Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet
kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 157-son “Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 3-son, 57-modda)
2-bandidagi “yanvardan” degan soʻz “iyuldan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.