toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2011
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YERLARNING QIShLOQ XO‘JALIGI VA O‘RMON XO‘JALIGINI YuRITISh BILAN BOG‘LIQ BO‘LMAGAN EHTIYOJLAR UChUN OLIB QO‘YILIShI MUNOSABATI BILAN QIShLOQ XO‘JALIGI VA O‘RMON XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShI KO‘RGAN ZARARNING O‘RNINI QOPLASh MIQDORLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yerlarning qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi ko‘rgan zararning o‘rnini to‘liq qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida yerlarning qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi ko‘rgan zararning o‘rnini qoplash miqdorlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilovalar berilmaydi.
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 15-iyundagi 282-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida yerlarning qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olinishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 20-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Olib qo‘yilgan lalmi yerlarning 1 gektari o‘rniga teng bahodagi yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish qiymati quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
tekislikdagi (yog‘ingarchilik kam bo‘ladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar uchun 7,5 va bo‘z lalmi yerlar uchun 2,4 ming so‘m;
tekislik-past-balandlikdagi (yog‘ingarchilik o‘rtacha bo‘ladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar uchun 11,1 va bo‘z lalmi yerlar uchun 3,6 ming so‘m;
tog‘ oldi va tog‘ (yog‘ingarchilik yetarli bo‘ladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar va ko‘p yillik daraxtzorlar uchun 13,8 va bo‘z lalmi yerlar uchun 4,4 ming so‘m”.
Ko‘rsatib o‘tilgan Nizomning 1 va 2-jadvallari va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-dekabrdagi 595-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 16-iyun,
223-son