

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                        <div class="act_warning">
                            <a href="/mact/-8306415">
                                Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
                            </a>
                        </div>
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5194165" id="onLBC-5194165">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7352"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.07.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning boshqa masalalari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-5194165" id="onLS-5194165">[<b>TSZ:</b><div id="LS3704"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-5195902" id="-5195902">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5195903" id="-5195903">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-5195905" id="-5195905">Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5195907" id="-5195907"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195911" id="-5195911">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6000-son <a href="/mact/-4829149">Farmoni</a> hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4730-son <a href="/mact/-4828880">qarori </a>ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195912" id="-5195912">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son <a href="/mact/-4829149">Farmoni</a> bilan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilganligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son <a href="/mact/-4828880">qarori</a> bilan quyidagilar uni moliyalashtirish manbalari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195913" id="-5195913">fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarida nazarda tutilgan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195915" id="-5195915">oʻz faoliyatidan olgan mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195917" id="-5195917">xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5200116" id="-5200116">qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195929" id="-5195929">2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195931" id="-5195931">moddiy madaniy meros, shu jumladan, arxeologiya merosi obyektlari, muzey ashyolari va kolleksiyalari hamda madaniy boyliklarni ularning tarixiy-madaniy qimmati va noyobligini saqlagan holda konservatsiyalash, tuzatish, taʼmirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish, shuningdek, ular bilan bogʻliq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195932" id="-5195932">moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari kadastr hujjatlari va uning qoʻriqlanadigan tegralari loyihalarini, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, shu jumladan, YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarni boshqarish rejalari va merosga boʻlgan taʼsirini baholash hisobotlarini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195933" id="-5195933">moddiy madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ularning oʻziga xos jihatlarini inobatga olgan yangi usul, material va texnologiyalarni ishlab chiqish, bu boradagi xorijiy ilgʻor tajribalarni chuqur oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish, yodgorliklarni muzeylashtirish, muzeylar ekspozitsiyalarini yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195934" id="-5195934">madaniy merosni, shu jumladan, nomoddiy madaniy merosni va alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni ilmiy oʻrganish, hujjatlashtirishda ishtirok etish, shuningdek, ularni muhofaza qilish, ommalashtirish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish, sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195938" id="-5195938">3. Belgilab qoʻyilsinki, Institut direktori Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195943" id="-5195943">4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddatda Institutning ustavini, Institut daromadlarini inobatga olgan holda uning tuzilmasi hamda xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195944" id="-5195944">5. Institutga uning oʻz daromadlari hisobidan 1 ta yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195946" id="-5195946">6. Institut Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Oʻzgarish koʻchasi, 18-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5195947" id="-5195947">7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5195950" id="-5195950">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5195953" id="-5195953">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5195954" id="-5195954">2020-yil 29-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-5195956" id="-5195956">814-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-5200106" id="-5200106">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2020-y., 09/20/814/1694-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
