toggle_night_mode
Hujjat 01.03.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 28-maydagi PF-6002-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-noyabr,
722-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qarorining rus tilidagi matnida:
2-ilovaga quyidagi mazmundagi 12-pozitsiya qoʻshilsin:

“‎

№‎

Gosudarstvennie organi i drugiye organizatsii‎

Predmet soglasovaniya‎

12.‎

Gosudarstvenniy komitet po razvitiyu turizma Respubliki Uzbekistan‎ Voprosi planirovaniya i proyektirovaniya na potensialnix territoriyax, a takje turistskix zonax i turistskix ulitsax dlya razmesheniya obyektov turistskoy infrastrukturi‎
”;‎‎
12 — 19 pozitsiyalar tegishli ravishda 13 — 20 pozitsiya deb oʻqilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizomning 7-bandi “f” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“f) Jamgʻarmaga turistik (mehmonxona) yigʻimdan kelib tushadigan mablagʻlarning 10 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni taʼminlash jamgʻarmasiga oʻtkazish.”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-maydagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining Ustavining rus tilidagi matnida:
32-bandi uchinchi xatboshisidagi “predostavleniya v arendu” degan soʻzlardan keyin “i realizatsii” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 566-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari Roʻyxati”ni quyidagi mazmundagi 25-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

“‎

25.‎

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning xizmatlari‎

”.‎

6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi nizomning 9-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarorida:
a) 3-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “turoperator va turagentning” soʻzlari “turoperatorlarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 6-banddagi “Turoperator va turagentlarning” soʻzlari “Turoperatorlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “gʻazna” soʻzi chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
d) Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
ikkinchi xatboshidagi “turistik xizmatlarning alohida turlari, shu jumladan,” degan soʻzlardan keyin “turoperator xizmatlari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Joylashtirish vositasi, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida koʻrsatish mumkin.
Sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 1-marta (har 2,5 yilda) inspeksiya nazoratini oʻtkazgan holda besh yildan iborat boʻladi. Sertifikatning asl nusxasi bevosita sertifikatlashtirish obyektida turadi va u uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Amaldagi sertifikatsiz joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlari boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.”
uchinchi xatboshi chiqarib yuborilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ariza beruvchi tomonidan turoperator xizmatini tashkillashtirish uchun tuzilgan shartnomalar (transport va ekskursiya xizmatiga, joylashtirish, gid-tarjimonlar xizmatiga, ovqatlanish, koʻngilochar va dam olish, turagentlik xizmatlariga hamda turistlarni qabul qiluvchi davlatlardagi xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar va boshqalar) roʻyxati.”;
13-banddagi “uch” soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin;
15-band birinchi xatboshidagi “ikki” soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin;
18-band birinchi xatboshidagi “uch” soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin;
19-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Komissiya Markaz rahbariyatining buyrugʻi tasdiqlangan kundan boshlab besh ish kuni davomida baholashni oʻtkazishni boshlashi kerak. Baholash muddati joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlarda ikki ish kunidan, turoperatorlar xizmatlarida bir ish kunidan oshmasligi lozim.”;
23-banddagi “bayonnoma” degan soʻzi “dalolatnoma” degan soʻzi bilan almashtirilsin;
29-banddagi “ikki” soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin;
30-band birinchi xatboshidagi “uch” soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin;
36-band birinchi xatboshidagi “uch” soʻzi “ikki” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida,” soʻzlari “kunning oʻzida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
70 va 71-bandlaridagi “turoperatorlik” soʻzi chiqarib tashlansin;
96-band ikkinchi xatboshidagi “turoperatorlik” soʻzi chiqarib tashlansin;”;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Turistik xizmatlarni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish
SXEMASI

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

Ariza beruvchi

Ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni tayyorlaydi va pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUKga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) sertifikatlashtirish uchun ariza beradi.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra

Markaz

Arizani koʻrib chiqadi va sertifikatlashtirishni oʻtkazish yoki sertifikatlashtirish oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1 ish kuni davomida

Markaz

Ariza beruvchiga sertifikatlashtirish oʻtkazish toʻgʻrisida shartnomani ilova qilib sertifikatlashtirish oʻtkazish toʻgʻrisida yoki rad etish sabablari koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlashtirish oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni yuboradi

Qaror qabul qilingan kunning oʻzida

Ariza beruvchi

Markazning bank hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha haq toʻlashni amalga oshiradi.

30 kun davomida

Markaz

Komissiya tarkibi va sertifikatlashtirish dasturini tasdiqlaydi

1 ish kuni davomida

Markaz

Komissiya Markaz rahbariyatining buyrugʻi tasdiqlangan kundan boshlab baholashni oʻtkazishni boshlaydi.

5 ish kuni davomida

Markaz

Komissiya sertifikatlashtirish obyektini normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholaydi, baholash dalolatnomasini rasmiylashtiradi va baholash dalolatnomasini Markazga taqdim qiladi.

3 ish kunidan koʻp emas, turoperator xizmati uchun 2 ish kunidan koʻp emas

Markaz

Sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1 ish kuni davomida

Ariza beruvchi

Sertifikat berish rad etilganda nomuvofiqliklarni bartaraf etadi. Nomuvofiqliklarni bartaraf etilganini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bilan ularni bartaraf etish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etadi.

30 kun davomida

Markaz

Sertifikat berishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilganda — qayta baholashni amalga oshiradi.

2 ish kunidan koʻp emas

Markaz

Sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1 ish kuni davomida

Markaz

Ariza beruvchiga sertifikat berish (sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqini berish toʻgʻrisidagi bitimni ilova qilgan holda) yoki sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni yuboradi.

Qaror qabul qilingan kunning oʻzida

Ariza beruvchi

Sertifikat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda — sertifikat va muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqini berish toʻgʻrisida bitim tuzadi.

30 kun davomida

Markaz

Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrida sertifikatni rasmiylashtiradi va roʻyxatdan oʻtkazadi. Ariza beruvchi vakiliga sertifikatni beradi.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan kunning oʻzida

”;
5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun
TOʻLOV MIQDORI

T/r

Nomi

Toʻlov miqdori (BHMda)

Turoperator xizmatlari

1.

Kirish (turistlarni qabul qilish) turizmi

1,7

2.

Chiqish (turistlarni yuborish) turizmi

1,8

3.

Ichki turizm

0,8

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xizmatlarning bittadan ortigʻini sertifikatlashtirishda toʻlov miqdori sertifikatlashtirishning umumiy summasidan 35% ga kamayadi.

Mehmonxona xizmatlari

4.

Sigʻimi 10 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

2,7

5.

Sigʻimi 25 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

3,8

6.

Sigʻimi 50 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

6,0

7.

Sigʻimi 100 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

6,8

8.

Sigʻimi 150 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

10,7

9.

Sigʻimi 200 ta joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

12,1

10.

Sigʻimi 350 ta va undan yuqori joygacha boʻlgan joylashtirish vositalari

13,6

Togʻ changʻisi trassasi xizmatlari

11.

Togʻ changʻisi trassasi xizmatlari

9,2

Plyaj xizmatlari

12.

Plyaj xizmatlari

9,2

Turistik industriya obyektlarining toifasini aniqlash va uni berish vaqtida sertifikatlashtirish boʻyicha xizmatlarga toʻlov miqdori yuqorida koʻrsatib oʻtilganning 200% miqdorida belgilanadi.

Sanatoriylar, pansionlar va yashash uchun joy bilan taʼminlagan holda meditsina xizmati koʻrsatish faoliyatni amalga oshiruvchi joylashtirish vositalarida sertifikatlashtirish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov yuqorida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlarning 50% miqdorida belgilanadi.

Inspeksiya nazorati uchun toʻlov miqdori yuqorida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovning 50% miqdorida belgilanadi.

13.

Sertifikatni qayta rasmiylashtirish

0,5

14.

Sertifikat dublikatini berish

0,5

Izohlar:
1. Sertifikatlashtirish bilan bogʻliq ishlarni oʻtkazishda toʻlanadigan toʻlov miqdorini hisoblash uchun sertifikatlashtirish shartnomasi rasmiylashtirilgan kunda belgilangan BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) qoʻllanadi.
2. Sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar (xizmatlar) narxi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni bajarish uchun toʻlov miqdorini ushbu Nizomning 5b-ilovasida koʻrsatilgan tegishli koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
3. Inspeksiya nazoratini oʻtkazishda toʻlanadigan toʻlov miqdorini hisoblash uchun inspeksiya nazoratiga toʻlov toʻlangan kunda belgilangan BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) qoʻllanadi.”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-oktabrdagi 602-son qarorida:
a) Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
16-banddagi “joylashtirish vositalariga subsidiyalar” degan soʻzlardan keyin “2020-yil 1-iyundan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) Turizm sohasining alohida subyektlari faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni qisman kompensatsiya qilish va xoʻjalik subyektlarining epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan xarajatlarini qoplashning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
20-bandning birinchi xatboshidagi “Tadbirkorlik subyektlariga” degan soʻzlardan oldin “2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
27-bandning birinchi xatboshidagi “Grantlar gidlar (gid-tarjimon)” degan soʻzlardan oldin “2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)