Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Yerlarning qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi koʻrgan zararning oʻrnini toʻliq qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida yerlarning qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi koʻrgan zararning oʻrnini qoplash miqdorlari 1 va 2-ilovalarga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 15-iyundagi 282-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida yerlarning qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olinishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning
20-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Olib qoʻyilgan lalmi yerlarning 1 gektari oʻrniga teng bahodagi yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
tekislikdagi (yogʻingarchilik kam boʻladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar uchun 7,5 va boʻz lalmi yerlar uchun 2,4 ming soʻm;
tekislik-past-balandlikdagi (yogʻingarchilik oʻrtacha boʻladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar uchun 11,1 va boʻz lalmi yerlar uchun 3,6 ming soʻm;
togʻ oldi va togʻ (yogʻingarchilik yetarli boʻladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar va koʻp yillik daraxtzorlar uchun 13,8 va boʻz lalmi yerlar uchun 4,4 ming soʻm”.
Koʻrsatib oʻtilgan Nizomning
1 va
2-jadvallari va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-dekabrdagi 595-son
qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.