1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IMPORT BOJ POShLINALARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonni bajarish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq import (chetdan keltirish) boj poshlinalarini qoʻllashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Import boj poshlinalari stavkalari joriy etilgan paytdan boshlab 1-ilovaga muvofiq mamlakatlar boj hududidan kelib chiqqan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining boj hududiga keltirilgan tovarlardan boj poshlinalari olinmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng qulay shart-sharoitlar tartibini oʻrnatadigan mamlakatlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda, imzolangan xalqaro shartnomalar asosida, 1 va 2-ilovalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarori 3-bandining 3 xatboshi va 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 7-oktabr,
389-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-oktabrdagi 389-son qaroriga 1-ILOVA
Erkin savdo tartibini nazarda tutuvchi bitimlar imzolangan erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim ishtirokchilari boʻlgan davlatlar