

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;30.01.1997
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-521441" id="onLBC-521441">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8940"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC9111"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv;</span></div><div id="LBC21083"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-521441" id="onLS-521441">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3739"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Sanoat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-584080" id="-584080">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-584081" id="-584081">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-584083" id="-584083">OʻZBEKISTON GOʻShT VA SUT SANOATI (“OʻZGOʻShTSUTSANOAT”) DAVLAT-AKSIONERLIK UYuShMASINING USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-986163" id="-986163">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-yanvardagi 56-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlarini oʻzgartirish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-406767?ONDATE=30.01.1997 00#-406835">qaroriga</a> muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-584086" id="-584086"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584090" id="-584090">Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584092" id="-584092">Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati davlat aksionerlik uyushmasi “Oʻzgoʻshtsutsanoat”ning ilova qilinayotgan <a href="/mact/-521441#-584102">Ustavi </a>tasdiqlansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-584096" id="-584096">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-584097" id="-584097">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-584099" id="-584099">1993-yil 3-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-584100" id="-584100">199-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-584102" id="-584102"></div></div><div class="APPL_BANNER_PORTRAIT_TITLE"><div name="-584103" id="-584103">Vazirlar Mahkamasining<br />1993-yil 3-maydagi <br />199-son <a href="/mact/-521441#-584080">qarori </a>bilan <br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-584107" id="-584107">Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzgoʻshtsutsanoat”)ning </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-584109" id="-584109">USTAVI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-584111" id="-584111"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-584113" id="-584113">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584115" id="-584115">1. Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzgoʻshtsutsanoat”) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 3-apreldagi UP-588-son <a href="/mact/-189766">Farmoni </a>va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-apreldagi 172-son <a href="/mact/-522512">qaroriga </a>muvofiq tashkil qilingan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584123" id="-584123">2. Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati davlat-aksionerlik uyushmasining tashkil etilishi munosabati bilan, sobiq Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida boʻlgan va keyinchalik tugatilgan “Oʻzgoʻshtsutsanoat” ishlab chiqarish birlashmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584125" id="-584125">3. Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzgoʻshtsutsanoat”), keyingi oʻrinlarda uyushma deb ataladi, goʻshtni sanoat asosida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklar, Chorva mollarini boʻrdoqiga boqish va tayyorlov idoralari, goʻsht va sutni qayta ishlash korxonalari, oʻziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan ishlarni bajaradigan, transport xizmati va boshqa xil xizmatlar koʻrsatadigan, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz faoliyatini amalga oshiradigan mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjaliklarni va korxonalarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584126" id="-584126">4. Uyushma yuridik shaxs hisoblanadi, u oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Ustavga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584130" id="-584130">5. Uyushma tovar-pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqariladigan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakllariga mansub korxonalarni “Korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-132219">Qonuniga </a>asosan barpo etish, ularning faoliyatini qayta tashkil qilish va tugatishning umumiy huquqiy iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584132" id="-584132">6. Uyushma faoliyati foyda olishni oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan taʼminlagan holda ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, qonunlar asosida ularning huquqlarini va masʼuliyatini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584135" id="-584135">7. Hududiy-aksionerlik birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari bilan uyushma oʻrtasidagi munosabatlar Taʼsis shartnomasi va mazkur Ustavga binoan, huquq hamda vakolatlarining bir qismini hududiy-aksionerlik birlashmalarining boshqaruv organlariga berish asosida koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584136" id="-584136">8. Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan muhrga va uyushma ramzi tasvirlangan shtampga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584139" id="-584139">Uyushma Oʻzbekiston Respublikasining bank muassasalarida oʻzining hisob-kitob, valyuta va boshqa hisoblariga, oʻz mulkiga, mustaqil yigʻma balanslariga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-584143" id="-584143">II. Uyushmaning maqsadi va vazifalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584146" id="-584146">9. Samarali va ijtimoiy yoʻnalishga ega boʻlgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini oʻzgartirishning tashkiliy-huquqiy asoslarida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshira borib, respublika xalq xoʻjaligini, aholining goʻsht va sut mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, standartlar talabiga javob beradigan goʻsht mahsulotlarini sanoat asosida yetishtirish hamda goʻsht va sutni qayta ishlashni taʼminlash uyushmaning asosiy maqsadi hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584151" id="-584151">chorva mollarini sanoat asosida boʻrdoqiga boqish, chorva mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilish, goʻsht va sutni qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni saqlash, sotish, kam xarajatli, sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan qayta ishlashning ilgʻor texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni ilmiy asosda ishlab chiqarishga joriy etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584154" id="-584154">respublika Hukumati tasdiqlagan tartibga muvofiq, davlatlararo kelishuvga asosan hamda xoʻjaliklar va boshqa korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha goʻsht va sut tayyorlashni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584157" id="-584157">Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan respublika boʻyicha goʻsht va sut mahsulotlari yetishtirish davlat buyurtmalarining bajarilishini nazorat qilish, isteʼmolchilarga goʻsht va sut mahsulotlarini yetkazib berishni taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584160" id="-584160">davlatlararo tashqi-iqtisodiy aloqalar shartnomalari asosida buyurtmalarni bajarish, toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha ikkilamchi chorva mahsulotlarini kelishilgan baholarda sotish va boshqa zarur oziq-ovqatlarga mahsulot ayirboshlashni mustaqil amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584163" id="-584163">bozor infrastrukturasini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlar firmalari bilan qoʻshma korxonalar va kichik korxonalar tuzish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584165" id="-584165">asosiy fondlar, xomashyo, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, xoʻjaliklar va korxonalarning zararsiz ishlashini, ularning oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan taʼminlay olishni boshqarib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584166" id="-584166">sanoat korxonalari, xoʻjaliklar va tashkilotlarni oʻrash, qadoqlash, qurilish, yonilgʻi va moylash materiallari hamda davlat resurslaridan ajratiladigan ozuqalar bilan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584168" id="-584168">ijtimoiy sohani kompleks rivojlantirish, mehnat jamoalariga tashabbus va tadbirkorlik koʻrsatishlari uchun sharoit yaratish, xoʻjalik yuritishning mustaqilligini rivojlantirish, mehnatga qarab haq toʻlashni, ijtimoiy adolat prinsiplarini izchil amalga oshirish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-584170" id="-584170">III. Uyushmaning huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584172" id="-584172">10. Uyushma oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584174" id="-584174">uyushma iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, ishlab chiqarishning joriy rejalarini belgilaydi va umumlashtiradi hamda ularning bajarilish natijalarini tahlil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584175" id="-584175">mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yuritishda teng huquqlarni va iqtisodiy sharoitlarni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584176" id="-584176">davlat bozorini rivojlantirishga koʻmaklashadi, yakka hokimlikka qarshi tadbirlarni amalga oshiradi, barcha mehnatkashlarning ijtimoiy kafolatlarini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584177" id="-584177">raqobatchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan xatti-harakatlarga ishlab chiqarish kvotalari, sotish va taʼminot bozorlarini boʻlib olish, erkin raqobatni cheklash maqsadida korxonalar oʻrtasida tanho narx-navoni tutib turishga doir har qanday til biriktirishlarga yoʻl qoʻymaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584179" id="-584179">goʻsht va sut mahsulotlari sifatini yaxshilashga qaratilgan tarmoq davlat namunaviy andozalari va texnik shartlarining joriy etilishini va ularga rioya etishni nazorat qilishni taʼminlaydi, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini takomillashtirish ishlarini tashkil etadi va olib boradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584182" id="-584182">kapital mablagʻlardan samarali foydalanishni va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini loyihalashtirishga buyurtmalar berishni hamda ularning moliyaviy taʼminotini, smeta qiymatiga muvofiq korxonalar, binolar va inshoatlarni qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik qayta jihozlash, tayyor smeta hujjatlari va sarvaraq roʻyxatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini, tasdiqlanishini va qayta tasdiqlanishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584184" id="-584184">bitkazilgan qurilish obyektlarini foydalanishga topshirish boʻyicha davlat qabul qilish komissiyalarini belgilangan tartibda tayinlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584186" id="-584186">belgilangan tartibda oʻz tarkibiy boʻlinmalarini, hududiy birlashmalarni tashkil etadi, tugatadi va ularning faoliyatini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584187" id="-584187">respublika Hukumati tasdiqlangan tartibga muvofiq, mustaqil sotish uchun xoʻjaliklar, korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoldiriladigan chorvachilik mahsulotlari hajmini belgilaydi va ularni sanoat korxonalari uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarga mustaqil ayirboshlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584189" id="-584189">tashqi iqtisodiy faoliyatni valyuta bilan oʻzini-oʻzi taʼminlash prinsipi asosida tashkil etadi va amalga oshiradi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584191" id="-584191">kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning yagona tizimini tashkil qiladi, mutaxassislikka oʻqitishning iqtisodiy oʻquv bilan birga olib borilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584194" id="-584194">mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa davlatlarning taʼminot-sotish, tijorat-vositachi tashkilotlari, birlashmalari korxonalari, firmalari bilan bevosita aloqa oʻrnatadi va bitimlar tuzadi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584195" id="-584195">shartnoma asosida mulkchilikning har qanday shaklidan birlashmalar uyushmalar xoʻjaliklar va tashkilotlarni oʻz tarkibiga kiritadi, turli yoʻnalishdagi birjalar va aksionerlik jamiyatlarining muassisi, hammuassisi va aʼzosi boʻladi, boshqa davlatlarda firmalar, qoʻshma korxonalar, vakolatxonalar tashkil qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584197" id="-584197">ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xoʻjalik hisobini shartnoma, moliya va hisob-kitob intizomini mustahkamlash, asosiy fondlar, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanishni yaxshilash, mehnatni va boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etishni joriy etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584199" id="-584199">zamonaviy hisoblash texnikasini qoʻllagan holda moliyaviy markaz boshqaruv tizimini yaratadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584201" id="-584201">belgilangan tartibda kelishilgan holda markazlashtirilgan moddiy, moliyaviy jamgʻarmalarni tashkil etadi hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584202" id="-584202">pul va moddiy boyliklarning saqlanishini yetkazilgan zarar oʻrnining qoplanishini, tejamkorlik rejimiga rioya qilinishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584204" id="-584204">buyurtmalar va uzoq muddatli shartnomalar asosida toʻgʻridan toʻgʻri mahsulot yetkazib beruvchilar bilan isteʼmolchilar oʻrtasidagi mavjud aloqalarni takomillashtiradi hamda samarali xoʻjalik aloqalarini tashkil etish maqsadida aholi zich joylashgan shahar markazlarida maxsus savdo shoxobchalarini koʻpaytirishni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584205" id="-584205">birlashmalar, xoʻjaliklar va tashkilotlar bajarishi shart boʻlgan qoʻllanmalar, yoʻriqnomalar, meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584208" id="-584208">mahsulot ishlab chiqaruvchilarga va isteʼmolchilarga mahsulot joʻnatish uchun ruxsatnoma va qoʻshimcha ravishda litsenziya berishni talab qilmaydigan naryadlar beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-584210" id="-584210">IV. Aksiya va aksiyalashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584212" id="-584212">11. Uyushma xoʻjaliklar, korxonalar va tashkilotlarning aksiyalashtirish mumkin boʻlgan mulklarini qayta baholash Nizomiga asosan qayta baholaydi va aksiyalashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584213" id="-584213">har bir aksiyaning qiymati xoʻjalik korxona va tashkilotlarning faoliyatiga qarab mehnat jamoalari bilan kelishilgan holda uyushma tomonidan belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584216" id="-584216">aksioner tomonidan sotib olingan har bir aksiya unga bir ovoz beruvchining huquqini beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584217" id="-584217">aksioner xoʻjalik korxonalar va tashkilotlar aksiyalarining 51 foizi Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulki hisoblanadi va nazorat qilish paketi davlat aksionerlik uyushmasida saqlanadi, ular tijorat xodimlariga va shaxslarga sotilmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584219" id="-584219">aksioner xoʻjaliklar, korxonalar va tashkilotlarning har bir aʼzosi ixtiyorida davlat-aksionerlik uyushmasi tomonidan chiqarilgan aksiyalardan tashqari, barcha aksiyalarning 10 foizidan ortigʻi jamlanishi mumkin emas;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584220" id="-584220">har bir korxona, xoʻjalik va tashkilot uchun chiqarilgan aksiyalar faqat shu korxona va tashkilot mehnat jamoasining jamoa qaroriga muvofiq yopiq yoki ochiq holda sotiladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-584222" id="-584222">V. Uyushmaning mulki va mablagʻi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584224" id="-584224">12. Uyushma oʻziga korxonalar tomonidan ixtiyoriy ravishda berilgan mulkka egalik qilish, ulardan foydalanish huquqini oʻz faoliyatining maqsadi va vazifalariga qarab amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584225" id="-584225">uyushma faoliyatini amalga oshirish uchun, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, oʻz mablagʻlari, uyushma Kengashi belgilagan miqdordagi va ulushlardagi pay badallari hisobiga ustav jamgʻarmasi tashkil etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584227" id="-584227">uyushma Kengashi ustav jamgʻarmasini koʻpaytiradi va kamaytiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584228" id="-584228">uyushmaning mulki va mablagʻi toʻliq oʻz ixtiyorida boʻladi, ularning boshqalar tomonidan tasarruf qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584229" id="-584229">uyushma oʻz mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan har qanday xoʻjalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584230" id="-584230">ishtirokchi aksioner-korxonalar mulkining 49 foizi uyushmaning mulki hisoblanmaydi, korxonalar ixtiyoriy ravishda hududiy aksioner birlashmalar va uyushmaga bergan mulklar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584231" id="-584231">uyushma va hududiy aksioner birlashmalarning ishchi boshqaruv apparati ularning ishtirokchilari daromadidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga taʼminlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584232" id="-584232">ajratmalardan hosil boʻlgan jamgʻarmalarni va zaxiralarni yoʻnaltirish hamda ulardan foydalanish tartibini uyushma Kengashi belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-584233" id="-584233">VI. Uyushmaning daromadini taqsimlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584245" id="-584245">13. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy soliqlar va toʻlovlar toʻlangandan keyin daromadning qolgan qismi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584246" id="-584246">markazlashtirilgan zaxira va sugʻurta fondlariga ajratmalar uchun birlashma tasarrufidagi korxonalarga, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun shartnoma asosida yoʻnaltiriladigan jamgʻarma fondiga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584247" id="-584247">kam xarajatli yangi texnologiyalarni ilmiy asoslab ishlab chiqarishga joriy qilish, xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqariladigan dastgohlarni xarid qilish va oʻrnatish uchun jamgʻarma fondiga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584248" id="-584248">uyushma va hududiy birlashma ishchi apparati taʼminoti jamgʻarma fondiga taqsimlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584249" id="-584249">14. Aksionyerlarga dividendlar, uyushma balanslari boʻyicha taftish komissiyalarining xulosasidan va hisobot eʼlon qilingandan keyin yil yakuni boʻyicha belgilanadi va toʻlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-584250" id="-584250">VII . Uyushma ishtirokchilari, ularning huquq va vazifalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584251" id="-584251">15. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ustav jamgʻarmasiga oʻz hissalarini moddiy yoki pul shaklida qoʻshgan, uyushma Ustavini tan olgan va uyushma vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish, xoʻjalik va boshqa faoliyatlarni amalga oshirish majburiyatlarini oʻz zimmalariga olgan hududiy birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, shu jumladan, boshqa davlatlarning korxonalari va firmalari uyushmaning ishtirokchilari boʻlishlari mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584252" id="-584252">16. Uyushmaning ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584253" id="-584253">uyushmaning rahbar organlariga oʻzlarining faoliyatlariga doir masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish va bu masalalar uyushmaning rahbar organlari majlislarida muhokama qilinayotganda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584254" id="-584254">yuqori natijalarga erishish hamda uyushmaning hududiy aksionerlik birlashmasi va korxonalarning iqtisodiy foyda olishlari maqsadida uyushma kengashining roziligiga koʻra oʻz imkoniyatlari va mulkning bir qismi bilan boshqa xoʻjalik hamda birlashmalarda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584255" id="-584255">tuzilgan shartnomalarga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotlarni savdo birjasida sotish yoki uyushma bilan kelishilgan holda zarur asbob-uskunalar xomashyo va moddiy resurslarga shartnomaviy narxlarda ayirboshlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584256" id="-584256">xomashyo va materiallar yetkazib beruvchi hamda ulgurji va savdo tashkilotlari bilan hisob-kitob qilishda chek daftarchalaridan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584257" id="-584257">uyushma Kengashlarida koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalarni muhokama qilishda teng huquq bilan ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584258" id="-584258">oʻz korxonasini rivojlantirish uchun uyushmaning ilmiy-texnik ishlanmalaridan, mahsulotlaridan, korxonalari va tashkilotlari xizmatlaridan birinchi navbatda foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584259" id="-584259">oʻz firma belgisida uyushma ramzidan foydalanish, oʻzining firma blanklarida va muhrlarida uyushma tizimiga mansubligini koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584260" id="-584260">mehnat jamoasining qaroriga asosan, tuzilgan shartnomalarga muvofiq, uyushmaning boshqa ishtirokchilari oldidagi majburiyatlarini saqlagan holda, uyushma tarkibidan chiqish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584261" id="-584261">17. Uyushma ishtirokchilarining majburiyatlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584262" id="-584262">uyushmaning Ustaviga rioya qilish, uning rahbar organlari qarorlarini bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584263" id="-584263">oʻz moliya-xoʻjalik va boshqa faoliyatlarini, uyushma vazifalariga muvofiq, uyushmani rivojlantirish bilan iqtisodiy manfaatdorlikni uygʻunlashtirishni taʼminlangan holda amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584264" id="-584264">uyushma Kengashi tomonidan belgilangan moliya fondlariga badallarni belgilangan muddatlarda toʻlash.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-584265" id="-584265">VIII Uyushma ishtirokchilarining javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584268" id="-584268">18. Uyushma ishtirokchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilar uchun javob beradilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584269" id="-584269">oʻz zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584270" id="-584270">umuman uyushmaga zarar keltirilgan faoliyat uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584271" id="-584271">Kengash qarorlarini bajarmaganliklari natijasida sheriklariga yetkazilgan zarar uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584272" id="-584272">Isteʼmolchilarga shartnoma asosida yetkazib beriladigan mahsulotlarini yetkazib bermaganlik uchun.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584273" id="-584273">19. Uyushmaning hududiy aksionerlik birlashmasi rahbarlari Kengash aʼzolari moddiy zarar koʻrishga olib keluvchi oʻz qarorlari uchun intizomiy va moddiy zarar koʻrishga olib keluvchi oʻz qarorlari uchun intizomiy va moddiy javobgarlikka tortiladilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-584274" id="-584274">IX. Uyushmani boshqarish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584275" id="-584275">20. Uyushma demokratik asosda boshqariladi. Uyushmaning Kengashi va boshqaruvi uning rahbar organi hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584276" id="-584276">boshqaruvning yuqori organi uyushma Kengashidir. Kengash tarkibiga hal qiluvchi ovoz berish huquqi bilan hududiy aksionerlik birlashmalari, yirik korxonalar rahbarlari kiradilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584279" id="-584279">uyushma Kengashining majlislari uning raisi tomonidan zaruriyatga koʻra, lekin yilda kamida bir marotaba chaqiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584282" id="-584282">uyushma Kengashining qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va rasmiylashtiriladi. Kengashning har bir aʼzosi bir ovoz berish huquqiga ega. Ovozlar teng boʻlganda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584285" id="-584285">uyushma Kengashida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584290" id="-584290">uyushma fondlari va zaxiralarini takomillashtirish hamda ulardan foydalanish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584293" id="-584293">uyushma xarajatlari va daromadlari smetalarini, ish haqini lavozim maoshlari fondini, xoʻjalik faoliyati natijalari uchun mukofotlash va moddiy ragʻbatlantirish tizimini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584295" id="-584295">yangi aʼzolarini qabul qilish va uyushma aʼzolarining uning tarkibidan chiqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584297" id="-584297">uyushma aʼzolarining qoʻshimcha badallarini maqsadli ishlab chiqarish, moddiy texnika, investitsiya, ijtimoiy taʼminot va tabiatni muhofaza qilish dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584300" id="-584300">hududiy boshqaruv apparatini va xodimlarni mablagʻ bilan taʼminlash fondini, lavozim maoshlarini, xoʻjalik natijalariga koʻra mukofotlash va moddiy ragʻbatlantirish xarajatlarini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584301" id="-584301">boshqaruv qarorlari yuzasidan tushgan shikoyatlar va uning faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni muhokama qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584304" id="-584304">Uyushma Kengashi boshqaruv raisini, uning oʻrinbosarini va Kengash aʼzolarini saylaydi. Kengash raisi ayni bir vaqtda boshqaruv raisi hisoblanadi. Uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584306" id="-584306">21.Uyushma faoliyatiga boshqaruv rahbarlik qiladi va u oʻz zimmasidagi vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi. Boshqaruv Kengashi rais tomonidan zaruriyatga koʻra, lekin oyida kamida bir marta chaqiriladi. Boshqaruv Kengashi qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi, ularni bajarish uyushma aʼzolari uchun majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584308" id="-584308">Uyushma Boshqaruvi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584311" id="-584311">Kengash qarorlarini bajarilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584313" id="-584313">Kengashda koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan barcha masalalarni oldindan ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584316" id="-584316">uyushma faoliyatini istiqbolli rivojlantirish dasturlarini va rejalarini ishlab chiqishni tashkil qiladi va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584317" id="-584317">uyushma nomidan bankdan kredit olish uchun qarorlar qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584319" id="-584319">uyushmani boshqarish va uning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi va ularni Kengashga tasdiqlash uchun kiritadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584320" id="-584320">uyushma tarkibiga kiruvchi hududiy birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning xoʻjalik faoliyati masalalarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584321" id="-584321">ilmiy-texnika hamda konstruktorlik byurosini tashkil etadi va unda ishlaydigan xodimlarni sonini hamda uning shaxsiy tarkibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584322" id="-584322">Boshqaruv raisi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584323" id="-584323">oʻz vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan buyruqlar, farmoyishlar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar chiqaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584324" id="-584324">respublika qonunlari va normativ hujjatlarining, uyushma Kengashi va qarorlarining bajarilishini nazorat qilishni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584325" id="-584325">istalgan davlatlarning yuridik shaxslari bilan munosabatlarda uyushma nomidan ish tutadi va uning nomidan bitimlar, shartnomalar tuzadi hamda shartnomalar tuzish uchun ishonchnomalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584326" id="-584326">uyushma apparatining shtat jadvalini, uning tarkibiy boʻlinmalari haqidagi nizomlarni, hududiy birlashmalar rahbarlarini mukofotlash tizimini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584327" id="-584327">uyushma apparati xodimlarini lavozimiga tayinlaydi va ularni lavozimidan boʻshatadi, lavozim maoshlarini va ularga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584328" id="-584328">Hududiy birlashma va korxonalarning rahbarlarini tayinlaydi va ularni egallab turgan lavozimlaridan boʻshatadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584329" id="-584329">Korxonalar va uyushma huzurida tashkil etiladigan tuzilmalarning ustavlarini tasdiqlaydi, ularga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584330" id="-584330">Ishonchnomalar beradi, pul mablagʻlari va moddiy boyliklar olish uchun hisob-kitob schyotlarini va toʻlov xarajatlarini imzolaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584331" id="-584331">Oʻzi zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajaradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-584332" id="-584332">X. Hisobga olish, hisobot va nazorat</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584333" id="-584333">22. Uyushma buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584334" id="-584334">Belgilangan tartibda moliya-xoʻjalik faoliyatining barcha turlari boʻyicha hisobotni taqdim etadi, hisobot va balanslarning ishonchligini taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584335" id="-584335">23. Uyushma amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, oʻz tarkibidagi hududiy birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy-iqtisodiy va xoʻjalik faoliyatini kompleks taftish qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584336" id="-584336">24. Uyushma taftish komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, ushbu Ustav, materiallar va shartnoma intizomi, uyushma aʼzolarining takliflari, mehnatkashlarning ariza va shikoyatlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584337" id="-584337">Uyushmaning taftish komissiyasiga raisi rahbarlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584338" id="-584338">Taftish komissiyasining raisi Kengash tomonidan saylanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584339" id="-584339">Taftish komissiyasi Kengash oldida hisob beradi va oʻz ishining natijalari haqida boshqaruvga axborot berib turadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584340" id="-584340">25. Uyushmaning mansabdor shaxslari davlat hisobotlarini buzib koʻrsatganliklari uchun respublika qonuni bilan belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-584341" id="-584341">XI. Uyushma faoliyatini tugatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-584342" id="-584342">26. Uyushmani tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
