toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 246-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga bojxona imtiyozlari berish mexanizmini takomillashtirish, maqbullashtirish hamda ularni mahalliy ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilishidan manfaatdorlikni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishda ularning oʻnta raqamdan iborat TIF TN kodi va asosiy parametrlarini koʻrsatgan holda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik asbob-uskunalarning roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) qayta koʻrib chiqish va uni yangidan shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
texnologik asbob-uskunalarni Roʻyxatga kiritish yoki chiqarish uchun taqdim etiladigan hujjatlar toʻplami;
texnologik asbob-uskunalarni Roʻyxatga kiritish yoki chiqarish maqsadida ekspertiza oʻtkazish shartlari;
Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish tartibi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar 2017 — 2019-yillarda import qilingan texnologik asbob-uskunalarning nomenklaturasini va ularning oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilishi mavjudligini oʻrganish natijalari asosida yangidan shakllantirilgan Roʻyxatni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
4. Imtiyozlar faqat yangi texnologik asbob-uskunalarga qoʻllanilishi hamda bitta kontraktga (shartnomaga) muvofiq mazkur texnologik asbob-uskunalar bilan birga ularning ajralmas qismi sifatida yetkazib berilgan butlovchi va ehtiyot qismlarga tatbiq qilinishi belgilab qoʻyilsin.
5. Belgilansinki:
chetdan olib kelinadigan texnologik asbob-uskunalarning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlash uchun “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida texnologik asbob-uskunaning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlovchi ishlab chiqaruvchi zavodning texnik pasporti yoki ishlab chiqaruvchining asbob-uskunalar u tomonidan ishlab chiqarilganligi, jumladan, ishlab chiqarilgan yili toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boshqa hujjati taqdim etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK Roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish uchun import qilinayotgan texnologik asbob-uskunaning respublikada oʻxshashi ishlab chiqarilishi mavjudligini aniqlash boʻyicha vakolatli ekspertiza organi hisoblanadi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-noyabr,
750-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-noyabrdagi 750-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ariza beruvchi — import qilinayotgan texnologik asbob-uskunaning oʻxshashlari (keyingi oʻrinlarda — oʻxshash texnologik asbob-uskuna) ishlab chiqarilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjudligi/mavjud emasligini aniqlash maqsadida ekspertizadan oʻtkazish uchun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi huzuridagi “Oʻzbekekspertiza” AJ (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekekspertiza” AJ) murojaat qilgan shaxs;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
texnologik asbob-uskuna — tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish texnologik jarayonida bevosita foydalaniladigan mashinalar, apparatlar, qurilmalar, mexanizmlar;
texnologik asbob-uskunani sotib olishga import kontrakti (keyingi oʻrinlarda — import kontrakti) — texnologik asbob-uskunani import qilish uchun murojaat qiluvchi va Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
ekspertiza — “Oʻzbekekspertiza” AJ tomonidan respublikada oʻxshash texnologik asbob-uskuna ishlab chiqarilishi mavjudligi/mavjud emasligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan va natijasi boʻyicha xulosa beriladigan tahliliy oʻrganish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
yangi texnologik asbob-uskuna — “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgan yili uch yildan koʻp boʻlmagan texnologik uskuna.
3. Imtiyozlar yangi texnologik asbob-uskunalarga qoʻllaniladi hamda bitta kontraktga (shartnomaga) muvofiq mazkur texnologik asbob-uskunalar bilan birga ularning ajralmas qismi sifatida yetkazib berilgan butlovchi va ehtiyot qismlarga tatbiq qilinadi.
2-bob. Ekspertiza oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻxshash texnologik asbob-uskunaning ishlab chiqarilishi respublikada mavjudligi/mavjud emasligi toʻgʻrisida xulosa berish maqsadida “Oʻzbekekspertiza” AJ tomonidan ariza beruvchining murojaatiga asosan quyidagi yoʻnalishlarda ekspertiza oʻtkaziladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
texnologik asbob-uskunani Roʻyxatga kiritish uchun ekspertiza;
texnologik asbob-uskunani Roʻyxatdan chiqarish uchun ekspertiza.
Oldingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzbekekspertiza” AJ tomonidan ekspertiza oʻtkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ekspertiza oʻtkazish uchun “Oʻzbekekspertiza” AJga ariza beruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar toʻplami taqdim etiladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Roʻyxatga kiritish/chiqarish taklif etilayotgan texnologik asbob-uskunaning nomi va uning tavsifini oʻz ichiga oladigan maʼlumot, shu jumladan, funksional vazifasi, texnik parametrlari, chizmalar, sxemalar va boshqalar;
texnologik asbob-uskunaning pasporti (mavjud boʻlganda);
import kontrakti nusxasi (mavjud boʻlganda);
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 52-bobiga muvofiq bojxona organlari tomonidan beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq texnologik asbob-uskunaning tasniflanishiga nisbatan dastlabki qaror (mavjud boʻlganda);
Oʻzbekiston Respublikasi hududida texnologik asbob-uskunani ishlab chiqarish hamjmlari va quvvatlari, ularning sertifikatlari va boshqa hujjatlarning mavjudligi (texnologik asbob-uskunani Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida ariza tushganda).
Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni asoslash maqsadida ariza beruvchi tomonidan boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
7. Ariza beruvchi tomonidan xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Oʻzbekekspertiza” AJ ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlar asosida yigirma kun muddatda ekspertiza oʻtkazadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Zarurat boʻlganda, kiritilgan hujjatlarni va taqdim qilingan maʼlumotlarni verifikatsiya qilish maqsadida “Oʻzbekekspertiza” AJ xodimlari ushbu bandda belgilangan muddat davomida manfaatdor tomonning murojaatiga asosan ariza beruvchi faoliyatini amalga oshirayotgan (ishlab chiqarish joylashgan) joyga chiqishlari mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda xizmat safari bilan bogʻliq barcha sarf-xarajatlar (transport, yashash, ovqatlanish va boshqalar) “Oʻzbekekspertiza” AJ hisobidan amalga oshiriladi. Xizmat safari yakuni boʻyicha xodim tomonidan uch ish kuni mobaynida “Oʻzbekekspertiza” AJ rahbariyatiga tegishli hisobot taqdim qilinadi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzbekekspertiza” AJ tomonidan ekspertiza oʻtkazish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq ariza beruvchi tomonidan taqdim qilinadigan maʼlumotlar va hujjatlar asosida qayd etilgan mahsulotlar parametrlarini aniqlash;
oʻxshash texnologik asbob-uskunaning respublikada ishlab chiqarilishining mavjudligi/mavjud emasligini aniqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻxshash texnologik asbob-uskunaning respublikada ishlab chiqarilishi mavjudligi/mavjud emasligini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishga taklif qilinayotgan texnologik asbob-uskunaning asosiy xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni “Oʻzbekekspertiza” AJning rasmiy saytiga joylashtirish, “Oʻzbekekspertiza” AJ tomonidan rasmiy soʻrovnomalarning Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, tarmoq xoʻjalik birlashmalari, ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy va taʼlim tashkilotlari hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborish orqali amalga oshiriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi respublikada ishlab chiqariladigan texnologik asbob-uskunalar nomenklaturasi va turlari toʻgʻrisidagi muntazam yangilanib boriladigan maʼlumotlarni har chorak yakuni boʻyicha “Oʻzbekekspertiza” AJga taqdim etib boradi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
11. Texnologik asbob-uskunani Roʻyxatga kiritish maqsadida oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻxshash texnologik asbob-uskunani ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasida mavjud emasligi aniq boʻlganda — “Oʻzbekekspertiza” AJ uch ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga ushbu Nizomning 3-bobiga muvofiq keyingi koʻrib chiqish va Roʻyxatga oʻzgartirish kiritish uchun xulosani yuboradi hamda ikki ish kuni mobaynida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchini xabardor qiladi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshash texnologik asbob-uskunaning ishlab chiqarilishi mavjudligi aniqlanganda — “Oʻzbekekspertiza” AJ ikki ish kuni mobaynida ariza beruvchiga ishlab chiqaruvchilar roʻyxatini koʻrsatgan holda xulosani yuboradi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
12. Texnologik asbob-uskunani Roʻyxatdan chiqarib tashlash maqsadida oʻtkazilgan ekspertiza yakunlari boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻxshash texnologik asbob-uskunani ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasida mavjudligi aniqlanganda — “Oʻzbekekspertiza” AJ uch ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga ushbu Nizomning 3-bobiga muvofiq keyingi koʻrib chiqish va Roʻyxatga oʻzgartirish kiritish uchun xulosani yuboradi hamda ikki ish kuni mobaynida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchini xabardor qiladi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan oʻxshash texnologik asbob-uskunaning Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilishi (ishlab chiqarish boʻyicha rejalar) aniqlanganda — “Oʻzbekekspertiza” AJ uch ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga ushbu Nizomning 3-bobiga muvofiq koʻrib chiqish va Roʻyxatga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun xulosani yuboradi hamda ikki ish kuni mobaynida buning toʻgʻrisida ariza beruvchini xabardor qiladi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan oʻxshash texnologik asbob-uskunani ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasida mavjud emasligi aniqlanganda — “Oʻzbekekspertiza” AJ ikki ish kuni mobaynida ariza beruvchiga ishlab chiqarish mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosani yuboradi.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
13. “Oʻzbekekspertiza” AJ bir yilda kamida bir marta majburiy tartibda Roʻyxatni ekspertizadan oʻtkazadi va texnologik asbob-uskunani “Oʻzbekekspertiza” AJda mavjud boʻlgan Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mahalliy ishlab chiqaruvchilar toʻgʻrisida olingan maʼlumotlar asosida Roʻyxatdan chiqarish tashabbusi bilan chiqadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar “Oʻzbekekspertiza” AJning soʻroviga asosan zarur maʼlumotni bepul taqdim qiladilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
3-bob. Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
15. Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish “Oʻzbekekspertiza” AJning xulosasi mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi “Oʻzbekekspertiza” AJning oʻtkazilgan ekspertiza yakunlari boʻyicha va zarurat boʻlganda, biroq har chorakda kamida bir marta umumlashtirilgan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va “Oʻzstandart” agentligiga koʻrib chiqish va kelishish uchun yuboradi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Vazirliklar va idoralar tomonidan maʼlumotlarni koʻrib chiqish muddati oʻn kalendar kundan oshib ketmasligi lozim.
17. Kelishish natijalari boʻyicha kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tegishli qaror loyihasi sifatida rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ekspertiza oʻtkazish uchun taqdim etiladigan arizalar “Oʻzbekekspertiza” AJ tomonidan yuritiladigan reyestrga kiritiladi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ariza beruvchi “Oʻzbekekspertiza” AJ tomonidan oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha berilgan xulosa ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi huzuridagi “Oʻzbekekspertiza” AJga

A R I Z A‎‎

‎‎___________________________________________________, Sizdan import qilish taklif qilinayotgan

‎(ariza beruvchining F.I.O.) ‎‎

texnologik asbob-uskunani respublikada ishlab chiqarish mavjudligini aniqlash boʻyicha ekspertiza oʻtkazishni va ushbu tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga kiritish/chiqarish yuzasidan ekspertiza xulosasi berishingizni soʻraydi. ‎‎

‎‎Chetdan olib kiriladigan tovarlar _________________________________________________________

‎‎(chetdan olib kirish maqsadi aniq koʻrsatiladi)

_______________________________________________________‎‎_______________________________________________________________________________________________ doirasida foydalaniladi.
‎‎Ariza beruvchining rekvizitlari:
‎Ariza beruvchining toʻliq nomi: _____________________________
‎Yuridik manzil: _________________________________________
‎Ishlab chiqarish manzili: __________________________________
‎‎STIR: ______________________________ KTUT: __________________________ .
Ekspertiza oʻtkazish jarayoni talablari bilan tanishtirildik.‎‎
‎Ilova:‎‎1. Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati ____ varaqda.‎‎‎‎
‎‎2. Ilova qilinadigan hujjatlar ____ varaqda.
Rahbar‎‎

‎‎‎__________________

F.I.O.‎‎


‎M.Oʻ.‎‎

‎‎(imzo)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2020-y., 09/20/750/1571-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/352/0533-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)