabardor etadi.
44. Akkreditatsiya obyekti Komissiyaning akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori boʻyicha akkreditatsiyalovchi organ huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin.
4-bob. Tibbiyot tashkilotlarining akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish
45. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish akkreditatsiya obyektining arizasi asosida akkreditatsiya sohasining kengaytirilayotgan qismi boʻyicha tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibida amalga oshiriladi.
46. Akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya sohasi Komissiyaning qarori bilan quyidagi asoslar boʻlganda qisqartiriladi:
akkreditatsiya sohasini qisqartirish toʻgʻrisida akkreditatsiya obyektining arizasi;
akkreditatsiya obyekti faoliyatining inspeksiya nazorati natijalariga koʻra.
47. Akkreditatsiya sohasi qisqartirilsa, ishchi organ tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Akkreditatsiya sohasini qisqartirish uchun haq olinmaydi.
5-bob. Inspeksiya nazorati
48. Inspeksiya nazorati inspeksiya nazorati toʻgʻrisidagi shartnoma asosida joyning oʻziga borib, ushbu Reglamentga 8-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Birinchi inspeksiya nazorati akkreditatsiya sanasidan keyin olti oydan kechikmay oʻtkaziladi. Keyingi inspeksiya nazorati har yili akkreditatsiyalovchi organ rahbari tomonidan tasdiqlanadigan inspeksiya nazorati boʻyicha davriy ravishda reja-jadvaliga muvofiq, biroq yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
49. Akkreditatsiya obyekti faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazorati akkreditatsiyalovchi organga akkreditatsiya talablari va shartlari buzilganligini hujjatlar bilan tasdiqlovchi dalillari boʻlgan yozma murojaat kelib tushganda oʻtkaziladi.
50. Inspeksiya nazorati tashqi kompleks baholashni amalga oshirish tartibida oʻtkaziladi.
6-bob. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash)
51. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish boʻyicha ariza bilan murojaat qilganda;
inspeksiya nazorati vaqtida akkreditatsiya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda;
akkreditatsiya obyekti inspeksiya nazorati boʻyicha shartnoma qoidalariga rioya qilmaganda.
tibbiy faoliyatga berilgan litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilganda.
52. Ushbu Reglamentning 51-bandi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda akkreditatsiyalovchi organ tomonidan Komissiya qaroriga muvofiq akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi olti oy muddatga toʻxtatiladi.
Ushbu Reglament 51-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish akkreditatsiyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi maʼlumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay, tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritiladi va akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda xabar yuboriladi.
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish Komissiyasi qarorining tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilgan sanadan boshlanadi.
53. Ushbu Reglamentning 51-bandi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda akkreditatsiya obyekti mavjud nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va akkreditatsiyalovchi organga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati akkreditatsiyalovchi organ tomonidan Komissiya qaroriga asosan belgilangan muddatdan oshmasligi kerak.
54. Akkreditatsiya obyekti tomonidan belgilangan muddatda harakatlar rejasi bajarilganligi haqidagi maʼlumot hamda nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganda, ekspert guruhi rahbari akkreditatsiyalovchi organga akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida bildirgi taqdim etadi.
55. Nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi holatlarini oʻrganish, tashqi kompleks baholashni oʻtkazish tartibida amalga oshiriladi.
56. Hisobot taqdim etilgandan soʻng ishchi organ tegishli qarorni qabul qilish uchun besh ish kuni ichida uning Komissiya majlisida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
57. Komissiya qarori u qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechikmay akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya obyektiga yetkaziladi.
58. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli davlat reyestrlariga va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilishi lozim.
7-bob. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
59. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomasining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi arizasiga binoan;
yuridik shaxs (akkreditatsiya obyekti) tugatilganda;
akkreditatsiya obyektining guvohnoma amal qilishini toʻxtatib turishiga sabab boʻlgan holatlarni akkreditatsiyalovchi organ belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
akkreditatsiya sohasi buzilganda;
guvohnoma soxta hujjatlar va maʼlumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda;
tibbiy faoliyat bilan shugʻullanishga berilgan litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilganda.
60. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish Komissiyaning qaroriga koʻra akkreditatsiyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritiladi va akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda xabar yuboriladi.
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi Komissiya qarori tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilgan sanadan boshlab tugatiladi.
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilgandan keyin akkreditatsiya uchun takroriy ariza ushbu Reglament 59-bandining toʻrtinchi — yettinchi xatboshilariga muvofiq kamida olti oydan keyin berilishi mumkin.
8-bob. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish
61. Akkreditatsiya obyektining nomi, yuridik (pochta) manzili yoki tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda, u yigirma ish kuni mobaynida mazkur oʻzgarishlar haqida oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning rekvizitlarini koʻrsatib, uni qayta rasmiylashtirish uchun akkreditatsiyalovchi organni yozma ravishda xabardor etishi shart.
62. Akkreditatsiyalovchi organ nomi, yuridik (pochta) manzili yoki tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjat va ariza berilgan kundan boshlab besh ish kuni davomida akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtiradi hamda tegishli maʼlumotlarni akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiyot tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankiga kiritadi.
9-bob. Akkreditatsiyalovchi organning akkreditatsiya sohasidagi xizmatlariga haq toʻlash tartibi
63. Akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmatlar uchun haq undiriladi:
arizani koʻrib chiqish uchun;
oʻzini oʻzi baholash natijalari va hujjatlar ekspertizasini oʻtkazish uchun;
akkreditatsiya obyektini tashqi kompleks baholash uchun;
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq akkreditatsiya obyektida oʻtkazilgan inspeksiya nazorati uchun.
Akkreditatsiyalovchi organning akkreditatsiya sohasidagi xizmatlariga haq toʻlash ularning natijalaridan qatʼi nazar, akkreditatsiya obyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
64. Arizani koʻrib chiqish uchun olingan summa quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda:
Oldingi tahrirga qarang.
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
(64-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
qolgan mablagʻlar vakolatli organning maxsus bank hisobraqamiga.
b) YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda:
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
(64-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobraqamiga;
qolgan mablagʻlar vakolatli organning maxsus bank hisobraqamiga oʻtkaziladi.
65. Akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmat turlari uchun haq undirilmaydi:
oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash) va tugatish;
akkreditatsiya sohasini qisqartirish;
akkreditatsiya obyekti faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazoratini amalga oshirish uchun.
10-bob. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
66. Akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha Komissiyaning salbiy qarori chiqarilgan akkreditatsiya obyekti Komissiyaning qarorini olgan sanadan boshlab oʻn kalendar kuni mobaynida akkreditatsiyalovchi organga yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan soʻng oʻn kalendar kunidan ortiq muddatda berilgan apellyatsiyalar koʻrib chiqilmaydi.
67. Apellyatsiya komissiyasi har bir aniq apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun zaruratga qarab shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi akkreditatsiyalovchi organ rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellyatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
68. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektini baholashda ishtirok etmagan va akkreditatsiya komissiyasi tarkibida boʻlmagan akkreditatsiyalovchi organ vakillari, ekspertlar va texnik ekspertlar, shu jumladan, xalqaro ekspertlar orasidan shakllantiriladi. Bunda komissiya aʼzolarining soni uch kishidan kam boʻlmasligi kerak.
69. Akkreditatsiyalovchi organ apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektini hamda ekspert guruhi rahbarini apellyatsiya koʻrib chiqiladigan sana haqida xabardor qiladi. Apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyekti vakili hamda ekspert guruhi rahbari apellyatsiyani koʻrib chiqishda ishtirok etishi mumkin.
70. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida akkreditatsiya obyektini yozma ravishda xabardor etadi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab oʻn kalendar kunidan oshmasligi kerak.
71. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
apellyatsiyani qanoatlantirish.
72. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, agar:
apellyatsiya ushbu Reglament talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
apellyatsiyada keltirilgan sabablar tasdiqlanmasa qabul qilinadi.
73. Apellyatsiyani qanoatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, akkreditatsiyalovchi organ tomonidan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani berish yoki akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash haqida qaror qabul qilinadi.
74. Akkreditatsiyalovchi organ ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektiga yozma shaklda yuboradi.
75. Aynan bir masala boʻyicha apellyatsiyani takroran berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
76. Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
77. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I bosqich

Tibbiyot tashkiloti

Akkreditatsiya standartlariga muvofiqligini mustaqil ravishda yoki mustaqil ekspertlar koʻmagida oʻz-oʻzini baholaydi.

Tibbiyot tashkilotining xohishiga koʻra

II bosqich


Ariza beruvchi


Ishchi organ

Akkreditatsiya qiluvchi organga Markazlar yoki Yagona portal orqali elektron shaklda murojaat qiladi.

Ariza beruvchi Markazlar yoki Yagona portal orqali arizasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi hamda oʻzini-oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va hujjatlar ekspertizasini oʻtkazish uchun elektron shakldagi shartnomani yuboradi.

Hujjatlar nusxalarini ilova qilish bilan oʻzini-oʻzi baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritish uchun imkoniyat yaratadi.


Ariza beruvchining xohishiga koʻra



2 ish kunida

III bosqich

Ariza beruvchi

Oʻzini-oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va hujjatlar ekspertizasini oʻtkazish uchun toʻlanadigan xizmat narxining kamida 15 foizi miqdorida avans toʻlaydi va akkreditatsiya standartlarida koʻzda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda, oʻzini-oʻzi baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.

10 ish kunida

IV bosqich

Ishchi organ

1. Tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimi orqali kelib tushgan oʻzini-oʻzi baholash natijalari va ularga biriktirilgan hujjatlarning akkreditatsiya standartlariga muvofiqligini va toʻliqligini oʻrganadi:

a) agar oʻzini-oʻzi baholash natijalari va ularga biriktirilgan hujjatlar nusxalari izchil va toʻliq boʻlsa, Ishchi organ oʻzini-oʻzi baholash va hujjatlarni tekshirish natijalarini koʻrib chiqish uchun xizmat narxini toʻliq toʻlash zarurligi toʻgʻrisida Markazlar yoki Yagona portal orqali akkreditatsiya obyektini xabardor qiladi.

Ariza beruvchi tomonidan toʻlov toʻliq amalga oshirilganidan soʻng murojaat etuvchiga Markazlar yoki Yagona portal orqali tashqi kompleks baholashni oʻtkazish uchun xizmat umumiy narxining kamida 15 foizini oldindan toʻlash sharti bilan elektron shakldagi shartnomani yuboradi;

b) ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan oʻzini-oʻzi baholash natijalar toʻliqsiz va nomuvofiq boʻlganda, ishchi organ oʻzini-oʻzi baholash natijalari qayta koʻrib chiqilgandan soʻng tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga qayta kiritilishi toʻgʻrisida Markazlar yoki Yagona portal orqali murojaat etuvchini xabardor qiladi

v) qayta koʻrib chiqilgandan soʻng ariza beruvchi toʻgʻrilangan va toʻldirilgan maʼlumotlarni tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.


15 ish kunida











1 oy muddat ichida

V bosqich

Ishchi organ

2. Ariza beruvchi tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirganidan soʻng Akkreditatsiya organi rahbarini koʻrsatgan holda ekspertlar guruhining tarkibini buyruq bilan tasdiqlaydi, shuningdek, tibbiyot tashkilotining tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga joylashtiriladigan tashqi kompleks baholash dasturini tuzadi.

3 ish kunida

VI bosqich


Ekspert guruhi





Ekspert guruhi rahbari

1. Joyida tashqi kompleks baholashni oʻtkazadi va tashkilotning boshqa manzilida joylashgan har bir tarkibiy boʻlinmasi, shu jumladan, filiallari boʻyicha natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga alohida-alohida kiritadi.

Maʼlumotlar tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilganidan soʻng standart (blok)lar boʻyicha toʻldirilgan baholash varaqalari ekspert guruhi aʼzolari tomonidan ekspert guruhi rahbariga topshiriladi.

2. Agar oʻtkazilgan tashqi kompleks baholash natijalari boʻyicha akkreditatsiya standartlari talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganda, akkreditatsiya obyektiga ularni bartaraf etish uchun qoʻshimcha muddat beriladi.

Ishchi organga baholash natijalari boʻyicha tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimida shakllantirilgan yakuniy hisobotni yuboradi.

5 ish kunida


3 oy muddat ichida


3 oy muddat ichida

2 ish kunida

VII bosqich

Ishchi organ Akkreditatsiya organi

1. Akkreditatsiya obyektini tashqi kompleks baholash uchun toʻliq toʻlovni amalga oshirish zarurligi toʻgʻrisida Markazlar yoki Yagona portal orqali xabardor qiladi.

2. Tashqi kompleks baholash natijalarini koʻrib chiqish uchun Komissiya muhokamasiga kiritadi.

Komissiya yigʻilishidan soʻng akkreditatsiyalovchi organ akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlaydi.


2 ish kunida



2 ish kunida

VIII bosqich

Ishchi organ

1. Komissiyaning akkreditatsiya guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi qarori haqida akkreditatsiya obyektini xabardor qiladi va akkreditatsiya organi bilan tibbiyot tashkiloti oʻrtasidagi inspeksiya nazoratini amalga oshirish boʻyicha shartnomani Markazlar orqali yoki Yagona portal orqali elektron shaklda yuboradi.


2 ish kunida

2. Inspeksiya nazoratini amalga oshirish boʻyicha shartnoma imzolanganidan soʻng, ishchi organ Nizomga 7-ilovaga muvofiq akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani Markazlar yoki Yagona portal orqali akkreditatsiya obyektiga elektron shaklda yuboradi.

2 ish kunida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

________________
‎(sana)‎

________________
‎(raqam)‎


‎ARIZA
‎I. Ariza mazmuni:

1. Akkreditatsiyani oʻtkazish.
‎2. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish.
‎3. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish (Tashkilotning nomi, pochta manzili, tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda).
‎4. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish.
‎5. Akkreditatsiya sohasini qisqartirish.
‎6. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini toʻxtatib turish (tiklash).
‎7. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish.‎‎

‎‎
‎II. Tibbiyot tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumot:

‎‎1. Yuridik shaxs nomi.
‎2. Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli.
‎3. Pochta manzili.
‎4. Tibbiy faoliyat manzili.
‎5. Elektron pochtasi.
‎6. Telefon raqami.
‎7. Bank muassasasining nomi.
‎8. Bankdagi hisobraqami.
‎9. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (INN).

‎‎
‎III. Ilova qilinadigan maʼlumotlar roʻyxati:

‎‎1. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilish muddati: (bunda litsenziyaning amal qilish muddati 1 yildan kam boʻlmasligi kerak).
‎2. Ilgari berilgan (amalda boʻlgan) akkreditatsiya guvohnomasi boʻyicha maʼlumotlar (uzaytirilgan, qayta rasmiylashtirilgan, kengaygan, qisqartirgan, toʻxtatib turilgan, bekor qilgan).
‎3. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish uchun asos boʻladigan hujjatlar.
‎4. Akkreditatsiya sohasi.

‎‎Ariza beruvchining akkreditatsiya qiluvchi organning tibbiy xizmat sifatini boshqarish axborot tizimiga oʻzini-oʻzi baholash natijalarini kiritishga roziligi, shuningdek, akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligi. Yuridik shaxsning elektron imzosi.

Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Tibbiyot tashkilotini tashqi kompleks baholash dasturi

Sana, vaqt _______ dan _______ gacha.

Amalga oshirilgan choralar

Ekspert familiyasi, ismi,

otasining ismi

Tibbiyot xodimini jalb qilish

(lavozimi koʻrsatiladi)

Talab qilinadigan hujjatlar


Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA

‎Akkreditatsiya standartlariga muvofiqligini baholash varagʻi

‎‎Tibbiyot tashkilotining nomi:__________________________________________________________________

‎Pochta va tibbiy faoliyat manzili: _______________________________________________________________

‎Baholashni oʻtkazish vaqti ________________________________dan _______________________________gacha

‎Akkreditatsiya sohasi__________________________________________________________________________

‎‎Standart nomi

‎‎Standart boʻlimi _____________________________________________________________________________

T/r‎

Bandlari‎‎

Muvofiq‎‎

Nomuvofiq‎‎

Qoʻllanilmaydi‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

...

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Baholashni oʻtkazish natijasi foizlarda___________________________________________________________

‎Baholovchining familiyasi va ismi_______________________________________________________________
‎‎Imzo_________________________
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

‎‎Tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish hisoboti

‎‎Tibbiyot tashkilotining nomi:___________________________________________________________________

‎Akkreditatsiyani oʻtkazish oraligʻi________________________________________________________________

‎Tibbiyot tashkilotining manzili_________________________________________________________________

‎Tibbiyot tashkilotining rahbari_________________________________________________________________

‎Ekspert F.I.O._______________________________________________________________________________

‎Tashqi kompleks baholash natijasi:______________________________________________________________

‎Xulosa:_____________________________________________________________________________________

‎Taklif:_____________________________________________________________________________________




‎‎Ekspert guruhi rahbari F.I.O. va imzosi__________________________________________________________
‎‎20 yil “____” “_____________”
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎‎Tibbiyot tashkiloti rahbari

____________________________________
‎‎(F.I.O.)

‎imzo______________________________

‎ 20___y. “___”_____________

‎‎Tashqi kompleks baholashda aniqlangan akkreditatsiya standartlari
‎talablariga nomuvofiqliklarni bartaraf etish
‎HARAKATLAR REJASI

T/r‎

Akkreditatsiya standartlari talablariga nomuvofiqliklar‎‎

‎‎Bartaraf etish choralari

‎‎Realizatsiya qilish mexanizmlari

‎‎Masʼul shaxslar

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

...

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
7-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

‎Akkreditatsiya guvohnomasi

‎‎__________________________________________________________________________________joylashgan
(tibbiyot tashkilotining pochta manzili)‎

‎‎________________________________________________________________________________
‎(tibbiyot tashkilotining nomi)

‎‎tashqi kompleks baholash natijalari hamda Akkreditatsiya komissiyasining 20___yil “____” _____________dagi
__________ ‎qarori_________________bilan toifasini berish bilan 5 yil muddatga akkreditatsiyadan oʻtgan deb tan olinadi.
‎Ushbu guvohnoma tibbiyot tashkilotining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash sohasidagi akkreditatsiya standartlariga muvofiqlikni tasdiqlaydi

Rahbar_______________________‎
‎‎Guvohnomani berish sanasi 20 ___ “ ___ ” ______________

‎Registratsiya raqami №______________________________.
QR — kod‎
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
8-ILOVA
Inspeksiya nazoratini amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


I bosqich

Akkreditatsiya organi

Baholash boʻyicha ekspertlar guruhining tarkibi va baholashni oʻtkazish vaqtini koʻrsatib, inspeksiya nazoratini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqni chiqaradi;
inspeksiya nazoratini oʻtkazish rejasini tasdiqlaydi.

Reja-jadvalga muvofiq


II bosqich

Ekspert guruhi

1. Joyida baholashni oʻtkazadi.

2. Natijalar asosida tashqi kompleks baholash toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi va ishchi organga taqdim etadi.

10 ish kunida

3 ish kunida


III bosqich

Ishchi organ

1. Baholash natijalarini tegishli qaror qabul qilish uchun akkreditatsiya komissiyasining yigʻilishida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.

2. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini akkreditatsiya obyektiga yetkazadi.

3 ish kunida davomida

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 09/21/16/0037-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 25.07.2024-y., 09/24/444/0546-son)