1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining KONSTITUTSIYAVIY qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Konstitutsiyaviy Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 435-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga navbatdagi saylov hamda Qonunchilik palatasini shakllantirish yakunlari asosida amalga kiritilgan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti]
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) maqomini belgilash, Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etishga va uning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) hamda boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligiga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Qonunchilik palatasi
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasidir.
Qonunchilik palatasi saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat.
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat koʻrsatishiga asoslanadi.
Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazish tartibi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati]
Qonunchilik palatasining vakolat muddati — besh yil.
Vakolat muddati tugagach, Qonunchilik palatasi yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi ish boshlagunga qadar oʻz faoliyatini davom ettirib turadi.
6-modda. Qonunchilik palatasi deputati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.09.00.00 Deputatlar va Senat aʼzolari / 01.09.02.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining maqomi]
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.09.00.00 Deputatlar va Senat aʼzolari / 01.09.01.00 Deputatlar va Senat aʼzolarini saylash va tayinlash;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.09.00.00 Deputatlar va Senat aʼzolari / 01.09.02.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining maqomi]
Ayni bir shaxs bir paytning oʻzida Qonunchilik palatasi deputati va Senat aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi deputatlari oʻz vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas.
Qonunchilik palatasi deputati daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Qonunchilik palatasining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tomonidan beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi deputatiga uning deputatlik faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 104-moddasining birinchi qismi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti.
Qonunchilik palatasi deputatining vakolatlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi deputatining maqomi qonun bilan belgilanadi.
7-modda. Qonunchilik palatasi hujjatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti]
Qonunchilik palatasi oʻzining vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek palataning ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi umumsiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar yuzasidan bayonotlar va murojaatlar bilan chiqishi mumkin, ular palataning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Qonunchilik palatasi qarorlari, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
II. QONUNCHILIK PALATASINING VAKOLATLARI VA FAOLIYATINING TASHKILIY SHAKLLARI
8-modda. Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari
1) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;
2) Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarini hamda qonunlarini qabul qilish, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;
3) Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisida va uni oʻtkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining hokimiyat tarmoqlari tizimini hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilash;
6) Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yoʻli bilan tartibga solish;
8) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni joriy qilish;
9) Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yoʻli bilan tartibga solish, chegaralarini oʻzgartirish;
10) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini oʻzgartirish;
11) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat qilish;
12) davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish;
13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
16) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili va uning oʻrinbosarini saylash;
17) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish;
18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
20) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya va denonsatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
21) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Qonunchilik palatasida, soʻngra Senatda koʻrib chiqiladi.
9-modda. Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari
Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari jumlasiga:
1) Qonunchilik palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
3) Reglamentni hamda oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish;
4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlarini qabul qilish kiradi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti]
Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning Qonunchilik palatasi sessiyalari davrida oʻtkaziladigan majlislaridir.
Navbatdagi sessiyalar, qoida tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi saylovdan soʻng ikki oydan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.
Qonunchilik palatasining birinchi majlisini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Qonunchilik palatasi Spikeri saylangunga qadar unda raislik qiladi.
Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi raislari, Bosh prokuror ishtirok etishlari mumkin.
Qonunchilik palatasi majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi majlislari ochiq va oshkora oʻtkaziladi.
Zarurat boʻlganda, Qonunchilik palatasi yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi majlislarini tashkil qilish va oʻtkazish tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
11-modda. Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlislari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.02 Oliy Majlis Senati Reglamenti;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati;
4.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti]
Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq soʻzlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq soʻzlaganda oʻtkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qoʻshma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham oʻtkazilishi mumkin.
Palatalarning qoʻshma majlisi ochiq va oshkora oʻtkaziladi.
Palatalarning qoʻshma majlisi, agar unda tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Palatalarning qoʻshma majlislarida, agar qoʻshma majlisda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbatma-navbat raislik qiladi.
Palatalarning qoʻshma majlisida eshitilgan masalalar muhokamasi natijalari yuzasidan palatalarning qoʻshma qarori qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berish, qoida tariqasida, alohida-alohida oʻtkaziladi.
12-modda. Parlament soʻrovi
Qonunchilik palatasi va Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan parlament soʻrovi yoʻllashga haqli.
Parlament soʻroviga javobni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan muddatlarda Qonunchilik palatasi majlislarida beradilar.
III. QONUNCHILIK PALATASI SPIKERI VA UNING OʻRINBOSARLARI. QONUNCHILIK PALATASI KENGASHI, QOʻMITALARI VA KOMISSIYALARI
13-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.03 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari]
Saylovdan keyingi birinchi majlisda Qonunchilik palatasining deputatlari orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolat muddatiga Qonunchilik palatasi Spikeri saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerligiga nomzod koʻrsatish va saylash tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻz vazifasini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi hamda siyosiy partiya fraksiyasi (bundan buyon matnda fraksiya deb yuritiladi) va deputatlar guruhi tarkibiga kirishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi Spikeri Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlarining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
14-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.03 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari]
Qonunchilik palatasi Spikeri:
1) Qonunchilik palatasi va uning Kengashi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
3) Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlarni maʼqullash uchun Senatga yuboradi;
4) Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
5) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
6) Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
7) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
8) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining ustavlarini va tahrir hayʼatlari tarkibini hamda ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;
9) Kengash bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi;
10) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
11) Senat, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish koʻradi;
12) Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlarini imzolaydi;
13) Qonunchilik palatasi devoni faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, deputatlar va Qonunchilik palatasi devoni ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Qonunchilik palatasi Reglamentida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻzining vakolatiga taalluqli masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishga haqli.
15-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasi vakolati muddatiga saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarligiga nomzodlar koʻrsatish va saylash tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshirigʻiga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va Qonunchilik palatasi Spikeri yoʻqligida yoki oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda uning vazifasini bajarib turadi.
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi hamda fraksiya va boshqa deputatlar birlashmasi tarkibiga kirishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali tashkil etish, palata qoʻmitalari ishini muvofiqlashtirib borish, qonun loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda koʻrib chiqishni tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi.
Qonunchilik palatasi Kengashi palata majlislari oraligʻida zaruratga qarab toʻplanadi.
Qonunchilik palatasi Kengashining tarkibiga Qonunchilik palatasi Spikeri, uning oʻrinbosarlari, fraksiyalar va deputatlar guruhlarining rahbarlari, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining raislari kiradi.
Qonunchilik palatasi Kengashi oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
17-modda. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarini saylash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.05 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari]
Qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan rais, uning oʻrinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar saylanadi.
Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiya yoki guruhga mansubligini hamda saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadilar.
Qoʻmita tarkibiga saylanmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari Qonunchilik palatasi oldida masʼul va unga hisobdordir.
18-modda. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining vakolatlari
1) oʻz tashabbusi bilan yoki Qonunchilik palatasining topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda oʻzining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasi boshqa qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi;
2) qonun loyihalarining dastlabki tarzda koʻrib chiqilishini va ularni Qonunchilik palatasida koʻrib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi;
3) qonunlarning loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda uni rad etish toʻgʻrisida Kengashga takliflar kiritadi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar beradi;
5) Qonunchilik palatasining topshirigʻiga yoki palata Kengashining tavsiyasiga binoan muayyan qonun loyihasi yoki palata vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan masʼul boʻladi;
6) kiritilgan qonun loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlarini jalb etadi;
7) qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari vakillarining ular tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi;
8) kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar matniga oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
9) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi;
10) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa qonun hujjatlari hamda qoʻmitalarning qarorlari ular tomonidan qanday bajarilayotgani haqidagi axborotlarini eshitadi.
19-modda. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining ishini tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.05 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari]
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari ishni oʻz rejalariga, shuningdek Qonunchilik palatasi, uning Spikeri va Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
20-modda. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.05 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari]
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislari palata majlislari oraligʻida zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislari, agar ularda qoʻmita aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganida Qonunchilik palatasi qoʻmitalari yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Qoʻmitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
21-modda. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining qarorlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.05 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari]
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qoʻmita jami aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan koʻrib chiqilishi shart, natijalari yoki koʻrilgan choralar toʻgʻrisida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, uzogʻi bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak.
22-modda. Qonunchilik palatasi komissiyalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.05 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari]
Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.
Komissiyalar Qonunchilik palatasi majlisida Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tuziladi. Ayni paytda komissiyani tuzishdan koʻzlangan maqsad va uning vakolatlari belgilanadi.
Komissiyalar oʻz faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin yoki Qonunchilik palatasining qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatadi.
Komissiyalarni tashkil etish va ularning faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari siyosiy, professional va boshqa asosda fraksiyalar va deputatlar guruhlari shaklida deputatlar birlashmalarini tuzishi mumkin.
Fraksiya siyosiy partiyadan koʻrsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan deputatlar birlashmasidir.
Deputatlar guruhlarini Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan, siyosiy partiyadan koʻrsatilmagan deputatlar tuzishga haqli.
Qonunchilik palatasi deputatining fraksiyaga yoki deputatlar guruhiga kirishi toʻgʻrisidagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasining deputati faqat bir fraksiya yoki deputatlar guruhining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin yoki hech bir fraksiya yoxud deputatlar guruhiga kirmaslikka haqli.
Qonunchilik palatasining kamida toʻqqiz nafar deputati fraksiya yoki deputatlar guruhini tuzish huquqiga ega.
Fraksiyalar va deputatlar guruhlari roʻyxatdan oʻtishi kerak. Qonunchilik palatasining majlisida fraksiya va deputatlar guruhining rahbari yoki boshqa vakili tegishincha fraksiya yoki deputatlar guruhi tuzilgani haqida palataga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
Qonunchilik palatasi fraksiya va deputatlar guruhi tuzilgani toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
1) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikr-mulohazalar kiritadi;
2) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan muzokaralarda fraksiya, deputatlar guruhi vakiliga kafolatlangan tarzda soʻz berilishi huquqidan foydalanadi;
3) kelishuv komissiyasi va boshqa komissiyalar tuzish toʻgʻrisida masala qoʻyadi;
4) Qonunchilik palatasi majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi;
5) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fraksiyaning, deputatlar guruhining fikrini Qonunchilik palatasi deputatlari oʻrtasida tarqatadi;
8) hukumat aʼzolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish toʻgʻrisida masala qoʻyadi;
9) fraksiyaning, deputatlar guruhining faoliyati uchun zarur materiallar va hujjatlarni davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi;
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollardan tashqari, tegishli siyosiy partiyaning faoliyati tugatilgan taqdirda ham fraksiya tarqatib yuboriladi.
V. QONUN LOYIHALARINI KOʻRIB CHIQISH. KELISHUV TARTIB-QOIDALARI
Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, oʻz davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirish, shuningdek budjet moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda kiritilishi mumkin.
28-modda. Qonun loyihasining Qonunchilik palatasi qoʻmitasi tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilishi
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilganidan keyin Qonunchilik palatasi Spikeri uni dastlabki tarzda koʻrib chiqishni amalga oshiradigan masʼul qoʻmitani belgilaydi.
Qonun loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish natijalari asosida masʼul qoʻmita uni Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish yoki qonun loyihasini kiritgan organga (shaxsga) qaytarish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi Kengashi oldiga masala qoʻyadi.
Agar kiritilgan qonun loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Qonunchilik palatasi Reglamentiga muvofiq boʻlmasa, Qonunchilik palatasi Kengashi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
29-modda. Qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, bir necha oʻqishda koʻrib chiqadi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish, unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish hamda unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi talab qilinadi.
Ovoz berish ochiq yoki yashirin boʻlishi mumkin.
Ovoz berishning shakli va usuli toʻgʻrisidagi qaror Qonunchilik palatasi tomonidan Qonunchilik palatasi majlisida hozir boʻlgan deputatlarning koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay Senatga yuboriladi.
Senat qonunni maʼqullash yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi.
Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni yana maʼqullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda Qonunchilik palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash va eʼlon qilish uchun yuboriladi.
30-modda. Kelishuv komissiyasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.05 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari]
Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Kelishuv komissiyasining har bir palatadan koʻrsatilgan aʼzolari oʻz tarkibidan koʻpchilik ovoz bilan komissiyaning hamraisini saylaydi.
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir eʼtirozini alohida-alohida koʻrib chiqadi. Kelishuv komissiyasi qonunning Senat eʼtiroz bildirmagan ayrim moddalari tahririni oʻzgartirish toʻgʻrisida, agar bunday oʻzgartirishni Senatning takliflari asosida ishlab chiqilgan qonun moddalarining tahriri taqozo etadigan boʻlsa, qaror qabul qilishga haqli.
Kelishuv komissiyasi ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan xulosa qabul qilinadi.
Kelishuv komissiyasini tuzish tartibi, komissiyaning tarkibi va ishi Reglamentda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 8-noyabrdagi 152-I-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 3-dekabrdagi 112-I-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish Tartibi.
31-modda. Kelishuv komissiyasining takliflarini koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.05 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari]
Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining xulosasi taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uning takliflarini koʻrib chiqishi va qaror qabul qilishi kerak.
Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining takliflari yuzasidan deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Bunday hollarda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi va maʼqullash uchun Senatga yuboriladi.
Agar Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi uni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilmasa va Senatning qonunni rad etish toʻgʻrisidagi qaroriga rozi emasligini bildirsa, qonun avvalgi qabul qilingan tahririda ovozga qoʻyiladi.
Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni yana maʼqullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda Qonunchilik palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash va eʼlon qilish uchun yuboriladi.
Senat tomonidan maʼqullangan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga oʻn kun ichida yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun oʻttiz kun ichida imzolanadi va eʼlon qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oʻz eʼtirozlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunning Qonunchilik palatasida qayta koʻrib chiqilishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasida qayta koʻrib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
1) qonunni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda qabul qilish;
2) qonunni bundan buyon koʻrib chiqmaslik;
3) qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda maʼqullash.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan maʼqullansa, Senatga maʼqullash uchun yuboriladi.
34-modda. Qonunchilik palatasini tarqatib yuborish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida quyidagi hollarda tarqatib yuborilishi mumkin:
Qonunchilik palatasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoki u bir necha marta Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;
Qonunchilik palatasi bilan Senat oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda.
Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasi favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatilishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi, uning organlari va mansabdor shaxslari, shuningdek deputatlar birlashmalari faoliyatining tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.07 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni]
Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyatining tashkiliy, axborot, moddiy-texnika taʼminotini Qonunchilik palatasi devoni amalga oshiradi.
Qonunchilik palatasi devoni tuzilmasi, shtatlari, xodimlarining mehnat haqi miqdori va moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasi devoni xodimlarining mehnatga oid munosabatlari Qonunchilik palatasining vakolat muddatiga bogʻliq boʻlmaydi.
Qonunchilik palatasi devoni yuridik shaxs hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi devonining tashkil etilishi va faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadigan Nizomda belgilanadi.
37-modda. Qonunchilik palatasi faoliyatini moliyalashtirish
Qonunchilik palatasi faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
38-modda. Qonunchilik palatasining matbuot organlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti]
Qonunchilik palatasi oʻz matbuot organlariga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 12-dekabr,
434-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 215-modda, 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 153-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2011-y., 16-son, 160-modda; 2014-y., 16-son, 177-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 28.08.2019-y., 03/19/557/3657-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 31.07.2025-y., 03/25/1077/0674-son)