1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI IQTISODIY JINOYATLARGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
Qarori
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2925-4]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 344-V va 26-son qarori (roʻyxat raqami 2925, 2017-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 968-modda) bilan tasdiqlangan Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M.B. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-noyabr,
344-V-4-son
Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti boshligʻi D.F. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 3-noyabr,
23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2020-yil 6-noyabrdagi 344-V-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 23-son qaroriga ILOVA
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari (shu jumladan sobiq);”;
“uchinchi tomon — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlar;”;
quyidagi mazmundagi yigirma yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilmadir (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari).”.
2. Quyidagi mazmundagi 281-band bilan toʻldirilsin:
“281. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga nisbatan ushbu Qoidalar bilan yuridik shaxslar uchun oʻrnatilgan talablar qoʻllaniladi.”.
3. 34-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Nobank kredit tashkilotlarining chet eldagi shuʼbalari, filiallari va vakolatxonalari agarda ular joylashgan mamlakatning qonun hujjatlarida nobank kredit tashkilotining ichki qoidalariga nisbatan yengilroq ichki nazorat choralari belgilangan boʻlsa, ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda nobank kredit tashkilotining ichki qoidalariga rioya qilishlari kerak.”.
“a) Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi tashkilotlar, Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;”;
6. 66-bandning birinchi xatboshisidagi “hamda xizmat yozishmalarini” degan soʻzlar “, hisobraqamlar boʻyicha fayllarni va xizmat yozishmalarini, oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 3-ilova quyidagi mazmundagi 11 va 12-bandlar bilan toʻldirilsin:
“11. Mijozning benefitsiar mulkdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
12. Mijozning yuqori mansabdor shaxs (uning oila aʼzosi yoki unga yaqin shaxs) ekanligi toʻgʻrisida belgi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2020-y., 10/20/2925-4/1667-son)