1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.01.00 Referendum;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.01.00 Umumiy masalalar. Saylash tartibi. Vakolatlarning tugashi;
4.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
5.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
3.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining KONSTITUTSIYAVIY qonuni
REFERENDUM YAKUNLARI HAMDA DAVLAT HOKIMIYATI TAShKIL ETILIShINING ASOSIY PRINSIPLARI TOʻGʻRISIDA
Ushbu Qonun “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holda 2002-yil 27-yanvar kuni oʻtkazilgan hamda ikki palatali parlament tuzish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ikki muhim masala boʻyicha qaror qabul qilgan, shuningdek, demokratik va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish yoʻlini tasdiqlagan umumxalq ovoz berishi natijalaridan kelib chiqadigan asosiy yangi qoidalarni va amaldagi qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlarni belgilaydi.
(1-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-dekabrdagi OʻRQ-306-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda)
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish uchun asos hisoblanadi.
2-modda. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirishning asosiy prinsiplari
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy, ochiq demokratik davlat barpo etishni hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishni bosh maqsad qilib belgilagan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek referendumda bildirilgan xalq irodasiga asoslangan holda qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir ishlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonun ustuvorligini, hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari oʻrtasida muvozanatni, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini taʼminlash;
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari asosida inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini taʼminlash;
siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini izchil erkinlashtirish;
nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlari yanada mustahkamlanishi hamda rivojlantirilishi uchun kafolat va sharoitlarni taʼminlash;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini har tomonlama mustahkamlash va davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlariga bosqichma-bosqich oʻtkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlikni taʼminlovchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmini shakllantirish va kuchaytirish.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasida saylovlarni oʻtkazish muddatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkaziladi.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 9-apreldagi OʻRQ-320-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 4-son, 104-modda)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining oliy davlat vakillik organi boʻlib, ikki palatadan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi palata)dan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palata)dan iborat boʻladi (bundan buyon matnda tegishli ravishda Qonunchilik palatasi va Senat deb yuritiladi).
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
Qonunchilik palatasining bir yuz oʻttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Qonunchilik palatasining oʻn besh deputati Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylanadi;
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati boʻlishi mumkin.
Qonunchilik palatasining vakolat muddati — besh yil.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash, Senat aʼzolarini saylash va tayinlash]
Senat hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat aʼzolaridan (senatorlardan) tarkib topadi.
Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadilar. Senatga saylov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan soʻng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Senatning oʻn olti nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan va alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Senat aʼzosi boʻlishi mumkin.
Senatning vakolat muddati — besh yil.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ishini tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti]
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat koʻrsatishiga asoslanadi. Qonunchilik palatasining deputatlari oʻz vakolatlari davrida ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa turdagi haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas.
Senat ishi vaqti-vaqti bilan chaqiriladigan Senatning yalpi majlislari hamda qoʻmitalari (komissiyalari) majlislaridagi senatorlarning faoliyatiga asoslanadi.
Ayni bir shaxs bir paytning oʻzida Qonunchilik palatasining deputati va Senat aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlari hamda faoliyat koʻrsatish tartibi, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senat aʼzolarining maqomi qonunlar bilan belgilanadi.
Umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati besh yil.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-dekabrdagi OʻRQ-306-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan maʼqullangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan taqdirda yuridik kuchga ega boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 40-moddasi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, bir necha oʻqishda koʻrib chiqadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi. Senat qonunni koʻrib chiqadi hamda uni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni yana maʼqullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasini tuzishlari mumkin. Komissiyada kelishuvga erishilsa, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Bu holda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi va maʼqullash uchun Senatga yuboriladi.
Qonunlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Qonunlarni ishlab chiqish, kiritish va muhokama qilish tartiboti Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining reglamentlari bilan tartibga solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonun oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash uchun yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻttiz kun ichida qonunni imzolaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaytadan muhokama qilish va ovoz berishni oʻtkazish uchun qonunni oʻz eʼtirozlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan maʼqullansa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻn toʻrt kun ichida imzolanishi kerak.
Imzolangan qonun qonunda belgilangan tartibda chop etilishi (eʼlon qilinishi) kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-y. 4-aprel,
350-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 60-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda; 2012-y., 4-son, 104-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)