1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yuridik shaxslar tomonidan qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berishga doir talablar va shartlarni, shuningdek, ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish hamda ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini nazorat qilish tartibini nazarda tutuvchi Yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Jismoniy shaxslarga qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berishga doir talablar va shartlarni, shuningdek, ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish hamda ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini nazorat qilish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
ushbu qaror qabul qilinguniga qadar qurol muomalasi sohasidagi harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar ularning amal qilish muddati tugagunicha haqiqiy hisoblanadi;
ushbu qaror kuchga kirganidan keyin uch oy ichida “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslardagi mavjud pnevmatik qurollar ichki ishlar organlarida roʻyxatga qoʻyiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
ushbu qarorning maqsadi, mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish boʻyicha tadbirlar tashkil etilishini hamda amalga oshirilishini taʼminlasin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-dekabr,
810-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son qaroriga
1-ILOVA
Yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish, qurolni va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar) qurol va uning oʻq-dorilarining, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlarni olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ariza beruvchi — qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlarni olish uchun hujjatlarni taqdim etuvchi yuridik shaxs;
kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilari — kolleksiyalash obyektlari hisoblangan oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning oʻq-dorilari;
koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilari — koʻrgazma obyektlari hisoblangan oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning oʻq-dorilari;
qurolxona — qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan, texnik jihatdan mustahkamlangan, qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyasi hamda qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari va jismoniy himoyaning boshqa vositalari bilan maxsus jihozlangan alohida inshoot (ombor, xona);
tir — sport musobaqalarini, oʻquv-mashq yigʻinlari va oʻquv oʻq otish mashqlarini oʻtkazishga, qurolni tekshirishga, shuningdek, koʻngilochar maqsadlarda fuqaroviy va xizmat oʻqotar qurolidan, ogʻiz qismidagi quvvati 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolidan, ogʻiz qismidagi quvvati 3 jouldan yuqori boʻlgan pnevmatik sport qurolidan, sport uloqtirish qurolidan harakatlanmaydigan hamda harakatlanuvchi nishonlarga qarata oʻq otish uchun maxsus moʻljallangan (jihozlangan) muhandislik-qurilish inshooti;
oʻq otish stendi — sport musobaqalari va oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazishga, shuningdek koʻngilochar maqsadlarda silliq stvolli oʻqotar ov va silliq stvolli oʻqotar sport qurolidan uchar nishonlarga qarata oʻq otish uchun maxsus moʻljallangan (jihozlangan) muhandislik-qurilish inshooti;
oʻq otish maydoni — bir necha tir va (yoki) oʻq otish stendlaridan tashkil topgan majmua.
3. Quyidagi ruxsatnomalar yuridik shaxslarga qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar hisoblanadi:
a) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir;
b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir;
v) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini saqlashga doir;
g) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashishga doir;
d) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalashga doir;
e) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir;
j) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir;
z) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir;
i) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir.
4. Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsatnomalar berish, berishni rad etish, ruxsatnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish hamda ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qabul qilinadi.
Ushbu Nizom 3-bandining “a” — “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan ruxsatnomalar qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash joyi joylashgan hudud boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti (“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati “Uzbekistan airways technics” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida joylashgan idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalariga, “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatining “I. Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” masʼuliyati cheklangan jamiyatning oʻz tarkibida ornitologiya xizmatiga ega boʻlgan ruxsat berish va obyekt ichki rejimini nazorat qilish otryadlariga nisbatan), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari tomonidan beriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 37-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/37/0063-son)
Ushbu Nizom 3-bandining “j”, “z” va “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti jamoat tartibini saqlash xizmati tomonidan beriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
5. Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasidagi ruxsatnomalar ushbu Nizomga 2 — 8-ilovalardagi shakllarga muvofiq beriladi hamda yuridik shaxslar tomonidan quyidagi harakatlarni bajarish va (yoki) quyidagi faoliyatni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi:
fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish boʻyicha;
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha;
fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini qurolxonada saqlash boʻyicha;
fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini tirlar, oʻq otish stendlari va oʻq otish maydonlarida (keyingi oʻrinlarda — oʻq otish obyektlari) saqlash boʻyicha;
fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini vakolatli organlar roʻyxatga olgan joyda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududi doirasidan tashqarida tashish boʻyicha;
qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash boʻyicha;
qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish boʻyicha;
fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish boʻyicha;
sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib chiqib ketish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlash boʻyicha;
fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish boʻyicha;
sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qayta olib kirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish boʻyicha;
fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha.
6. Quyidagilar vakolatli organlarning ruxsatnomalarisiz amalga oshiriladi:
a) ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan kam va kalibri 4,5 millimetrgacha boʻlgan pnevmatik ov quroli hamda ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan kam boʻlgan pnevmatik sport quroli, shuningdek, koʻrsatilgan qurolning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish;
signal beruvchi qurolni va tigʻli sovuq ov qurolini — maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar va ovchilik sohasida faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar tomonidan;
signal beruvchi qurolni, tigʻli sovuq ov qurolini hamda tigʻli sovuq va uloqtirish sport qurolini — fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan;
tigʻli sovuq va uloqtirish sport qurolini — otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan;
v) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish — fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan;
g) quyidagilarni tashish:
vakolatli organlarda roʻyxatga olingan qurol va uning oʻq-dorilarini — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududi doirasida, mazkur qurol va uning oʻq-dorilarini vakolatli organlar roʻyxatga olgan joyda;
vakolatli organda roʻyxatga olinmaydigan qurol va uning oʻq-dorilarini — signal beruvchi qurolni, tigʻli sovuq ov qurolini, tigʻli sovuq va uloqtirish sport qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan kam va kalibri 4,5 millimetrgacha boʻlgan pnevmatik ov qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan kam boʻlgan pnevmatik sport qurolini hamda uning oʻq-dorilarini;
d) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish hududlarida joylashgan xonalar, savdo zallarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish.
Joʻnatuvchilari yoki oluvchilari chet el davlatlarining Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining, chegara xizmatlari, xavfsizlik organlari va boshqa harbiylashtirilgan davlat tuzilmalari boʻlgan fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini tranzit qilish maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qarori.
2-bob. Ruxsat berishga doir talablar va shartlar
7. Quyidagilar qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berishga doir talablar va shartlar hisoblanadi:
a) fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi qonun va normativ hujjatlarga, yongʻinga qarshi, ekologiya, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini taʼminlash;
b) qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, saqlashda ularning xavfsizligini va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgandan soʻng ularni qurolxonaga joylashtirish, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilaridan begona shaxslar foydalanishini istisno etishga qaratilgan rejim va boshqa choralarni koʻrish;
v) quyidagilar muomalasi sohasida harakatlarni bajarishga va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik:
“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 9-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari;
shikastlovchi taʼsiri radioaktiv nurlanish, kimyoviy va biologik (bakteriologik) omillardan foydalanishga yoki elektromagnit, nur, issiqlik, infratovush, ultratovush nurlanishdan foydalanishga asoslangan kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari;
g) ruxsatnomada koʻrsatilgan qurol va uning oʻq-dorilari doirasida, shuningdek, ruxsatnomada koʻrsatilgan qurol va uning oʻq-dorilariga nisbatan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish;
d) qurolning individual (turi, xili, modeli, zavod seriyasi va raqami, chiqarilgan yili), uning oʻq-dorilarining esa jamlanma (turi, kalibri, partiyasi va miqdori boʻyicha) hisobini yuritish, ularning mavjudligini, kirim-chiqimi hamda foydalanish uchun berish-qabul qilib olishni nazorat qilib borish, shuningdek, hisobga olish hujjatlarini oʻn yil mobaynida saqlash;
e) qurol va uning oʻq-dorilari sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilayotgan xodimlar orasida quyidagi shaxslar boʻlmasligini taʼminlash:
j) yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklangan xodimlarni belgilash:
ruxsatnomada koʻrsatilgan tegishli (saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish) faoliyat turini amalga oshirishda qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi, belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini va hisobga olinishini taʼminlash boʻyicha;
ruxsatnomada koʻrsatilgan tegishli (olish, realizatsiya qilish, avtomobil transportida tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish) harakatni bajarishda qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash boʻyicha;
z) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilgan xodimlarning qurolga egalik qilishiga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligiga qaratilgan tibbiy tekshiruvdan muntazam ravishda (yiliga bir marta) oʻtkazishni tashkil etish;
i) hisobot yilidan keyingi yilning birinchi oyi oʻninchi sanasidan kechiktirmay qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilgan, shuningdek qoʻriqlash (xavfsizlik) xizmati (mavjud boʻlsa) xodimlarining roʻyxatini vakolatli organga taqdim etish;
k) qurol va uning oʻq-dorilarini olish, saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oʻttiz ish kunidan oldin, qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish, tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnomalar muddatini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni esa ularning muddati tugashidan kamida oʻn ish kunidan oldin vakolatli organga taqdim etish;
l) vakolatli organ yoki sudning ruxsatnomaning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsatnomalarni vakolatli organga qaytarish;
m) qurol toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun vakolatli organlar xodimlarining qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan obyektlar hududiga hamda joylarga soat 6-00 dan 22-00 gacha moneliksiz kirishini taʼminlash, tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish.
8. Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida aniq harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:
a) fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini olish boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini faqat fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali olish;
qurol va uning oʻq-dorilari olingandan soʻng oʻn kun muddatda ularni saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarni rasmiylashtirish (qurol va uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish) uchun zarur boʻlgan hujjatlarni vakolatli organga taqdim etish;
b) fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilish;
qurol va uning oʻq-dorilari realizatsiya qilingandan soʻng oʻn kun muddatda ularni saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaga oʻzgartirishlar kiritish uchun tegishli hujjatlarni (qisman realizatsiya qilinganda), shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaning aslini (toʻliq realizatsiya qilinganda) vakolatli organga taqdim etish;
v) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini qurolxonada saqlash boʻyicha:
fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini, portlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash talablarga muvofiq egalik yoki boshqa huquq asosida yuridik shaxsga tegishli moddiy-texnik bazaning (maxsus jihozlangan bino, inshoot, xona, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi hamda videokuzatuv tizimlari, seyflar va metall shkaflar) mavjudligi;
qurolxonalarni jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlash va oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulanishini taʼminlash;
qurol va uning oʻq-dorilarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilab berilgan joylardagi doimiy ravishda joylashgan statsionar turdagi bino va inshootlarda hamda ruxsatnomada koʻrsatilgan joyda (manzilda) saqlash;
qurol va uning oʻq-dorilarini qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda oʻqsizlantirilgan holda saqlash;
qurolni, uning oʻq-dorilaridan alohida (alohida seyf yoki metall shkaflarda) saqlash, maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno;
qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki rejani ishlab chiqish;
g) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyektlarining hududida saqlash boʻyicha:
oʻq otish obyektini unda foydalaniladigan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarining turi, xili va kalibrining oʻq otish uzoqligini inobatga olgan holda, fuqarolar xavfsizligini va ular mol-mulkining himoyasini taʼminlovchi hamda obyekt hududidan tashqaridagi obyektlarga ziyon yetkazishini istisno etuvchi (xavfsiz hududda) aholi yashash joylaridan, yashash, maʼmuriy, ishlab chiqarish binolari, inshootlari va imoratlaridan tegishli masofasida joylashtirish;
foydalaniladigan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari turi, xili va kalibrining taktik-texnik tavsiflarini inobatga olgan holda oʻq otish obyektini quyidagilar bilan jihozlash:
oʻq oʻtkazmaydigan devorlar va shiftlar (yopiq turdagi tirlar uchun);
oʻq oʻtkazmaydigan devorlar va shift qismida koʻndalang tarzda jihozlangan oʻqni ushlab qolish moslamalari (yarim ochiq turdagi tirlar uchun);
oʻq otish yoʻnalishida (nishon hududida) va yon tomonida ularning ortidagi shaxslarga oʻq tegishining oldini oluvchi oʻqni qabul qilish (himoya qilish) tuproq doʻngiligi (ochiq turdagi tirlar va oʻq otish stendlari uchun);
xavfsiz hudud boʻylab tashqi toʻsiqlar (ochiq turdagi tirlar va oʻq otish stendlari uchun);
xalqaro va milliy sport federatsiyalari (tashkilotlari) standartlariga muvofiq texnik tavsiflarga ega nishonni joylash va uzatish uskunalari, oʻq otish joyidagi toʻsiqlar va boshqa oʻq otish anjomlaridan foydalanish;
foydalaniladigan fuqaroviy va xizmat qurolining turi, xili va kalibrini hamda oʻq-dorilarning turi va kalibrini vakolatli organ bilan kelishish;
oʻq otish obyekti hududida ruxsat berish va obyekt ichki rejimining amalga oshirilishini, qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berish-qabul qilib olinishini, hisobi yuritilishini, olib yurilishini va xavfsiz foydalanishini taʼminlash tartibiga oid ichki yoʻriqnoma ishlab chiqish;
oʻq otish obyekti hududida ruxsat berish va obyekt ichki rejimini amalga oshirish;
soyli stvolli sport oʻqotar qurolidan yoki ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolidan, shuningdek, tigʻli sovuq sport qurolidan hamda sport uloqtirish qurolidan oʻq otish obyektlaridan tashqarida foydalanishni istisno etish, hayvonot dunyosi obyektlarini harakatsizlantirish va emlash bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot hamda profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun kamonlar va arbaletlardan foydalanish bundan mustasno;
sport oʻqotar qurolini, shu jumladan soyli stvolli sport oʻqotar qurolini va uning oʻq-dorilarini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, shu jumladan pnevmatik kalta stvolli sport qurolini, shuningdek, tigʻli sovuq sport va sport uloqtirish qurolini oʻq otish obyektlari hududida jihozlangan qurolxonalardagi qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash;
shtatda xalqaro va milliy sport federatsiyalari (tashkilotlari) malaka talablariga javob beradigan, foydalaniladigan qurol turlaridan otish boʻyicha shu yoʻnalishdagi maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarning (trenerlar, instruktorlarning) mavjudligi;
qurol va uning oʻq-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya qilish boʻyicha fuqarolar bilan majburiy dastlabki yoʻriqnoma oʻtkazish (sport tashkilotlarida otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslar bundan mustasno);
sport tashkilotlarida otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslarni qurol va uning oʻq-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalari boʻyicha oʻqitish hamda ushbu qoidalarni bilishi yuzasidan tegishli tekshiruvdan oʻtganligi toʻgʻrisida hujjat berish (sport quroli uchun);
d) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini avtomobil transportida tashish boʻyicha:
qurol va uning oʻq-dorilarini shahar jamoat transportida, shuningdek shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro avtomobil transportida tashishga yoʻl qoʻymaslik;
tashish uchun tuzilishi yukni begona shaxslarning koʻrishi va unga kirishi imkoniyatini istisno etadigan texnik jihatdan soz transport vositalarini ajratish;
qurolni va uning oʻq-dorilarini zavod oʻrovida yoxud soʻrgʻichlangan yoki plombalangan maxsus (moslashtirilgan) idishda tashish;
qurolni oʻq-dorilaridan alohida, oʻqsizlantirilgan holatda tashish;
tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻnalishda but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxsning masʼul xodimlari tomonidan kuzatib borish (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi ostida tashish bundan mustasno);
oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotganda, ularning Milliy gvardiya, ichki ishlar organlarining yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining qurolli qoʻriqlovi ostida kuzatib borilishini taʼminlash;
e) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini temir yoʻl transportida tashish boʻyicha:
qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻlovchi poyezdlarda (vagonlarda) tashishga yoʻl qoʻymaslik;
tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi bilan taʼminlash;
j) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash boʻyicha:
qurol va uning oʻq-dorilarini qurolxonadagi qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash (muzeybop tarzda kolleksiyalash bundan mustasno), bunda qurolning oʻqsizlantirilgan holatda saqlanishini taʼminlash;
muzeybop tarzda kolleksiyalashda qurol va uning oʻq-dorilarini ana shu maqsadlar uchun moʻljallangan alohida, maxsus xonalarda saqlash, bunda oʻqotar qurol maxsus taʼmirlash ishlarisiz otishni istisno qiladigan yaroqsiz holatga keltirilishini taʼminlash;
qurolxonalar va muzeybop tarzda kolleksiyalash uchun ajratilgan xonalarni jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻriqlashning muhandislik-texnik va videokuzatuv vositalari bilan jihozlash hamda oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulanishini taʼminlash;
z) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish boʻyicha:
qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun binolar (xonalar)ni ijaraga olish (oʻz egaligida bunday xonalar boʻlmaganda), qurolni va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish tartibi, ularning but saqlanishini taʼminlash boʻyicha shartnomalar tuzish;
koʻrgazmani qoʻriqlashning muhandislik-texnik hamda videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan hamda oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulangan statsionar turdagi binolar (xonalar)da oʻtkazish;
koʻrgazmaga qoʻyilgan (shu jumladan, chet ellik ishtirokchilar tomonidan) qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishi va saqlash xavfsizligini taʼminlash, qurol va uning oʻq-dorilari joylashtirilgan va saqlanadigan joylarga kirayotgan shaxslarni bevosita kuzatish, nazorat qilish hamda begona shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan choralarni koʻrish;
koʻrgazmaga qoʻyish rejalarini va ekspozitsiyalar (koʻrgazma obyektlari)ni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish hamda koʻrgazma oʻtkaziladigan joydagi vakolatli organlarga kelishib olish uchun taqdim etish;
qurol va uning oʻq-dorilarining boshqa predmetlar bilan birga koʻrgazmaga qoʻyilishini istisno etish, qurolni ishlab chiqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan qurilmalar va asboblar, sport, ov va baliq ovlash ashyolari hamda qurolning ehtiyot qismlari, shuningdek, tarixiy-madaniy koʻrgazmalar eksponatlari bundan mustasno;
qurolni muzey binolaridan tashqarida koʻrgazmaga qoʻyishni faqat oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining texnik qoʻriqlash markaziga yoki ichki qoʻriqlash postiga ulangan yopiq (qulflanadigan) vitrinalar va stendlarda amalga oshirish;
qurol va uning oʻq-dorilari ekspozitsiyalari ochiq vitrinalar va stendlarda joylashtirilgan taqdirda, qurol va uning oʻq-dorilarini har kuni koʻrgazma ishi tugagach, ushbu band “v” kichik bandining uchinchi xatboshida koʻrsatilgan talablarga muvofiq jihozlangan qurolxonalarda saqlash uchun topshirish;
qurolni oʻqsizlantirilgan holatda koʻrgazmaga qoʻyish;
koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashishga doir vakolatli organning ruxsatnomasini olish, ularni tashish, koʻrgazma oʻtkazilayotgan obyekt hududida qabul qilish va joylashtirish boʻyicha choralarni koʻrish (chet ellik ishtirokchilarning olib kirilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda);
i) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish boʻyicha:
avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlgan transport vositalarini ajratish (avtomobil transportida olib kirish uchun);
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini sport musobaqalarida qatnashish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (sport musobaqalari va koʻrgazmalarning chet ellik ishtirokchilari uchun);
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini sport musobaqalarida qatnashish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan sport musobaqalari va koʻrgazmalarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslarning delegatsiyalari uchun);
k) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali avtomobil transportida tranzit qilish boʻyicha:
tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqishga va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalarni taqdim etish;
avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlgan transport vositalarini ajratish;
tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻnalishda but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxsning masʼul xodimlari tomonidan kuzatib borish;
oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tranzitini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining kuzatuvida amalga oshirilishini taʼminlash;
l) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali temir yoʻl transportida tranzit qilish boʻyicha:
qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻlovchi poyezdlarda (vagonlarda) tashishga yoʻl qoʻymaslik;
tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqishga va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalarni taqdim etish;
oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tranzitini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi ostida amalga oshirish.
3-bob. Ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
9. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi vakolatli organga ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda quyidagilar koʻrsatilgan ariza taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), pochta manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan 2022-yil 16-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan 2022-yil 16-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)
ariza beruvchining bajarmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi boʻlgan aniq harakatlari va (yoki) muayyan faoliyati uchun ruxsatnoma olishdan maqsadi, ushbu harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga daxldor qurol (turi, xili, modeli, kalibri va miqdori) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri va miqdori) toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar;
harakatlar bajariladigan va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan joy, shuningdek qurol va uning oʻq-dorilari joylashtiriladigan (saqlanadigan) joy (obyekt) (qurolxona, oʻq otish obyekti, muzeybop tarzda kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish obyekti);
harakatlar bajariladigan va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan taxminiy muddat (zarur boʻlganda).
Arizada qoʻshimcha ravishda quyidagilar koʻrsatiladi:
a) fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini olishda — qurol va uning oʻq-dorilarini olish chogʻida ularning but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs masʼul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
b) fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishda — qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish chogʻida ularning but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs masʼul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi, shuningdek, realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan bunday faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning nomi va uning manzili toʻgʻrisida maʼlumotlar;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
v) qurol va uning oʻq-dorilarini qurolxonalarda saqlash, shuningdek, ularni kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyishda quyidagi maʼlumotlar:
qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini va hisobi yuritilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
(9-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
qurol toʻgʻrisida individual (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) hamda uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, partiyasi va miqdori) maʼlumotlar;
qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish uchun mavjud moddiy-texnika bazasi (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, xonalar, qoʻriqlashning muhandislik-texnik, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari, seyflar va metall shkaflar), qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish obyekti hududini ish va ishdan tashqari vaqtda qoʻriqlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
har kuni koʻrgazma ishi tugagach, qurol va uning oʻq-dorilarini topshirish uchun qurolxona toʻgʻrisida maʼlumotlar (qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda — qurol va uning oʻq-dorilarini ochiq vitrinalar va stendlarda koʻrgazmaga qoʻyishda);
koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilariga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarining koʻrgazma obyekti hududiga tashilishini, qabul qilib olinishini va joylashtirilishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxsning masʼul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar (chet ellik ishtirokchilarning olib kirilgan quroli va uning oʻq-dorilarini koʻrgazma qoʻyishda);
(9-band “v” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
g) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyektlari hududida saqlashda quyidagi maʼlumotlar:
oʻq otish boʻyicha mutaxassislar (trenerlar, instruktorlar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, mutaxassislik boʻyicha ish staji, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
(9-band “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
d) qurol va uning oʻq-dorilarini tashishda quyidagi maʼlumotlar:
yukni joʻnatuvchi, qabul qiluvchi va uni tashishga taqdim etuvchi tashkilot, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi, foydalaniladigan avtotransport turi toʻgʻrisida (avtomobil transportida tashishda — transport vositalarining rusumi va davlat roʻyxat belgilari);
qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, kuzatib borilishini va qoʻriqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs masʼul xodimlarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida (oʻn donadan koʻp oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq oʻq-dorilari Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi ostida tashish holatlari bundan mustasno);
(9-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda qurolli qoʻriqlovning kuzatuvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tomonidan avtomobil transportida tashishda, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tomonidan temir yoʻl transportida tashishda);
e) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishda quyidagi maʼlumotlar:
yukning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN), BMT nomenklaturasi boʻyicha kodi, yukni joʻnatuvchi, qabul qiluvchi va uni tashishga taqdim etuvchi tashkilot, yukni joʻnatish va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish joylari (yukni yetkazish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish joylari), Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi, foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda — transport vositalarining rusumi va davlat roʻyxati belgilari), olib kirish (olib chiqish, tranzit qilish)ning taxminiy vaqti, shuningdek tranzit qatnashchilari boʻlgan davlatlar hududi boʻylab harakatlanishning moʻljallanayotgan yoʻnalishi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
qurol va uning oʻq-dorilarini avtomobil transportida olib kirish va olib chiqishda ularning but saqlanishini, kuzatib borilishini va qoʻriqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs masʼul xodimlarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organi toʻgʻrisida (ushbu Nizomga muvofiq olib kirilgan, olib chiqilgan va tranzit qilingan qurol hamda uning oʻq-dorilarini Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining yoxud Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining kuzatuvi ostida tashish hollari bundan mustasno);
(9-band “e” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
ushbu Nizomda belgilangan holatlarda qurol va uning oʻq-dorilarini Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati, jumladan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining yoxud Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining kuzatuvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida.
10. Arizaga vakolatli organ boshqa vakolatli organlardan mustaqil ravishda oladigan hujjatlardan tashqari ushbu Nizomga 10-ilovada koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Vakolatli organ ruxsatnoma berish uchun boshqa davlat organlari yoki tashkilotlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda yuridik shaxsning ishtirokisiz soʻraydi va oladi, ushbu Nizomning 9-bandi hamda Nizomga 10-ilovada nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
11. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 9-bandi va 10-ilovada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnomani berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar vakolatli organga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi.
Hujjatlar vakolatli organ tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinib, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga darhol yuboriladi (topshiriladi).
13. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma berish uchun hujjatlar elektron shaklda topshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan ogʻzaki yoki yozma shakldagi, shu jumladan elektron shaklda joʻnatilgan soʻrovnoma boʻyicha qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish masalalari yuzasidan maʼlumotlarni va maslahatlarni bepul taqdim etadi.
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va ruxsatnomani berish yoki ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
15. Vakolatli organ tomonidan ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun ushbu Nizomga 11-ilovada belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi.
Ariza koʻrib chiqilganlik uchun yigʻim summasi vakolatli organning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ariza beruvchi arizasidan voz kechganda yoki vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ruxsatnomani berish rad etilgan taqdirda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
16. Vakolatli organ ruxsatnomani berish yoki ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni ushbu Nizomga 10-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda qabul qiladi.
Agar vakolatli organ ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati davomida ruxsatnomani berish yoki ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, ariza beruvchi koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda, arizada koʻrsatilgan aniq harakatni bajarishga va (yoki) muayyan faoliyat turini amalga oshirishga haqlidir. Bunda vakolatli organ ariza beruvchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni ichida unga ruxsatnoma berishi shart.
Ruxsatnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan roʻyxati hamda ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma xabarnoma ruxsatnomaga tenglashtiriladi hamda shunday harakatni bajarish va (yoki) shunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi.
17. Vakolatli organ ariza beruvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga mos kelishini aniqlash uchun oʻz mablagʻlari hisobidan ushbu Nizomga 10-ilovada nazarda tutilgan muddatlar doirasida quyidagi huquqlarga ega:
ariza beruvchining arizasiga muvofiq harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun talab etiladigan mavjud sharoitlarini joyiga chiqib oʻrganish va baholash (qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, ulardan foydalanish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan hududni, binolarni, xonalar va inshootlarni, ularning texnik jihatdan mustahkamlanganligini, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlanganligi, qoʻriqlash va joriy etilgan rejim choralarining ahvoli, mavjud transport vositalari, arizada koʻrsatilgan aniq harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun talab etiladigan boshqa sharoitlarni);
qurol va oʻq-dorilarining tuzilishi, turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi, raqami, taqdim etilgan hujjatlar va boshqa oʻziga xos maʼlumotlarni ekspert va texnik baholash hamda tadqiqotlar oʻtkazish zarur boʻlgan holatlarda hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida tegishli sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni va ekspertlarni jalb etish.
18. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ariza beruvchiga ruxsatnomani beradi (yuboradi) yoki ruxsatnomani berishni rad etish haqida yozma shaklda xabardor qiladi.
19. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
ushbu Nizomning 9-bandi va Nizomga 10-ilovada nazarda tutilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
ariza beruvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi.
Ruxsatnoma berishni maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan yoxud quyidagi hollarda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi:
xodimlarning kasbiy malakasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
taqdim etilgan hujjatlar va dasturlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
ruxsat berish talablari hamda shartlariga muvofiq foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmaganda.
Ushbu bandning ikkinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Vakolatli organ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek ruxsatnomani olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam koʻrsatishi va tavsiyalar berishi kerak, bundan talabgorlar taklif etilgan yordamni rad etgan hollar mustasno.
Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda, ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organ ruxsatnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda ruxsatnomani berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
20. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib tarzda belgilanishi, biroq oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
21. Ariza beruvchi ruxsatnomani berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ariza takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
22. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
23. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza yangi kiritilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
24. Ariza beruvchi ruxsatnomani berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) boʻyicha belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
5-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish
(5-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
25. Ruxsatnoma quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
yuridik shaxs oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) faoliyat turlari boʻyicha oʻzgarganda;
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasida ayni bir faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega hujjati mavjud boʻlgan yuridik shaxslar qoʻshib yuborilgan taqdirda.
Yuridik shaxs oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) faoliyat turlari boʻyicha oʻzgargan taqdirda, yuridik shaxs yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Yuridik shaxsdan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ruxsatnomaga ega hujjatda koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish yuridik shaxsning tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
26. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan yuridik shaxs yoki uning huquqiy vorisi ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qoʻyilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatni bajaradi va (yoki) faoliyatni amalga oshiradi.
27. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda, vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartishlar kiritadi.
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va uni berish ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda, vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
271. Ruxsatnoma yuridik shaxsning arizasi asosida vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda oʻzgartiriladi:
filiallar va vakolatxonalar tashkil etgan yuridik shaxslarga berilgan ruxsatnomaga muvofiq ushbu filiallar va vakolatxonalar tomonidan faoliyatni amalga oshirish boshlanganda;
yuridik shaxsning faoliyatni amalga oshirish manzili oʻzgarganda, agar uning joylashgan joyiga nisbatan ruxsat berish talablari hamda shartlari belgilangan boʻlsa.
Ruxsatnomaga oʻzgartishlar ruxsatnomani berish uchun nazarda tutilgan tartibda kiritiladi.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan 2022-yil 16-noyabrdan kiritiladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)
28. Ruxsatnomaning amal qilish muddati yuridik shaxsning arizasiga binoan uzaytiriladi.
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organga:
fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini olishga, fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlashga, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddati tugashiga kamida oʻttiz ish kuni qolganda;
fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga, fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini tashishga, fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnomalar muddati tugashiga kamida oʻn ish kuni qolganda taqdim etilishi lozim.
Ruxsatnomaning amal qilish muddati ruxsatnomani berish uchun nazarda tutilgan tartibda uzaytiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan 2022-yil 16-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)
30. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar yuridik shaxs tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
31. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va oʻzgartirilganligi uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi vakolatli organ maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
6-bob. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va ruxsatnomani bekor qilish
32. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va ruxsatnomani bekor qilish vakolatli organ yoki sud qarori asosida “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishligicha 34, 35 va 36-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
33. Ruxsatnomaning belgilangan tartibda amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlarning qoʻpol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:
a) ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishi yuzasidan vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlardan bosh tortish;
b) ruxsatnoma belgilangan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa;
v) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash choralarining koʻrilmasligi ularning yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini tugʻdirsa;
g) quyidagi harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish;
turi, xili, modeli, kalibri va soni ruxsatnomada koʻrsatilmagan qurol va uning oʻq-dorilari bilan;
qurol va uning oʻq-dorilarini but saqlash, belgilangan tartibda berish-qabul qilib olish va hisobini yuritish (qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish faoliyatini amalga oshirishda) yoxud qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash (qurol va uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, avtomobil transportida tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha harakatlarni bajarishda) vazifalari ruxsatnomada koʻrsatilmagan shaxslar tomonidan bajarilishi;
d) ushbu Nizomda belgilangan holatlarda qurol va uning oʻq-dorilarini Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari, idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati, jumladan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining yoxud Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining kuzatuvi ostida tashilishini taʼminlamaslik (tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha harakatlarni bajarishda);
e) ruxsatnomada belgilangan tashish yoʻnalishiga amal qilmaslik, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilarini tashishga ruxsatnomada koʻrsatilmagan avtotransport vositalarini jalb qilish (avtomobil transportida tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha harakatlarni bajarishda);
j) qurol va uning oʻq-dorilarini ruxsatnomada koʻrsatilmagan joyda (manzilda) saqlash va ulardan foydalanish (saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish faoliyatini amalga oshirishda).
34. Vakolatli organning ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori boʻyicha sudga shikoyat qilish mumkin. Sud vakolatli organning qarorini asossiz deb topgan taqdirda, vakolatli organ ariza beruvchi oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
7-bob. Ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etishni nazorat qilish
35. Yuridik shaxsning ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga rioya etish vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Vakolatli organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
yuridik shaxslar tomonidan ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini tekshirish;
qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan hamda ulardan foydalaniladigan joylarni koʻzdan kechirish;
yuridik shaxslardan ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini tekshirish chogʻida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha maʼlumot va axborotni soʻrab olish;
tekshirishlar natijalari asosida yuridik shaxslar tomonidan ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarning aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
ruxsatnoma egasi zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoki qaror qabul qilish yuzasidan sudga murojaat qilish;
ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarning buzilishi qurol va uning oʻq-dorilari yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini tugʻdirganda, ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarni bajarishdagi aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar qurol va uning oʻq-dorilarini olib qoʻyish, ichki ishlar organiga zudlik bilan olib kelishni va vaqtincha joylashtirishni talab qilish.
36. Ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishi boʻyicha tekshiruvni oʻtkazish davomida vakolatli organning tekshiruvchi xodimi ikki nusxada dalolatnoma tuzadi, ularning biri yuridik shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi vakolatli organda qoladi.
37. Vakolatli organ tomonidan quyidagilar koʻrsatilishi lozim boʻlgan ruxsatnomalar reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) yuritiladi:
yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
ruxsatnoma berilgan sana, uning seriyasi va tartib raqami;
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
berilgan ruxsatnomaga muvofiq qurol va uning oʻq-dorilari sohasida bajariladigan aniq harakat va (yoki) amalga oshiriladigan muayyan faoliyat turi (kichik turi);
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish, uni bekor qilish asoslari va sanalari.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
38. Ruxsatnoma berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrga ariza beruvchiga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda kiritiladi. Reyestrdagi barcha qaydlarga sana qoʻyiladi hamda ular vakolatli organ masʼul shaxsining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Reyestr qogʻozda va elektron manbalarda yuritiladi. Qogʻozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda, qogʻoz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.
Qogʻoz manbadagi reyestr vakolatli organ tomonidan reyestr jurnali shaklida yagona nusxada yuritiladi. Reyestr jurnali ip oʻtkazib tikiladi, tartib raqami qoʻyiladi va uning orqa tomonida sahifalar soni, jurnalni yuritish boshlangan sana (yil, oy, kun) koʻrsatiladi hamda vakolatli organ rahbarining imzosi qoʻyiladi va muhri bosiladi.
Ushbu Nizomning 37-bandida koʻrsatilgan reyestr maʼlumotlari ushbu maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlardagi mavjud maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, ushbu Nizomning 37-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar toʻgʻri hisoblanadi.
39. Vakolatli organ ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, unga oʻzgartishlar kiritish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish va ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda reyestrga tegishli qaydlarni kiritadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
40. Reyestrdagi maʼlumotlar foydalanilishi cheklangan axborot hisoblanadi va oshkor qilinmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda reyestrdagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan tegishli soʻrov olingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etiladi.
41. Qurol muomalasi sohasida ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi, uning amal qilish muddati uzaytirilganligi, ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va unga oʻzgartishlar kiritilganligi uchun yigʻimlardan kelib tushgan mablagʻlar ichki ishlar organlarining nazorat-litsenziyalash faoliyatini tashkil etish boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, ruxsatnomalarning blankalarini chop ettirishga va ushbu boʻlinmalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga sarflanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
42. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi uchun yuridik shaxslarning rahbarlari, shuningdek, yuridik shaxslarning buyruqlari yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan zimmasiga qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, belgilangan tartibda berish-qabul qilib olinishini va hisobi yuritilishini taʼminlash uchun javobgarlik yuklangan mansabdor shaxslar javobgardir.
43. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Yuridik shaxslarga qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsatnomalar berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Nizomga 10-ilovada nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar bilan birga arizani tayyorlash.
2. Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun bevosita yoki pochta aloqa vositalari orqali, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etish.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra
2-bosqich
Vakolatli organ
1. Hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qilish, uning ikkinchi nusxasini qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuborish (topshirish).
1. Hujjatlar qabul qilingan kunda
2. Arizani koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
3. Ariza beruvchiga ruxsatnomani yuborish (topshirish) yoki ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qilish.
3-4. Bir ish kunidan oshmagan muddatda
4. Ruxsatnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qilinganda, ariza beruvchiga rad etishning aniq sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni kiritishga muddat koʻrsatilgan holda xabarnomani yuborish.
5. Reyestrga tegishli yozuvlarni kiritish.
5. Ruxsatnomani berish haqida qaror qabul qilingan kunda
3-bosqich
Ariza beruvchi
Ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etish.
Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatda
4-bosqich
Vakolatli organ
Ariza beruvchi ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, ruxsatnomani berish haqidagi arizani takroran koʻrib chiqish.
Besh ish kunidan oshmagan muddatda
Yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
yuklangan masʼul xodimning F.I.O., pasport seriyasi va raqami)
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20__ “___” _________gacha.
Boshliq
___________________________
__________________________________
m.oʻ
(imzo)
(F.I.O.)
Ruxsatnoma raqami _______________
Berilgan sana 20__ “___” ____________.
* Ikki asl nusxada beriladi, ulardan biri qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslarning hisobot hujjatlariga biriktiriladi, ikkinchisi olingan qurol va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida belgilar qoʻyilgan holda ariza beruvchiga qaytariladi.
** Qurol va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurol turi, xili, kalibri, miqdori, oʻq-dorilarining turi, kalibri, miqdori.
amalga oshirayotgan yuridik shaxs xodimining lavozimi, F.I.O.)
(imzo)
* Ruxsatnomaning orqa tarafi fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning masʼul xodimi tomonidan ikki asl nusxada qurol haqida alohida (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) va uning oʻq-dorilari haqida jamlanma (turi, kalibri, miqdori) maʼlumotlarni koʻrsatgan holda toʻldiriladi. Agarda qurol toʻgʻrisida alohida va (yoki) oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar ruxsatnoma orqa tarafining tegishli maydoniga sigʻmasa, ruxsatnomaning ushbu maydonida quyidagi umumiy maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurolning turi, kalibri, miqdori hamda oʻq-dorilarning kalibri, miqdori. Bunday hollarda qurol toʻgʻrisida alohida va oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar ikki asl nusxadagi toza varaqda ruxsatnomaning orqa tarafiga ilova sifatida rasmiylashtiriladi. Ilova realizatsiyani amalga oshirgan yuridik shaxs masʼul xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi hamda ulardan biri qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning hisobot hujjatlariga biriktiriladi, ikkinchisi esa yuridik shaxsning masʼul xodimiga beriladi.
Yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Fuqaroviy (xizmat, kolleksiyalash) qurol va uning oʻq-dorilarini
qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning nomi va manzili)
Qurol va uning oʻq-dorilari realizatsiya qilingan kundan soʻng uch ish kunida qurol va uning oʻq-dorilari egasi _____________________________________________________________
(vakolatli organ masʼul xodimining F.I.O., telefon raqami)
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20__ “___” _________gacha.
Boshliq
__________________________
__________________________________
m.oʻ
(imzo)
(F.I.O.)
Ruxsatnoma raqami _________________
Berilgan sana 20__ “___” ____________.
* Qurol toʻgʻrisida alohida (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, miqdori) maʼlumotlar koʻrsatiladi. Agarda qurol toʻgʻrisida alohida va (yoki) oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar ruxsatnomaning tegishli maydoniga sigʻmasa, ruxsatnomaning ushbu maydonida quyidagi umumiy maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurolning turi, kalibri, miqdori hamda oʻq-dorilarning kalibri, miqdori. Bunday xollarda ruxsatnomaga “20__ “___” ________ kundagi ____-son ruxsatnomaga ilova” degan shtamp qoʻyilgan toza varaqda qurol toʻgʻrisida alohida va oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar koʻrsatilgan ikki asl nusxada ilova rasmiylashtiriladi. Ilova masʼul xodimning imzosi va vakolatli organ muhri bilan tasdiqlanadi. Ilovaning bir nusxasi vakolatli organda qoladi, ikkinchi nusxasi yuridik shaxsning masʼul xodimiga beriladi.
Yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Fuqaroviy (xizmat) quroli va uning oʻq-dorilarini saqlashga doir*
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20__ “___” _________gacha.
Boshliq
______________________________
_________________________________
m.oʻ
(imzo)
(F.I.O.)
Ruxsatnoma raqami _________________
Berilgan sana 20__ “___” ___________.
* Oʻq otish obyekti hududida saqlash, qurolxonada saqlash faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi.
** Qurol toʻgʻrisida alohida (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, miqdori) maʼlumotlar koʻrsatiladi. Agarda qurol toʻgʻrisida alohida va (yoki) oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar ruxsatnomaning tegishli maydoniga sigʻmasa, ruxsatnomaning ushbu maydonida quyidagi umumiy maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurolning turi, kalibri, miqdori hamda oʻq-dorilarning kalibri, miqdori. Bunday xollarda ruxsatnomaga “20__ “___” ________ kundagi ____-son ruxsatnomaga ilova” degan shtamp qoʻyilgan toza varaqda qurol toʻgʻrisida alohida va oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar koʻrsatilgan ikki asl nusxada ilova rasmiylashtiriladi. Ilova masʼul xodimning imzosi va vakolatli organ muhri bilan tasdiqlanadi. Ilovaning bir nusxasi vakolatli organda qoladi, ikkinchi nusxasi yuridik shaxsning masʼul xodimiga beriladi.
*** Oʻq otish obyekti uchun qoʻshimcha ravishda obyektning turi (tir (yopiq, yarim ochiq, ochiq), oʻq otish stendi, oʻq otish maydoni) koʻrsatiladi hamda obyektning joylashuv sxemasi ilova sifatida rasmiylashtiriladi.
Yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Fuqaroviy (xizmat, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish) qurol
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20__ “___”_________gacha.
Boshliq
______________________________
_______________________________
m.oʻ
(imzo)
(F.I.O.)
Ruxsatnoma raqami _______
Berilgan sana 20__ “___” _________.
* Olingan qurol va uning oʻq-dorilarini tashishda ular toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurol turi, xili, kalibri, miqdori, oʻq-dorilarning turi, kalibri, miqdori. Tashishlarning boshqa turlarida qurol toʻgʻrisida alohida (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, miqdori) maʼlumotlar koʻrsatiladi.
** Oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilarini tashishda toʻldiriladi.
Yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Qurol va uning oʻq-dorilarini koleksiyalashga doir
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20__ “___”_________gacha.
Boshliq
___________________________
__________________________________
m.oʻ
(imzo)
(F.I.O.)
Ruxsatnoma raqami ________________
Berilgan sana 20__ “___” ____________.
* Qurol toʻgʻrisida alohida (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, miqdori) maʼlumotlar koʻrsatiladi. Agarda qurol toʻgʻrisida alohida va (yoki) oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar ruxsatnomaning tegishli maydoniga sigʻmasa, ruxsatnomaning ushbu maydonida quyidagi umumiy maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurolning turi, kalibri, miqdori hamda oʻq-dorilarning kalibri, miqdori. Bunday xollarda ruxsatnomaga “20__ “___” ________ kundagi ____-son ruxsatnomaga ilova” degan shtamp qoʻyilgan toza varaqda qurol toʻgʻrisida alohida va oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar koʻrsatilgan ikki asl nusxada ilova rasmiylashtiriladi. Ilova masʼul xodimning imzosi va vakolatli organ muhri bilan tasdiqlanadi. Ilovaning bir nusxasi vakolatli organda qoladi, ikkinchi nusxasi yuridik shaxsning masʼul xodimiga beriladi.
** Kolleksiyalash turi koʻrsatiladi — yopiq, ochiq (muzeybop tarzda).
Yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir
* Qurol toʻgʻrisida alohida (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, miqdori) maʼlumotlar koʻrsatiladi. Agarda qurol toʻgʻrisida alohida va (yoki) oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar ruxsatnomaning tegishli maydoniga sigʻmasa, ruxsatnomaning ushbu maydonida quyidagi umumiy maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurolning turi, kalibri, miqdori hamda oʻq-dorilarning kalibri, miqdori. Bunday xollarda ruxsatnomaga “20__ “___” ________ kundagi ____-son ruxsatnomaga ilova” degan shtamp qoʻyilgan toza varaqda qurol toʻgʻrisida alohida va oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar koʻrsatilgan ikki asl nusxada ilova rasmiylashtiriladi. Ilova masʼul xodimning imzosi va vakolatli organ muhri bilan tasdiqlanadi. Ilovaning bir nusxasi vakolatli organda qoladi, ikkinchi nusxasi yuridik shaxsning masʼul xodimiga beriladi.
** Ochiq vitrinalar va stendlarda koʻrgazmaga qoʻyishda.
*** Koʻrgazma obyektlarining joylashuv sxemasi ruxsatnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi.
Yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Fuqaroviy (xizmat, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish) qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir (Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir) RUXSATNOMA
(qurol va uning oʻq-dorilarini qoʻriqlovi va kuzatuvini amalga oshiruvchi xizmat)
_________________________________________________________ kuzatuvida amalga oshiriladi.
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20__ “___”_________gacha.
Boshliq
___________________________
________________________________
m.oʻ
(imzo)
(F.I.O.)
Ruxsatnoma raqami ________________
Berilgan sana 20__ “___” _________.
* Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt) asosida qurol va uning oʻq-dorilarning turkumini olib qirishda (olib chiqishda, tranzit qilishda) ular toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurol turi, xili, kalibri, miqdori, oʻq-dorilarning turi, kalibri, miqdori. Boshqa hollarda qurol toʻgʻrisida alohida (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, miqdori) maʼlumotlar koʻrsatiladi.
** Oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilarini tashishda toʻldiriladi.
Yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsatnoma berish toʻgʻrisida
5. Harakatni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga daxldor qurol va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida maʼlumotlar: ______________________________________________________________
7. Harakatni bajarish va (yoki) faoliyat amalga oshirish yakunlangandan soʻng qurol va uning oʻq-dorilarini joylashtirish, saqlash joyi manzili*: ___________________________________
* Fuqaroviy (xizmat, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish) qurol hamda uning oʻq-dorilarini olib chiqish va tranzit qilishdan tashqari.
** Fuqaroviy (xizmat, kolleksiyalash) qurol va uning oʻq-dorilarini olish hamda realizatsiya qilish, fuqaroviy (xizmat, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish) qurol va uning oʻq-dorilarini tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (olib chiqish, tranzit qilish) boʻyicha harakatni bajarishda qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash;
fuqaroviy (xizmat) qurol va uning oʻq-dorilarini qurolxonada hamda oʻq otish obyekti hududida saqlash, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish boʻyicha faoliyat turini amalga oshirishda qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi, belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini va hisobga olinishi taʼminlash;
oʻq otish obyektida qurol va uning oʻq-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya qilish boʻyicha yoʻriqnoma oʻtkazish vazifalari (oʻq otish mutaxassislari, trener, instruktor) yuklangan masʼul xodimlar uchun.
*** Nizomning 9-bandiga muvofiq qurol va uning oʻq-dorilari bajariladigan harakat va (yoki) amalga oshiriladigan faoliyatning xususiyatini inobatga olgan holda qoʻshimcha ravishda koʻrsatiladi.
Yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Yuridik shaxslarga qurol muomalasi sohasida ruxsatnomalarni berish toʻgʻrisida arizalarni koʻrib chiqish muddatlari, ruxsatnomalarning amal qilish muddatlari hamda ruxsatnomalarni olish uchun talab etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
T/r
Ruxsatnoma nomi
Aniq harakat va (yoki) muayyan faoliyat
Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar roʻyxati
Arizani koʻrib chiqish muddati
Ruxsatnomaning amal qilish muddati
1.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish.
a) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini olishga doir kontrakt (shartnoma);
b) qurol va uning oʻq-dorilarini olishda ularni but saqlanishni taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan, qurol va uning oʻq-dorilari bilan taʼminlash normalariga muvofiq yuridik shaxsning yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari tomonidan (mavjud boʻlsa) tasdiqlangan qurol (xili, modeli va kalibri boʻyicha) va uning oʻq-dorilariga (turi va kalibri boʻyicha) boʻlgan talab miqdorining hisobi (fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini olishda).
Fuqaroviy va xizmat qurolining sarflangan, yoʻqotilgan yoki yoʻq qilish uchun topshirilgan oʻq-dorilari oʻrniga oʻq-dorilar olish uchun oʻq-dorilar hisobdan chiqarilganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar (oʻq-dorilarni hisobdan chiqarish dalolatnomalari, oʻquv-mashq otishlari va boshqa otishlarni oʻtkazish chogʻida sarflangan oʻq-dorilarga doir tarqatish-topshirish qaydnomalari, oʻq-dorilarni yoʻq qilish uchun qabul qilib olish (topshirish) dalolatnomalari) qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi.
30 ish kuni
90 kun
2.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnoma.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish.
a) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs bilan qurol va uning oʻq-dorilarini komission tarzda realizatsiya qilish boʻyicha kontrakt (shartnoma) nusxasi;
b) qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishda, ularni but saqlanishni taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi.
10 ish kuni
30 kun
3.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini saqlashga doir ruxsatnoma.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini qurolxonada saqlash.
1. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini qurolxonada saqlash uchun:
a) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan bino, inshoot, xonalar ariza beruvchiga egalik yoki boshqa ashyoviy huquq asosida yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
b) qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, jismoniy himoyaning boshqa texnik vositalari hamda videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar nusxalari;
v) qurolxona Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi*;
g) oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻriklar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakuni asosida xulosa (mavjud boʻlsa)*;
d) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi;
e) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida bevosita harakatni amalga oshiruvchi va (yoki) faoliyatni bajaruvchi yuridik shaxsning rahbarlari va xodimlarining (xizmat vazifalariga muvofiq qurol va uning oʻq-dorilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydiganlar), qoʻriqlash xizmati (mavjud boʻlganda) xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va sanasi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati;
j) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida bevosita harakatni amalga oshiruvchi va (yoki) faoliyatni bajaruvchi xodimlarning qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi toʻgʻrisida tibbiy xulosalar;
z) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid tasdiqlangan ichki reja;
i) qurol hamda uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurol (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqamini koʻrsatgan holda) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri, miqdorini koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan qurol va uning oʻq-dorilari olishga doir ruxsatnoma (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun).
30 ish kuni
3 yil
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyekti hududida saqlash.
2. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyekti hududida saqlash uchun:
a) “Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar roʻyxati” ustunidagi mazkur pozitsiyaning 1-bandi “a” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar;
b) oʻq otish obyekti hududidan tashqaridagi obyektlarga ziyon yetkazishini istisno etuvchi xavfsiz hudud radiusi doirasida tutashgan hududning quyidagilar belgisi qoʻyilgan va tir, oʻq otish stendi, oʻq otish maydoni hududining quyidagilar belgisi qoʻyilgan holdagi sxematik rejasi (masofalarni metrda koʻrsatgan holda):
xavfsiz hudud perimetri boʻylab joylashgan tashqi toʻsiqning turi va balandligi, toʻsiqda mavjud boʻlgan darvoza, eshik va darchalar;
qoʻriqlash postlari soni va joylashuvi, ular orasidagi aloqa vositalari;
oʻq otish yoʻnalishini koʻrsatgan holda, nishonni joylash va uzatish uskunalari uchun minoralar va budkalarning, yopiq turdagi xandaqlarning, boshqa oʻq otish anjomlarining joylashuvi, turi va nomi;
oʻq oʻtkazmaydigan devorlar va ship qismida koʻndalang tarzda jihozlangan oʻqni ushlab qolish moslamalarining joylashuvi (yarim ochiq turdagi oʻqotar tirlari uchun);
oʻq ochishning yoʻnalishida (nishon hududida) va yon tomonida oʻqni qabul qilish (himoya qilish) tuproq doʻngliklari joylashuvi (ochiq turdagi oʻqotar tirlari va tarkibida ochiq turdagi oʻqotar tirlari boʻlgan oʻq otish maydonlari uchun);
Ariza beruvchining xohishiga qarab, sxematik rejaga tushuntirish xati ilova qilinishi mumkin.
v) foydalaniladigan oʻq otish jihozlari va anjomlarning qisqacha roʻyxati va taʼrifi;
g) oʻq otish obyekti hududida ruxsat berish va obyekt ichki rejimini amalga oshirish, qurol va uning oʻq-dorilarini but saqlash, berish-qabul qilib olish, hisobga olish, olib yurish va ulardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash boʻyicha tasdiqlangan ichki yoʻriqnoma;
d) malaka darajasiga taalluqli hujjatlarni (malaka oshirish kurslari yoki maxsus tayyorgarlikdan oʻtganligi, malaka darajasini berish toʻgʻrisida diplom, sertifikat va boshqa hujjatlar nusxalari) ilova qilgan holda, oʻq otish jarayonini toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat qilish, qurol va uning oʻq-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalari boʻyicha fuqarolar bilan majburiy dastlabki yoʻriqnoma oʻtkazish vazifalari yuklangan oʻq otish boʻyicha mutaxassislarni (trener, instruktorlar) tayinlash toʻgʻrisida buyruq yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi (buyruqda ularning malaka darajasi koʻrsatilgan boʻlishi lozim).
30 ish kuni
3 yil
4.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashishga doir ruxsatnoma.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini vakolatli organlar roʻyxatga olgan joyda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududi doirasidan tashqarida tashish.
1. Avtomobil transportida tashish uchun:
a) tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi, shuningdek, ularni kuzatib borish va qoʻriqlovni taʼminlash majburiyati yuklangan masʼul xodimlarni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatining nusxasi (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoxud idoraviy harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari kuzatuvi ostida tashilayotgan hollar bundan mustasno);
b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilarini tashish Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari* yoki idoraviy harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi;
v) avtomobil transportida qurol va uning oʻq-dorilarini tashish boʻyicha xizmat koʻrsatishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi (tashishni ariza beruvchiga tegishli boʻlmagan transport vositasida amalga oshirishda).
10 ish kuni
90 kun
2. Temir yoʻl transportida tashish uchun — tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari turkumini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.
10 ish kuni
90 kun
3. Havo transportida tashish uchun.
10 ish kuni
90 kun
5.
Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalashga doir ruxsatnoma.
Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash.
a) mazkur Roʻyxatning “Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar roʻyxati” ustuni, 3-pozitsiyasi, 1-bandi “a”, “b”, “g” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni;
b) kolleksiyalash qurolini saqlashga moʻljallangan xonalarning, jumladan, muzeybop tarzda kolleksiyalashda, Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi.
30 ish kuni
3 yil
6.
Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnoma.
Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish.
a) mazkur Roʻyxatning “Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar roʻyxati” ustuni, 3-pozitsiyasi, 1-bandi “g” — “z” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni;
b) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun xonalarni ijara olish (oʻz egaligida bunday xonalar boʻlmaganda), qurolni va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish tartibi, ularning but saqlanishini taʼminlash but saqlanishini taʼminlash boʻyicha ushbu xonalar qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari oʻrnatilganligi hamda qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnomalar nusxalarini ilova qilgan holda shartnoma, shuningdek, Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxalari;
g) koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashishga doir ruxsatnomalarni olish uchun hujjatlar (chet ellik ishtirokchilari olib kirayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda).
30 ish kuni
Koʻrgazma davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga
7.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnoma**.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish.
1. Qurol va uning oʻq-dorilarini olib kirish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib chiqib ketish sharti bilan olib kiriladigan sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari bundan mustasno):
a) qurol va uning oʻq-dorilarini yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma) nusxasi, bir nechta turkumlarda olib kirilganda, ularni olib kirish jadvali;
b) olib kirilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxalari;
v) avtomobil transportining xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (avtomobil transportida olib kirishda);
g) ushbu Roʻyxatning “Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar roʻyxati” ustuni, 4-pozitsiyasi, 1-bandi “a”, “b”, “v” kichik bandlarida yoki 2-bandida nazarda tutil-gan hujjatlarni (transport vositasining turidan kelib chiqqan holda).
10 ish kuni
90 kun
Sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib chiqib ketish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlash.
2. Koʻrgazmaga qoʻyish va sport quroli hamda uning oʻq-dorilari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib chiqib ketish (sport musobaqalarida ishtirok etishda — sport quroli va uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini) sharti bilan vaqtincha olib kirish uchun:
a) sport tadbiri (koʻrgazma) tashkilotchi-sining Oʻzbekiston Respublikasi hududida sport tadbirlarida (koʻrgazmada) chet ellik ishtirokchilar ishtirok etishlari uchun taklifnoma nusxasi;
b) chel ellik ishtirokchilarga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini tashish, qabul qilib olish hamda obyekt hududiga joylashtirishni taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni (xodimlarni) tayinlash toʻgʻrisida, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va yili, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi va raqami hamda uni bergan organ koʻrsatilgan holdagi yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi (chet ellik ishtirokchilarga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini olib kirishda);
v) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumini tashishda Milliy gvardiya organi, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashilayotganda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari (temir yoʻl transportida tashilayotganda) tomonidan kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.
10 ish kuni
Tadbir davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga
8.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnoma**.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish.
1. Qurol va uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun (xorijiy davlat hududida sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib kirish sharti bilan olib chiqiladigan sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilari bundan mustasno):
a) qurol va uning oʻq-dorilarini yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma) nusxasi, bir nechta turkumlarda olib chiqilganda, ularni olib chiqish jadvali;
b) olib chiqilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining nusxalari;
v) avtomobil transportining xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (avtomobil transportida olib kirishda);
g) ushbu Roʻyxatning “Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar roʻyxati” ustuni, 4-pozitsiyasi, 1-bandi “a”, “b”, “v” kichik bandlarida yoki 2-bandida nazarda tutil-gan hujjatlarni (transport vositasining turidan kelib chiqqan holda).
10 ish kuni
90 kun
Sport qurol va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qayta olib kirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish.
2. Xorijiy davlat hududida sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun qurol va uning oʻq-dorilarini qaytib olib kirish sharti bilan (sport musobaqalarida ishtirok etishda — sport quroli va uning foydalanilmagan oʻq-dorilar uchun) qurol va uning oʻq-dorilarini vaqtincha olib chiqish uchun:
a) xorijiy davlat hududida tadbir tashkilotchisi taklifnomasining oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxasi;
b) sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun delegatsiyaning yuborilishi toʻgʻrisida, delegatsiya rahbarini hamda sport tadbirlari (koʻrgazma) davomida qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobi yuritilishini va ulardan foydalanishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatning nusxasi;
v) mazkur Roʻyxatning “Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar roʻyxati” ustuni, 4-pozitsiyasi, 1-bandi “b”, “v” kichik bandlarida yoki 2-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni (transport vositasining turidan kelib chiqqan holda).
10 ish kuni
Tadbir davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga
9.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish.
a) tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqish va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalar nusxalarining oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxasi;
b) avtomobil transportining xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (avtomobil transportida tranzit qilishda);
v) qurol va uning oʻq-dorilari turkumi tranzitini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari (avtomobil transportida tranzit qilishda) yoki “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmati (temir yoʻl transportida tranzit qilishda) kuzatuvida amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shartnoma nusxasi (oʻn dona yoki undan kam miqdordagi oʻqotar sport quroli yoki uning besh yuz dona va undan kam miqdordagi oʻq-dorilari, pnevmatik sport quroli va uning oʻq dorilari, tigʻli sovuq sport va sport uloqtirish qurollarini sport tadbirlarida ishtirok etish uchun tranzit qilish holatlari bundan mustasno).
10 ish kuni
90 kun
* Vakolatli organ boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi.
** Fuqaroviy (xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish) qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnomalar berilganda, ushbu qurollar va ularning oʻq-dorilarini tashishga doir alohida ruxsatnomalar berilmaydi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish qurol va oʻq-dorilarni olib kirishga yoki olib chiqishga doir berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Yuridik shaxslarning qurol muomalasi sohasiga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi, ruxsatnomaning amal qilish muddati uzaytirilganligi*, ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va unga oʻzgartishlar kiritilganligi** uchun yigʻimlar
MIQDORLARI
(11-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
I. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar uchun
1.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilariniolishga doir ruxsatnoma:
a)
soyli uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
2
b)
silliq uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
1,5
v)
kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
2
g)
kalta stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
2
d)
cheklangan shikast yetkazuvchi oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
2
e)
soyli uzun stvolli oʻqotar qurolga hamda kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning almashtiriladigan va joylashtiriladigan soyli stvolining har bir donasi uchun (quroldan alohida olishda)
5
j)
ogʻiz qismidagi quvvati 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan uzun stvolli pnevmatik ov qurolining har bir donasi uchun
3
z)
ogʻiz qismidagi quvvati 3 jouldan yuqori boʻlgan pnevmatik sport qurolining har bir donasi uchun
3
e)
sovuq tigʻli sport qurolning (rapiralar, shpagalar va qilichlar) har bir donasi uchun
3
j)
uloqtirish sport qurolining (kamonlar, arbaletlar va nayzalar) har bir donasi uchun
3
i)
elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar yoki shikast yetkazuvchi taʼsirga ega elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalarning har bir donasi uchun
0,2
k)
gazli oʻzini oʻzi himoya qilish qurolining har bir donasi uchun
0,2
l)
gazli kalta stvolli qurolning har bir donasi uchun
2
m)
oʻqotar qurolning har 1000 dona oʻq-dorilari (patronlari) uchun
0,2
2.
Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma:
a)
oʻqotar qurolining har bir donasi uchun
15
b)
cheklangan shikast yetkazuvchi oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
4
v)
pnevmatik qurolning har bir donasi uchun
8
g)
signal beruvchi qurolning har bir donasi uchun
6
d)
gazli qurolning har bir donasi uchun
8
e)
sovuq tigʻli qurolning har bir donasi uchun
10
j)
uloqtirish qurolining har bir donasi uchun
10
z)
boshqa xildagi qurolning har bir donasi uchun
10
i)
oʻq-dorilarning har bir dona uchun
1
II. Boshqa yuridik shaxslar uchun
3.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma:
a)
soyli uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
15
b)
silliq uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
10
v)
kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
15
g)
kalta stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
15
d)
cheklangan shikast yetkazuvchi oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
15
e)
soyli uzun stvolli oʻqotar qurolga hamda kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning almashtiriladigan va joylashtiriladigan soyli stvolining har bir donasi uchun (quroldan alohida olishda)
20
j)
ogʻiz qismidagi quvvati 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan uzun stvolli pnevmatik ov qurolining har bir donasi uchun
12
z)
ogʻiz qismidagi quvvati 3 jouldan yuqori boʻlgan pnevmatik sport qurolining har bir donasi uchun
12
i)
sovuq tigʻli sport qurolining (rapiralar, shpagalar va qilichlar) har bir donasi uchun
12
k)
uloqtirish sport qurolining (kamonlar, arbaletlar va nayzalar) har bir donasi uchun
12
l)
elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar yoki shikast yetkazuvchi taʼsirga ega elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalarning har bir donasi uchun
5
m)
gazli oʻzini oʻzi himoya qilish qurolining har bir donasi uchun
3
n)
gazli kalta stvolli qurolning har bir donasi uchun
8
o)
boshqa xildagi qurolning har bir donasi uchun
2
p)
oʻqotar qurolning har 1000 dona oʻq-dorilari (patronlari) uchun
1
4.
Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma:
a)
oʻqotar qurolining har bir donasi uchun
25
b)
cheklangan shikast yetkazuvchi oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
10
v)
pnevmatik qurolning har bir donasi uchun
15
g)
signal beruvchi qurolning har bir donasi uchun
10
d)
gazli qurolning har bir donasi uchun
15
e)
tigʻli sovuq qurolning har bir donasi uchun
15
j)
uloqtirish qurolining har bir donasi uchun
15
z)
boshqa xildagi qurolning har bir donasi uchun
15
i)
oʻq-dorilarning har bir dona uchun
2
5.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnoma
20
6.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini saqlashga doir ruxsatnoma
100
7.
Yuridik shaxs xodimining qurolni olib yurishga doir ruxsatnoma
10
8.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashishga doir ruxsatnoma
20
9.
Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalashga doir ruxsatnoma
200
10.
Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnoma
200
11.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnoma
50
12.
Sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib chiqib ketish sharti bilan OʻzbekistonRespublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnoma
60
13.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnoma
50
14
Sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib kirish sharti bilanOʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnoma
60
15.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma
100
* Ruxsatnomaning amal kilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
** Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va oʻzgartirilganligi uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganda toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
(11-ilova izohining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — jismoniy shaxslar) fuqaroviy, mukofot qilingan, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan qurol va uning oʻq-dorilari, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlarni olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ariza beruvchi — qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlarni olish uchun hujjatlar taqdim etgan jismoniy shaxs;
kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilari — kolleksiyalash obyektlari hisoblangan oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning oʻq-dorilari;
koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilari — koʻrgazma obyektlari hisoblangan oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning oʻq-dorilari.
3. Quyidagi ruxsatnomalar qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida jismoniy shaxslarga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar hisoblanadi:
a) fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir;
b) fuqaroviy qurolni, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir;
v) fuqaroviy qurolni, mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga doir;
g) sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlashga doir;
d) soyli stvolli sport oʻqotar qurolini va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga quyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashishga doir;
e) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalashga doir;
j) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir;
z) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir;
i) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir;
k) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir.
4. Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsatnomalar berish, berishni rad etish, ruxsatnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish hamda ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qabul qilinadi.
Ushbu Nizomning 3-bandi “a” — “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan ruxsatnomalar (soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, shu jumladan aralash oʻqotar qurolni, ogʻiz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini olishga doir ruxsatnomalardan tashqari) jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari, shuningdek, tuman va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) tomonidan beriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ushbu Nizomning 3-bandi “z”, “i” va “k” kichik bandlarida nazarda tutilgan, shuningdek, soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, shu jumladan aralash oʻqotar qurolni, ogʻiz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini olishga doir ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti jamoat tartibini saqlash xizmati tomonidan beriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
5. Ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan kam va kalibri 4,5 millimetrgacha boʻlgan pnevmatik ov quroli va ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan kam boʻlgan pnevmatik sport quroli hamda koʻrsatib oʻtilgan qurol turlarining oʻq-dorilari muomalasi sohasidagi harakatlar va (yoki) faoliyat vakolatli organlarning ruxsatnomalarisiz amalga oshiriladi.
Tigʻli sovuq ov va signal beruvchi ov qurolini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish va tashish vakolatli organlarning ruxsatnomalarisiz, ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.
Oʻqotar ov qurolining va ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolining oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish va tashish vakolatli organlar tomonidan oʻq-dorilarning turi va kalibriga mos ov qurolini saqlash va olib yurishga doir berilgan ruxsatnoma va ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.
Shaxsiy foydalanish maqsadida silliq stvolli oʻqotar ov quroliga patronlarni aslahalash uchun foydalaniladigan initsiyalanadigan va olovlanadigan modda va materiallarni (ov poroxi va pistonlar) olish, realizatsiya qilish, saqlash, tashish vakolatli organlar tomonidan silliq stvolli oʻqotar ov qurolini saqlash va olib yurishga doir berilgan ruxsatnoma va ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.
Oʻqotar ov qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini, shuningdek, silliq stvolli sport qurolini va uning oʻq-dorilarini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport quroli va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini tashish vakolatli organlarning qurolni saqlash va olib yurishga yoki saqlashga doir ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
6. Quyidagilar qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berishga doir talablar va shartlar hisoblanadi:
a) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
b) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, saqlash xavfsizligi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash hamda ularga begona shaxslar egalik qilishni istisno etishga qaratilgan choralarni koʻrish;
v) quyidagilar muomalasi sohasida harakatlarni bajarishga va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik:
“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9 va 19-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan fuqaroviy va mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilari;
shikastlovchi taʼsiri radioaktiv nurlanish, kimyoviy va biologik (bakteriologik) omillardan foydalanishga yoki elektromagnit, nur, issiqlik, infratovush, ultratovush nurlanishdan foydalanishga asoslangan kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari;
g) ruxsatnomada koʻrsatilgan qurol va uning oʻq-dorilari doirasida hamda ularga oid harakatlarni shaxsan bajarish va (yoki) faoliyatni shaxsan amalga oshirish, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilarini faqat shaxsiy ehtiyojlar uchun olish;
d) ariza beruvchining yigirma bir yoshga (fuqaroviy ov, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilariga egalik qilish uchun) va oʻn sakkiz yoshga (fuqaroviy sport quroli va uning oʻq-dorilari, oʻzini oʻzi himoya qilish quroliga egalik qilish uchun) yetgan boʻlishi;
e) “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi toʻqqizinchi qismining uchinchi, beshinchi — oʻn birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi (Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish maqsadida ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olib chiqish, fuqaroviy, mukofot qilingan, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish hollaridan tashqari);
j) fuqaroviy qurolni birinchi marta olayotgan jismoniy shaxslarning ovchilar jamoat birlashmasida (ov quroli uchun) va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarda (sport quroli uchun) quroldan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilishi yuzasidan tekshiruvdan, shuningdek, qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi davriy tibbiy tekshiruvlardan oʻtishi (qurol bilan mukofotlash hollari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari bundan mustasno);
z) doimiy yashash joyi oʻzgargan taqdirda, yangi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyilgan kundan eʼtiboran oʻn kun muddat ichida tegishli vakolatli organga oʻziga tegishli qurolni qayta roʻyxatdan oʻtkazish choralarini koʻrish;
i) fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurishga, sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlashga, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oʻttiz ish kunidan oldin, boshqa turdagi ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni esa ularning amal qilish muddatlari tugashidan kamida oʻn ish kunidan oldin vakolatli organga taqdim etish;
k) vakolatli organ yoki sudning ruxsatnoma amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsatnomalarni vakolatli organga qaytarish;
l) qurol toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun vakolatli organlar xodimlarining qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan joylarga soat 6-00 dan 22-00 gacha moneliksiz kirishini taʼminlash, tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish.
7. Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida aniq harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:
a) fuqaroviy qurol, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurol va uning oʻq-dorilarini fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali sotib olish;
qurol va uning oʻq-dorilari olingan kundan eʼtiboran oʻn kun muddatda ularni saqlash va olib yurish, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarni rasmiylashtirish (qurol va uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish) uchun zarur boʻlgan hujjatlarni vakolatli organga taqdim etish;
b) fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash va mukofot qilingan qurol hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurol va uning oʻq-dorilarini fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilish;
qurol va uning oʻq-dorilari realizatsiya qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun muddatda ularni saqlash va olib yurish, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaga oʻzgartirishlar kiritish uchun tegishli hujjatlarni (qisman realizatsiya qilinganda), shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va olib yurish, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaning aslini (toʻliq realizatsiya qilinganda) vakolatli organga taqdim etish;
v) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va kolleksiyalash boʻyicha:
oʻqotar ov qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini, signal beruvchi ov quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq ov qurolini, kolleksiyalash va mukofot qilingan qurol hamda uning oʻq-dorilarini doimiy yashash joyida qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash;
kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilari saqlanadigan xonalarga oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulanishini taʼminlash;
sport oʻqotar qurolini, shu jumladan soyli stvolli sport qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini hamda uning oʻq-dorilari, tigʻli sovuq sport va uloqtirish sport qurolini sport oʻq otish obyektlari hududida jihozlangan qurolxonalaridagi qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash;
qurolni seyflarda yoki metall shkaflarda, uning oʻq-dorilarini esa ushbu seyflar yoki shkaflar ichidagi qulflanadigan alohida qismida (boʻlinmasida) yoki alohida qulflanadigan seyflarda yoxud metall shkaflarda saqlash;
g) soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini tashish boʻyicha:
qurolni tashish jildlarda, qinlarda yoki maxsus gʻiloflarda, oʻqsizlantirilgan holatda oʻq-dorilaridan alohida tashish;
begona shaxslarning koʻrishi va ularni erkin olishi imkoniyatini istisno etadigan sharoitlarda tashish;
oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari tashilayotganda ularni Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovi ostida kuzatib borilishini taʼminlash;
d) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish boʻyicha:
qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun binolar (xonalar)ni ijaraga olish (oʻz egaligida bunday xonalar boʻlmaganda), qurolni va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish tartibi, ularning but saqlanishini taʼminlash boʻyicha shartnomalar tuzish;
koʻrgazmani qoʻriqlashning muhandislik-texnik hamda videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan va oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulangan statsionar turdagi binolar (xonalar)da oʻtkazish;
koʻrgazmaga qoʻyilgan (shu jumladan, chet ellik ishtirokchilar tomonidan) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi va saqlash xavfsizligini taʼminlash, qurol va uning oʻq-dorilari joylashtirilgan va saqlanadigan joylarga kirayotgan shaxslarni bevosita kuzatish, nazorat qilish hamda begona shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan choralarni koʻrish;
koʻrgazmaga qoʻyish rejalarini va ekspozitsiyalarni (koʻrgazma obyektlarini) joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish hamda koʻrgazma oʻtkaziladigan joydagi vakolatli organlarga kelishib olish uchun taqdim etish;
qurol va uning oʻq-dorilarini boshqa predmetlar bilan birga koʻrgazmaga qoʻyilishini istisno etish (qurolni ishlab chiqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan qurilmalar va asboblar, sport, ov va baliq ovlash ashyolari hamda qurolning ehtiyot qismlari, shuningdek tarixiy-madaniy koʻrgazmalar eksponatlari bundan mustasno);
qurolni muzey binolari tashqarisida koʻrgazmaga qoʻyishni faqat Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markaziga yoki ichki qoʻriqlash postiga ulangan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlangan yopiq (qulflanadigan) vitrinalar va stendlarda amalga oshirish;
qurol va uning oʻq-dorilari ekspozitsiyalari ochiq vitrinalar va stendlarda joylashtirilgan taqdirda, qurol va uning oʻq-dorilarini har kuni koʻrgazma ishi tugagach, Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markaziga ulangan yuridik shaxslarning qurolxonalarida saqlash uchun topshirish;
qurolning oʻq-dorilarini oʻqsizlantirilgan holatda koʻrgazmaga qoʻyish;
koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashishga doir vakolatli organning ruxsatnomalarini olish, ularni tashish, koʻrgazma oʻtkazilayotgan obyekt hududida qabul qilish va joylashtirish boʻyicha choralarni koʻrish (chet ellik ishtirokchilarning olib kirilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda);
e) fuqaroviy, mukofot qilingan, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan ov va sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini ov qilish toʻgʻrisidagi shartnomada, sport musobaqalarida qatnashish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun);
Oʻzbekiston Respublikasida olingan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini ular olingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari uchun);
j) qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha:
tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqishga va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalarni taqdim etish;
oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari tranzitini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining (temir yoʻl transportida tashishda) yoki Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining (avtomobil transportida tashishda) kuzatuvida amalga oshirilishini taʼminlash.
3-bob. Ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
8. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi vakolatli organga ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda quyidagilar koʻrsatilgan ariza taqdim etadi:
familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joy manzili, murojaat uchun telefon raqamlari, mavjud boʻlsa — elektron pochta manzili;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
bajarmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi boʻlgan aniq harakatlari va (yoki) muayyan faoliyati uchun ruxsatnoma olishdan maqsadi, ushbu harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga daxldor qurol (turi, xili, modeli va kalibri) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri);
harakatlar bajariladigan va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan joy, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilari joylashtiriladigan (saqlanadigan) joy;
harakatlar bajariladigan va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan taxminiy muddat (zarur boʻlganda).
Arizada qoʻshimcha ravishda quyidagilar koʻrsatiladi:
a) fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishda — realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan bunday faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning nomi va manzili toʻgʻrisida maʼlumotlar;
b) sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq pnevmatik sport qurolini, tigʻli sovuq sport qurolini, sport uloqtirish qurolini saqlashda — sport oʻq otish obyektining nomi va joylashgan joyi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
v) soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini tashishda:
sport musobaqalari va oʻquv-mashq yigʻinlari tashkilotchisi va oʻtkazish joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi, foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda — tashish uchun jalb qilingan transport vositasining rusumi va davlat roʻyxat belgilari) toʻgʻrisida maʼlumotlar;
oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumini qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tomonidan avtomobil transportida tashishda, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tomonidan temir yoʻl transportida tashishda);
g) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda — koʻrgazma joyi, shuningdek, har kuni koʻrgazma ish vaqti tugagach, qurol va uning oʻq-dorilarini topshirish uchun ular but saqlanishini taʼminlaydigan qurolxona toʻgʻrisida maʼlumotlar (koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan qurol va uning oʻq-dorilari ochiq vitrina va stendlarga joylashtirilgan hollarda);
d) fuqaroviy, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishda — yukni joʻnatish va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish joylari (yukni yetkazish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish joylari), Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi, foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda — transport vositalarining rusumi va davlat roʻyxat belgilari), olib kirishning (olib chiqishning, tranzit qilishning) taxminiy sanasi, shuningdek, tranzit qatnashchilari boʻlgan davlatlar hududi boʻylab harakatlanishning moʻljallanayotgan yoʻnalishi toʻgʻrisida maʼlumotlar (tranzit qilishda);
oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tranzitini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining (temir yoʻl transportida tashishda) yoki Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining (avtomobil transportida tashishda) kuzatuvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida.
9. Arizaga vakolatli organ boshqa vakolatli organlardan mustaqil ravishda oladigan hujjatlardan tashqari ushbu Nizomga 11-ilovada koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Vakolatli organ ruxsatnoma berish uchun boshqa davlat organlari yoki tashkilotlarida mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda jismoniy shaxsning ishtirokisiz soʻraydi va oladi, ushbu Nizomning 9-bandi hamda Nizomga 10-ilovada nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
10. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 8-bandi va 11-ilovada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar vakolatli organga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi.
Hujjatlar vakolatli organ tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinib, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga darhol yuboriladi (topshiriladi).
12. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma berish uchun hujjatlarning elektron shaklda topshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan ogʻzaki yoki yozma shakldagi, shu jumladan elektron shaklida joʻnatilgan soʻrovnoma boʻyicha qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish masalalari yuzasidan maʼlumotlarni va maslahatlarni bepul asosda taqdim etadi.
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
14. Vakolatli organ tomonidan ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun ushbu Nizomga 12-ilovada belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi.
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi vakolatli organning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ariza beruvchi arizasidan voz kechganda yoki vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ruxsatnomani berish rad etilgan taqdirda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Vakolatli organ ruxsatnomani berish yoki ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni ushbu Nizomga 11-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda qabul qiladi.
16. Vakolatli organ ariza beruvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga mos kelishini aniqlash uchun oʻz mablagʻlari hisobidan ushbu Nizomga 11-ilovada nazarda tutilgan muddatlar doirasida quyidagi huquqlarga ega:
ariza beruvchining arizasiga muvofiq harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun talab etiladigan mavjud sharoitlarini joyiga chiqib oʻrganish va baholash (qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, ulardan foydalanish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan hududni, binolarni, xonalar va inshootlarni, ularning texnik jihatdan mustahkamligini, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari hamda jismoniy himoyaning boshqa texnik vositalari bilan jihozlanganligi, qoʻriqlash va joriy etilgan rejim choralarining ahvoli, mavjud transport vositalari, arizada koʻrsatilgan aniq harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun talab etiladigan boshqa sharoitlarni);
qurol va uning oʻq-dorilarining tuzilishi, turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi, raqami, taqdim etilgan hujjatlar va boshqa oʻziga xos maʼlumotlarni ekspert va texnik baholash hamda tadqiqotlar oʻtkazish zarur boʻlgan holatlarda hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida tegishli sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni va ekspertlarni jalb etish.
17. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ariza beruvchiga ruxsatnomani beradi (yuboradi) yoki ruxsatnomani berishni rad etish haqida yozma shaklda xabardor qiladi.
18. Ruxsatnoma berishni quyidagi asoslar boʻyicha amalga rad etilishi mumkin:
ushbu Nizomning 8-bandi va Nizomga 11-ilovada nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
ariza beruvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi.
Ruxsatnoma berishni maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan yoxud taqdim etilgan hujjatlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan hollar, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganligi aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Vakolatli organ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek ruxsatnomani olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam koʻrsatishi va tavsiyalar berishi kerak, bundan talabgorlar taklif etilgan yordamni rad etgan hollar mustasno.
Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda, ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organ ruxsatnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda ruxsatnomani berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
19. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib tarzda belgilanishi, biroq oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
20. Ariza beruvchi ruxsatnomani berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ariza takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
21. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
22. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza yangi kiritilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
23. Ariza beruvchi ruxsatnomani berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) boʻyicha belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
5-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning muddatini uzaytirish, dublikatini berish
24. Familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda, jismoniy shaxs yetti ish kuni ichida vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarning (pasport, identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) nusxalarini ilova qilgan holda topshirishi shart.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan 2022-yil 16-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)
Jismoniy shaxsdan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
25. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan jismoniy shaxs ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qoʻyilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatni bajaradi va (yoki) faoliyatni amalga oshiradi.
26. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda, vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
27. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish jismoniy shaxsning arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organga:
fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurishga, sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlashga, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddati tugashiga kamida oʻttiz ish kuni qolganda;
28. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan fuqaroviy hamda mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga, sport oʻqotar qurolini saqlashga doir ruxsatnomalar oʻrniga jismoniy shaxsning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Dublikatni berishda vakolatli organ tomonidan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan ruxsatnomaning amal qilish muddati koʻrsatilgan “Dublikat” belgisi qoʻyilgan yangi ruxsatnoma beriladi.
Vakolatli organ ariza, shuningdek, ruxsatnoma yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ruxsatnomaning asl nusxasi olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda ruxsatnomaning dublikatini berishi (yuborishi) shart.
29. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va dublikatini berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar jismoniy shaxs tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi.
Ariza beruvchi tomonidan hujjatlar elektron shaklda jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq boʻlgan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali topshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
30. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi vakolatli organ maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
6-bob. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, uni tugatish va bekor qilish
31. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, uni tugatish va bekor qilish vakolatli organ yoki sud qarori asosida “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishligicha 34, 35 va 36-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
32. Ruxsatnomaning belgilangan tartibda amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlarning qoʻpol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:
a) ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishi yuzasidan vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlardan bosh tortish;
b) ruxsatnomada koʻrsatilgan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa;
v) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash choralari koʻrilmasligi ularning yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini tugʻdirsa;
g) ruxsatnomada koʻrsatilgan harakatlarni shaxsan bajarmaslik va (yoki) faoliyatni shaxsan amalga oshirmaslik;
d) turi, xili, modeli, kalibri va soni ruxsatnomada koʻrsatilmagan qurol va uning oʻq-dorilari bilan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish;
e) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomada belgilanmagan joyda (manzilda) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashni, kolleksiyalashni va koʻrgazmaga qoʻyishni amalga oshirish;
i) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish muddatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish tartibini buzishi.
33. Vakolatli organning ruxsatnoma amal qilishini toʻxtatib turish, uni tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori boʻyicha sudga shikoyat qilish mumkin. Sud vakolatli organning qarorini asossiz deb topgan taqdirda, vakolatli organ ariza beruvchi oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
7-bob. Ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini nazorat qilish
34. Jismoniy shaxsning ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishi vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Vakolatli organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini tekshirish;
qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan hamda ulardan foydalaniladigan joylarni koʻzdan kechirish;
jismoniy shaxslardan ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini tekshirish chogʻida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha maʼlumot va axborotni soʻrab olish;
tekshirishlar natijalari asosida jismoniy shaxslar tomonidan ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarning aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
ruxsatnoma egasi zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoki qaror qabul qilish yuzasidan sudga murojaat qilish;
ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarning buzilishi qurol va uning oʻq-dorilari yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini tugʻdirganda, ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarni bajarishdagi aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar qurol va uning oʻq-dorilarini olib qoʻyish, ichki ishlar organiga zudlik bilan olib kelishni va vaqtincha joylashtirishni talab qilish.
35. Ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlariga rioya etilishi boʻyicha tekshiruvni oʻtkazish davomida vakolatli organning tekshiruvchi xodimi ikki nusxada dalolatnoma tuzadi, ularning biri jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi vakolatli organda qoladi.
8-bob. Ruxsatnomalar reyestri
36. Vakolatli organ tomonidan quyidagilar koʻrsatilishi lozim boʻlgan ruxsatnomalar reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) yuritiladi:
ruxsatnoma egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, doimiy yashash manzili, telefoni;
ruxsatnoma berilgan sana, uning seriyasi va tartib raqami;
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
berilgan ruxsatnomaga muvofiq qurol va uning oʻq-dorilari sohasida bajariladigan aniq harakat va (yoki) amalga oshiriladigan muayyan faoliyat;
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va qayta tiklash asoslari va sanalari;
ruxsatnoma amal qilishini tugatish yoki bekor qilish asoslari va sanalari;
ruxsatnoma dublikatini berish asoslari va sanalari.
37. Ruxsatnoma berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrga ariza beruvchiga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda kiritiladi. Reyestrdagi barcha qaydlarga sana qoʻyiladi hamda ular vakolatli organ masʼul shaxsining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Reyestr qogʻozda va elektron manbalarda yuritiladi. Qogʻozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda, qogʻoz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.
Qogʻoz manbadagi reyestr vakolatli organ tomonidan reyestr jurnali shaklida yagona nusxada yuritiladi. Reyestr jurnali ip oʻtkazib tikiladi, tartib raqami qoʻyiladi va uning orqa tomonida sahifalar soni, jurnalni yuritish boshlangan sana (yil, oy, kun) koʻrsatiladi hamda vakolatli organ rahbarining imzosi qoʻyiladi va muhri bosiladi.
Ushbu Nizomning 36-bandida koʻrsatilgan reyestr maʼlumotlari ushbu maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlardagi mavjud maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda ushbu Nizomning 36-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar toʻgʻri hisoblanadi.
38. Vakolatli organ ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish va ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda reyestrga tegishli qaydlarni kiritadi.
39. Reyestrdagi maʼlumotlar foydalanilishi cheklangan axborot hisoblanadi va oshkor qilinmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda reyestrdagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan tegishli soʻrov olingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etiladi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
40. Qurol muomalasi sohasida ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi, uning amal qilish muddati uzaytirilganligi, ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va uning dublikati berilganligi uchun yigʻimlardan kelib tushgan mablagʻlar ichki ishlar organlarining nazorat-litsenziyalash faoliyatini tashkil etish boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, ruxsatnomalarning blankalarini tayyorlashga va ushbu boʻlinmalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga sarflanadi.
41. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Jismoniy shaxslarga qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsatnomalar berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Nizomga 11-ilovada nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar bilan birga arizani tayyorlash.
2. Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun bevosita yoki pochta aloqa vositalari orqali ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etish.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra
2-bosqich
Vakolatli organ
1. Hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qilish, uning ikkinchi nusxasini qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuborish (topshirish).
1. Hujjatlar qabul qilingan kunda darhol
2. Arizani koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
3. Ariza beruvchiga ruxsatnomani yuborish (topshirish) yoki uni ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qilish.
3-4. Bir ish kunidan oshmagan muddatda
4. Ruxsatnoma berishni rad etish haqida qaror qabul qilinganda, ariza beruvchiga rad etishning aniq sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va arizachi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni kiritish muddat koʻrsatilgan holda xabarnomani yuborish.
5. Reyestrga tegishli yozuvlarni kiritish.
5. Ruxsatnomani berish haqida qaror qabul qilingan kuni
3-bosqich
Ariza beruvchi
Ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etish.
Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatda
4-bosqich
Vakolatli organ
Ariza beruvchi ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, ruxsatnoma berish haqidagi arizani takroran koʻrib chiqish.
Besh ish kunidan oshmagan muddatda
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Fuqaroviy qurolni
(kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini) olishga doir*
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20__ “___” _________gacha.
Boshliq
____________________
______________________
m.oʻ.
(imzo)
(F.I.O.)
Ruxsatnoma raqami _________
Berilgan sana 20__ “___” ____________.
* Ikki asl nusxada beriladi, ulardan biri qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslarning hisobot hujjatlariga biriktiriladi, ikkinchisi olingan qurol va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida belgilar qoʻyilgan holda jismoniy shaxsga qaytariladi.
** Qurol va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurol turi, xili, kalibri, miqdori, oʻq-dorilarining turi, kalibri, miqdori.
amalga oshirayotgan yuridik shaxs xodimining lavozimi, F.I.O.)
(imzo)
* Ruxsatnomaning orqa tarafi fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning xodimi tomonidan ikki asl nusxada qurol haqida alohida (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) va uning oʻq-dorilari haqida jamlanma (turi, kalibri, miqdori) maʼlumotlarni koʻrsatgan holda toʻldiriladi. Agarda qurol toʻgʻrisida alohida va (yoki) oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar ruxsatnoma orqa tarafining tegishli maydoniga sigʻmasa, ruxsatnomaning ushbu maydonida quyidagi umumiy maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurolning turi, kalibri, miqdori hamda oʻq-dorilarning kalibri, miqdori. Bunday hollarda qurol toʻgʻrisida alohida va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar ikki asl nusxadagi toza varaqda ruxsatnomaning orqa tarafiga ilova sifatida rasmiylashtiriladi. Ilovalar realizatsiyani amalga oshirgan yuridik shaxs masʼul xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi hamda ulardan biri qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning hisobot hujjatlariga biriktiriladi, ikkinchisi esa jismoniy shaxsga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Fuqaroviy qurolni (mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini) realizatsiya qilishga doir
qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning nomi va manzili)
Qurol va uning oʻq-dorilari realizatsiya qilingan kundan soʻng uch ish kunida qurol va uning oʻq-dorilari egasi ______________________________________________________________________________________
(vakolatli organ masʼul xodimining F.I.O., telefon raqami)
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20__ “___” _________gacha.
Boshliq
_________________
______________________
m.oʻ.
(imzo)
(F.I.O.)
Ruxsatnoma raqami ____________
Berilgan sana 20__ “___” ____________________.
* Qurol toʻgʻrisida alohida (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, miqdori) maʼlumotlar koʻrsatiladi. Agarda qurol toʻgʻrisida alohida va (yoki) oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar ruxsatnomaning tegishli maydoniga sigʻmasa, ruxsatnomaning ushbu maydonida quyidagi umumiy maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurolning turi, kalibri, miqdori hamda oʻq-dorilarning kalibri, miqdori. Bunday hollarda ruxsatnomaga “20__ “___” ________ kundagi ____-son ruxsatnomaga ilova” degan shtamp qoʻyilgan toza varaqda qurol toʻgʻrisida alohida va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar koʻrsatilgan ikki nusxada ilova rasmiylashtiriladi. Ilova masʼul xodimning imzosi va vakolatli organ muhri bilan tasdiqlanadi. Ilovaning bir nusxasi vakolatli organda qoladi, ikkinchisi esa jismoniy shaxsga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
(ruxsatnomani bergan ichki ishlar organi nomi)
Fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurishga doir
RUXSATNOMA
Surat
uchun joy
Berildi:
(F.I.O.)
Yashash manzili:
(roʻyxatdan oʻtgan joyi yoki doimiy yashash
manzili — doimiy yashash manzili boshqa joyda boʻlgan hollarda)
Ruxsatnoma raqami ______________
Berilgan sanasi 20__ yil “___” ______________
ruxsatnomaning 2-beti
T/r
Qurol turi, xili va modeli
Qurol kalibri
Qurol ishlab chiqarilgan yil
Qurolning zavod seriyasi va raqami
Ruxsatnoma egasi koʻrsatib oʻtilgan qurol va uning oʻq-dorilarini doimiy yashash joyi boʻyicha saqlash va Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish va olib yurish huquqiga ega.
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20__ yil “___” _________gacha.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
41-ILOVA
(ruxsatnomani bergan ichki ishlar organi nomi)
Mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga doir
RUXSATNOMA
Surat
uchun joy
Berildi:
(F.I.O.)
Yashash manzili:
(roʻyxatdan oʻtgan joyi yoki doimiy yashash
manzili — doimiy yashash manzili boshqa joyda boʻlgan hollarda)
Ruxsatnoma raqami
___________
Berilgan sanasi 20__ yil “___” _________
ruxsatnomaning 2-beti
T/r
Qurol turi, xili va modeli
Qurol kalibri
Qurol ishlab chiqarilgan yil
Qurolning zavod seriyasi va raqami
Ruxsatnoma egasi koʻrsatib oʻtilgan qurol va uning oʻq-dorilarini doimiy yashash joyi boʻyicha saqlash va Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish va olib yurish huquqiga ega.
Ruxsatnomaning amal qilish muddati cheklanmagan.
Boshliq
(imzo)
(F.I.O.)
m.oʻ.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
(ruxsatnomani bergan ichki ishlar organi nomi)
Sport oʻqotar qurolini (ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq pnevmatik sport qurolini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini) saqlashga doir
RUXSATNOMA
Surat
uchun joy
Berildi:
(F.I.O.)
(otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs
tomonidan berilgan sportchi guvohnomaning raqami va berilgan sanasi)
Sport faoliyatini amalga oshirish joyi (manzil):
(sport (oʻq otish) obyekti joylashgan manzil)
Qurol saqlash joyi (manzil):
(qurolxona joylashgan
joyning manzili)
Ruxsatnoma raqami ________
Berilgan sanasi: 20__ yil “___” _________
ruxsatnomaning 2-beti
T/r
Qurol turi, xili va modeli
Qurol kalibri
Qurol ishlab chiqarilgan yil
Qurolning zavod seriyasi va raqami
Qurol egasi koʻrsatilgan qurolni va uning oʻq-dorilarini sport (oʻq otish) obyekti hududida saqlash va olib yurish, shuningdek, sport musobaqalari yoki oʻquv-mashq yigʻinlar oʻtkazilayotgan davrda boshqa sport obyektlarida vaqtincha saqlash va olib yurish huquqiga ega.
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20__ yil “___” _________gacha.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini (tigʻli sovuq sport qurolini, sport uloqtirish qurolini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini) tashishga doir
Tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini vaqtinchalik saqlash va undan foydalanish joyi (manzili): ________________________________________________________
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20__ “___” _________gacha.
Boshliq
____________________
______________________
m.oʻ.
(imzo)
(F.I.O.)
Ruxsatnoma raqami ________
Berilgan sana 20__ “___” __________.
* Sport oʻqotar (stvolli kolleksiyalash, stvolli koʻrgazmaga qoʻyish) quroli toʻgʻrisida alohida (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, miqdori) maʼlumotlar koʻrsatiladi. Agarda qurol toʻgʻrisida alohida va (yoki) oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar ruxsatnomaning tegishli maydoniga sigʻmasa, ruxsatnomaning ushbu maydonida quyidagi umumiy maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurolning turi, kalibri, miqdori hamda oʻq-dorilarning kalibri, miqdori. Bunday xollarda ruxsatnomaga “20__ “___” ________ kundagi ____-son ruxsatnomaga ilova” degan shtamp qoʻyilgan toza varaqda qurol toʻgʻrisida alohida va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar koʻrsatilgan ikki asl nusxada ilova rasmiylashtiriladi. Ilova masʼul xodimning imzosi va vakolatli organ muhri bilan tasdiqlanadi. Ilovaning bir nusxasi vakolatli organda qoladi, ikkinchi nusxasi jismoniy shaxsga beriladi.
** Oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari tashilayotganda toʻldiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalashga doir
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20__ “___” _________gacha.
Boshliq
____________________
___________________________
m.oʻ.
(imzo)
(F.I.O.)
Ruxsatnoma raqami ________
Berilgan sana 20__ “___” _____________.
* Qurol toʻgʻrisida alohida (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, miqdori) maʼlumotlar koʻrsatiladi. Agarda qurol toʻgʻrisida alohida va (yoki) oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar ruxsatnomaning tegishli maydoniga sigʻmasa, ruxsatnomaning ushbu maydonida quyidagi umumiy maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurolning turi, kalibri, miqdori hamda oʻq-dorilarning kalibri, miqdori. Bunday xollarda ruxsatnomaga “20__ “___” ________ kundagi ____-son ruxsatnomaga ilova” degan shtamp qoʻyilgan toza varaqda qurol toʻgʻrisida alohida va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilgan ikki nusxada ilova rasmiylashtiriladi. Ilova masʼul xodimning imzosi va vakolatli organ muhri bilan tasdiqlanadi. Ilovaning bir nusxasi vakolatli organda qoladi, ikkinchi nusxasi jismoniy shaxsga beriladi.
** Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini saqlash jismoniy shaxsning doimiy yashash (roʻyxatdan oʻtish) manzili boʻyicha amalga oshiriladi. Jismoniy shaxsning roʻyxatdan oʻtgan joyi va uning doimiy yashash manzili har xil boʻlganda, saqlash doimiy yashash manzili boʻyicha amalga oshiriladi.
*** Koʻrgazma obyektlarining joylashuv sxemasi ruxsatnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir
* Qurol toʻgʻrisida alohida (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, miqdori) maʼlumotlar koʻrsatiladi. Agarda qurol toʻgʻrisida alohida va (yoki) oʻq-dorilar toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar ruxsatnomaning tegishli maydoniga sigʻmasa, ruxsatnomaning ushbu maydonida quyidagi umumiy maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurolning turi, kalibri, miqdori hamda oʻq-dorilarning kalibri, miqdori. Bunday xollarda ruxsatnomaga “20__ “___” ________ kundagi ____-son ruxsatnomaga ilova” degan shtamp qoʻyilgan toza varaqda qurol toʻgʻrisida alohida va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilgan ikki nusxada ilova rasmiylashtiriladi. Ilova masʼul xodimning imzosi va vakolatli organ muhri bilan tasdiqlanadi. Ilovaning bir nusxasi vakolatli organda qoladi, ikkinchi nusxasi jismoniy shaxsga beriladi.
** Ochiq vitrinalar va stendlarda koʻrgazmaga qoʻyishda.
*** Koʻrgazma obyektlarining joylashuv sxemasi ruxsatnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Fuqaroviy (mukofot qilingan, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish) qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir (Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga) RUXSATNOMA
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20__ “___” _________gacha.
Boshliq
___________________________
_____________________________________
m.oʻ
(imzo)
(F.I.O.)
* Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan tuzilgan yetkazib bershiga doir kontrakt (shartnoma) asosida qurol va uning oʻq-dorilarning turkumini olib qirishda (olib chiqishda, tranzit qilishda) ular toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar koʻrsatiladi: qurol turi, xili, kalibri, miqdori, oʻq-dorilarning turi, kalibri, miqdori. Boshqa hollarda qurol toʻgʻrisida alohida (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, miqdori) maʼlumotlar koʻrsatiladi.
** Qurol va uning oʻq-dorilari Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan olib kirishda toʻldiriladi.
*** Oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilarini olib kirishda (olib chiqishla, tranzit qilishda) toʻldiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsatnoma berish toʻgʻrisida
5. Harakatni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga daxldor qurol va uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida maʼlumotlar: _______________________________________________________________
7. Harakatni va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirgandan soʻng qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, joylashtirish, saqlash joyi manzili*: ___________________________________________
* Fuqaroviy (mukofot qilingan, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish) qurol va uning oʻq-dorilarini olib chiqish va tranzit qilishdan tashqari.
** Nizomning 8-bandiga muvofiq qurol va uning oʻq-dorilari bajariladigan harakat va (yoki) amalga oshiriladigan faoliyatning xususiyatini inobatga olgan holda qoʻshimcha ravishda koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Jismoniy shaxslarga qurol muomalasi sohasida ruxsatnomalar berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish muddatlari, ruxsatnomalarning amal qilish muddatlari hamda ruxsatnomalarni olish uchun talab etiladigan hujjatlar
Fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma.
Fuqaroviy qurolni olish.
1. Fuqaroviy qurolni olish uchun:
a) birinchi marta qurolni (bundan oʻzini oʻzi himoya qilish quroli mustasno) olayotgan fuqarolar uchun — ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan (ov qurolini olish uchun) hamda otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan (sport qurolini olish uchun) quroldan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilish yuzasidan tekshiruvdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
b) qurolga (bundan oʻzini oʻzi himoya qilish quroli mustasno) egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa birinchi marta qurolni olayotgan fuqarolar uchun, keyinchalik — qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda;
v) ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi (ov qurolini olish uchun);
g) ovchilar jamoat birlashmasining tavsiyanomasi (soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, shuningdek, ogʻiz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini olish uchun);
d) otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan, sport qurolidan foydalanish bilan bogʻliq sport turi koʻrsatilgan sportchi guvohnomasi (sport qurolini olish uchun).
Maxsus organlar va harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari hamda xodimlari qurolni olishda mazkur bandning “v”, “g”, “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni, shuningdek, maxsus organ yoki harbiy tuzilmalarda xizmatni oʻtayotganliklari, harbiy yoki maxsus unvonini hamda adliya malaka darajasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
30 ish kuni
90 kun
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olish uchun:
a) ariza beruvchi oʻzi fuqarosi boʻlgan xorijiy davlatning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonasi, konsullik muassasasi va ularga tenglashtirilgan tashkilotning iltimosnomasi;
b) ariza beruvchi oʻzi fuqarosi boʻlgan xorijiy davlatning vakolatli organining qurolni olishga va ushbu xorijiy davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomasi.
10 ish kuni
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashash davrida, biroq 30 kundan oshmagan muddatda
Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarni olish.
3. Kolleksiyalash uchun qurol va uning oʻq-dorilarini olish uchun.
30 ish kuni
90 kun
2.
Fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnoma.
Fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish.
Fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun.
10 ish kuni
90 kun
3.
Fuqaroviy qurolni va mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma.
Fuqaroviy qurolni saqlash, tashish va olib yurish.
1. Fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish uchun:
a) fuqaroviy qurolni roʻyxatdan oʻtkazishda yoki qoʻshimcha tarzda fuqaroviy qurol olinganligi munosabati bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazishda — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan qurolni olishga doir ruxsatnoma (saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun);
b) oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan fuqaroviy qurolning muvofiqlik sertifikati (qurol Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan taqdirda).
10 ish kuni
3 yil
Mukofot qilingan qurolni saqlash, tashish va olib yurish.
2. Mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurish uchun:
a) mukofotlashga oid hujjatlar yoki ularni bergan organ tomonidan oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan koʻchirma (maxsus organ yoki harbiy tuzilma rahbarining buyrugʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, xorijiy davlatlar rahbarlarining hamda xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari);
b) mukofot qilingan qurol belgilangan talablarga mos kelishini aniqlash yuzasidan koʻzdan kechirish uchun qurol va uning oʻq-dorilari (xorijiy davlatlar rahbarlarining hamda xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari asosida olingan qurol va uning oʻq-dorilari uchun).
10 ish kuni
muddatsiz
4.
Sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlashga doir ruxsatnoma.
Sport oʻqotar qurolini va uning oʻq-dorilarini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlash oʻq otish obyekti hududida saqlash va olib yurish.
a) sport qurolini roʻyxatdan oʻtkazishda yoki qoʻshimcha tarzda sport qurol olinganligi munosabati bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazishda — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan qurolni olishga doir ruxsatnomasi (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun).
b) oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan sport qurolining muvofiqlik sertifikati (qurol Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan taqdirda);
v) otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan oʻq otish obyekti hududidagi qurolxonada sport quroli va uning oʻq-dorilari saqlanishini taʼminlash toʻgʻrisidagi hujjat (tasdiqlov).
10 ish kuni
3 yil
5.
Soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini,
tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashishga doir ruxsatnoma.
Soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini vakolatli organlar roʻyxatga olgan joyda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududi doirasidan tashqarida tashish.
1. Sport quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun — otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsning sport tadbirlari yoki oʻquv-mashq otishlari va boshqa otishlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjati (buyruq, taqvimiy reja-jadval yoki ulardan koʻchirma, sport tadbirida ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi).
10 ish kuni
Sport tadbiri davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga
2. Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun — oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.
10 ish kuni
90 kun
3. Koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun:
a) koʻrgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi;
b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.
10 ish kuni
Koʻrgazma davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga
6.
Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalashga doir ruxsatnoma.
Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash.
a) qurolni saqlashga moʻljallangan xonada qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma nusxasi;
b) qurolni saqlashga moʻljallangan xona Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi yuzasidan tuzilgan shartnoma nusxasi.
30 ish kuni
3 yil
7.
Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnoma.
Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish.
a) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun xonalarni ijaraga olish (oʻz egaligida bunday xonalar boʻlmaganda), qurolni va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish tartibi, ularning but saqlanishini taʼminlash, but saqlanishini taʼminlash boʻyicha ushbu xonalarga qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari oʻrnatilganligi hamda qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi va video-kuzatuv tizimlari montaj qilinganligi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnomalar nusxalarini ilova qilgan holda shartnoma, shuningdek, Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxalari;
b) koʻrgazmaga qoʻyish rejalarini va ekspozitsiyalarni joylashtirish sxemalari (kelishish uchun);
v) koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashishga doir ruxsatnomalarni olish uchun hujjatlar (chet ellik ishtirokchilar olib kirayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda).
30 ish kuni
Koʻrgazma davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga
8.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnoma **.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish.
1. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olib kirish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun qaytib olib chiqib ketish sharti bilan ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari bundan mustasno) — olib kirilayotgan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan nusxalari.
10 ish kuni
90 kun
2. Mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini olib kirish uchun — oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan xorijiy davlatlar rahbarlari va xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari yoki ularni bergan organ tomonidan tasdiqlangan koʻchirmalari.
10 ish kuni
90 kun
3. Koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini olib kirish uchun — oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.
10 ish kuni
90 kun
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ov quroli va uning oʻq-dorilarini, sport quroli va uning oʻq-dorilarini,
koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib chiqish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlash.
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish maqsadida ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish qurolini hamda uning oʻq-dorilarini (ov qilish, sport tadbirlarida — qurol va uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini) qaytib olib chiqish sharti bilan olib kirish:
a) ov qilish faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs bilan ov qilish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (sport tadbirlari, koʻrgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi);
b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.
10 ish kuni
Ov qilish, sport tadbiri yoki koʻrgazma davomida, biroq 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatga
9.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib chiqishga doir ruxsatnoma **.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish.
1. Doimiy yashashga chiqib ketayotgan shaxslar tomonidan fuqaroviy va mukofot qilingan qurol hamda uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun — qurol hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan vakolatli organining qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi.
10 ish kuni
90 kun
2. Doimiy yashashga chiqib ketayotgan shaxslar tomonidan kolleksiyalash uchun qurol va uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun:
a) qurol hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan vakolatli organining qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi;
b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.
10 ish kuni
90 kun
Ov quroli va uning oʻq-dorilarini, sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib kirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish.
3. Xorijiy davlat hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish maqsadlarida ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish uchun qurolni hamda uning oʻq-dorilarini (ov qilish, sport tadbirlarida — ov va sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilar) qaytib olib kirish sharti bilan olib chiqish:
a) chet ellik yuridik shaxs bilan ov qilish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (sport tadbirlari, koʻrgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi);
b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.
10 ish kuni
Ov yoki tadbir davomida, ammo 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatda
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami, oʻq-dorilarning turi, kalibri va miqdori toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan qurol olishga doir ruxsatnomasi.
10 ish kuni
90 kun
10.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish.
a) tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqish va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirish huquqini beruvchi ruxsatnomalar nusxalari;
b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.
10 ish kuni
90 kun
* Alohida koʻrsatilgan holatlardan tashqari, ruxsatnomalar subyektlari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hisoblanadi.
** Fuqaroviy (mukofot qilingan, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish) qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnomalar berilganda, ushbu qurollar va uning oʻq-dorilarini tashish ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolarining qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Jismoniy shaxslarning qurol muomalasi sohasiga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi, ruxsatnomaning amal qilish muddati uzaytirilganligi*, ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va uning dublikati berilganligi** uchun yigʻimlar
I. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun
1.
Fuqaroviy qurolniolishga doir ruxsatnoma:
a)
soyli uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
40
b)
silliq uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
30
v)
kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
40
g)
soyli uzun stvolli oʻqotar qurolga hamda kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning almashtiriladigan va joylashtiriladigan soyli stvolining har bir donasi uchun (quroldan alohida olishda)
20
d)
ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan uzun stvolli pnevmatik ov qurolining har bir donasi uchun
30
e)
ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori boʻlgan pnevmatik sport qurolining har bir donasi uchun
40
j)
tigʻli sovuq sport qurolining (rapiralar, shpagalar va qilichlar) har bir donasi uchun
10
z)
uloqtirish sport qurolining (kamonlar, arbaletlar va nayzalar) har bir donasi uchun
10
i)
signal beruvchi sport qurolining har bir donasi uchun
10
k)
oʻzini oʻzi himoya qilish qurolining har bir donasi uchun
15
2.
Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma:
a)
oʻqotar qurolining har bir donasi uchun
15
d)
cheklangan shikast yetkazuvchi oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
4
v)
pnevmatik qurolning har bir donasi uchun
8
g)
signal beruvchi qurolning har bir donasi uchun
6
e)
gazli qurolning har bir donasi uchun
8
j)
tigʻli sovuq qurolning har bir donasi uchun
10
z)
uloqtirish qurolining har bir donasi uchun
10
i)
boshqa xildagi qurolning har bir donasi uchun
10
k)
oʻq-dorilarning har bir dona uchun
1
3.
Fuqaroviy qurolni, mukofot qilingan qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnoma
10
4.
Fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma
100
5.
Mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma
200
6.
Sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, tigʻli sovuq sport quroli, uloqtirish sport qurolini saqlashga doir ruxsatnoma
100
7.
Soyli stvolli oʻqotar sport quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashishga doir ruxsatnoma
20
8.
Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalashga doir ruxsatnoma
100
9.
Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnoma
100
10.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnoma
30
11.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnoma
30
12.
Ov quroli va uning oʻq-dorilarini, sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib kirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnoma
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma:
a)
soyli uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
50
b)
silliq uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
40
v)
kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun
50
g)
soyli uzun stvolli oʻqotar qurolga hamda kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning almashtiriladigan va joylashtiriladigan soyli stvolining har bir donasi uchun (quroldan alohida olishda)
30
d)
ogʻiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan uzun stvolli pnevmatik ov qurolining har bir donasi uchun
40
j)
tigʻli sovuq ov (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlar) qurolining har bir donasi uchun
20
k)
signal beruvchi ov qurolining har bir donasi uchun
20
e)
ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori boʻlgan pnevmatik sport qurolining har bir donasi uchun
50
z)
tigʻli sovuq sport (rapiralar, shpagalar va qilichlar) qurolining har bir donasi uchun
20
i)
uloqtirish sport qurolining har bir donasi uchun
20
l)
signal beruvchi sport qurolining har bir donasi uchun
20
m)
oʻzini oʻzi himoya qilish qurolining har bir donasi uchun
20
14.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnoma
50
III. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun
15.
Ov quroli va uning oʻq-dorilarini, sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib chiqib ketish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnoma
100
IV. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun
16.
Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma
100
* Ruxsatnomaning amal kilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
**Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganda toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
(12-ilova izohining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-oktabrdagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Birja tovari boʻlishi mumkin boʻlmagan mol-mulklar milliy-madaniy va tarixiy boyliklar turlari roʻyxatining 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Fuqaroviy va xizmat quroli turlari va uning oʻq-dorilari”.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda) 1-ilovaning 15-bandi “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qoʻlansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, shuningdek qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ochiq (gʻilofsiz) holda olib yurish;”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 8-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatining 38 — 3820-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Integratsiyalangan maʼlumotlar bazasi (jismoniy shaxslar)
Ichki ishlar vazirligi
381.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri
382.
Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan litsenziyalar reyestri
383.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsiy avtomototransport vositalarining maʼlumotlar bazasi
384.
Yuridik shaxslarning roʻyxatdan oʻtkazilgan avtomototransport vositalarining maʼlumotlar bazasi
385.
Profilaktik, tezkor va boshqa hisoblarda turgan shaxslar toʻgʻrisidagi “Shaxs” maʼlumotlar bazasi
386.
“Respublika qidiruvida” boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi
387.
“MDH davlatlararo qidiruvi”da boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi
388.
Temir yoʻl transportida harakatlanish hujjat (chipta)larini rasmiylashtirgan yoʻlovchilar haqidagi “Vokzal” maʼlumotlar bazasi
389.
Havo transportida harakatlanish hujjat (chipta)larini rasmiylashtirgan yoʻlovchilar haqidagi “Aeroport” maʼlumotlar bazasi
3810.
Qidiruvda boʻlgan raqamli buyumlar toʻgʻrisidagi “Buyum” maʼlumotlar bazasi
3811.
Respublika boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan, oʻgʻirlangan, olib qoʻyilgan va topib olingan qurolning maʼlumotlar bazasi
3812.
“MDH davlatlarida yoʻqotilgan va aniqlangan qurol” toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi
3813.
Respublika boʻyicha qidiruvdagi avtomototransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi
3814.
MDH davlatlari qidiruvda boʻlgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi
3815.
“Fuqaroviy va xizmat quroli” toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi
3816.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar barmoq izlarining maʼlumotlar bazasi
3817.
Shaxslarning foto tasviri tushirilgan va pasport 1-shakli axborotlarining maʼlumotlar bazasi
3818
Haydovchilik guvohnomasini olgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi
3819.
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi
3820.
Maxsus hisobda turgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi (jinoiy javobgarlikka tortilganligi, sudlanganligi, jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilganligi, qidiruvda boʻlganligi, jazoni oʻtganligi yoxud oʻtayotganligi)
”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9-sentabrdagi 203-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 37-38-son, 373-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrmon qoʻriqchiligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 15-bandning toʻqqizinchi xatboshidagi “idoraviy qurol” soʻzlari “xizmat quroli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 21-bandning birinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Muzeylar toʻgʻrisida”gi Qonunini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 12-apreldagi 68-son qaroriga 8-ilovaning 9-bandi uchinchi xatboshidagi “qurollangan (oʻqotar yoki sovuq qurollar)” soʻzlari “fuqaroviy va xizmat quroli bilan qurollangan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 18-bandidagi “oʻqotar qurollar va ularga oʻq-dorilar” soʻzlari “qurol va uning oʻq-dorilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 9-modda) 1-ilovaning 174-bandidagi “oʻqotar qurol bilan qurollangan soqchilar” soʻzlari “xizmat quroli bilan qurollangan soqchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzurida Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 26-avgustdagi 243-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 34-35-son, 351-modda) 3-ilovaning 50-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50. Biosfera rezervati muhofaza xodimlariga xizmat vazifalarini bajarish paytida belgilangan tartibda xizmat qurolini olib yurishga ruxsat etiladi. Biosfera rezervati muhofaza xodimlari oʻz xizmat vazifalarini bajarish paytida xizmat qurolini va maxsus vositalarni (qoʻlkishan, rezina tayoq, koʻzdan yosh oqizadigan gaz, transport vositalarini majburiy toʻxtatuvchi vositalarni) qoʻllash, shuningdek, xizmat itlaridan foydalanish huquqiga ega.
Xizmat qurolini va maxsus vositalarni olib yurish, shuningdek, ularni berish, olib yurish, saqlash, qoʻllash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 630-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son)
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 15-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 7-modda) rus tilidagi matniga 1-ilovaning “II. Meditsinskiye psixiatricheskiye protivopokazaniya dlya osushestvleniya otdelnix vidov professionalnoy deyatelnosti v usloviyax povishennoy opasnosti” boʻlimi 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Rabotniki yuridicheskix lits so spetsialnimi slujebnimi zadachami, kotorim razresheno nosheniye i primeneniye slujebnogo orujiya.
Epilepsiya (individualno).
”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarining 59-bandidagi oltinchi-yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqaroviy va xizmat qurolini, ularning oʻq-dorilarini, pirotexnika buyumlarini, foydalanilishi odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi yoki fuqarolar va tashkilotlarga moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maxsus tayyorlangan yoki moslashtirilgan predmetlarni, shuningdek ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati tomonidan tasdiqlangan, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga olib kirilishi taqiqlangan predmetlar roʻyxatiga kiritilgan oson alangalanadigan va zaharli moddalar, sanchuvchi, kesuvchi va boshqa predmetlarni olib yurish (sportchilar tomonidan sport tadbirlari dasturlarida koʻzda tutilgan sport quroli va anjomlaridan foydalanishlari bundan mustasno);
qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalarning imitatorlari va mulyajlarini olib yurish (teatr va teatr tomoshalarida ulardan foydalanish bundan mustasno);”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-sentabrdagi 273-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 40-son, 497-modda) rus tilida berilgan ilovaning 6-bandi uchinchi xatboshidagi “ognestrelnogo orujiya” soʻzlari “orujiya” soʻzi bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 43-son, 530-modda):
16. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-maydagi 114-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar toifalari roʻyxatining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari”.
17. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 22-son, 252-modda) bilan tasdiqlangan nizomda (Polojeniye o poryadke proizvodstva dosmotra na aviatsionnuyu bezopasnost v grajdanskoy aviatsii Respubliki Uzbekistan):
“Passajir, u kotorogo pri dosmotre obnarujeni veshestva i predmeti, za izgotovleniye, nosheniye ili xraneniye kotorix predusmotrena ugolovnaya ili administrativnaya otvetstvennost (vzrivchatie veshestva, vzrivnie ustroystva, orujiye, narkoticheskiye, yadovitie, otravlyayushiye veshestva), snimayetsya s reysa i vmeste s materialami (protokolom i izʼyatimi veshestvami i predmetami) peredayetsya v organi Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti ili Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan dlya resheniya voprosa o privlechenii yego k otvetstvennosti.
Vzrivchatie veshestva, razlichnie predmeti imi nachinennie, sredstva vzrivaniya, vzrivpaketi, signalnie i osvetitelnie raketi, yadovitie, otravlyayushiye, radioaktivnie i narkoticheskiye veshestva, izʼyatie pri dosmotre u passajirov, peredayutsya v organi Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti, orujiya i boyepripasi — v podrazdeleniya Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan”.
18. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 23-son, 266-modda) bilan tasdiqlangan Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga 2-ilovaning rus tilidagi matnida 13-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Remont grajdanskogo i slujebnogo orujiya i boyepripasov k nemu.
vnutrenniy rinok
”.
19. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 18-bandning yettinchi xatboshidagi “idoraga qarashli oʻqotar qurollar va ularning oʻq-dorilari” soʻzlari “xizmat quroli va uning oʻq-dorilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 39-bandning yettinchi xatboshidagi “idoraga qarashli oʻqotar qurollar” soʻzlari “xizmat quroli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 40-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “oʻqotar qurollar va ularning oʻq-dorilari” soʻzlari “xizmat quroli va uning oʻq-dorilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) 3-ilovaning 10-bandi beshinchi xatboshidagi “xizmat oʻqotar qurollari va oʻq-dorilarni” soʻzlari “xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 13-son qarori bilan tasdiqlangan Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boʻlishning namunaviy qoidalarida:
a) 29-bandning ikkinchi xatboshidagi “oʻqotar qurol” soʻzlari “qurol” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) ilovadagi “Yoʻnalishda yoki joyda (maydonda) quyidagilar taqiqlanadi:” boʻlimining ikkinchi xatboshidagi “oʻqotar qurol” soʻzlari “qurol” soʻzi bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻlovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga doir shoshilinch chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 23-yanvardagi 42-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshidagi “oʻqotar qurol va tigʻli qurollar” soʻzlari “qurolning barcha turlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qurol — tuzilishiga koʻra jonli nishonni yoki boshqa nishonga urish, signallar berish uchun moʻljallangan qurilmalar va ashyolar;
oʻq-dorilar — qurolning jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish uchun moʻljallangan hamda tarkibida portlovchi, poroxli, uloqtiruvchi, pirotexnik yoki urib chiqaradigan moddalar yoxud ularning birikmasi mavjud boʻlgan qurol-yarogʻ ashyolari va uloqtiriladigan aslahasi;”.
24. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaning 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish, saqlash, olib yurish, tashish, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun ruxsatnoma.
25. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 657-son qarori bilan tasdiqlangan Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 22-bandning uchinchi xatboshidagi “qurollar, oʻq-dorilar” soʻzlari “xizmat quroli va unga oʻq-dorilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 52-bandning yettinchi xatboshidagi “idoraviy oʻqotar qurol” soʻzlari “xizmat quroli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 53-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “oʻqotar qurollar va ularning oʻq-dorilari” soʻzlari “xizmat quroli va uning oʻq-dorilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining “Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining faoliyatini takomillashtirish va oʻrmon xoʻjaliklarining chegara hududlari tabiiy resurslaridan foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 10-sentabrdagi 717-son qaroriga 2-ilovada:
b) 10-banddagi “idoraviy” soʻzi chiqarib tashlansin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-oktabrdagi 829-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan kiritiladigan va “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati doirasida taqdim etiladigan axborot roʻyxatining 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:”
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish, saqlash, olib yurish, tashish, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun ruxsatnoma.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
”.
28. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1062-son qarori bilan tasdiqlangan Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati toʻgʻrisidagi nizomning 47-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Biosfera rezervatini qoʻriqlash xodimlariga xizmat vazifalarini ado etishda xizmat qurolini belgilangan tartibda taqib yurishga ruxsat beriladi. Biosfera rezervatini qoʻriqlash xodimlari oʻz xizmat vazifalarini ado etishda belgilangan tartibda xizmat qurolidan va maxsus vositalardan (kishanlar, rezina tayoqlar, koʻzdan yosh oqizuvchi gaz, transport vositalarini majburiy toʻxtatish qurilmalari) qoʻllash, shuningdek, xizmat itlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Xizmat qurolini va maxsus vositalarni sotib olish, saqlash, taqib yurish va qoʻllashga ruxsatnoma olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
29. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi “23” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23) qonun hujjatlari asosida zimmalariga yuklangan majburiyatlarga muvofiq atrof muhit, tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimining alohida toifadagi xodimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat qurolini olib yurish va saqlash”.
30. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat oʻq-gilzotekasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-yanvardagi 13-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 1-son, 5-modda):
a) 7-banddagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X.Tashmatov” soʻzlari chiqarib tashlansin;
26-bandning ikkinchi xatboshidagi va 42-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organiga” soʻzlari “hududiy ichki ishlar organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
47-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
50-banddagi “Milliy gvardiyasi nazorat-ruxsat berish faoliyati boʻlinmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi nazorat-litsenziyalash faoliyati boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovaning 1 — 6-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan qurol
Ichki ishlar organlarida qurolni roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin
2.
Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qurol
Uch yilda bir marotaba, qurolni realizatsiya qilish holatida esa — ichki ishlar organlarida qurolni qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin
3.
Mukofot quroli
Ichki ishlar organlarida qurolni roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin
4.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli
Ichki ishlar organlarida qurolni roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin
5.
Fuqaroviy va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari realizatsiyasini amalga oshiradigan yuridik shaxslar tomonidan olib kirilgan qurol
Realizatsiya qilishdan oldin
6.
Yuridik shaxslar egaligida boʻlgan qurol
Uch yilda bir marotaba, qurolni realizatsiya qilish holatida esa — ichki ishlar organlarida qurolni qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin
Nizomga 4-ilovaning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi nazorat-litsenziyalash faoliyati boʻlimida, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida hisobda turuvchi fuqaroviy qurolni otish, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazida amalga oshirilishi mumkin”;
Nizomga 6-ilovaning “6-bosqich” blokidagi “Tadbir” ustunining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Dalolatnomaning birinchi nusxasi hududiy ichki ishlar organiga egasining nazorat-kuzatuv yigʻmajildiga kiritish uchun yuboriladi.
Ikkinchi nusxasi qurol va sarflanmagan patronlar bilan yuridik shaxsga yoki egasiga beriladi.
Uchinchi nusxasi nazorat oʻqlari va gilzalar bilan Davlat oʻq-gilzotekasiga yuboriladi”.
31. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 11-martdagi 138-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 3-son, 57-modda):
a) 2-banddagi “Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X. Tashmatov” soʻzlari “Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Nizomga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
LITSENZIYA
Reyestr boʻyicha tartib raqami: QR-__________
20__ yil “___” ________________
(fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini,
ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha
faoliyat turi (uning qismi)
amalga oshirish uchun.
(litsenziatning toʻliq nomi)
berildi.
Litsenziatning rekvizitlari
Litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan joy (manzil)