Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
“Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 1-martdagi 249-V va 01-02/19-16-son “Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1326, 2004-yil 16-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 134-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 22-avgustdagi 249-V-1 va 01-02/19-39-son “Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1326-1, 2015-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 35-son, 471-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 27-yanvardagi 3/4 va 01-02/19-11-son “Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1326-2, 2018-yil 12-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 11-son, 200-modda).